Qorin lavaji va
peritoneal dializ
Qorin lavaji (qorin bo’shlig’i a’zolarini yuvish) deganda, qorin bo’shlig’i
va undagi a’zolarni antiseptik eritmalar yoki fiziologik eritma bilan yuvish
nazarda tutiladi. Peritoneal dializ esa, maxsus tayyorlangan elektrolitlar eritmasi
yordamida yuvish, hamda qorin parda orqali elektrolitlarning organizmga
so’rilishi nazarda tutiladi. Bu ikkala usulni uzluksiz (oqib turadigan) yoki
fraktsion usulda, yuvuvchi eritmalar tarkibiga albatta antibiotiklar va novokain
eritmasi qo’shilgan tarzda bajarish mumkin. Agarda qorin lavaji jarayonida
furatsillin, rivanol yoki fiziologik eritmalar bilan o’tkazilsa, peritoneal dializni –
Petrov, Ringer, Ringer-Lokk, Simonyan, TSOLIPK, Darrou I va II elektrolit
eritmalari bilan o’tkaziladi.
Qorin lavajini qo’llash g’oyasi S.T. Rozenakka (1926) tegishli bo’lib, sobiq
Ittifoqda o’tkir peritonitlarda qo’llashga tavsiyalarni birinchi bor A.N. Filatov
(1958) ilgari surdi. Klinik amaliyotda esa, uni X.G’. G’afurov (1957) va K.S.
Simonyan (1964) qo’lladilar. Tarqalgan peritonitni, ayniqsa uning og’ir
bosqichlarida kompleks davolashda ko’pgina mualliflar (K.S. Simonyan, 1971;
564
V.S. Mayat hammualliflari bilan, 1974; B.D. Savchuk, 1979; A.A. Shalimov
hammualliflari bilan, 1982) qorin lavaji yoki peritoneal dializni qo’llashga katta
ahamiyat bergan bo’lsalar ham, hozirgi kungacha uni qo’llash usullarida,
o’rnatiladigan drenajlar soni va turlari, eritmalarni kiritish usullari, sarflanadigan
eritmalar miqdori va tarkibi, shuningdek uni o’tkazish muddatlari hozirgacha
qizg’in munozaralarga sabab bo’lib kelmoqda.
Peritoneal dializ yoki lavaj o’tkazish qo’yidagilarga imkon beradi:
qorin bo’shlig’idan ekssudat, yiring, qon ivindilari, fibrinlarning tezda
yuvilib ketishiga, bu intoksikatsiyani kamaytirishga imko beradi,
dializat takibi va turini o’zgarish hisobiga organizmda suv va elektrolitlar
muvozanatini tartibga solishga,
qorin bo’shlig’iga zarur miqdorda antibiotik va boshqa dorilarni bevosita
kiritishga,
qorin bo’shlig’idan boradigan reflekslarni bartaraf etish uchun (blokada)
novokain kiritishga,
sovitilgan dializat yuborish yuli bilan qorin bo’shlig’ida mahalliy
gipotermiya holatini yuzaga keltirishga,
dializatga geparin qo’shib yuborish yo’li bilan bitishmalar rivojlanishini
oldini olishga,
azotli chiqindilarni (shlaklar: mochevina, kreatinin va b.) organizmdan
chiqarilishiga.
Klinikamizda o’tkazilgan ko’pgina tadqiqotlarga tayangan holda, tarqalgan
yiringli peritonitlarda operatsiyadan keyingi dastlabki 4-5 sutka mobaynida
fraktsion usul bilan peritoneal dializning o’tkazilishi maqsadga muvofiq
ekanligiga ishonch hosil qiladik. Peritoneal dializ jarayonida qon plazmasining
elektrolit tarkibiga mos elektrolitlar eritmasini qo’llash, yoki undagi K
+
ionlari
miqdori oshirilgan eritmalar qo’llash, suv-elektrolitlar almashinuvini tiklovchi
optimal vosita hisoblanadi. Qorin bo’shlig’ini dializat bilan bir tekisda yuvish va
adekvat dializ o’tkazish uchun, biz qorin bo’shlig’ini drenajlashning qo’yidagi
original uslubini taklif qildik (119-rasm).
565
Tarqalgan yiringli peritonitning og’ir turlarida qorin bo’shlig’i a’zolarini
to’la qimmatli (adekvat) yuvish uun operatsiyadan keyingi davrining birinchi 3
sutkasigacha 10-12 litr, 4-sutkada 8-10 l va 5-sutkada 6-7 l dializat sarflash
kifoya qiladi. Bunda yuvindi suvlar va ularning elektrolit tarkibini har kuni
bakteriologik va biokimeviy nazorat qilib turish zarur. Gomeostaz va
gemodinamika buzilishlarini o’z vaqtida korrektsiya qilish uchun, har 2-3 soatda
puls tezligi, TSVD, AQB ni aniqlash, shuningdek qon, siydik va qorin
bo’shlig’idan chiqadigan yuvindi suvlarni biokimeviy tekshirishlardan o’tkazish
(Na
+
, K
+
, Ca
2+
ionlari miqdori, gematokrit, qoldiq azot, mochevina, kreatinin,
umumiy oqsil va b.) lozim bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |