Qidir Oʻlat Oʻlat



Download 59,37 Kb.
Pdf ko'rish
Sana17.12.2022
Hajmi59,37 Kb.
#889595
Bog'liq
Oʻlat - Vikipediya



Qidir
Oʻlat
Oʻlat, toun — odam va hayvonlarning oʻtkir yuqumli karantin kasalligi. Odamda umumiy ahvolning
ogʻirlashishi, intoksikatsiya, gavda haroratining koʻtarilishi, limfa bezlari, oʻpka va boshqalar
aʼzolarda yalligʻlanish, sepsis rivojlanishi bilan kechadi. Kasallik tez tarqalishi va koʻplab bemorlar
nobud boʻlishi tufayli Oʻ. oʻta xavfli kasalliklar qatoriga kiritiladi. Oʻ. qadimdan maʼlum, uning
epidemiyalari tez-tez uchrab turgan va koʻplab kishilarning oʻlimiga sabab boʻlgan. Oʻ.
epidemiyalari tufayli ayrim hududlar butunlay boʻshab qolgan. Undan qutulish maqsadida boshqa
joyga qochib ketgan odamlar yangi maskanda Oʻ. epidemiyasi tarqalishiga sabab boʻlganlar.
Qoʻzgʻatuvchisi toun mikrobi — mayda tuxumsimon, harakatsiz. Tanasi yupqa parda bilan
oʻralgan, u oddiy ozuqa muhitlarida, ayniqsa qon qoʻshilgan muhitlarda yaxshi oʻsadi. Ekzo va
endotoksin ajratadi, tashqi muhitga va quritishga chidamli, tuproqda 7 oy, kiyimkechakda 5— 6
oygacha tirik saqlanadi. Oʻ. mikrobi organizmga teri, shilliq qavatlar, yuqori nafas yoʻllari va h.k.
aʼzolardan kirishi mumkin.
Kemiruvchilar (yumronqoziq, qum sichqonlar, dala sichqonlari va aholi yashaydigan joylardagi
kalamushlar), tuyalar, shuningdek, Oʻ.ning oʻpka turi bilan ogʻrigan bemorlar kasallik
qoʻzgʻatuvchilarining manbai hisoblanadi. Oʻ.mikrobi hayvondan odamga va odamdan odamga
transmissiv yoʻl bilan (mas, burga chaqqanda), baʼzan kasal hayvon goʻshtini nimtalaganda,
shuningdek, ovqatga yaxshi tekshirilmagan goʻsht ishlatilganda yuqadi. Oʻ.ning oʻpka turi bilan
ogʻrigan bemor sogʻlom kishilar uchun ayniqsa xavfli, chunki u gaplashganida, aksirganida havoga
Oʻ. tayoqchalarini tarqatadi. Inkubatsion davri bir necha soatdan 3—6 kungacha. Kasallik oʻtkir
boshlanadi, bemorning eti uvishib, boshi qattiq ogʻriydi, koʻpincha koʻngli ayniydi, qayt qiladi,
uyqusizlikdan qiynaladi, alahlaydi. Oʻ.ning oʻpka turida oʻpkaning yalligʻlanishi (oʻlatli zotiljam)


kuzatiladi, bu yoʻtal, qon aralash balgʻam ajralishi, havo yetishmasligi bilan davom etadi. Oʻ.ning
teribubon shaklida infeksiya kirgan joy boʻrtib, qon aralash suyuqlik tutgan pufakcha hosil
boʻladi, u keyinchalik soʻrilib ketadi, shu sohaga yaqin limfa tugunlari shishadi (yaʼni bubon hosil
boʻladi). Ichak shakli kuchli ich ketishi, baʼzan axlatda qon va shilliq boʻlishi bilan kechadi. Septik
shakli terida, shilliq pardalarda va turli aʼzolarda qon quyilishi bilan ajralib turadi, bu odatda,
ogʻirroq kechib koʻpincha oʻlim bilan tugaydi.
Oldini olish. Kasallik aniqlangan joyda karantin eʼlon qilinadi. Zarurat tugʻilganda u yerda
yashaydigan aholi Oʻ. vaksinasi bilan emlanadi. Tabiiy oʻchoqda muntazam epizootik tekshiruvlar
oʻtkazish, aholi va hayvonlarni nazorat qilish, tirik vaksina bilan emlash, dala va turar joylarda
kemiruvchilar, burgalarni qirish va boshqalar tadbirlardan iborat. Bemor bilan muloqotda
boʻlganlar va tibbiy xodimlar kasallik oʻchogʻi tugatilgandan soʻng 6 kun davomida tibbiy
kuzatuv ostida boʻladilar. Davolashda antibiotiklar qoʻllaniladi. Hozirgi vaqtda vaksinalardan
foydalanish, kemiruvchilar va burgalarga qarshi kurash olib borish natijasida bu kasallik uncha
xavf tugʻdirmaydi. Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vazirligiga qarashli Oʻ. (toun)ga qarshi stansiya
har yili bahoryoz mavsumida kasallikning tabiiy oʻchoqlarida epizootiya oldini oladigan tadbirlar
va lab. tekshiruvlari olib boradi.
Chorva mollari ning Oʻ.i qishloq xoʻjaligi hayvonlarining eng xavfli yuqumli kasalliklaridan. Har xil
taksonomik guruhlarga mansub maxsus viruslar (qoramol, choʻchqa, otlar Oʻ.i, etxoʻr parrandalar
— qushlar Oʻ.i viruslari), MogShmgiz turkumiga kiruvchi viruslar yoki Oʻ. bakteriyasi qoʻzgʻatadi
(tuyalar Oʻ.i). Yuqori harorat, shilliq qavatlar, asosan, oshqozonichak yoʻllari yalligʻlanishi bilan
tavsiflanadi. Kasallik manbai kasal hayvon. Oʻ. bilan kasallangan hayvon sogʻ hayvon bilan birga
boqilganda, kamdankam zararlangan yem orqali yuqadi. Tashxis lab. tekshiruvlari asosida
qoʻyiladi.
Oldini olish: kasallik tarqalgan qoʻshni mamlakat chegarasida immun zonani tashkil qilish; kasallik
paydo boʻlganda karantin tadbirlari; kasal mollarni soʻyish va goʻshtini yoqib yuborish;
qolganlarini emlash va sanitariyaveterinariya choratadbirlari oʻtkazishdan iborat.
Ko‘proq o‘rganish
Ushbu maqolada 
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
 (2000-2005)
maʼlumotlaridan foydalanilgan.


 
Soʻnggi tahrir 6 oylar avval
 
MalikxanBot
 tomonidan amalga oshirildi
Ushbu maqola 
chaladir
. Siz uni 
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=O%C
A%BBlat&action=edit)
 
Vikipediyaga
 yordam berishingiz mumkin.
Bu andozani 
aniqrogʻiga
 almashtirish kerak.
"
https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?title=O lat&oldid=2284186

dan olindi 

Download 59,37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish