42
8-rasm.
Flegma sonining maqbul qiymatini aniqlashga doir:
1–qurilmani ishlatish bilan bog‘liq bo‘lgan sarflar; 2–kapital xarajatlar;
3–umumiy xarajatlar.
Amaliyotda ish flegma soni taxminiy hisoblashlar asosida aniqlanadi: R=φ
R
min
, bu yerda φ – flegmaning ko‘proq olinishini hisobga
oluvchi koeffitsiyent
(φ>1). Agar ajratilayotgan sistemalar uchun φ ning qiymati aniq bo‘lmasa,
bunday holatda ish flegma sonini aniqlash uchun quyidagi empirik bog‘liqlikdan
foydalanish mumkin:
R = 1,3 R
min
+ 0,3 .
Ikki xil chegaralangan rejimlarda (R= R
min
va R=∞) flegma soni,
kolonnaning ish balandligi va rektifikatsiya uchun issiqlik sarfi o‘rtalaridagi
bog‘liqlikni ko‘rib chiqamiz. Кolonnaning ish balandligi konsentratsiya
o‘zgarishlarining nazariy soniga mutanosibdir.
R=∞ bo‘lganda ish chiziqlari diagrammaning diagonali bo‘ylab
joylashadi, jarayonning harakatlantiruvchi kuchi Δu = u*-u yoki Δx = x -x* eng
katta qiymatiga ega bo‘lsa, kerak bo‘lgan nazariy pog‘onalar soni esa eng kichik
qiymatga teng bo‘ladi (9-rasm, a). Demak, R=∞ bo‘lganda
kolonna uchun ish
balandligi eng kam bo‘lishi kerak. Biroq flegma soni R faqat D=0 bo‘lgandagina
cheksiz qiymatga ega bo‘ladi. Bunda distillyat olinmaydi, bug‘larning to‘la
kondensatsiyalanishidan hosil bo‘lgan hamma suyuqlik kolonnaga flegma
sifatida qaytariladi. Bu rejimda kolonna o‘zicha
ishlaydi va tayyor mahsulot
bermaydi. Shu sababli R=∞ bo‘lgandagi rejim normal ishlab chiqarish
sharoitlarida qo‘llanilmaydi. Flegma sonining ko‘payishi bilan qaynatkichdagi
bug‘lanishi lozim bo‘lgan suyuqlik miqdori ortadi. R=∞ bo‘lganda maksimal
katta miqdordagi suyuqlik bug‘lanishi kerak. Bu holat o‘z navbatida eng katta
miqdordagi isituvchi bug‘ sarfini talab qiladi.
43
9-rasm.
Flegma soni bilan rektifikatsion kolonna balandligining o‘zaro bog‘lanishi:
a) R=∞ bo‘lganda; b) R
min
bo‘lganda
.
R
min
bo‘lgan rejimda ish chizig‘i muvozanat chizig‘i bilan kesishadi (9-
rasm, b); bu nuqtada harakatlantiruvchi kuch nolga teng bo‘ladi. Bunda nazariy
pog‘onalar soni eng katta qiymatga ega bo‘ladi. Demak, R
min
bo‘lgan rejim
uchun rektifikatsion kolonna cheksiz katta balandlikka ega bo‘lishi zarur. Bir xil
sharoitlarda isituvchi bug‘ning sarfi flegma soniga proporsional bo‘lganligi
uchun R
min
rejimda isituvchi bug‘ning sarfi eng kam qiymatga teng bo‘ladi.
Shunday qilib, flegma soni ortishi bilan kolonnaning
balandligi kamayadi,
isituvchi bug‘ sarfi esa ortadi. Shu bilan birga, flegma soni ortganda kolonnaga
qaytayotgan suyuqlik miqdori ham ortadi, bu hol o‘z navbatida kolonna
diametrining kattalashuviga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: