Patogen mikroorganizmlar



Download 62 Kb.
bet1/6
Sana23.07.2021
Hajmi62 Kb.
#126425
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
PATOGEN MIKROORGANIZMLAR


patogen mikroorganizmlar

Reja:

1. Infektsiya haqidagi ta‘limot va patogen mikroblar ta‘rifi.

2. Patogen mikroblarning toksinlari.

3. Infektsion jarayonning paydo bo’lish sharoiti va ta‘rifi.

4. Infektsiya turlari, manbalari va uning o’tish yo’llari.

5. Immunitet turlari, organizmning tabiiy himoya vositalari.

3.1. Infektsiya haqidagi ta‘limot va patogen mikroblar ta‘rifi.

Infektsion kasallik deganda muayyan tashqi muhit sharoitida pa­togen mikroblar bilan kasallikka moyil mikroorganizmning o’zaro ta‘siri natijasida vujudga keladigan patologik jarayonni tushunmoq kerak.

Infektsion kasalliklar odamzodga juda qadimdan ma‘lum. Qadim zamon xalqlari yuqumli kasalliklarning sabablari (etiologiyasi)ni to’g’ri tasav­vur eta olmaganlar, albatta. Masalan, taniqli grek olimi Gippokrat asarlarida havoning миазмалар deb ataluvchi zaharli bug’lari yuqumli ka­salliklarga sabab bo’ladi, degan taxminiy fikr aytiladi. XVI asrdagina italyan olimi Frakastor odamdan odamga o’tadigan yuqumli, контагия haqidagi yangi tushunchani birinchi bo’lib fanga kiritdi.

Infektsion kasalliklarning aniq etiologiyasi XIX asrning ikkinchi yarmida va XX asrning boshlarida meditsina mikrobiologiyasiga asos sol­gan olimlarning bir qancha ajoyib ishlari natijasida aniqlandi. Odam­ning har qanday infektsion kasalligiga muayyan turli mikroorganizm sa­bab bo’lishi haqidagi masala o’sha ishlar tufayli uzil–kesil hal etildi. Mikroorganizmlarning ana shu turlarini tabiatda mavjud bo’lgan boshqa hamma mikroorganizmlardan – saprofitlardan ajratish uchun kasallik tug’diruvchi yoki patogen mikroorganizmlar deb ataladi.

Saprofit mikroblarning odam organizmi bilan o’zaro uzoq evolyutsion ta‘sir etishi natijasida shu mikroblardan patogen mikroblar vujudga kelganligi shubhasiz. Saprofit mikroblar bilan odam organizmining o’zaro ta‘sir etish jarayonida mikroblarda yangi xossalar paydo bo’la bosh­lagan, shu bilan birga chuqurroq o’zgarishlar mustahkamlana borgan va na­sldan naslga o’tgan. Natijada mikroblarning tez ko’payishi, yangi hayot sha­roitiga oson moslanishi, tabiiy tanlanish tufayli patogen turlar vu­judga kelgan, bular esa organizmga kirib unda ko’paya oladi va o’z zaharlari bilan ta‘sir etib, o’z xo’jasiga zarar yetkaza oladi.

Tabiatda patogen mikroblarga juda o’xshaydigan saprofitlar mavjud­ligi patogen turlarining saprofit turlardan paydo bo’lganini ko’rsatuvchi dalillardan biridir. Masalan, vabo vibrioni va unga o’xshaydigan vibri­onlar, difteriya tayoqchasi va soxta difteriya bakteriyalari bor va shunga o’xshashdir.

Patogen mikroblar spetsifikligi bilan ta‘riflanadi. Buning ma‘nosi shuki, patogen mikroblarning har bir turi muayyan infektsion jarayonni vujudga keltira oladi.

Patogen mikroblar kashf etilgan dastlabki davrda patogen mikrobning organizmga kirishi yoki unda hozir bo’lishi infektsion kasallik paydo bo’lishi uchun kifoya degan xato fikr yurardi. Asosan Kox va uning shogird­lari shunday fikrni quvvatlar edilar. Biroq patogen mikroblarni sog’lom kishilardan ham, kasallikni boshdan kechirgan kishilardan ham topish mumkinligi, ya‘ni patogen mikroblarning organizmda hozir bo’lishi hamisha kasallik rivojlanishiga sabab bo’lavermasligi tez orada ma‘lum bo’ldi. So’ngra, birday sharoitda yuqqanda odamlarning hammasi og’riyvermasligi aniqlandi.

Bu holda organizmning chidami (infektsiyaga qarshilik ko’rsatish dara­jasi) muhim ahamiyatga egadir, bu esa o’sha kishilar yashaydigan sharoitga bog’liq.



Virulentlik. Yuqorida aytib o’tilganidek, odamda patogen mikroblar­ning muayyan turlari bor, masalan, tuberkulyoz, qorin tifi, dizenteriya, toun tayoqchalari, zaxm spiroxetasi, qutirish, chin chechak, qizamiq virus­lari va shu kabilar patogen mikroblardan hisoblanadi. Binobarin, pato­genlik turga xos belgidir. Lekin biron turning ayrim kulturalari turli darajada patogen bo’ladi, buni muayyan kulturaning virulentligi deyi­shadi. Kultura kancha virulent bo’lsa, organizmga kasallik yuqishi uchun mikrob­larning shuncha kam dozasi kerak.

Download 62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish