Qarshi muhandislik iqtisodiyot institui neft va gaz fakulteti «texnologik mashinalar va jihozlar» kafedrasi


- rasm. Tutashtiriluvchi qirralar orasidagi tirqishni rostlash uchun



Download 6,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/163
Sana25.04.2022
Hajmi6,47 Mb.
#581207
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   163
Bog'liq
neftkimyo va neft - gazni qayta ishlash jihozlari fani boyicha maruzalar matni

7- rasm. Tutashtiriluvchi qirralar orasidagi tirqishni rostlash uchun 
tortuvchi ponalar. 
Ikki qatlamli pо‘latdan yasalgan tutashuvlarni ilashtirish, asosiy qatlam 
bо‘yicha amalga oshiriladi. Payvandlash texnologiyasi (payvandlash rejimi va 
usuli, choklarni quyish tartibi va issiqlik bilan ishlov berish) tayyorlovchi - 
zavod loyiha - hujjatlarida keltiriladi. 
Payvandlash 
о‘tkazilayotgan 
territoriya 
uchastkasi 
choklarni 
ifloslanishini oldini olish maqsadida atmosfera yog‘inlaridan, shamoldan, xoli 
bо‘lishi kerak. Iloji bо‘lsa, payvandlashni rolikli stendlarda о‘tkazish kerak, u 
ramasida bitta yoki ikkita payvandlash avtomati о‘rnatilgan bо‘ladi. Ichki 
choklarni payvandlash uchun bitta avtomatni qurilma ichiga joylashtiriladi. 
Payvandlash tugatilgandan sо‘ng yegilgan qurilmalarni barcha 
о‘lchamlari tekshiriladi, ular ruxsat etilgan chegaralarda bо‘lishi kerak. 
Ma’suliyatli kolonna qurilmalari, qobiqlari quyidagi talablarga javob berishi 
kerak: uzunlik chetlanish loyihada belgilangandan 0,3% dan ortmasligi kerak; 1 
m uchastkada silindr hosil qiluvchisining egriligi kattaligi 2 mm dan kо‘p 
bо‘lmasligi kerak, 10 m dan baland qurilmalarda – 3 mm dan oshmasligi kerak. 
Qobiqda shtuserlar va lyuklar tо‘g‘ri joylashuvi alohida ahamiyat kasb 
etadi. Ularni о‘rnatish va payvandlash uchun konduktorlar va shablonlar 
qо‘llaniladi. 
Montaj maydonchasida yirik bloklarni yig‘ish jarayonida ichki 
qurilmalarning bir qismini, ba’zan esa barcha ichki qurilmalarni montaj qilishga 
tо‘g‘ri keladi. Buning uchun qurilma ichki yuzasini chetidan kirgan 
predmetlardan, metall kuyindilaridan yaxshilab tozalanadi. Keyin qurilmani 
kantovka yoki о‘z о‘qi atrofida aylanish yо‘li bilan lyuk orqali ichkariga 
kiritish osonroq bо‘lishini ta’minlovchi va asosiy yig‘ma о‘lchamlarni 
aniqlashning soddaroq yо‘llari aniqlanadi. 
Boshqa turdagi qurilmalar ichida rektifikatsion kolonnalar, anchagina 
murakkab ichki qurilmalarga ega bо‘lganligi bilan ajralib turadi va juda keng 
tarqalgandir. Shuning uchun bu kolonnalarning asosiy qismlari bо‘lgan 
rektifikatsion tarelkalarni montaj kilish va ta’mirlashni tо‘liq kо‘rib chiqamiz. 
Rektifikatsion tarelkalarni montaj qilish ularning konstrusiyasi va 
texnologik yо‘nalishiga bog‘liq. Ularni kolonnaning vertikal (ish holatida) va 
gorizontal holatda ham yig‘ish mumkin. Ikkinchi usul montaj ishlarining 


60 
umumiy davomiyligini qisqartirish imkonini beradi, lekin, qurilmani kо‘tarish 
uchun katta yuk kо‘taruvchi moslamalarni qо‘llanilishi kerak. 
Qurilma gorizontal holatda bо‘lganda tarelkalarni qat’iy vertikal holda 
о‘rnatiladi, ularning holatini shovul bо‘yicha tekshiriladi. Shovulni bir necha 
nuqtalarga qо‘yiladi va qurilmaning ichki devorlarida avvaldan qо‘yilgan 
belgilarda о‘rnatiladi. Buning uchun qurilmani о‘z о‘qi atrofida 90
o
ga burishga 
tо‘g‘ri keladi. Tarelkalarni aniq gorizontal holatga keltirish, о‘rnatilgan, 
tо‘g‘rilangan va poydyevorlarga mustahkamlangan qurilma qobig‘ida osonroq 
kechadi. Bu holatda yetarli darajadagi aniqlikka yo satx yordamida, yoki tarelka 
yuzasiga suv quyish orqali aniqlanadi. 
Tarelkalarni yig‘ish texnologiyasi uning konstrusiyalariga bog‘liqdir. Bir 
xil kо‘rinishdagi tarelkalar, о‘zlarining oqib chiquvchi, qabul qiluvchi va 
saralovchi moslamalari bilan farq qiladi. Bu hol montaj tartibini sezilarli 
darajada о‘zgartiradi. Tarelkalarni yig‘ishni kolonna qobig‘ining ichki devoriga 
tayanch tashuvchi elemyentlarini va ajralmaydigan detallari (karmanlar, oqizib 
chiqaruvchilar, disklar, yopiq segmentlar, yarim tarnovlar)ni payvandlashdan 
boshlanadi. Payvandlash tyexnik sharoitga qat’iy rioya qilinga holda kolonna 
ishlayotgan vaqtida payvandlash alohida nuqsonlarini aniqlash qiyinligini 
hisobga olgan holda amalga oshiriladi. 
Tarelkalarning kolonna ichiga lyuk yoki qobiqning ozod yon yuzasi 
orqali kiritiladigan ajralgan detallarini (bloklab yig‘ishda), о‘rnatiladigan 
tartibda navbatma-navbat yig‘iladi. Ularning о‘zaro tutashuviga va qо‘zg‘almas 
detallar bilan tutashuviga alohida e’tibor berish kerak. Tarelkalarning о‘zaro 
joylashuvini koordinatsiyalovchi о‘lchamlari qat’iy bо‘lishi kerak: tutashuvchi 
yuzalar oralig‘idagi tegishli metallardan yasalgan qistirmalar joylashtiriladi 
(kо‘pincha asbestdan tayyorlanadi); gaykalar mustahkam tortiladi va zarurat 
tug‘ilganda, ularni о‘z-о‘zidan bо‘shab ketishini oldini olish choralari kо‘riladi.
Tarelkalarni montaj qilish-pastdan yuqoriga qarab; bunday tartib kolonna 
ichida ishlayotgan ishchilar uchun kо‘p joy ajratilishini ta’minlaydi. 
Vaqtinchalik qiynalgan tishlar sonini kamaytirish va tarelaklarni barbotajga 
tekshirishni amalga oshiradi. Bu tekshiruvdan sо‘ng montajlarni pastdan 
yuqoriga qarab mahkamlanadi. 
Kichik diametrdagi kolonna qurilmalarini (sargali kolonnalar) alohida 
uchastkalardan (sargalardan) yig‘iladi, ular bir-biri bilan bolt yordamida 
biriktirilgandir. Sarga о‘lchamlari ichki qurilmalarini yig‘ishni amalga oshirish 
imkonini beradi. Bu qurilma detallarini qurilmadan alohida joylashgan sargaga 
ochiq tarelkalar orqali kiritiladi. Kо‘pincha kо‘ndalang elemyentlarni (masalan 
tarelkalarni) ikki yondosh sarga oralig‘ida siqib qо‘yiladi. 
Ichki qurilmalarni ta’mirlash uchun sargali kolonnalar qismlarga 
ajratiladi. Sargali kolonnalarni yig‘ishda yotish tekkisliklari oralig‘iga 
qistirmalar qо‘yish va sarga boltlarini mahkamlash juda muhim operatsiya 
hisoblanadi. 
Birikma zichligi, shuningdek kolonna о‘qining tarelka gorizantal holatiga 
vertikal holatda bо‘lishligi, tutashuvlarning butun maydon bо‘ylab qistirma 
qalinligining doimiyligiga va flanyetsli birikmalardagi boltlar yoki tortuvchi 


61 
shpilkalarning bir tekisligiga bog‘liq. Kо‘rilgan holdagi sirgali kolonnalarning 
barcha tarelkalarini barbotaj usulida rostlash har doim ham muhim 
bо‘lavermaydi, shuning uchun ularning normal ishlashi birinchi yig‘ish 
vaqtidayoq avvaldan ma’lum bо‘ladi. 
Kolonnaning joriy konstrusiyasida va о‘zgarmas ishlash texnologik 
parametrlarida tarelkadagi massa almashinish effektivligi, uning elementlarini 
yig‘ish jarayonlarida amalga oshiriladigan rostlash aniqligiga bog‘liqdir. 
Elementning о‘rnatilgan kattaliklarini berilgan texnologik rejim bilan mosligini, 
masalan, tarelka ustidagi oqizib chiqaruvchi tо‘siq balandligini yoki 
qalpoqchalarning о‘rnatilishini aniqlash uchun tarelkadagi har bir elemyentning 
konstruksiyasini uning ishiga ta’sirini bilish juda ahamiyatlidir.
Tarelka detallarini rostlashda tarelkadagi suyuqlik sathi gradiyentini 
hisobga olish zarur. Tarelka tushayotgan flyegma soni qancha katta bо‘lgani 
sayin va tarelka bо‘ylab flyegma о‘tadigan yо‘l qanchalik katta bо‘lsa, bu 
gradiyentning qiymati shuncha oshib boradi. Buning uchun borbatajni rostlab 
bо‘lgandan sо‘ng, qalpoqchalar joylashish balandligini, oqib chiqish tomoniga 
qarab kamaytirish orqali bir muncha о‘zgartiriladi.
Tarelkalar barbotajini rostlash texnologiyasi quyidagicha. Tarelkaga 
undagi ortiqcha suv miqdori oqib chiqish moslamasi orqali oqiziladigan qilib 
suv quyiladi. Oqib chiqish butun perimetr bо‘yicha bir xil bо‘lishi kerak, 
shuning uchun uni rostlash imkoniyatlari nazarda tutiladi. Suv qatlami qalinligi 
tarelkaning barcha uchastkalarida bir xil bо‘lishi kerak. Tekshirilayotgan 
tarelka ostidagi oqizib chiqarish chо‘ntagidagi gilza-zatvorlar tо‘ldirilgandan 
keyin, kompryessor yordamida havo tiqishtiriladi. Qalpoqchalarni balandligi 
bо‘ylab rostlash orqali butun tarelka bо‘ylab suv qatlami orqali havo 
pufakchalari barbotajning bir xil darajasiga erilishida. 

Download 6,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish