Xirurgik kasalliklar


Kompleks davolashning asosiy tamoyillari



Download 8,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet249/258
Sana25.04.2022
Hajmi8,06 Mb.
#581345
1   ...   245   246   247   248   249   250   251   252   ...   258
Bog'liq
@uzmedlibuzSh. I. Karimov Xirurgik kasalliklar 2010

Kompleks davolashning asosiy tamoyillari 
Bemorlarni shoshilinch operatsiyadan oldin tayerlash individual, birga 
qo’shilib kelgan hamroh kasalliklarini hisobga olgan holda va intensiv, suv-
elektrolitlar muvozanatini, KIH tiklagan holda, oqsil almashinuvi va 
gemodinamik buzilishlarni to’g’rilashga qaratilgan bo’lib, barcha tekshirishlar 
tahlilining nazorati ostida bo’lish kerak. Premedikatsiya va me’da-ichak 
sistemasining dekompressiyasi (suyuqligini chiqarish) alohida o’rin tutadi. 
Operatsiyadan oldingi tayerlash davomligi 2 soatdan oshmasligi kerak. 
Peritonitda anesteziyani tanlash usuli og’riq sindromini bartaraf etishga, 
organizmning neyrotsirkulyator va neyrogumoral reaktsiyalarini tuzatishga va 
normallashtirishiga imkon beradigan, sun’iy boshqarib turiladigan nafas olish, 
umumiy endotraxeal narkoz hisoblanadi. 
Ko’pchilik bemorlarda o’tkir peritonit tashxisi qo’yilganda operatsion 
kesma (qorin bo’shlig’iga kirish yo’li) sifatida o’rta-o’rta laparotomiyadan 
foydalaniladi. Chunki bu kesma, qorin bo’shlig’i a’zolarini to’liq taftishdan 
o’tkazishga va kamroq shikast etkazishga imkoniyat beradi. 
Agar peritonitning manbai, olib tashlanishi mumkin bo’lgan a’zo 
(chuvalchangsimon o’simta, o’t qopi) bo’lsa va texnik sharoitlar shunday 
qilishga imkon bersa, infektsiya o’chog’ini qorin bo’shlig’idan radikal olib 
tashlash maqsadga muvofiq. Kovak a’zolar perforatsiyasida (me’da, o’n ikki 


560 
barmoqli ichak yarasi, yug’on ichak divertikuli, me’da yoki yo’g’on ichak 
o’smasi), perforativ teshik ko’pincha tikib qo’yiladi. Agar perforatsiya bo’lgan 
vaqtdan 6 soatdan ko’proq vaqt o’tgan bo’lsa, qorin bo’shlig’ini bakteriemiyasi 
vujudga kelishi mumkinligini va yiringli peritonit rivojlanishini kutish mumkin. 
Divertikul yallig’langanida yoki rak o’smasi teshilganda, a’zo nuqsonini tikishni 
odatda bajarib bo’lmaydi. Bunday hollarda zararlangan a’zo (agar bu texnik 
jihatdan mumkin bo’lsa) rezektsiya qilinishi yoki ichak dekompressiyasini 
beruvchi stoma qo’yish kerak bhladi. Ilgari qo’yilgan anastomoz choklarining 
nobopligini keltirib chiqargan – operatsiyadan keyingi peritonitda, 
anastomozdagi nuqsonni atrof to’qimalardagi yaqqol yallig’lanish infiltrativ 
o’zgarishlari sababli odatda tikishga muvaffaq bo’linmaydi, shuning uchun 
aksariyat hollarda, uning teshigiga ichak suyuqligini tashqariga chiqarish 
maqsadida drenaj naycha qo’yib, infektsiya o’chog’ini chegaralash maqsadida 
ko’p kanalli naychalar qo’yib drenajlanadi yoki anastomozning o’zini 
(ichaklararo) qorin bo’shlig’idan stoma tarzida qorin old devoriga chiqariladi. 
Qorin bo’shlig’i quritiladi va fibrin qoldiqlaridan tozalanadi. So’ngra qorin 
bo’shlig’ini furatsilin, rivanol yoki dioksidin kabi antiseptik eritmalar bilan 
yuviladi. 
Qorinning old devori laparotom jarohatini tikishdan oldin, qorin bo’shlig’i 
orqali qovurg’alar osti va yonbosh sohalardagi kontraperturalar orqali drenajlash 
asosiy shartlardan hisoblanadi. Qorin bo’shlig’ini drenaj qilish usullari qorin 
pardasining zararlanish darajasiga bog’liq bo’ladi. Chunonchi, mahalliy 
peritonitda drenaj yallig’langan sohaga qo’yiladi, diffuz peritonitda esa 
yallig’langan sohaga 2 yoki 3 drenaj nazorat va antibiotiklarni qorin ichiga 
yubrish uchun qo’yladi.
Tarqalgan peritonitda nafaqat drenajlash, balki muolaja usullari 
murakkabroq hisoblanadi. Amaliyot vrachi uchun shoshilinch xirurgik 
operatsiya qilishga mutloq ko’rsatma hisoblangan tarqalgan yiringli peritonit 
alohida qiziqish tug’diradi. Peritonitning erta turlarini o’z vaqtida diagnostika 


561 
qilish va mos ravishda xirurgik amaliyot o’tkazish, bu xatarli kasallikni 
davolashning garovi hisoblanadi. 
Bu o’rinda operatsiya aralashuvi o’z ichiga quyidagilarni qamrab olishi 
kerak bo’ladi: 
-
qorin bo’shlig’i a’zolarini taftish qilish va peritonit sababini bartaraf etish, 
-
antibiotiklarga sezuvchanlikni aniqlash uchun ekspress-bakterioskopik, 
bakteriologik tahlillar va mikroflorani undirish maqsadida qorin bo’shlig’idagi 
ekssudatdan namuna olish, 
-
ekssudat evakuatsiyasi, qorin bo’shlig’ini 5-8 l antiseptik eritmalar 
(furatsilin, Ringer eritmasi, fiziologik eritma yoki rivanol) bilan yuvish yoki 
lavaji, 
-
ingichka ichak tutqichi ildizini novokainlash yoki ichak atoniyasini 
profilaktika qilish maqsadida, novokain eritmasini tomchilab yuborish uchun 
mikroirrigator o’rnatish, 
-
me’da-ichak yo’li suyuqligini evakuatsiya qilish maqsadida nazoenteral 
zond kiritib (intubatsiya qilish) aktiv aspiratsiya qilish va bemorni operatsiyadan 
keyingi davrda ichagini lavaj qilish, zond orqali enteral ozuqalantirish, 
-
qorin bo’shlig’ini nazorat qilish yoki yuvish uchun drenajlash va 
operatsiyadan keyingi davrda peritoneal lavaj yoki dializ o’tkazish. 
Operatsiya tugagach, kesma ko’rsatmalar buyicha: jarohatni odatdagidek 
qavatma-qavat tikish yoki barcha qavatlariga birvarakayiga chok qo’yish bilan 
tugatiladi. Qorin bo’shlig’idagi a’zolar holatini qayta taftish qilish (rejali 
reviziya uchun) yoki muolaja lozim bo’lsa, choklarni qayta ochish mumkin qilib 
bant kabi bog’lash yoki jarohatga ochib-yopish mumkin bo’lgan «molniya» 
ilgagini qo’yish yoki bemorlarni ochiq usulda parvarishlash uchun ochiq 
qoldirish (laparostoma, laparostomiya) bilan tugallanadi. 
Laparostomiyaga ko’rsatmalar bo’lib, tarqalgan yiringli peritonitning 
qo’yidagi o’ta og’ir turlari hisoblanadi:

ichak oqmalari bilan asoratlangan terminal bosqichi, 

operatsiyada peritonit manbaini bartaraf etish imkoni bo’lmaganda,


562 

operatsiyadan keyingi (kechishi og’ir) peritonit va anaerob peritonit, 

ichakning yiringli jarohatga eventratsiyasi. 
Laparostomiyada odatda ichak qovuzloqlari 2 qavat malhamga bo’ktirilgan 
doka salfetkalar bilan yopiladi, uning chetlari qorin devori ostiga 5-6 sm ga 
qayrilib qo’yiladi va har kuni taftish va muolaja o’tkazilib turiladi. Salfetkalar 
tagiga jarohatining yuqori burchagiga antibiotiklar yuborish uchun drenajlar 
qo’yiladi. 

Download 8,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   245   246   247   248   249   250   251   252   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish