O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI
RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
QARSHI FILIALI
KOMPYUTER INJINIRINGI FAKULTETI
DI 11-20-GURUH TALABASINING
“ KOMPYUTERNI TASHKIL ETISH ”
FANIDAN TAYYORLAGAN
MUSTAQIL ISHLARI
Bajardi: N.Shaymurodov
Qabul qildi: A. Chuponov
QARSHI-2022
4-Mavzu: Assembler tilida dasturlash asoslari
Reja:
Assembler tili tushunchasi.
Assembler tili vazifalari.
Assembler tilida operatorlarning formatlari va
ularni qo‘llash.
Assembler tili tushunchasi.
Assembler tili. Assembler so'zi ingliz tilidan olingan bo'lib, yig'uvchi, jamlovchi ma'nolarini anglatadi. Assemblerda yoziladigan dasturlar hamma dasturlash tlllarida bo'lgani kabi, oddiy matn sifatida matn muharirlari orqali yoziladi. Assembler berilgan matndagi assembler buyruqlarini mashina buyruqlariga o'giradi. Bu til quyi darajali til deb atalishining sababi shundaki, assembler tili mashina tiliga juda yaqin ko'rinishga ega. Undagi har bir vazifa, topshiriq, amal yoki buyruq aniq bir mashina darajasidagi buyruqqa to'g'ri keladi, ya'ni assemblerdagi har bir buyruq mos ravishda o'z yagona mashina kodiga ega.
Assemblerda tuziladigan dasturlar mikroprotsessor imkoniyati va resurslarini to‘liq hisobga olgan holda amalga oshiriladi, masalan, 16-bit, 32-bit va hk. Dasturlarni assemblerlash va bog‘lanish muharrirlari yordamida exe-faylga yig‘ish uchun turli kompilyatorlar ishlab chiqilgan. Masalan:
MASM (Macro Assembler) - Microsoft firmasining paketi. DOS bilan bir vaqtda Windows 9x/NT uchun assembler dasturlarini kompilyatsilashda ishlatiladi. Yangi versiyasi paketi MASM32 deb nomlanadi;
TASM (Turbo Assembler) - Borland firmasining mahsuloti. DOS dasturlarini kompilyatsiya qilishda qo‘llaniladi. Yangi versiyasi TASM5 yoki TASM5 (TASM5Plus) deb ataladi;
WASM (Watcom Assembler) - Watcom firmasi tomonidan ishlab chiqilgan. DOS va Windows uchun tuzilgan dasturlarni kompilyatsiyalashda juda sodda interfeysga ega;
Yuqori sath tillari hisoblangan C, C+ va Java kabi dasturlash tillarida yozilgan bitta operatorni amalga oshirish uchun, bir nechta mashina buyruqlarini bajarish kerak bo‘ladi. Har bir operatorga bittadan mashina buyrug‘i to‘g‘ri keladigan til esa – assembler tili deb ataladi. Har bir assembler tili yoki assemblerlar, mashina buyruqlarining nomlari qisqartirib yozilgan – mnemonikalarga, ya’ni ma’noga ega qiskartirilgan so‘zlarga asoslanadi [1,16,18]. Masalan: qo‘shish – ADD, ayrish – SUB, ko‘chirib yozish – MOV, bir qiymatga orttirish – INC va boshqa mashina buyruqlari kabi. Assembler tilida ham – konstantalarni, o‘zgaruvchilarni, xotira adreslarini ifodalovchi metkalarni tavsiflash uchun, simvollardan iborat nomlar qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |