2. Invaziv usullar:
laparotsentez, «izlovchi» kateter usuli, diagnostik
laparoskopiya va diagnostik laparotomiya.
Laparotsentez
tekshirishning birmuncha oddiy usuli bo’lib, qorin devorini
teshib, qorin bo’shlig’iga ingichka kateter kiritish yo’li bilan amalga oshiriladi.
Peritoneal ekssudatni kateter orqali tashqariga chiqishi peritonit borligiga dalil
bo’ladi. Bu usul operatsiya o’tkazish katta xavf bilan bog’liq bo’lgan diagnostik
qiyin hollarda, qorin bo’shlig’ida ekssudat yoki qon borligini topishga, uni
aspiratsiya qilishga va mikroskopik tekshirishga imkon beradi. Olingan suyuqlik
xususiyati bo’yicha (qon, yiring va b.) qorin bo’shlig’idagi o’zgarishlar
to’g’risida xulosa chiqarish mumkin. Ekssudatni pH miqdoriga, amilaza,
eritrotsitlar borligiga, uning tashqi ko’rinishi, xidi, ranggiga ko’ra
laparotomiyaga ko’rsatmalarni aniqlash mumkin. Bu usulni qo’llash 91% gacha
hollarda to’g’ri tashxis qo’yishga imkon beradi.
Laparoskopiya
bevosita yallig’lanish manbaini topishga yordam beradigan
birmuncha ishonchli usul hisoblanadi. Bu usul tekshirishning, noinvaziv usullari
ma’lumot bermagan taqdirda, tashxis qo’yishga ishonch bo’lmaganda
qo’llaniladi. Laparoskopiyada qorin bo’shlig’ining deyarli hamma a’zolarini
556
ko’zdan kechirish, parietal va vistseral qorin pardasining holatiga baho berish,
ekssudat bor yoki yo’qligini topish mumkin.
Diagnosik laparotomiya va qorin bo’shlig’i a’zolarini
qiyin hollarda
taftish qilish o’z vaqtida to’g’ri tashxis qo’yishga yordam beradi.
Differentsial diagnostikasi
Taxminan 85% hollarda qorin bo’shlig’ining birorta a’zosidagi
patomorfologik o’zgarishlar belgilari bilan parallel holda rivojlanadi va tashxis
qo’yishni osonlashtiradi. Biroq, o’tkir xirurgik kasalliklarning taxminan 15%
hollarda mahalliy belgilar noaniq xarakterda bo’ladi, ba’zida umumiy belgilar
ham noaniq bo’lishi mumkin. Bunday hollarda og’riq xuruji xarakteriga alohida
e’tibor berish kerak. O’tkir xirurgik kasalliklarda og’riq cho’qqisi, me’da-ichak
yo’li faoliyati buzilishlariga qaraganda, bir muncha yaqqolroq namoyon bo’ladi.
Ikkinchi muhim differentsial belgi dispeptik belgilarning kanday tabiatga ega
ekanligi hisoblanadi. Destruktsiya bo’lmaganda anamnezdagi qayt qilish
kamdan kam bo’ladigan hodisa hisoblanadi, vaholanki. destruktsiya bo’lganda
dispeptik belgilar kasallikni etakchi belgilari bo’lib ahisoblanadi. Shyotkin-
Blyumberg belgisi muhim belgi hisoblanadi, uning musbat bo’lishi, destruktiv
jarayonga qorin pardasining aloqadorligi haqida dalolat beradi.
Peritonitning toksik va terminal bosqichida differentsial diagnoz, odatda,
jiddiy qiyinchiliklar tug’dirmaydi, biroq xuddi shu bosqichlarda peritonitni
davolash ko’pincha kam foydali bo’ladi. Peritonitning boshlang’ich bosqichida
aniqlash birmuncha qiyin bo’ladi, chunki uning klinik belgilari peritonit manbai
bo’lgan (o’tkir appenditsit, o’tkir xoletsistit yoki b.) kasallik belgilaridan kam
farq qiladi.
O’tkir pankreatitda peritonit uchun xos qator belgilarni aniqlash mumkin.
Ayni vaqtda pankreatitda to’xtamaydigan qayt qilish ta’sirida, qorin old devori
mushaklari taranglashuvi yaqqol namoyon bo’lmasligi mumkin. Qorin
pardasining alohida ta’sirlanish belgilari yo’q, kasallik boshlanishida harorat
557
normalligicha qoladi. Qon va siydik tahlilida diastaza fermenti miqdorini
oshganligi aniqlanadi.
O’tkir mexanik ichak tutilishi klinik jihatdan peritonitdan faqat
boshlang’ich davrlarida farq qiladi, keyinchalik to’g’ri muolaja bo’lmaganda,
ichak perforatsiyasi rivojlanadi va ichak tutilishi belgilariga peritonit ham
qo’shiladi. Agar o’tkir ichak tutilishining boshlang’ich davrida og’riqlar kuchli
(xurujsimon) xususiyatga ega bo’lsa, peritonit uchun doimiy og’riqlar xos
bo’ladi. Ichak tutilib qolganda peristaltika avvaliga keskin kuchaygan, hattoki
ba’zan ko’zga ilg’ab olinadigan darajada peristaltika aniqlanadi. Peritonitda ham
rentgenologik tekshiruvda, ichak tutilishiga xos belgi – Kloyber «kosachalari»ni
aniqlash mumkin.
Jigar sanchig’i uchun o’ng qovurg’alar ostida, o’ng kurak osti yoki o’ng
elka ustiga irradiatsiya beradigan (o’tadigan) xurujsimon og’riqlar, tarkibiga o’t
aralashgan oz miqdorda meda suyuqligini qayt qilish xos bo’ladi. O’ng
qovurg’alar ostida mushak taranglashuvi ba’zan yaqqol emas, qorin pardasining
tasirlanish belgilari bo’lmaydi. Issiq tutish va muolaja jigar sanchig’i xurujini
tezda yuqotadi.
O’tkir xoletsistit va peritonit o’rtasida differentsial diagnoz o’tkazish ancha
qiyin kechadi. O’tkir flegmonoz xoletsistitda maxalliy peritonit uchun xos
belgilar: doimiy og’riqlar, mushaklar taranglashuvi, qorin pardasi ta’sirlanish
belgilari, ichak peristaltikasi aktivligining pasayishi, gipertermiya, leykotsitozni
aniqlash mumkin. Bemorlarni soat sayin qunt bilan kuzatish, yallig’lanish
jarayoni ob’ektiv belgilarini – harorat, puls tezligi, arterial bosim darajasi,
leykotsitozni bemor shikoyatlaridagi o’zgarishlarni va ob’ektiv tekshirish
ma’lumotlarini hisobga olgan xolda, bir necha marta aniqlash vrachga o’t
qopidagi o’tkir jarayonining kechish bosqichini bilib olish, samarali davo
o’tkazish va keyingi muolajani qanday olib borishga yordam beradi.
Me’da va o’n ikki barmoqli ichak yarasi kasalligi xurujida, ayniqsa yirik
kallyoz yoki yoyilgan yaralarda yallig’lanish jarayoniga qorin pardasi
qo’shilganda, qorinda doimiy kuchli og’riklar, mushaklar taranglashishi, bazan
558
musbat Shyotkin-Blyumberg belgisini ko’rish mumkin. Ayni vaqtda
peritonitdan farqli ravishda ovqatdan so’ng og’riqlarning bir oz kamayishi,
peristaltikaning yuqolmaganini aniqlash mumkin. Tana harorati normalligicha
qoladi, taxikardiya xos bo’lmay, bemorning tili nam, qon formulasidagi
o’zgarishlar odatda kam bo’ladi.
Buyrak sanchig’i qorinda og’riq sezgilari, uning dam bo’lishi, ich kelish va
el chiqishning tutilishi bilan o’tishi mumkin, bu peritonitda ham bo’ladi. Biroq
og’riqlarning o’ziga xos joylashuvi (asosan bel sohasida), ularning xurujsimon
tabiati va songa, jinsiy a’zolarga berilishi (irradiatsiyasi), og’riqlarning bemor
tana vaziyatini o’zgartirishiga aloqador emasligi, bemorning bezovtaligi,
gipertermiya, qorin pardasi ta’sirlanish belgilarining yo’qligi, shuningdek siydik
tahlilidagi o’zgarishlar (gematuriya, leykotsituriya), bu ikala kasallik o’rtasida
aniq differentsial diagnostik tafovut o’tkazishga imkon beradi.
Qorin bo’shlig’i a’zolarining kasalliklariga aloqador bo’lmagan ba’zi bir
boshqa kasalliklar (bazal plevrit, pnevmoniya, miokard infarkti, qovurg’alarning
ko’plab sinishi) peritonitga xos belgilar bilan o’tishi mumkin. Bunday hollarda
ko’krak bo’shlig’i a’zolarini qunt bilan instrumental tekshirish usullari va
rentgenologik tekshiruvdan foydalanish yordam beradi.
Keksa yoshdagi shaxslarda peritonitni diagnostika qilish jiddiy
qiyinchiliklar tug’dirishi mumkin. Bunda ham anamnez yig’ish qiyin, organizm
reaktivligini pasayib ketishi hisobiga og’riq sezgilari va kasallikning ba’zi
ob’ektiv belgilari (mushak himoyasi, gipertermiya, leykotsitoz) pasayganligi
sababli, kam yuzaga chiqishi mumkin.
Bolalarda peritonitni diagnostika qilishda bemor bilan o’zaro muloqat
yo’qligi, kasallikning qimmatli anamnezini yig’ib bo’lmasligi, tashxis qo’yishni
qiyinlashtiradi. Bolalarda peritonit ko’pincha yaqqol og’riq sezgilari, qorin
mushaklarining keskin taranglashuvi, yuqori gipertermiya va leykotsitoz bilan
giperergik reaktsiya tipi bo’yicha kechishini unutmaslik lozim bo’ladi.
Diagnostika qilishda operatsiyadan keyingi peritonitlar alohida qiyinchilik
tug’diradi, chunki bu dahshatli kasallik operatsiyadan keyingi davrni kechishini
559
og’irlashtiradi. Mazkur holda, infektsiyaning asosiy manbai qorin bo’shlig’i
a’zolari o’rtasida qo’yilgan anastomoz choklarining nobopligi (etishmovchiligi),
qon yoki ekssudat yig’ilishi, keyin esa ularning yiringlashi hisobiga bo’lishi
mumkin. Chunki operatsiya vaqtida aseptika qoidalariga qanchalik rioya
qilinmasin, operatsiya maydoniga mikroblarning tushishini batamom oldini olib
bo’ladi deb bo’lmaydi. Diagnostika qilishning qiyinligiga sabab shuki,
operatsiyadan keyingi davrda organizm o’z himoya kuchlarini operatsiya
jarohatiga javoban safarbar qilganidan, peritonit belgilari yaqqol namoyon
bo’lmasligi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |