57
usullarni reaktorlar, regyeneratorlar,
turli tayanch konstrusiyalari, mо‘ri
trubalari, minoralar va h.k. uchun qо‘llanilsa bо‘ladi.
Kolonna qurilmalarini, odatda, ochiq maydonda yerdan turli belgilarda
(poydyevorlarda, temirbeton pestamentlarda, metall etajerkalarda) о‘rnatiladi.
Silindrik shakldagi kolonna qurilmalarini uglerodli va legirlangan
pо‘latdan payvandlab tayyorlanadi. Kolonna qurilmalarining
ichki va tashqi
qurilmalari oddiy va murakkab bо‘lishi mumkin. Rektifikatsion kolonnaning
ichki moslamalariga kolosnik, turli konstruksiyadagi barbotaj tarelkalari,
qaytargichlar, ulitalar, matochniklar, va h.k. kiradi.
Kolonna qurilmalarining
ishlash sifati xuddi qobiqning aniq montaj qilinishiga bog‘liq bо‘lganidek,
uning ichki qurilmalarining ham aniq montaj qilinishiga bog‘liq.
Kolonnali qurilmalar montaj maydoniga maksimal tayyor holatda
keltirilishi kerak. Agar butkul yegilgan qurilmani tashib olib kelishning iloji
bо‘lmasa, uni maksimal yirik bloklarda yoki alohida detallarini keltiriladi.
Barcha hollarda ham tayyorlovchi-zavod montaj uchastkasiga olib kelishdan
avval unda nazorat yegish ishlari о‘tkazish kerak, barcha tutashuvlarga eguvchi
о‘qlar va nazorat belgi chizmalarini qо‘yishi kerak.
Montaj maydonida mavjud bо‘lgan kо‘tarish
moslamalarining yuk
kо‘taruvchanligiga qarab, qurilmani yig‘ishni detallar va bloklardan yoki
bloklarni yiriklash orqali amalga oshiriladi. Agar qurilmani poydevorga butkul
yig‘ilgan holatda kо‘tarish mumkin bо‘lsa, uni yig‘ilgandan sо‘ng gorizontal
holatida
unga
barcha
xizmat
kо‘rsatuvchi
metallakonstruksiyalar
(maydonchalar, zinalar, ba’zan zinapoya kataklari) payvandlanadi,
yopib
ochadigan moslamalar va truba bog‘lamlar о‘rnatiladi va aniq issiqlik
izolyatsiyasi qoplanadi. Sanab о‘tilgan ishlarni bajarish uchun, kolonnalar
ozgina kо‘tariladi va tayanchlarga (chorpoyalarga) ustma – ust qо‘yiladi, bu
tayanchlar profil pо‘latdan yoki trubalarda tayyorlangandir. Ba’zi
hollarda
qurilmalarni poydyevorga kо‘tarilgunga qadar va о‘rnatilgunga qadar ichki
devorlarni futirovkasi ham о‘tkaziladi.
Qurilma
bilan
birga
kо‘tariladigan
trubalar
bog‘lami
va
metallokonstrusiyalar, qurilmaga mahkam birikkan bо‘lishi shart. Agar ishchi
loyihada bunday mahkamlik ta’minlanmagan bо‘lsa, montaj vaqtida
vaqtinchalik xomutlar, belbog‘lar, kronshteynlar qо‘yish kо‘zda tutiladi, ularni
qurilma loyihaviy holatga о‘rnatilib bо‘lgandan sо‘ng yechib olinadi.
Instruksiyaga
binoan,
qurilmani
poydyevorga
bosim
bilan
tekshirilgandan sо‘ng va uni bosim bilan tekshirilgan
suyuqlikni chiqarib
yuborilgandan sо‘ng kо‘tariladi. Alohida bloklarni kо‘tarishda montaj
qilishning tanlab olingan usuliga muvofiq ishning konkret ishlab chiqarish
texnologiyasi ishlab chiqiladi. Bu texnologiyada yuqori balandliklarda
о‘tkaziladigan ish hajmini maksimal qisqartirish kо‘zda tutiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: