58
Qurilma va yirik bloklarini yig‘ish.
Yirik о‘lchamli kolonna qurilmalarini alohida tarkibiy qismlari yig‘ish
maydonchasiga
olib kelinadi, uni loyihaga muvofiq yig‘ma qurilma о‘rnatishi
lozim bо‘lgan joyga mumkin qadar yaqinroqqa joylashtiriladi. Yig‘ish
maydonchasi stentlar, о‘chirgichlar, payvand avtomatlari, kо‘tarma
- transport
mexanizmlari bilan qurilmalanadi. Bu yerda qurilmani tayyor bloklardan
yig‘ish yoki yirik bloklarni qism yoki detallardan yig‘ish ishlari amalga
oshiriladi.
Aytib о‘tilganidyek, kolonna qurilmalari gorizontal holatda yig‘iladi.
Buning uchun alohida blokni (silindr qismlarini) yig‘uvchi styentdagi
aylanuvchi g‘altaklar bilan yoki chegaralovchi
tayanchlari bor shpalalarga
taxlanadi. Har bir tutashtiriluvchi qism ostidagi tayanchlar sonini qurilmaning
kesimi va og‘irligidan kelib chiqqan holda tanlanadi. Tayanch oralig‘idagi
masofa odatda 5 m dan oshmaydi.
Qurilmaning tutashtiriluvchi qismlarini bir-biriga truba yotqizgichlar
yoki traktorlar yordamida tortiladi. Barcha tutashuvlar butun perimetr bо‘ylab
bir-biriga tо‘g‘ri kelishi uchun tutashuvchi qismlardan
istalgan bittasini
qirrasiga 8 ta yoki undan ortiq yо‘naltiruvchi plankalar payvandlanadi (5-
rasm.). Payvand choklari nuqtali payvandlangandan sо‘ng ular gaz kislorodli
keskich bilan kesib tashlanadi.
5-rasm. Obyechaykalarni ulash.
6-rasm. Qirralarni ulashga
tayyorlash uchun vintsimon
strubsina
.
1- obyechaykalar; 2 – strubsina;
3 – siquvchi vint
Bunday yо‘naltiruvchi plankalarni vertikal
holatda bitta blokni
ikkinchisiga о‘rnatilayotganda ham (blok bilan montaj qilishda) qо‘llanadi.
Tutashtiruvlarni zavod nazorat belgi chizmalari bо‘yicha yoki kran bо‘yicha
amalga oshiriladi, bu belgi chiziqlari qobiqlarga chizilgan bо‘lib, ularni diqqat
bilan о‘rniga qо‘yiladi, shu detallardagi markirovka bо‘yicha ham о‘rniga
qо‘yiladi. Tutashuvchi uchastkalar о‘lchamlardan chetlanish ruxsat etilgan
norma chegaralarida bо‘lishi kerak: xalqali choklardagi qirralar siljishi, qurilma
listi qalinligi 10% dan oshmasligi kerak, ikkilamchi pо‘lat bо‘lganda esa
qoplanayotgan qoplam qalinligidan oshmasligi kerak.
Tutashuvlarni moslash,
masalan, joydagi tortish, ulashish, nasadka orqali
moslashlarni mashinasozlik
zavodida qо‘llanadigan asboblar va moslamalar: vintli qiskichlar (6-rasm),
tortuvchi ponalar (7-rasm) va boshqalar bilan amalga oshiriladi.
59
Payvandlanayotgan tutashuvlardagi zararlarni diqqat bilan nazorat
qilinadi, ular obechaykalar listlari qalinliklariga bog‘liq bо‘lmagan holda 2-4
mm chegaralarda bо‘lishi kyerak. Payvandlanayotgan qirralarni metall shchotka
yordamida yaxshilab tozalanadi. Ilashib olishni, xuddi butkul payvandlash kabi
loyihada kо‘rsatilgan elektrodlarda amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: