XIRURGIK KASALLIKLAR
TIBBIYOT
INSTITUTLARI
TALABALARI
UCHUN
O’QUV
QO’LLANMALARI
O’zbekiston Respublikasi Oliy va maxsus ta’lim
Vazirligining Bosh boshqarmasi tomonidan tibbiyot
institutlari talabalariga qo’llanma sifatida
ruxsat etildi
XIRURGIK
KASALLIKLAR
S
H
.I.
K
ARIMOV
T
OSHKENT
2010
1
TIBBIYOT
INSTITUTLARI
TALABALARI
UCHUN
O’QUV
QO’LLANMALARI
S
H
.I.
K
ARIMOV
XIRURGIK
KASALLIKLAR
O’zbekiston Respublikasi Oliy va maxsus ta’lim Vazirligining
Bosh boshqarmasi tomonidan tibbiyot institutlari talabalariga
qo’llanma sifatida
ruxsat etildi
T
OSHKENT
2010
2
Mundarija
Betlar
1 So’z boshi
3
2 Qalqonsimon va paraqalqonsimon bezlar kasalliklari
4
3 O’pka va plevra kasalliklari
25
4 Ko’ks oralig’i kasalliklari
45
5 Yurak va perikard kasalliklari
51
6 Simptomatik arterial gipertenziya
75
7 Aorta va magistral arteriyalar kasalliklari
90
8 Oyoqlarning surunkali kritik ishemiyasi
129
9 Vena va limfa tomirlari kasalliklari
143
10 Diafragma kasalliklari
161
11 Qizilo’ngach kasalliklari
168
12 Qorin churralari
190
13 Me’da va o’n ikki barmoqli ichak kasalliklari
216
14 Ingichka ichak kasalliklari
243
15 O’tkir appenditsit
247
16 Yo’g’on ichak kasalliklari
258
17 To’g’ri ichak kasalliklari
267
18 O’tkir ichak tutilishi
285
19 Jigar jarrohlik kasalliklari
299
20 Portal gipertenziya
309
21 O’t pufagi va o’t yo’llari kasalliklari
315
22 Mexanik sariqlik
323
23 Me’da osti bezi kasalliklari
327
24 Taloq kasalliklari
352
25 Peritonitlar
366
26 Tavsiya etilgan adabiyotlar
396
27 Ilovadagi su'ratlar
403
3
So’z boshi
Keyingi yillarda xirurgiya fanining zo’r berib rivojlanishi zamirida, ilgari
faqatgina yirik ilmiy markazlar imtiyozi hisoblangan ko’pgina murakkab
diagnostika uskunalarining – rentgentelevidenie, ultratovush yordamida va
endoskopik tekshiruv uskunalari xizmatidan nafaqat yirik klinikalar foydalanish,
balki viloyat va tuman kasalxonalari amaliyotiga keng miqyosda kirib kelishi,
yangidan yangi diagnostik uskunalar (angiografiya, kompyuter tomografiya va
b.) xizmatidan keng ko’lamda foydalanish, burun tasavvur qilish qiyin bo’lgan
yangi texnologiyalarning shiddat bilan kirib kelishi va ular bilan bog’liq bo’lgan
endoxirurgik va miniinvaziv operatsiyalar uchun moslama yoki uskunalar
taraqqiyoti yotadi. Albatta, bularning barchasini, etakchi omil – jarrohlik
sohasida olib borilayotgan tinimsiz ilmiy izlanishlar, ular natijalarini jahon ilm
ahli orasida namoyon etish, ular tajribasiga tayangan holda takomillashtirish,
yuqori samarali jarrohlik amaliyotlari usul va uslublarini ishlab chiqish va ularni
amaliyotga keng tadbiq etishsiz, tasavvur qilish qiyin.
Oqibatda, bugungi kun xirurgiyasi nafaqat surunkali xoletsistitda, balki
ushbu kasallikning o’tkir turida ham laparoskopik operatsiya uslublaridan
foydalanish, ko’pgina boshqa surunkali va o’tkir xirurgik kasalliklarida ham,
kichik yoki kam invaziv operatsiya taktikasini qo’llash maqsadga muvofiq
bo’lib, kundan kun odat tusiga aylanib bormoqda. Bundan tashqari, xirurgiya
sohasida yangidan-yangi yo’nalishlar paydo bo’lishi, oldingi darsliklarda
ularning ifoda etilmagani, yangi darslikni yaratish va ushbu masalalarni ham
unga kiritish zaruratini yuzaga keltirdi.
Binobarin, yurtimizda xirurgik kasalliklar bo’yicha chop etilgan barcha
darsliklarni qaytadan ko’rib chiqib, ularga shu ixtisoslikning bugungi holati va
kelajagini inobatga olgan holda, o’zgartishlar va to’ldirishlar kiritish ehtiyoji
tug’ildi. Talabalarga dars berishdagi
qat’iy izchillikka rioya qilgan holda, ilmiy
asosda tabobatning bu murakkab sohasida insoniyat to’plagan tajribalarni ularga
etkazishga harakat qilindi. Zero undan, bugungi kun talabalari foydalanib,
4
ertangi kunda aholiga davr talabiga munosib ravishda xizmat ko’rsatishlari
lozim bo’ladi.
Shu qatorda, 30 yildan beri rahbarlik qilib kelgan fakultet va gospital
jarrohligi klinikasining boy tajribasi ham e’tiborga olingan. Ushbu asarni
yaratishda bevosita hissa qo’shgan shogirdlarga, muallif ulkan minnatdorchilik
bildiradi.
Darslikni yozishda, muallif xirurgiyaga oid mavjud ma’lumotlarni bayon
etgani holda, kasalliklarni aniqlash va davolashning yangi usullari bilan
tanishtirishga harakat qildi. Bu borada o’lkamiz olimlarining qo’shgan ulkan
hissalari haqida ham so’z yuritishga urindi. Bularning hammasi, bo’lajak
jarrohlarning yangi avlodini tarbiyalashga va ularning xalqimizga malakali
xizmat ko’rsatishiga yordam beradi degan umiddamiz.
5
Do'stlaringiz bilan baham: |