EZOO o’tkazish uchun qo’yidagi sharoitlar mavjud bo’lishi zarur:
1.
Ichakni EZOO o’tkazishga tayyorlash.
2.
Enteral muhitning doimiyligini hisobga olgan holda, unga qisman
ishlov berilgan (gidrolizlangan) ozuqa aralashmalarining optimal
tarkibini tanlash.
3.
Texnik vositalari (nasoslar, zondlar va b.) bilan ta’minlash.
4.
Ozuqa aralashmalarini etkazish usuli.
5.
Ichakning hazm qilish va so’rish qobiliyatini tiklanganligini aniqlash
(test usuli).
1. Ichakni EZOO o’tkazishga tayyorlash.
O’tkir peritonitda bo’ladigan
barqaror ichak parezi, patologik jarayonning kechishini og’irlashtiradi va ichak
bo’shlig’ida katta miqdordagi toksik moddalar, gaz yig’ilishi hisobiga uni
chuqurlashtiradi, intoksikatsiya darajasini oshiradi. Bu esa, o’z navbatida me’da
– ichak traktida yig’ilgan toksik moddalarni ochiq, yopiq yoki aralash
dekompressiya usullari orqali evakuatsiya qilish (olib tashlash) ning turli xil
usullaridan foydalanishni taqozo etadi. Ulardan bugungi kunda eng afzali va
qulayi, klinikamizda taklif etilgan ikki kanalli (D-12 mm) zondni, operatsiya
vaqtida ichakka og’iz orqali kiritish (intubatsiya), hamda shu zond orqali aktiv
569
aspiratsiyani qo’llab me’da va ichak bo’shlig’idagi katta miqdordagi toksik
moddalar, gazlarni olib tashlash maqsadga muvofiq bo’ladi.
Operatsiya jarayonida bu yo’g’on zondni qo’llash, uning tarkibini yaxshilab
bo’shatishga – ichak dekompressiyasi (ID) imkon berib, zarurat bo’lganda
birvarakayiga ichakni yuvishga sharoit yaratadi. Bu amal bajarilib bo’lgach zond
olib tashlanib, amaliyotdan keyingi ilk davrda shu amallarni bajarish maqsadida,
ingichkaroq (D-8 mm)
original konstruktsiyadagi (AC №1174031) ikki kanalli
zond burun orqali (transnazal) kiritiladi. Bu zond amaliyotdan keyingi ilk davrda
ID ni va ichak lavajini (IL), zarurat bo’lganda esa ko’rsatmalar bo’yicha EZOO
o’tkazishga imkon beradi (120-rasm).
120-rasm. Dekompressiya uchun ichaklarni intubatsiya qilish.
Yo’g’on ichakni esa transanal kiritilgan (intubatsiya) bir kanalli oddiy
zondni taloq burchagigacha surib, shu orqali dekompressiya o’tkaziladi.
Paralitik ichak tutilishini bartaraf etish uchun intraoperatsion va
amaliyotdan keyingi ilk davrdagi ID dan tashqari, bemorda ichak harakati
aktivligini oshirish uchun dori-darmonlar qo’llaniladi (prednizolon, tserukal,
570
ubretid, ornid va b.), hamda peritonitning og’ir hollarida, mikroso’rg’ich
yordamida doimiy me’da va ichak tarkibidagi suyuqliklar tortib olinib, doimiy
aktiv aspiratsiya davom ettiriladi.
Me’da ichak yo’li passajini yaxshilash, peritonitli bemorlarda suv-elektrolit
muvozanatini qo’shimcha korrektsiya qilish uchun, elektrolit tarkibi bo’yicha
ingichka ichak ximusiga monand tuzli eritmalar bilan IL o’tkaziladi. Ichak lavaji
uchun eritma tarkibi qo’yidagicha:
Na
+
– 220 mg/l,
K
+
– 79 mg/l,
Ca
2+
– 40 mg/l
Cl
-
– 420 mg/l.
IL operatsiya o’tishi bilan dastlabki sutkalarda 1500 ml tuzli eritmani
zondning kichik kanali orqali 4 seriyada kiritish, hamda 30 daqiqali ekspozitsiya
qilinib, aspiratsiya qilinadi.
ID va IL ning samaradorligi bemorlar umumiy ahvolining yaxshilanishi,
qorinning dam bo’lmasligi va og’riqning yo’qolishi, ichak peristaltik
harakatlarining paydo bo’lishi, intoksikatsiya darajasining pasayishi, periferik va
markaziy gemodinamikaning yaxshilanishi, qonning asosiy klinik va
biokimyoviy ko’rsatkichlarining tiklanishiga qarab baholanadi.
Shunday qilib, me’da ichak yo’li dekompressiyasining eng optimal varianti
maxsus zondlardan foydalanib nazointestinal intubatsiya ekanligini tan olmoq
lozim. Operatsiya vaqtida ichaklarni bo’shatish qorin bo’shlig’idagi
bajariladigan jarayonni osonlashtiradi va operatsiya jarohatini kamaytiradi.
Nazointestinal intubatsiya operatsiyadan keyingi ilk davrda toksik ichak
suyuqligini to’liq olib tashlashga imkon beradi, bu ichak aktivligining
tiklanishiga bevosita yordam beradi, ichak devori qon aylanishini,
mikrotsirkulyatsiyani yaxshilaydi. Bundan tashqari, bu usulni qo’llash
bitishmalar hosil bo’lishini oldini oladi, ichaklararo anastomozlar choklarining
bitishiga sharoit yaratib, chok etishmovchiligi va ichak eventeratsiyasi kabi
asoratlarning kelib chiqishini bartaraf etadi. ID bilan IL ni qo’shib qo’llash,
571
nafaqat me’da-ichak yo’li suyuqligi passajini ta’minlaydi va suv-elektrolit
muvozanatini qo’shimcha ravishda tiklaydi, balki kompleks davolashga EZOO
ni qo’shishga zamin hozirlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |