Xirurgik kasalliklar



Download 8,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet246/258
Sana25.04.2022
Hajmi8,06 Mb.
#581345
1   ...   242   243   244   245   246   247   248   249   ...   258
Bog'liq
@uzmedlibuzSh. I. Karimov Xirurgik kasalliklar 2010

 
Diagnostikasi 
O’tkir peritonit bilan xastalangan bemorlarni tekshirish muntazam, har 
tomonlama bo’lishi va kasallik anamnezi, shikoyatlar, ob’ektiv ko’rik, 
paypaslash, auskultatsiya va perkussiya natijalarini o’rganishni o’z ichiga olishi, 
klinik va biokimyoviy tekshirishlar o’tkazishni talab etadi.
Kasallik anamnezini sinchiklab o’rganish to’g’ri tashxis qo’yish, o’z 
vaqtida va asoslangan davolashda 1-darajali ahamiyatga ega. Anamnezga avvalo 
kasallikning asosiy belgilari to’g’risidagi aniq ma’lumotlarni, bemorning 
jarrohlik bo’limiga yotqizilguncha qadar qo’llanilgan davo chora-tadbirlarini 
aniqlash lozim bo’ladi. 
Qorin bo’shlig’i a’zolarining o’tkir xirurgik kasalliklarining asosiy 
belgilaridan biri og’riq bo’lib, uning joylashuvi, kuchi, xarakterini aniqlash 
muhim hisoblanadi. Bemor umumiy holatining yomonlashuvi bilan o’tadigan, 
qorinda qattiq og’riq paydo bo’lishi, qorin bo’shlig’idagi jiddiy tahdiddan darak 
beruvchi himoya belgilardan biri hisoblanadi. Peritonit diagnostikasida qayt 
qilish, uning mahsuloti yoki tarkibi, necha martaba qaytalanishini aniqlash 
alohida o’rin tutadi.
Tilni tekshirish asosiy omillaridan biri hisoblanib, organizmda suyuqlikning 
depolanishi, degidratatsiya rivojlanayotganiga bog’liq bo’ladi. Peritonitda til 
«cho’tka» singari quruq bo’lishi kuzatiladi. 


553 
Peritonit diagnosikasida qorinni tekshirish muhim ahamiyatga ega. Qorinni 
ko’zdan kechirishda, odatda bemorning shakoyatiga alohida ahamiyat berilib, 
ichga botgan yoki shishganligi, nafas olish jarayonida ishtiroki, teri 
qoplamlarining ranggini o’zgarishiga alohida ahamiyat beriladi. Qorin devori 
harakatlanishining asosiy yallig’lanish o’chog’i sohasida harakatlanishi, boshqa 
sohalardagidan ko’proq cheklanganligi qayd etiladi. Yuzaki paypaslab 
ko’rilganda yallig’langan parietal qorin pardasiga tegishli sohada qorin oldi 
devori mushaklarining himoya taranglashuvi aniqlanadi. Mushak himoyasi, 
ayniqsa kavak a’zolar perforatsiyasida aniq («taxtasimon qorin») ifodalangan 
bo’ladi. Ushbu belgi yallig’lanish jarayoni kichik chanoq bo’shlig’ida 
joylashganida yoki qorinning orqa devori parietal pardasi shikastlanganda 
kamroq namoyon bo’lishi mumkin. Birinchi holatda, peritonit diagnostikasida 
rektal tekshirish qimmatli ma’lumot beradi. Bunda to’g’ri ichak oldingi 
devorining ekssudat yig’ilishi hisobiga osilib qolganini, to’g’ri ichak devorini 
bosilganda og’riq bo’lishini aniqlash mumkin. Ayollarda vaginal tekshirishda, 
qin orqa gumbazining osilganini, bachadonning bo’yin qismi silanganda 
og’riqning bo’lishini aniqlash mumkin. Qorin devorining orqa qismi 
yallig’lanishi belgilarini topish uchun, shu soha mushaklarining tonusini 
aniqlash lozim bo’ladi.
Qorin perkussiyasi pnevmoperitoneum borligi, qorinda qon yig’ilgani yoki 
ekssudat birligini aniqlashga imkon beradigan tekshirish usuli hisoblanadi. 
Perkussiyada yallig’langan qorin pardasining tegishli sohasidagi og’riqni, ichak 
parezi hisobiga yuqori timpanit tovushini, shuningdek qorinning biror sohasida 
ko’p miqdorda ekssudat yig’ilganda perkutor tovushning tumtoqlashganini 
aniqlash mumkin.
Auskultatsiyada peristaltika shovqinlarining yo’qligi paralitik ichak tutilishi 
mavjudligidan dalolat beradi. Paralitik ichak tutilishi oqibatida, odatda tarkibini 
ichakda yig’ilgan suyuqlik tashkil etgan takroriy qayt qilishlar, hiqichoq tutishi 
qayd etilib, bular diafragma nervi ta’sirlanishidan dalolat beradi. Ich kelmay 
qolishi va elning chiqmay qolishi kasallikka xos belgilardan hisoblanadi.


554 
Bemorning tashqi ko’rinishiga, yurak-qon tomirlar sistemasi, nafas olish 
a’zolari faoliyatini tekshirishga, shuningdek tana haroratini o’lchashga katta 
ahamiyat beriladi, bular tashxis qo’yishda qo’shimcha ma’lumotlar berishi 
mumkin. Qon analizida yuqori darajadagi leykotsitoz, himoya kuchlar 
pasayganida leykopeniya bilan almashinishi mumkin. Suv-elektrolit muvozanati, 
kislota-ishqor holatining buzilishlari yuqori darajalargacha chiqadi.
Elektrokardiografiyada (EKG) miokardning toksemiya hisobiga 
zararlanishiga, va elektrolitlar muvozanatining buzilishlariga (gipokaliemiya) 
xos belgilar paydo bo’ladi. Koagulogrammada disseminatsiyalangan tomir 
ichida ivish sindromi (DVS-sindrom) belgilari aniqlanadi. Bu esa o’z navbatida 
mikrotsirkulyatsiyani buzadi, kasallik kechishini og’irlashtiradi. Bu noxush 
omillarining barchasi hayotiy muhim a’zolar va sistemalar faoliyatining 
dekompensatsiyasiga olib keladi, yurak-qon tomirlar, nafas olish sistemasi va 
jigar-buyrak etishmovchiligini rivojlantiradi. 
O’tkir peritonitni diagnostikasida foydalaniladigan instrumental (asbob-
uskuna yordamida) tekshirish usullarini 2 guruhga bo’lish mumkin. 

Download 8,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   242   243   244   245   246   247   248   249   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish