45
distillyatning ikkinchi oqimini ajratib olish va hokazo) dan ham foydalanish
mumkin. Har bir aniq sharoit uchun issiqlikni uzatishning eng maqbul usuli
tanlab olinadi.
Rektifikatsiyalash jarayonini amalga oshirish uchun kolonnaning pastki
qismiga issiqlik kiritiladi. Bunda pastki tarelkadan oqib tushayotgan suyuqlikning
bir qismi bug‘lanadi, natijada rektifikatsiyalash jarayoni uchun zarur bo‘lgan
bug‘larning yuqoriga yo‘nalgan oqimi paydo bo‘ladi. Кolonnaning pastki qismiga
issiqlikni kiritishning quyi-dagi asosiy usullari mavjud: issiqlik almashinish
quvurlarining zmeevigi, bug‘ bo‘shlig‘i bo‘lgan isitgich, sirkulatsiya qilinayotgan
issiq oqim.
Rektifikatsion kolonnaning normal ishlashi, ya’ni
oldindan berilgan
tarkibli rektifikat va qoldiqni olish, xomashyoni kolonnaga qanday holatda
berishga bog‘liqdir. Xomashyo odatda kolonnaga ikki xil – suyuq va bug‘
holatida beriladi. Rektifikatsion kolonnaning ishini tahlil qilish va jarayon
uchun eng maqbul rejimni aniqlashda quyidagi omillar hisobga olinishi
maqsadga muvofiqdir: issiqlik va sovuqlikning sarflari;
tegishli issiqlik va
sovuqlik tashuvchi agentlarning borligi; qaynatgich, xomashyoni isitgich va
kondensatorlarning zarur bo‘lgan yuzalari; kolonnaning o‘lchamlari va
boshqalar.
Rektifikatsion kolannadagi bosimni tanlash birinchi navbatda zarur
bo‘lgan harorat rejimi bilan bog‘liqdir: agar kolonnadagi harorat ko‘paytirilishi
kerak bo‘lsa, kolonnadagi bosimning qiymati
atmosfera bosimiga nisbatan
oshiriladi; kolonnadagi haroratni pasaytirish ko‘zda tutilgan paytda, bosim
vakuum hosil qilish orqali kamaytiriladi.
Qaynash haroratlari past bo‘lgan va kichik molekulali uglevo-dorodlar
(propan, butan, izobutan, pentan va boshqalar) ni ajratishda rektifikatsiyalash
jarayoni yuqori haroratda (oqibat natijada yuqori bosimda) olib boriladi.
Кolonnaning yuqorigi qismida haroratning ko‘tarilishi (o‘z
navbatida
bosimning oshishi) kondensator yuzasining kamayishiga olib keladi, chunki
bunday sharoitda kondensatsiyaga uchragan rektifikat bug‘lari va sovituvchi
agent haroratlarining o‘rtacha farqi ortadi. Shu bilan birgalikda, kolonnada
bosim ortgan paytda, uning pastki qismidan olinayotgan qoldiqning harorati ham
ko‘tariladi.
Bunday holatda, issiqlik tashuvchi va pastki mahsulot (qoldiq)
haroratlari o‘rtacha farqining kamayishi tufayli isitgichning yuzasi ortib ketadi.
Vakuum hosil qilish yo‘li bilan rektifikatsion kolonnadagi bosim qiymatini
kamaytirish orqali kolonnadagi haroratni pasaytirish imkoniyati yuzaga chiqadi.
Bunday holat, ayniqsa, o‘ta yuqori qaynash haroratlariga ega bo‘lgan yoki
issiqlikka bardosh berolmaydigan komponentlarni ajratishda qo‘l keladi. Masalan,
46
atmosfera bosimida qaynash harorati 500
0
C dan yuqori bo‘lgan moy
distillyatlarini vakuum ostida 400
0
C dan past bo‘lgan haroratda rektifikatsiyalash
mumkin bo‘ladi.
Yuqorida bayon qilinganlardan ma’lumki, bosimning qiymati
rektifikatsion kolonnaning bir qator ko‘rsatgichlariga sezilarli darajada ta’sir
qiladi, bunda ayrim ko‘rsatgichlar yaxshilansa, qolganlari esa yomonlashadi.
Shuning uchun, har bir aniq sharoitda bosimni tanlashdan oldin ko‘zlangan
jarayon har tomonlama chuqur tahlil qilinishi lozim.
Кo‘pchilik holatlarda, jarayonning haroratini pasaytirish hamda neft
mahsulotlari (mazut va boshqa og‘ir neft qoldiqlarini haydashda)
parchalanishining oldini olish maqsadlarida rektifikatsion kolonnaga suv bug‘i
kiritiladi. Uskunada vakuum hosil qilish orqali ham suyuqlikning qaynash
haroratini
pasaytirish
mumkin.
Neftni
qayta
ishlash
korxonalarida
aralashmaning qaynash haroratini pasaytirish
uchun ikkala usul ham
qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: