Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o„zbek tili va adabiyoti universiteti



Download 3,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/138
Sana25.04.2022
Hajmi3,88 Mb.
#581651
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   138
Bog'liq
kompyuter lingvistikasi

Savol va topshiriqlar: 
1.Avtomatik tarjimadagi yondashuvlarni tavsiflang. 
2.Tarjimon dasturlariga misol keltiring. 
3.Avtomatik tarjimaning ishonchlilik darajasi haqida mustaqil 
mulohaza yuriting. 
4.Avtomatik tarjimaning mukammal bo‗lishiga to‗siq bo‗luvchi 
omillarni ayting. 
5.Avtomatik tarjimaning ishlash protsedurasini izohlang. 
6.Avtomatik tarjimaning ma‘lumotlar bazasi haqida fikr bildiring. 
7.Avtomatik tarjimaning yutuq va kamchiliklarini ―T-sxema‖ asosida 
yoriting. 
1
Po

latov A., Muhamedova S.
Kompyuter lingvistikasi. - T., 2007; Rahimov A. Kompyuter 
lingvistikasi asoslari.-T., 2011.


148 
Mashina tarjimasining lingvistik muammolari 
 
Reja: 
1.
Mashina tarjimasi – sun‘iy inteilekt yo‗nalishi sifatida. 
2.
Sun‘iy intellekt bo‗yicha olib borilgan tadqiqotlar.
 
3.
Neyron tarmoqlarining ishlash tizimi.
 
 
Asosiy tushunchalar: 
sun‟iy intellekt, neyron tarmoqlari,
 
intellektual 
mashinalar, intellektual kompyuter dasturlari, intellektual sistema, 
bilimlar bazasi, masalani yechuvchi tizim, intellektual interfeys, 
Wikipedia, semiotik yondashuv, ekspert tizimlari, antiqiy hukm chiqarish 
tizimi, yuqori darajadagi psixik jarayonlar (tafakkur, nutq, emotsiya, ijod), 
simvolli yondashuv, simvolik mantiq qoidalari, ijodiy tafakkurni 
modellashtirish, “Turing testi”, neyron tarmoqlari. 
Kompyuter lingvistikasi fanining eng istiqbolli yo‗nalishlaridan biri 
sun‘iy intellekt hisoblanadi. Fanda hali-hanuz sun‘iy inteilektnihg aniq va 
mukammal ta‘rifi mavjud emas, chunki fan bu tizimga hali to‗liq 
erishilgani yo‗q. Mavjud ta‘rif va tavsiflarning hammasi mazkur sohada 
erishilgan yutuqlarga asoslanib keltirib chiqarilgan. Falsafada inson 
intellektining statusi va tabiati haqidagi munozaralar davom etmoqda. 
Kompyuter «aqllilik» darajasining aniq mezoni ishlab chiqilgani yo‗q. 
To‗g‗ri, bu sohada ba‘zi gipotezalar mavjud. Xususan, «Tyuring testi», 
«Nyuel-Saymon gipotezasi» kabi. 
Virtual qomus hisoblangan Wikipedia sahifalarida sun‘iy intellektga 
(artificial intelligence) shunday ta‘rif berilgan: «Sun‘iy intellekt – bu 
kompyuter yoki robotning shunday xususiyatiki, u asosan insonning aqliy 
faoliyati bilan bog‗liq bo‗lgan masalalarni, xususan, fikrlash, nutq 
mazmunini anglash, ma‘lumotlarni umumlashtirish kabilarni yechishga 
yo‗naltirilgan bo‗ladi. Bu termin mazkur xususiyatlarga ega sistemalarni 
ishlab chiqish bilan bog‗liq kompyuter texnologiyalarining bir bo‗limiga 
nisbatan ham ishlatilmoqda».
1
Sun‘iy intellekt bo‗yicha tadqiqotlar olib 
borgan olim Jon Makkarti shunday yozadi: 
«Sun

iy intellekt 

 intellektual 
mashinalar, intellektual kompyuter dasturlarini yaratish texnologiyasi va и 
haqidagi fan. Intellektual sistema strukturasi uch asosiy blokni o

z ichiga 
oladi: bilimlar bazasi, masalani yechuvchi tizim va intellektual interfeys»
2
.
1
http: //www.wikipedia.org/wiki/artificial intelligence.html
2
http://www-formal.stanford.edu/jmc/whatisai.html
 


149 
Ekspert tizimlari modelida, intellektual informatsion tizimlarda, ba‘zi 
mashinalarda, hayvonlarda va odamlarda intellektning turlicha darajalari 
va ko‗rinishlari mavjud. Mazkur har xillik bilimlar bazasi va qanday 
operatsiyalarni bajara olishga bog‗liq. Intellektni bunday talqin qilishdan 
ko‗rinib turibdiki, sun‘iy intellekt insondagi intellekt tushunchasining 
aynan immitatsiyasi emas, balki inson intellektual faoliyatining ko‗plab 
qirralarini o‗z ichiga olgan, modellashtirilgan tizimlar texnologiyasi 
demakdir. Ayni shu ma‘noda «artificial intelligence» terminini birinchi 
marta Jon Makkarti 1956-yilda Darmut universitetidagi konferensiyada 
qo‗lladi va shundan buyon bu termin ishlatilib kelmoqda. Rossiya sun‘iy 
intellekt assotsiatsiyasi Peterburg bo‗limi boshlig‗i T.A.Gavrilovning 
yozishicha, ingliz tilidagi 

Download 3,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish