FARMATSEVTIK XODIMLAR NOMENKLATURASI VA SHTATLARI.
REJA:
8.1. Farmasevtika faoliyati, kadrlar lavozim nomenklaturasi, shtatlari.
8.2. Farmasevt kadrlarga qo‘yiladigan zamonaviy talablar, kasb tavsifnomasi.
8.3. Dorixona xodimlari uchun sanitar-gigienik talablar
Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni tayyorlash, shuningdek ularni saqlash,
ularning sifatini nazorat qilish hamda ularni rasmiylashtirish O‘zbekiston
Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi belgilaydigan tartibda dorixonalar
tomonidan amalga oshiriladi.
Yuqorida keltirilgan farmasevtika faoliyati yo‘nalishlariga muvofiq O‘zbekiston
Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan 2009 yil 20 maydagi №157 son
buyruq bilan farmasevt kadrlar lavozim nomenklaturasi va lavozim nizomlari
tasdiqlangan.
1-jadval
Farmasevt kadrlar lavozim nomenklaturasi
Kategoriya
Lavozim nomi
Rahbar xodimlar
Dorixona mudiri
Dorixona mudiri muovini
Dori vositalarini ulgurji savdosini amalga
oshiruvchi omborxona mudiri
Dori vositalarini ulgurji savdosini amalga
oshiruvchi omborxona mudir muovini
Farmasevtika
tashkilotlarining
bo‘lim
boshliqlari
Oliy farmasevtika ma'lumotiga ega
bo‘lgan mutaxassislar
Farmasevt
Farmasevt-texnolog
Farmasevt-analitik
Farmasevt-kosmesevt
Farmasevt muhandisi
Biotexnolog
Klinik farmasevt
O‘rta maxsus ma'lumotli farmasevt
kadrlar
Farmasevt assistenti
Yordamchi xodimlar
Qadoqlovchi
Sanitar yuvuvchi
Oliy va o‘rta maxsus ma'lumotiga ega bo‘lgan farmasevt kadrlar 3 bosqichga ega
bo‘lgan kvalifikasion kategoriyaga ega bo‘lishi mumkin.Malakaviy toifa 5 yil
muddatgacha amalda bo‘lib, so‘ngra uni qaytadantasdiqlash zarur.
Malakaviy toifa farmasevt kadrlar attestasiyasi natijalariga ko‘ra beriladi.
Attestasiya jarayonida ishtirok etish farmasevt kadrlarning ihtiyoriga ko‘ra amalga
oshiriladi. Malakaviy toifa olishni hohlagan mutaxassislar Sog‘liqni saqlash
vazirligi qoshidagi attestasiya komissiyasiga ariza bilan murojaat qiladilar va
oxirgi 3 yildagi faoliyat bo‘yicha hisobot topshiradilar. Attestasiya komissiyasi
xulosasiga ko‘ra farmasevt kadrlarga kategoriya berilgani to‘g‘risida guvohnoma
taqdim etiladi.
Farmasevtika tashkilotlarida (dorixonalarda) farmasevt kadrdan tashqari faoliyat
yuritish uchun ma'muriyat-boshqaruv (bosh buxgalter, buxgalter, kassir) va
yordamchi xodimlar (qadoqlovchi, sanitar yuvuvchi), shuningdek, xizmat
ko‘rsatuvchi (farrosh, yuk tashuvchi, xaydovchi)lar ham shtat jadvaliga kiritilishi
lozim.
Farmasevt kadrlarga qo‘yiladigan zamonaviy talablar, kasb tavsifnomasi
Respublikamizda jadal sur'atlar bilan rivojlanib borayotgan farmasevtika sohasi
farmasevt kadrlar malakasiga qo‘yiladigan talabni ham ko‘rib chiqishni dolzarb
vazifa qilib qo‘ydi. Farmasevtika sohasidagi kadr buyurtmachilari va
iste'molchilari bugungi kunda bitiruvchi nafaqat farmasevtikaga oid bilim va
ko‘nikmalarga ega bo‘lishini balki, muloqat psixologiyasi, axborot texnologiyalari,
xorijiy tillarni bilishini ham talab etmoqdalar.
O‘z navbatida farmasevt kadrlarning kvalifikasion tavsifnomasi ham, zamon
talabiga muvofiq o‘zgarib bormoqda.
Respublikamizda farmasevt kadrlar bilan ta'minlovchi yagona OTM – Toshkent
farmasevtika institutida bugungi kun amaliyoti talablari asosida yangi ta'lim
yo‘nalishlari, mutaxassisliklar tashkil etilmoqda, fan dasturlari muntazam
yangilanib borilmoqda. Ushbu jarayonda zamonaviy texnologiyalar, boshqaruv
tizimi, tahlil uslublarining rivojlanib borishi, ta'lim standartlarini ham
takomillashtirishni taqazo etmoqda.
O‘z navbatida, O‘zbekiston Respublikasining “Ta'lim to‘g‘risida”gi Qonuniga
muvofiq Kadrlar tayyorlash milliy dasturi maqsadlarini ro‘yobga chiqarish,
mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning istiqbollari, jamiyat ehtiyoji, fan,
texnika va texnologiya yutuqlari, kadrlar tayyorlash borasida xalqaro rivojlanish
tendensiyalaridan kelib chiqib, iqtisodiyot sohalarining modernizasiyalashuv
sharoitida kadrlar iste'molchilarining talablarini oliy ta'lim tizimi mazmuniga
tezkor joriy etilishiga tegishli sharoitlar yaratish, oliy ta'lim davlat ta'lim
standartlarini xalqaro amaliyotdagi akademik standartlar bilan uyg‘unlashtirish
hamda ularning uzviyligini ta'minlash maqsadida, Vazirlar Mahkamasining “Oliy
ta'limning Davlat ta'lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida” 2001 yil 16
avgustdagi 343-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Unga ko‘ra
respublikamizdagi barcha ta'lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklar uchun malaka
talablari va bilim sohalari bo‘yicha Davlat ta'lim standartlarini ishlab chiqish
belgilandi.
Yangi me'yoriy hujjatlarda farmasevtik yordam masalalariga ham alohida urg‘u
berilmoqda. Bugungi kun dorixona farmasevtika amaliyotini samarali tashkil qilish
uchun mutaxassisdan o‘z faoliyatida aholiga nafaqat tayyor dori vositalarini sotish
bilan shug‘ullanishi, balki yuqori malakali farmasevtik yordam ko‘rsatish
ko‘nikmalariga yetarli darajada ega bo‘lishi talab etilmoqda. Axborot
texnologiyalari va unga bog‘liq ravishda servis xizmatlarini jadal rivojlanib borishi
yaqin istiqbolda dori vositalari iste'molchiga yetkazishni Internet tizimi orqali
amalga oshirilishi kutilmoqda.
Farmasevtika sohasining yana bir dolzarb muammolardan biri – dori vositalardan
oqilona foydalanishdir. Ma'lumki, bugungi kun dunyo bozorida 350 ming xil dori
vositalari mavjud bo‘lib, Yevropada bu ko‘rsatgich 25 mingga, O‘zbekistonda 7
mingga yaqin. Ushbu ummondan foydalanishda nafaqat iste'molchi bemor, balki
dori vositasini savdo nomi bilan yodga olgan tibbiyot xodimlari tomonidan xam
ko‘plab xatoliklarga yo‘l qo‘yilishi kuzatilmoqda. Shuning uchun dori vositalari
muomalasi (mutanosibligi, ta'siri aks ta'siri, genetik mosligi) bo‘yicha
farmasevtlarda yetarli darajada bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish maqsadida,
tibbiy biologik fanlarning dasturlari takomillashtirilmoqda. Ayniqsa, klinik
farmasiya ta'lim yo‘nalishi bitiruvchilarida ushbu vazifalarni chuqur
o‘zlashtirishga alohida urg‘u qaratilgan. Quyida dori vositalari muomalasidagi
statistik ma'lumotlar buning tasdiqlovchi omili sifatida keltirildi:
•
AQShlarida har yili dori vositalarining nojo‘ya ta'siri natijasida 3,5-8,8 mln.
bemor gospitalizasiya qilinmoqda, bu esa 100 mingdan ziyod bemorni hayotdan
bevaqt ko‘z yumishiga olib kelmoqda.
•
Fransiyada bir yilda 1,3 mln. bemor dori vositalarining nojo‘ya ta'siridan
jabrlanganliklari qayd etilgan, ulardan 33% jiddiy jabrlangan va 16%
gospitalalizasiya qilingan, 1,4% o‘lim bilan yakunlangan.
•
Germaniyada dori vositalari nojo‘ya ta'siri natijasida qayd etilgan bemorlar
soni har yili 10-15%ga ko‘payib bormoqda.
•
Jahon SSTning rasmiy xabarnomasiga ko‘ra AQShda 20%, Yevropaning 8
ta davlatida 19,8%, Italiyada 25% holatlarda bemorlarning klinik holatiga mos
bo‘lmagan dori vositalari tayinlanganligi qayd etilgan.
•
Rossiyada 36% bemorlarga kerak bo‘lmagan dori vositalari 2,5%
bemorlarga mumkin bo‘lmagan dori vositalari tayinlanganligi va 31% bemorlarga
zarur bo‘lgan dori vositalari tayinlanmaganligi qayd etilgan.
•
Turli xil davlatlarda sog‘liqni saqlash uchun ajratilgan mablag‘ning 5%dan
17%gacha bo‘lgan xajmi, aynan dori vositalarining nojo‘ya ta'sirini davolash
uchun sarflanayotgani qayd etilgan.
Hukumatimiz
tomonidan
sanoat
farmasiyasini
rivojlantirish
masalasini
mamlakatimiz
ijtimoiy-iqtisodiy
taraqqiyotida
ustuvor
vazifalardan
deb
belgilangan. Ushbu yo‘nalishda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
tomonidan aholini mahalliy xom ashyolar asosida bezarar, sifatli va arzon dori
vositalari bilan ta'minlash borasida qator qarorlar qabul qilingan.
Nazorat savollari
1. Farmatsevtika faoliyati, kadrlar lavozim nomenklaturasi, shtatlari.
2. Farmatsevt kadrlarga qo‘yiladigan zamonaviy talablar, kasb tavsifnomasi.
3. Dorixona xonalari va jihozlariga qo‘yiladigan sanitar tartib qoidalari
4. Dorixona xodimlari uchun sanitar-gigienik talablar
Do'stlaringiz bilan baham: |