Xirurgik kasalliklar



Download 8,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet240/258
Sana25.04.2022
Hajmi8,06 Mb.
#581345
1   ...   236   237   238   239   240   241   242   243   ...   258
Bog'liq
@uzmedlibuzSh. I. Karimov Xirurgik kasalliklar 2010

PERITONITLAR 
 
Qorin pardasining anatomik-fiziologik xususiyatlari 
Qorin pardasi qorin devorining ichki yuzasini va qorin bo’shlig’ida 
joylashgan a’zolarni qoplab turadigan yupqa seroz pardadan iborat. Pardaning 
qorin devorini ichki yuzasini qoplab turgan qismini parietal qorin pardasi 
(qalinligi 90-130 mkm) va ichki a’zolarning kattagina qismini qoplab turgan 
qismini vistseral qorin pardasi (qalinligi 45-75 mkm) tashkil etadi. 
Qorin pardasi yuzasining umumiy sathi ≈2 m

atrofida bo’lib, erkaklarda 
qorin pardalari orasidagi bo’shliq yopiq bo’ladi, ayollarda esa tashqi muhit 
bilan, bachadon va uning naylari orqali aloqada bo’ladi. Odatda, qorin 
bo’shlig’ida normal sharoitda ichki a’zolar yuzasini namlab turadigan, me’da va 
ichaklar peristaltikasini osonlashtiradigan oz miqdorda (≈20 ml gacha) tiniq 
seroz suyuqlik bo’ladi. Qorin pardasi poligonal mezoteliy va biriktiruvchi 
to’qima qavatlaridan iborat bo’lib, qon tomirlar, limfatik tomirlar, hamda nerv 
tolalari bilan mo’l ta’minlangan.
Qorin pardasining bunday boy vaskulyarizatsiyasi, uning bo’shlig’ida 
bo’lgan suyuqlikni so’rish xususiyatiga va yallig’lanish jarayonida ishtirok 
etganida – ekssudatsiya qobiliyatlariga ega qiladi. Bu xususiyat qorin 
pardasining diafragmal yuzasidagi sathida suyuqlikni so’rish ko’proq darajada, 
kichik chanoq sohasida esa kamroq darajada rivojlangan. Qorin pardasining 
diafragmal yuzasining bu xususiyati, uning proksimal qismlari va plevra 
varag’ining bazal qismlarini bog’lab turadigan limfatik tomirlar bilan birgalikda, 
yallig’lanish jarayonining qorin bo’shlig’ining yuqori qavatidan plevra 
bo’shlig’iga o’tishiga imkon tug’diradi. 
Parietal qorin parda sezuvchan somatik nervlar (qovurg’alararo nerv 
tarmoqlari) bilan innervatsiyalanadi. Shu tufayli parietal qorin parda har qanday 
ta’sir (mexanik, kimyoviy va b.) turiga sezuvchan bo’ladi, bo’ladigan og’riqlar 
esa mahalliy (lokal), chegaralangan (somatik og’riqlar) holda o’tadi. Vistseral 


536 
qorin parda vegetativ (parasimpatik va simpatik) innervatsiyaga ega bo’lib, 
somatik innervatsiyaga ega emas. Shunga ko’ra vistseral qorin parda 
ta’sirlanganda paydo bo’ladigan og’riqlar tutish xarakteriga ega, ya’ni lokal 
emas (vistseral og’riqlar). Kichik chanoq qorin pardasi somatik innervatsiyaga 
ega emas. Bu hol, kichik chanoq bo’shlig’idagi qorin pardasining yallig’lanish 
jarayonlarida, oldingi qorin devori mushaklarining himoya tarangligi 
(vistseromotor refleks) bo’lmasligini izohlaydi. Qorin pardasi yaqqol namoyon 
bo’ladigan plastik xususiyatlarga ega bo’lib, mexanik yoki kimyoviy jarohat 
etgan holda birinchi soatlardan boshlab, uning yuzasiga fibrin cho’kadi, bu bir 
biriga tegmay turadigan yuzalarining yopishishiga va yallig’lanish jarayonining 
chegaralanishiga olib keladi (himoya vositasi). Bundan tashqari, qorin 
pardasining o’zi va u ishlab beradigan suyuqlik antimikrob xususiyatlarga ega. 

Download 8,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   236   237   238   239   240   241   242   243   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish