Qarshi muhandislik iqtisodiyot institui neft va gaz fakulteti «texnologik mashinalar va jihozlar» kafedrasi


Suyuqlikning sovuq holatda sochib berilishi



Download 6,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/163
Sana25.04.2022
Hajmi6,47 Mb.
#581207
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   163
Bog'liq
neftkimyo va neft - gazni qayta ishlash jihozlari fani boyicha maruzalar matni

Suyuqlikning sovuq holatda sochib berilishi.
Issiqlik uzatishning ushbu 
usuli neft va gazni qayta ishlash korxonalarida eng ko‘p qo‘llaniladi. Bug‘lar oqimi 
kolonnaning yuqorigi tarelkasidan kondensatorga yuboriladi, u yerda bug‘lar to‘la 
kondensatsiyalanadi va soviydi. Hosil bo‘lgan sovuq suyuqlik ikki qismga ajraladi: 
rektifikat oqimi, yuqorigi tarelkaga qaytarilayotgan sovuq suyuqlik (flegma) oqimi. 
Flegma oqimi pastki tarelkadan ko‘tarilayotgan bug‘lar bilan kontaktga uchraydi. 
Natijada bug‘lar soviydi va qisman kondensatsiyaga uchrab, suyuqlikning pastga 
qarab yo‘nalgan oqimini tashkil qiladi. Ushbu oqimning miqdori rektifikatsiyalash 
jarayonini ta’minlaydi. Кolonnaning yuqorigi qismiga kirayotgan suyuqlik to‘la 
bug‘lanadi va rektifikat bug‘lari bilan birgalikda kondensatorga kiradi, u yerda esa 
bug‘lar o‘z issiqligini sovituvchi agentga beradi. Shunday qilib, ma’lum 
miqdordagi sovuq suyuqlik kolonnaning yuqorigi tarelkasi va kondensator o‘rtasida 
doimo sirkulatsiya qilib, issiqlikni tashuvchi agent vazifasini bajaradi. 
Issiqlikni uzatishning ushbu usilidan foydalanilganda, ishlatishga qulaylik 
yaratish maqsadida kondensator-sovitgichni rektifikatsion kolonnaning xohlagan 
balandligiga moslab o‘rnatish imkoniyati yuzaga chiqadi. Biroq issiqlikni 
uzatish uchun nasos o‘rnatilishi kerak bo‘ladi hamda kolonnaning yuqorigi 
qismiga suyuqlikni uzatish uchun qo‘shimcha energiya sarflanadi. 
Suyuqlikni sirkulatsiya yo‘li bilan sochib berish.
Neftni qayta ishlash 
korxonalarida bug‘lanmaydigan suyuqlikni sirkulatsiya usuli bilan sochib berish 
usuli keng ishlatiladi. Bunday holatda flegmaning bir qismi yuqorigi tarelkadan 
sovutgichga yuboriladi va u yerda ma’lum haroratgacha sovitilib, yuqorigi 
tarelkaga qaytariladi. Bu yerda sovuq flegma pastki tarelkadan chiqayotgan 
bug‘lar bilan kontaktga uchraydi. Natijada bug‘lar sovib, qisman 
kondensatsiyalanadi, hosil bo‘lgan flegma oqimi rektifikatsiyalash jarayonini 
amalga oshiradi. Yuqorigi tarelkadan rektifikat bug‘lari uzatiladi. Ayrim 
sharoitlarda, bug‘larni sirkulatsiya qilinayotgan flegma bilan kontaktini 
yaxshilash uchun bitta emas, balki ikki yoki uchta tarelkadan foydalaniladi. 
Issiqlikni uzatishning ushbu usulidan ko‘pincha zaharli xomashyolarni 
qayta ishlashda (ayniqsa, suv bug‘i ishtirok etganda) foydalaniladi, chunki 
bunday sharoitlarda kondensator va sovutgichlar korroziyaga uchraydi. 
Rektifikatsion kolonnaning yuqorigi qismidan issiqlikni uzatish uchun 
bayon qilingan usullardan tashqari boshqa usullar (flegmani o‘ta sovitish bilan 
parsial kondensatsiyalash, suyuqlikni sirkulatsiya bilan sochib berish konturidan 


45 
distillyatning ikkinchi oqimini ajratib olish va hokazo) dan ham foydalanish 
mumkin. Har bir aniq sharoit uchun issiqlikni uzatishning eng maqbul usuli 
tanlab olinadi. 
Rektifikatsiyalash jarayonini amalga oshirish uchun kolonnaning pastki 
qismiga issiqlik kiritiladi. Bunda pastki tarelkadan oqib tushayotgan suyuqlikning 
bir qismi bug‘lanadi, natijada rektifikatsiyalash jarayoni uchun zarur bo‘lgan 
bug‘larning yuqoriga yo‘nalgan oqimi paydo bo‘ladi. Кolonnaning pastki qismiga 
issiqlikni kiritishning quyi-dagi asosiy usullari mavjud: issiqlik almashinish 
quvurlarining zmeevigi, bug‘ bo‘shlig‘i bo‘lgan isitgich, sirkulatsiya qilinayotgan 
issiq oqim. 
Rektifikatsion kolonnaning normal ishlashi, ya’ni oldindan berilgan 
tarkibli rektifikat va qoldiqni olish, xomashyoni kolonnaga qanday holatda 
berishga bog‘liqdir. Xomashyo odatda kolonnaga ikki xil – suyuq va bug‘ 
holatida beriladi. Rektifikatsion kolonnaning ishini tahlil qilish va jarayon 
uchun eng maqbul rejimni aniqlashda quyidagi omillar hisobga olinishi 
maqsadga muvofiqdir: issiqlik va sovuqlikning sarflari; tegishli issiqlik va 
sovuqlik tashuvchi agentlarning borligi; qaynatgich, xomashyoni isitgich va 
kondensatorlarning zarur bo‘lgan yuzalari; kolonnaning o‘lchamlari va 
boshqalar. 
Rektifikatsion kolannadagi bosimni tanlash birinchi navbatda zarur 
bo‘lgan harorat rejimi bilan bog‘liqdir: agar kolonnadagi harorat ko‘paytirilishi 
kerak bo‘lsa, kolonnadagi bosimning qiymati atmosfera bosimiga nisbatan 
oshiriladi; kolonnadagi haroratni pasaytirish ko‘zda tutilgan paytda, bosim 
vakuum hosil qilish orqali kamaytiriladi.
Qaynash haroratlari past bo‘lgan va kichik molekulali uglevo-dorodlar 
(propan, butan, izobutan, pentan va boshqalar) ni ajratishda rektifikatsiyalash 
jarayoni yuqori haroratda (oqibat natijada yuqori bosimda) olib boriladi. 
Кolonnaning yuqorigi qismida haroratning ko‘tarilishi (o‘z navbatida 
bosimning oshishi) kondensator yuzasining kamayishiga olib keladi, chunki 
bunday sharoitda kondensatsiyaga uchragan rektifikat bug‘lari va sovituvchi 
agent haroratlarining o‘rtacha farqi ortadi. Shu bilan birgalikda, kolonnada 
bosim ortgan paytda, uning pastki qismidan olinayotgan qoldiqning harorati ham 
ko‘tariladi. Bunday holatda, issiqlik tashuvchi va pastki mahsulot (qoldiq) 
haroratlari o‘rtacha farqining kamayishi tufayli isitgichning yuzasi ortib ketadi. 
Vakuum hosil qilish yo‘li bilan rektifikatsion kolonnadagi bosim qiymatini 
kamaytirish orqali kolonnadagi haroratni pasaytirish imkoniyati yuzaga chiqadi. 
Bunday holat, ayniqsa, o‘ta yuqori qaynash haroratlariga ega bo‘lgan yoki 
issiqlikka bardosh berolmaydigan komponentlarni ajratishda qo‘l keladi. Masalan, 


46 
atmosfera bosimida qaynash harorati 500
0
C dan yuqori bo‘lgan moy 
distillyatlarini vakuum ostida 400
0
C dan past bo‘lgan haroratda rektifikatsiyalash 
mumkin bo‘ladi. 
Yuqorida bayon qilinganlardan ma’lumki, bosimning qiymati 
rektifikatsion kolonnaning bir qator ko‘rsatgichlariga sezilarli darajada ta’sir 
qiladi, bunda ayrim ko‘rsatgichlar yaxshilansa, qolganlari esa yomonlashadi. 
Shuning uchun, har bir aniq sharoitda bosimni tanlashdan oldin ko‘zlangan 
jarayon har tomonlama chuqur tahlil qilinishi lozim. 
Кo‘pchilik holatlarda, jarayonning haroratini pasaytirish hamda neft 
mahsulotlari (mazut va boshqa og‘ir neft qoldiqlarini haydashda) 
parchalanishining oldini olish maqsadlarida rektifikatsion kolonnaga suv bug‘i 
kiritiladi. Uskunada vakuum hosil qilish orqali ham suyuqlikning qaynash 
haroratini 
pasaytirish 
mumkin. 
Neftni 
qayta 
ishlash 
korxonalarida 
aralashmaning qaynash haroratini pasaytirish uchun ikkala usul ham 
qo‘llaniladi. 

Download 6,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish