Qarshi muhandislik iqtisodiyot institui neft va gaz fakulteti «texnologik mashinalar va jihozlar» kafedrasi



Download 6,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/163
Sana25.04.2022
Hajmi6,47 Mb.
#581207
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   163
Bog'liq
neftkimyo va neft - gazni qayta ishlash jihozlari fani boyicha maruzalar matni

Azeotrop rektifikatsiyalash. 
Ajratilishi zarur bo‘lgan ikki komponentli 
azeotrop aralashmaga uchinchi komponent qo‘shiladi. Bunda uchinchi 


49 
komponent aralashma komponentlarining birortasi bilan yangi azeotrop 
aralashma hosil qiladi. Ushbu azeotrop aralashma dastlabki aralashmaga 
nisbatan yaxshiroq uchuvchan bo‘ladi. 
14-rasmda azetrop rektifikatsiyalash qurilmasining bitta varianti 
tasvirlangan. Кolonna (1) ga suyuq azeotrop aralashma (A+B) beriladi. 
 
11-rasm.
Azeotrop rektifikatsiyalash qurilmasi: 
1–kolonna; 2–deflegmator; 3–cho‘ktirish uskunasi. 
Кolonnaning yuqorigi qismiga uchinchi komponent C yuboriladi. 
Кolonnada yangi azeotrop aralashma (B+C) hosil bo‘ladi, ushbu aralashma 
komponentlari suyuq holatda amaliy jihatdan bir-biridan o‘zaro erimaydi. Shu 
sababdan distillyat deflegmator (2) da sovitilgandan so‘ng cho‘ktirish uskunasi 
(3) da B va C komponentlariga ajratiladi. B komponenti uzatiladi. C komponenti 
esa kolonnaga qaytariladi. A komponenti kolonnaning pastki qismidan qoldiq 
mahsulot sifatida ajratiladi. 
Azetorop rektifikatsiyalash jarayoni davriy va uzlyuksiz rejimlarda olib 
borilishi mumkin. Кo‘pchilik sharoitlarda azeotrop rektifikat-siyalash uchun 
ekstraktiv rektifikatsiyalashga nisbatan ko‘proq issiqlik sarfi talab qilinadi. 
Bundan tashqari azeotrop rektifikatsiyalash jarayoni uchun tegishli ajratuvchi 
agentni tanlash ancha qiyin vazifa hisoblanadi. 
Ekstraktiv rektifikatsiyalash. 
Кomponentlarning qaynash haroratlari bir-
biriga juda yaqin bo‘lgan suyuq aralashmalarni ajratish juda qiyin vazifa 
hisoblanadi. Bunday aralashmalarning fazaviy muvozanat egri chiziqlari y-x 
diagrammasining diagonal chizig‘iga juda yaqin keladi, shu sababdan 
flegmaning ko‘proq olinishini hisobga oluvchi koeffitsiyentning qiymati katta 
bo‘lgan sharoitda ham rektifikatsion kolonnadagi zarur bo‘lgan tarelkalarning 
soni ancha ortib ketadi. Bunday aralashmalarni ajratish jarayoni asosiy 


50 
komponent-larning uchuvchanligini ancha orttirib yuboradigan uchinchi 
komponent (ajratuvchi agent) dan foydalanishga asoslangan. Uchinchi 
komponent aralashmaning ikkala komponentlariga nisbatan kam uchuvchan va 
aralashmada yomon uchuvchan komponentni yaxshi eritib yuboradigan bo‘lishi 
kerak. 
Masalan, 
n-butan 
(t
qay
=0,5
0
C) 
va 
psevdobutilen 
(t
qay
=0,3
0
C) 
aralashmasiga aseton (t
qay
=56
0
C) qo‘shiladi. Aseton psevdobutilenni yaxshi 
eritadi, n-butanni esa eritmaydi. Shunday qilib, suyuq aralashmalarni ajratuvchi 
agent yordamida komponentlarga ajratish ekstraktiv rektifikatsiyalash deyiladi. 
Ekstraktiv rektifikatsiyalashning sxemasi 12-rasmda tasvir-langan. 
Bunday qurilma ikkita rektifikatsion kolonnadan iborat bo‘lib, birinchisiga A va 
B komponentlardan tashkil topgan aralashma beriladi. Birinchi kolonnaning 
yuqorigi qismidagi tarelkalardan bittasiga ajratuvchi agent C yuboriladi. B 
komponenti ajratuvchi agent C da yaxshi eriydi, biroq A va C komponentlari 
o‘zaro erimaydi (yoki qisman eriydi). B komponenti nisbatan yuqori haroratda 
qaynaydi. C komponenti suyuq va bug‘ fazalari tarkibidagi B komponentni 
ekstraksiyalaydi. Birinchi kolonnadan B+C aralashmasi qoldiq mahsulot sifatida 
ajraladi, distillyat esa amaliy jihatdan toza bo‘lgan A komponentidan iborat 
bo‘ladi.
Ekstraktiv rektifikatsiyalashdan so‘ng B+C aralashmasi ikkinchi 
kolonnaga yuborilib, u yerda bir-biridan ajratiladi. Ushbu kolonnadan B 
komponenti distillyat sifatida ajratib olinadi. Qoldiq mahsulot holatida ajralgan 
C komponenti qaytadan ishlatish uchun birinchi kolonnaga qaytariladi. 
Ekstraktiv rektifikatsiyalash faqat uzlusiz rejimda olib boriladi. 
12-rasm.
Ekstraktiv rektifikatsiyalash qurilmasining sxemasi: 
1,2–kolonnalar; A,B–aralashmaning asosiy komponentlari; C–ajratuvchi agent. 

Download 6,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish