Qarshi muhandislik iqtisodiyot institui neft va gaz fakulteti «texnologik mashinalar va jihozlar» kafedrasi


КOMPONENTLARNING QAYNASH HARORATLARI BIR-BIRIGA



Download 6,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/163
Sana25.04.2022
Hajmi6,47 Mb.
#581207
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   163
Bog'liq
neftkimyo va neft - gazni qayta ishlash jihozlari fani boyicha maruzalar matni

 
КOMPONENTLARNING QAYNASH HARORATLARI BIR-BIRIGA 
YAQIN BO‘LGAN VA AZEOTROP ARALASHMALARNI 
REКTIFIКATSIYALASH 
Suyuq aralashmalarni rektifikatsiyalash paytida komponentlarning 
osonroq ajralishi nisbiy uchuvchanlik koeffitsiyentining qiymati α bilan 
belgilanadi. Ideal eritmalar uchun ushbu koeffitsiyentning son qiymati ajralishi 
lozim bo‘lgan komponentlar to‘yingan bug‘lari bosimlarining nisbati orqali 
aniqlanadi: 
2
1
P
P


. (12) 
Qaynash haroratlari bir-biriga juda yaqin bo‘lgan komponentlar to‘yingan 
bug‘lari bosimlarining qiymatlari ham bir-biriga yaqinlashadi, bunday holatda α 
ning miqdori kamayadi. Agar α<<1,05 bo‘lganda, bunday aralashmalarni oddiy 
rektifikatsiya yo‘li bilan ajratish amaliy jihatdan mumkin emas, chunki katta 
miqdordagi nazariy tarelkalar soni va flegma soni talab qilinadi. 
Agar komponentlar azeotrop aralashma tashkil etsa, ya’ni aralashma 
ma’lum bir haroratda qaynasa va α=1 ga teng bo‘lganda, oddiy rektifikatsiya 
usulini qo‘llash orqali aralashmani alohida komponentlarga ajratish mumkin 


48 
emas. 
Bunday 
sharoitda 
xohlagan 
tarkibdagi 
dastlabki 
aralashmani 
rektifikatsiyalashda komponentlardan bittasi azeotropni tashkil etadi. 
Shunday qilib, tarelkalar soni va flegma soni juda katta qiymatlarga ega 
bo‘lganda, komponentlarning qaynash haroratlari bir-biriga juda yaqin bo‘lgan 
aralashmalarni oddiy rektifikatsiya usuli bilan ajratish mumkin bo‘lsa, azeotrop 
aralashmalarni esa bunday usul bilan ajratish imkoniyati yo‘q. 
Umumiy holatlarda, ideal eritmalarning qonuniyatlariga bo‘ysun-
maydigan aralashmalar uchun nisbiy uchuvchanlik koeffitsiyenti quyidagi ifoda 
yordamida topiladi: 
2
2
1
1



P
P

, (13) 
bu yerda, γ
1
va γ
2
– ajrayotgan komponentlarning faollik koeffitsiyentilari. 
Aralashmaga ajratuvchi agent qo‘shilganda, turli uchuvchanlikka ega 
bo‘lganliklari tufayli ajralayotgan komponentlar ideal eritmalarning 
qonuniyatlaridan turlicha uzoqlashadi, oqibat natijada ushbu komponentlar 
faollik koeffitsiyentlarining nisbati γ
1

2
ning qiymati 1 dan ancha kattaroq 
bo‘lishi mumkin. 
Кomponentlarning qaynash haroratlari bir-biriga yaqin bo‘lgan 
aralashmalar – aromatik, parafin va naften uglevodorodlarni (masalan, parafin 
va naften uglevodorodlaridan benzolni ajratib olish) hamda parafin va 
to‘yinmagan uglevodorodlarni (buten va butadien aralash-malaridan izo- va 
normal butanlarni ajratib olish) rektifikatsiyalash jarayoni ajratuvchi agent 
ishtirokida amalga oshiriladi. 
Ajratuvchi 
agent 
uchuvchanligining 
ajralayotgan 
komponentlar 
uchuvchanliklariga nisbatlariga ko‘ra ajratish jarayonida azeotrop yoki 
ekstraktiv rektifikatsiyalash usuli qo‘llaniladi. 
Azeotrop va ekstraktiv rektifikatsiyalashda ishlatiladigan ajratuvchi agent 
quyidagi asosiy talablarga javob berishi kerak: 
1)
ajralayotgan komponentlar nisbiy uchuvchanlik koeffitsiyent-larini 
imkon boricha oshirishni ta’minlash; 
2)
nisbatan oson regeneratsiya qilish mumkinligi; 
3)
ajaralayotgan komponentlarni yaxshi eritish, kolonnadagi mavjud 
harorat rejimida suyuq fazaning qatlamlanishini yo‘q qilish, chunki bunday 
holatda ajratish jarayoni yomonlashadi; 
4)
issiqlik ta’siriga chidamlilik, aralashma komponentlari bilan 
kimyoviy reaksiyaga kirmaslik, jihozlarni korroziyaga uchratmaslik, zaharligi 
yo‘q, narxi arzon. 
Sanoatda qo‘llaniladigan ajratuvchi agentlar yuqoridagi talablarga ma’lum 
bir darajada javob beradi. Parafin va aromatik uglevodorodlarni azeotrop 
rektifikatsiyalash yordamida ajratishda ajratuvchi agent sifatida metanol, etanol, 
metiletilketon va boshqalar ishlatiladi. Ushbu uglevodorodlarni ekstraktiv 
rektifikatsiyalashda esa ajratuvchi agent holatida fenol, furfurol kabi moddalar 
qo‘llaniladi. 

Download 6,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish