de
IHamme
et d u
Citoyen. 1789.
2 Revolutions de France et de Brabont. 1790, N»7.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Dushm anlar darvozam iz ortida turishibdi, vazirlar, bizning hududimizdan
bemalol o ‘taverishingiz m um kin, degan vaj bilan ularga chegafalarimizni
ochib berishdi. E htim ol, hozir ular shahdam qadam lar bilan biz tom on
yaqinlashib kelayotgandirlar. Turli yoshdagi va turli mavqedagi fuqarolar,
Millat majlisi to m o n id an ko'rilgan chora-tadbirlar bizni halokatdan
qutqarib qololmaydi; agar q o ‘lga qurol olmasangiz, Fransiyani 14-iyul va
5-oktabrda ikki m arta saqlab qolgan qahramonlxk fazilatlarini o'zingizda
nam oyon etm asangiz, u hoida hammangiz qirilib bitasiz*.
Marat qirol oilasini qamoqqa olishga, vazirlar va ulaming gumash-
talarini hibs qilisliga, o ‘zlarini saqlab qolmoq uchun shaliar hukmdorlarini
qamoqqa tashlashga, ko'plab qurol va aslaha xonalarini qo'lga tushirishga
chaqirdi. Mohiyat jihatidan u plebeylar inqilobiga, hokimiyatni xalq o ‘z
qo‘liga olmog'i uchun kurashga d a’vat etgaiidi. Bu pamflet yuzasidan millat
majlisi qabul qilgau qaroiga ko‘ra, qirol prokurori xalqni qonuniy
hokimiyatga qarshi chiqishga, qon to'kishga va konstitutsiyaga bo'ysun-
maslikka undovchi m ualliflam i, noshirlami va gazeta taiqatuvchilarni ta ’qib
ostiga olishga ijozat beruvchi buyruq chiqarishga haqli edi.
G azetalar
ta ’sirini
susaytirish
maqsadida
matbuotga,
birinchi
navbatda, dem okratik nashrlarga qarshi choralar ko'rildi. Masalan,
gazetani ko‘o*alarda yopishtirishni taqiqlaydigan qonun chiqarildi. Bulling
ketidan faqat hukum at farmonlarigina oq qogkozga bosilishi to ‘g‘risida
maxsus qaror qabul qilindi.
Jirondchilar bilan yakobinchilar o ‘rtasidagi kurash. 1792-yil 10-av-
gustdan 1793-yil 2-iyunga qadar bo‘lgan m uddatni qamrovchi ikkinchi
bosqich shu bilan farq qiladiki, bu davrda royalistlar matbuoti barham
topdi, lekin jirondchilar bilan yakobinchilar o ‘rtasida shiddatli kurash
davom etdi. Bu yerda M arat, Eber, Robesper va Pryudom gazetalarining
rolini qayd qilib o ‘tish m uhim dir. K. Demulen tom onidan nashr qilingati
risolalaming ham aham iyati katta b o id i.
1792-yil 10-avgustda ko‘tarilgan qo'zg'olon monarxiya tuzumini tugatdi
va xatq qo‘ygan poydevor ustiga o ‘matilgan Respublikaga asos soldi. Milliy
konvent Fransiyada qiroUik hokimiyati bekor etilganligi to‘g‘risida yakdillik
bilan qaror qabul qildi va 1792-yil 20-sentabmi Respublikaning birinchi kuni
deb e’lon qildi. D eputatlar bu tarixiy qaromi «Yashasin millat!» degan
hayqiriqlar va davomli gulduros qarsaklar bilan qaishi oldilar.
1792-yiigi voqealar m atbuotga juda katta ta ’sir ko‘rsatdi. Inqilobning
qariyb uch yili davom ida aksilinqilobiy nashrlar to ‘liq matbuot erkinligi
shioridan foydalanib, inqilobiy gazetalai-ga va demokratik arboblarga hisob-
siz bo'htonlar yog‘dirdi, inqilob g'alabalarini yo‘qqa chiqarishga ochiqdan-
ochiq da’vat etdi. M onarxiya ag'darib tashlanishi oqibatida royalistlar
matbuoti ham tugadi. 1792-yilning 11-avgustida qirolga yon bosgan ko‘p-
chilik gazetalar chiqishdan to'xtadi. Monarxiya ag^darilgandan keyin
jirondchilar asosiy rolni o ‘ynay boshlashdi. Hatto, «Monitor» gazetasi ham
jirondchilar ta ’siriga tushib qoldi.
Bu gazetaning e ’tiborli chiqishiga erishmoq maqsadida jirondchilar
hukumati turli yo'llar bilan gazeta xodimlariga pinhoniy tarzda pul berib
www.ziyouz.com kutubxonasi
turishdi. Xalq qo‘zg‘olonida ishtirok etmagan va hatto zimdan qo‘zg‘o-
longa qarshilik ko‘rsatgan jirondchilar hokimiyatni riyokorlik bilan q o ig a
kiritib olganliklari uchun ham shunday b oldi.
Konventdagi birdamlik uzoqqa cho‘zilm adi. G ora bilan Jironda
to'qnashuvi m uqarrar bo4lib qoigandi. 1792-yil 25-sentabr kuni jirondchilar
Maratni diktaturaga intilishda aybladilar. Bir oydan so‘ng ayni shunday
ayb Robesperga ham to'nkaldi. Fraiisiya qo'shinlaríning xuddi mana shu
jirondchilar ig‘vosi bilan boshlangan urushdagi harbiy talafotlari, shu-
ningdek, iqtisodiy sohadagi qiyinchiliklar jirondchilar hukumatini xalqning
ishonchidan mahrum etdi. Jironda jam oatchilik fikriga o ‘tkazib kelgan
ta ’sirini tikJash va o ‘zini saqlab qolish maqsadida zodaganlaming ham,
aksilinqUobchilaming ham xizmatini bajo keltira boshladi, royalistlarga yon
bosdi, demokratik matbuotga zarba berishga ahd qiidi.
Jirondchilar asosiy kuchlarini Maratga qarshi yo'naltirishdi, uni talon-
torojlarga va qotillikka undashdi, Milliy konventga tuhm at qilishda, xalq
mustaqiiligiga qasd etishda ayblashdi. Bu qalbaki ayblarga Robesper,
Danton, Demulen va boshqalar qarshi chiqdilar. Jirondchilar Maratni
favqulodda tribunal sudiga berishga harakat qildilar. Ammo bu urinish
jirondchilarning mag'lubiyati va M aratning glalabasi bilan tugadi.
Shundan keyin Demulenga yopisharkanlar, Konventda uning «Bris-
sochilar tarixi yoxud inqilobning sirli tarixidan parcha» nomli asarini
keskin tanqid qiUb chiqdilar. Jirondchilar bilan m ontonyarlar o ‘rtasidagi
kurash keskin tus oigan ayni paytda K. D em ulenning risolasi kuchli ta ’sir
ko‘rsatdi. Jirondchilar Konventi risolani qoralagan bo‘lsa-da, ammo
Demulenning o ‘ziga qarshi chora ko‘rilmadi.
1793-yilning m artida Konventning asosan jirondchilardan tuziigan
tergov kampaniyasi «Dyushen ota» gazetasida brissocliilar, jirondchilar,
rolandchilar va boshqalarga qarshi qaratiigan m aqolalar chop qilinganligi
uchun hukumat uning muharriri Ebemi qam oqqa olish haqida farmon
chiqardi. Parij Kommunasi Kommuna prokurorining o'riubosari bo‘lgan
Ebemi qamoqdan chiqarishni talab qildi. 28-m ay kuni Eber qamoqdan
ozod qilindi. 1799-yilning 31-may —
2
iyun kunlari sodir bo'lgan voqealar
shunga oüb keldiki, xalq ommasining siquvi bilan Konvent 29 nafar ji
ro ndchi deputatni qamoqqa olishga qaror qildi. Bu Jironda hukmron-
ligining inqirozini anglatar edi. Qonun chiqaruvchi majlis davridan buyon
G ora bilan Jironda o ‘rtasida davom etib kelayotgan olishuv shu yo‘sinda
yakun topdi.
2-fasl.
Yakobinchilar diktaturasi davridagi matbuot
1793-yil iyun oyüiing boshidan 1974-yilning 27-iyuligacha bo‘lgan
muddatni qamrovchi uchinchi bosqich shu bilan farqiandiki, bu davrda
yakobinchilar, keyinroq esa termidorlar, kordelerlar juda murakkab ichki
kurashni boshlaridan kechiidilar. Fransiya Respublikasining tashqi ahvûli esa
juda og‘irlashdi. Bu paytda Robesper tomonidan am alga oshirilgan siyosatni
hamma ham darhol fahmlay olmadi. Hayot taqozosi bo‘lgan inqilobiy
www.ziyouz.com kutubxonasi
terrom i ko‘pchilik beshafqat tadbir sifatida qabul qildi. Eber ham, Demulen
ham Robesper hukum atiga nisbatan xatoga yo‘l qo‘yishdi. Yakobinchilar
diktaturasiiiiiig xatolari vaziyatni to ‘g‘ri tushunishni qiyinlashtirdi.
1973-yilning iyunida demokratik m atbuot boshiga katta musibat
tushdi-M arat q a tl etildi. Uzoq muddat davom ida inqilobiy demokratik
m atbuotning karvonboshisi bo‘Iib kelgan, butun um rini vataniga bag‘ish-
lagan otashqalb inqilobchining yuragi urishdan to'xtadi.
Bu davrda E b er tom onidan chiqarilayotgaii «Dushen ota*,
gaze-
tasiniiig aham iyati oshib ketdi. Eber o‘z jirondcha uslubiga am al qilib,
inqilob dushm anlarini ham m a yerdan izlashda va beomon fosh qilishda
davom etdi. U sinfiy kurashning iqtisodiy aham iyatini, inqilobning o ‘sha
bosqichdagi m anfaatlari qarama-qarshiiigini fahmlab etmadi.
Bular uning, ayniqsa, 1793-yilning oxiri va 1794-yilning boshida
ko‘zga yaqqol tashlangan kamchiliklari edi. Avgust oyida Eber qo‘qqisdan
o ‘z gazetasida xalq tom onidan qo‘llab-quw atlangan Konvensiyani amalga
oshirish to ‘g‘risidagi talabni va yangi saylovlar o ‘tkazish zarurligini yoqlab
chiqdi. U m um xalq urushi olib borish zarurligi haqidagi masalani
ko‘tararkan, bunga iqtisodni ham moslashtirish kerakligini uqtirdi. Siyosiy
va iqtisodiy m uam m olar mamlakatni milliy mudofaa qilish muammosi
bilan cham barchas aloqada ekanligini his qilgan holda oziq-ovqat
masalasini birinchi o'rin g a qo‘ydi, kambag'al om m a tarafida turib savdogar
va boylarni keskin tanqid qildi. «Savdogarlar bevosita kishilardir, ular
inqilobni nafi tekkuncha qo‘llaydilar», deb yozgan edi u.
Xalq tazyiqi bilan Konvent 1793-yil sentabr oyining boshida shubhali
odam lar to ‘g‘risida maxsus dekret q.abul qildi. Bu bilan terror yana kun
taitibiga chiqdi. B iroq endi belgilangan chora birinchi galda ichki
aksilinqilobiy kuchlarga qarshi yo'naltirilgan b o ‘lib, buning uchun inqilob
Eber va boshqalarning tashviqotidan m innatdor bo‘lmog‘i kerak edi.
Eber m u am m olam i ko‘tarib chiqsa-da, ulam ing mohiyatini ochib
berishga intilm asdi. U oziq-ovqatlar narxi balandligi to ‘g‘risida matbuotda
muntazam yozar edi, biroq gazetxonlarda bu ahvol uchun Respublika
aybdordir, degan fikr hosil bo‘lardi. D anshon boshchiligidagi «muruv-
vatchilar* deb atalm ish guruh inqilobiy hukum at uchun jiddiy xavf
tug'dirdi. Bu guruh safida D em ulen va boshqalar ham bor edi. U lar inqi
lobiy hukum at siyosatini «tiyish»ga, repressiyalami yumshatishga, terrordan
voz kechishga intildilar, nihoyat, rahm-shafqat qo‘mitasini tuzishda jo n -
bozlik qildilar.
K. D em ulen o'zining «Qo‘hna kordeler» o ‘z gazetasida ommaviy
terrorga va yakobinchilar hukumatiga qarshi maqolalar yozdi. Uning
tarixga m urojaat qilishi hech kimni chalg‘ita olmasdi. Demulen tarix
pardasi bilan berkitm oqchi bo‘lgan haqiqiy hayot hammaga m a’lum edi.
K. D em ulen inqilob tugadi, demak, terrorni ham to ‘xtatish kerak, deb
hisoblagan b o ‘lsa, Eber uni tanqid qilib, inqilob tufayli kambag‘allar
(plebeylar) om m asi nim aga erishdi, degan savolni o ‘rtaga qo.‘ydi. Bu biian
u xalq m anfaatlari inqilobni yanada rivojlantirishni taqozo qiladi, deyishi
mumkin edi. A m m o Dem ulen bilan kurashda Eber o ‘z manfaatlarini
himoya qilishdan yuqoriga ko‘tarila olmadi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
0 ‘ta so‘[laming hujumi kuchayib, Robesper hukumati o ‘z faoliyatida
tayanib kelgan ijtimoiy muvozanal tahlika ostida qolganida, Ijtimoiy
qutqaruv qo'm itasining o ‘zi hujumga o*tdi. 1794-yilning 13-m artidan 14-
martiga o ‘ta r kechasi kordelerlaming rahbarlari yoppasiga qam oqqa olinib,
inqilob sudiga topshirildilar, ular orasida Eber ham bor edi. U lam ing
barchasi gilotinada qatl qilindi.
Shundan keyin navbat dantonchilarga keldi. 1794-yil aprcl oyi
boshida ulam ing boshlari tanalaridan ju d o qilindi. Bu ikki guruhning to r-
mor qilinishi inqilobiy hukumat mavqeyining mustahkamlanishiga olib
keldi. Yakobinchilar diktaturasining b o ‘hroni liam bartaraf qilinm agan edi.
Dem ulen va Eber o ‘limidan so‘ng ulam ing gazetalari chiqishdan to'xtadi.
1794-yilning fevralida Pryudom tom onidan nashr qilinayotgan «Parij
inqilobi» gazetasi ham chiqmay qoldi. Yakobinchilar bosh b o ‘lgan
diktaturaning oxirgi kunlariga qadar aw algi demokratik gazetalardek rol
o'ynaydigan bironta gazeta qolm adi. Inqilobning o ‘zi ham pasayib
bormoqda edi. Sen-Jyust bu holatni ju d a aniq ifodalab, «inqilob qotib
qoldi», deb yozdi.
Robespeming va unga maslakdosh bo'lganlaming halokati inqilobning
ham halokati bo'ldi. Termidorni to ‘ntarishdan (1794-yil 3-oktabr) besh hafta
o ‘tgach, murakkab siyosiy vaziyat hukm surayotgan bir davrda Babyof
«Erkin matbuot gazetasi»ni chiqardi. 1790-yildan keyin «Pikard muxbiridan*
so‘ng u eski orzusini ro'yobga chiqarish uchun o ‘z gazetasiga muharrirlik
qilishga m usharraf bo'ldi. 23-sonidan gazeta «Xalq jarchisi yoxud huquq va
xalq posboni» degan yangi nom ostida chiqishda davom etdi.
Gazetaning dastlabki sonlari Robespem ing gumashtalari va yako
binchilar klubiga qarshi qaratildi, am m o oradan ko‘p o ‘tm ay, Babyof
Robespeming qulashi kutilgan natijalarga olib kelmaganligiga, aksincha,
buijuaziya hukmronligi mustalikamianishiga xizmat qilib, xalqning ahvoli
yomonlashuviga sabab bo'lganligiga am alda ishonch hosil qildi.
Ko‘p o 'tm ay Babyof dastlabki tutgan yo‘li xato ekaniigini o ‘zi e ’tiro f
etib, shunday yozgandi: «Inqilobiy hukum atni Robesper, Sen-Jyust va
boshqalar yomonlab chiqqanligi uchun o ‘zim dan-o‘zim achchiqlanayot-
ganimga chin ko‘ngildan iqrorman. Qolgan inqilobchilaming barchasini
qo'shib hisoblaganda, men bu kishilar ulardan yuqori turadilar, ulam ing
diktatorlik idora usuli juda puxta o ‘ylangan, deb hisoblamayman! Robesper
bir o ‘zi inqilob g'ildiragini inqilobning haqiqiy maqsadi sari jildirishga
qodir ekanügi bilan faxrlanishga tam om ila haqli edi. Robespemi qo'llab-
quw atlashga undash respublikaning barcha serg'ayrat vatanparvarlarini,
ular bilan birgalikda xalqni ham oyoqqa turg‘azmoq dem akdir. Ro-
besperizm — demokratiya dem akdir, bu ikki so‘z mutlaqo bir xildir,
binobarin, robesperizmni tiklash bilan siz demokratiyani tiklayotganingizga
amin bo'lishingiz mumkin»1.
Keyinroq F. Buonarotti o ‘z kitobida Robesper faoliyatiga yuksak baho
berib, jum ladan, shunday yozgan edi: «Tenglik yo'lida azob chekkan bu
i Ba6ë4) T.
C
om
.
M.: 1982,4-jk., 170-172-betlar.
www.ziyouz.com kutubxonasi
m ashhur insonga behisob b o ‘hton qilishdi, uning pok nom ini tiklash har
b ir vijdonli yozuvchining burchidir»1.
Babyof gazetasini «Xatq jarchisi yoxud inson huquqlarining posboni»
degan yangi nomda chiqarish chog‘ida yangicha g‘oyalar tug'iidi. Dastlabki
paytlardagi xomxayollar barham topdi. Fikrlash, xalqni chinakamiga ozod
qilishning maqbul yo'llarini betinim axtarish natijasida Babyof «Plebeylar
manifesti» nomli nazariy dastur yaratdi.
«Xalq minbari» gazetasining 35-sonida e ’lon qilingan bu hujjat
«Tenglik yo‘lidagi fitna* asari uchun asos bo‘lib xizmat qildi. Babyof
kom m unistik qarashlam i ochiqchasiga bayon ctdi, u fitna - xalq omma-
sining loqaydligini yo‘qotishning birdan-bir vositasi deb hisobladi va
«H ozir sustkashlikka y o ‘l q o ‘yib bo'lmaydi, deb yozdi u. Qulay fursatni
kutish b e’manilikdir. Jam oatchilik fikri etilishi kerak, deb aytmoqdalar. U
allaqachon etilgan, xalq chidab boim aydigan darajadagi ofatlardan aziyat
chekm oqda, endi u ortiqcha toqat qila olmaydi. Unga yordam berishning
eng maqbul yo‘li — uni azob-uqubatlarga duchor qilayotgan dushmanlarga
qarshi kurashga boshlashdir*.
Xususiy mulkchilikni tanqid qilish Babyof muhokamasi uchun asosiy
nuqta bo‘ldi: «Siz xalqning baxtiyor bo'lishini chin ko'ngildan istaysizmi?
U ning xotiijam yashashini xohlaysizmi? Uning taqdiri inqilob g‘alabasi,
Respublikani o ‘rnatishdek buyuk ish bilan chambarchas bog‘liq bo'lishini
istaysizmi? Uning tahlikadan, ichki iztiroblardan qutulishini xohlaysizmi?
B ugunoq mulkchilik- huquqini cheklash Fransuz Respublikasi Kons-
titutsiyasining asosini tashkil qiladi, deb e'lon qiling, qani sinab ko‘rsinki,
y o lim izg a g‘ov solishga u qodirm ikan. Xalqning yo‘lboshchilari yo‘q, deb
aytm oqdalar. Ular topilsin, shunda xalq oyog‘iga urilgan kundalarni darhol
parchalab tashlaydi va o ‘zi uchun hamda avlodlari uchun nonga ega
b o ‘ladi*2.
1796-yilning 31-m art kuni Babyof tashabbusi bilan «Ijtimoiy qutqaruv
bo'yicha maxfiy direktoriya* nomli tashkilot tuzildi. «Tenglar» harakatining
Parij tashkiloti 12 bo'Iimga ajratilib, har bir bo'limga bittadan maxfiy vakil
(agent) boshliq qilib belgilandi. Keyinroq harbiy qo‘mita tuzildi.
«Tenglar» harakati zaruratga ko‘ra yashirin suratda ish olib bormog'i
kerak bo‘lsa-da, lekin u om m a bilan mustahkam bog‘langanligi bois
bunday qilolmasdi. Tashkilotning maqsadi kuchli xalq q o ‘zg‘olonini tay-
yorlashdan iborat edi. Xalq om m asining bu safargi ko‘tarilishi o ‘z ko‘lami
jih atid an inqilobning dastlabki yillarida Parijda b o lib o'tgan qo'zg'olon-
lardan qolishmasligi m o ‘ljalIandi. «Men ochiqdan-ochiq jangga tayyorla-
nayapm an, — deb yozgan edi Babyof «Xalq manbari» gazetasining so‘nggi
sonlaridan birida. Bundan buyon biz qo‘qqisdan zarba berish yo‘li bilan
em as, balki xalq uchun m unosib bo‘lgan boshqacha usulda g‘alaba
qozonishim iz m um kin va lozim . M en qo‘lda qurol bilan ochiqchasiga jang
qilishni nazarda tutayapman».
1 Буонаротги Ф. Заговор во им я равенства. М.: 1963, 1-ж., 96-bct.
2 Babyof G . 0 ‘sha manba, 3-j., 481-bet.
www.ziyouz.com kutubxonasi
«Maxfiy direktoriya» atigi 40 kun yashadi. Politsiya tashkiiot iziga
tushib, uni fosh qildi. Ko‘p o‘tmay Babyof va boshqa rahbarlar qamoqqa
olindi. Tarafdorlari qamalislii natijasida maxfiy tashkiiot a ’zolaritiing
jumalistik faoliyati va aholi orasida olib borgan targ‘iboti liam to ‘xtab qoldi.
Buyuk fransuz inqilobi barcha siyosiy partiyalar va guruhlar uchun
matbuotning muhimligini isbot qilib ko‘rsatdi. Hozîrgi m a’nodagi om m a-
viy siyosiy matbuot xuddi rnana shu yillarda tarkib topdi. Demokratik
matbuot sharoitga moslashishni xohlamasdi, ikkiyuzlamachilik qilmasdi.
0
‘z faoliyatining boshidanoq u vatanparvarlam i jipslashtirish, qirol
saroyini, zodagonlami va boshqa aksilinqilobchilami rahmsiz foslt qilish
bilan shug'ullandi. Inqilobiy matbuotning xatti-harakati zoe ketmadi. U
xalq ommasiga do'st-dushm anlam i tanishga yordamlashdi. Demokratik
matbuot orqali om m a inqilobning ko'pgina rahbarlari qiyofasini bilib oldi.
Inqilob matbuoti fransuz. tili rivojiga ham katta ta ’sir ko‘rsatdi.
Marat va Eber xalq bilan uning tilida gaplashdilar, o ‘z maqolalarini
unga tushunarli va yaqin kalimalarda yozdilar. Darvoqe, hatto zodagon-
laming gazetalari ham oddiy odamlar tiliga murojaat qildilar, demokratik
an’analami o ‘zlashtirib olishga intildilar. Inqilob yillarida matbuot aholining
juda katta qismini fransuz tili boyligidan bahramand qildi.
Matbuotning ta ’siri shu qadar kuchll ediki, hatto Konvent davrida
askarlaming gazetalari paydo bo'ldi. Shuuga qadar bironta qo'shinda
harbiy harakatlar chog'ida gazeta chiqqan em asdi va qo‘mondonlik
askarlarga bag'ishlangan nashrlarni tarqatishga hech qachon yordamlash-
magan edi. Bonapart askarlar uchun m o‘IjaIlangan gazetalam i chiqarishni
qo‘llab-quwatladi, dastlabki vaqtlarda o'zi ham shunday gazetalarda
hamkorlik qildi. Lekin demokratik matbuotning asosiy xizmati shundaki, u
matbuotning inqilobdan ko‘zlagan maqsadlari inqilobning bosh qahramoni —
uni hamisha oig‘a siljitib ketgan keng xalq om m asi orzu-umidlari bilan
mushtarak edi.
Bu matbuot xalq ommasini inqilobnt harakatga keltiruvchi asosiy
kuch deb bildi va hamisha uning manfaatlariga posbonlik qildi.
Inqilob va dem okratik matbuotning rivojlanishi. Fransiyaning 1814—
1830-yillardagi ijtimoiy-siyosiy hayotida mafkuraviy kurash katta o ‘rin
tutdi. Faoüyatdagi partiyalar o ‘z siyosiy dasturlarini asoslash uchun tarixiy
konsepsiyalardan foydalandilar. Ko‘pchilik XVIII asr inqilobini «Buyuk
inqilobiy jinoyatlar» deb atadi, yangi inqilob ro ‘y berishi mumkinligi
to ‘g'risida tashvishlanib gapirdi.
0
‘sha davrdagi publitsistlar parlamentlar
tarixiga va ulaming qirol absolutizmiga qarshi olib borgan kurashiga katta
e ’tibor bilan qaraganliklari Fransiyadagi siyosiy vaziyatning xususiyatlari
bilan izohlanadi.
Tiklanish davridagi mafkuraviy kurashda iste’dodli liberal publitsist
Pol Lui Kure tom onidan dvoryanlarga va klerikallarga qarshi yozilgan
pamfietlar katta ahamiyatga ega bo'ldi. U ingliz gazetalaridan ko‘chirib
bosilgan «Diplomatiya hujjati» sarlavhali pamfletida Fransiyadagi mavjud
siyosiy tuzumni mohirük bilan hajv ostiga oldi. Pam flet Lyudovik XVIII
ning Ispaniya qiroliga yozgan maktubi shaklida yozilgan (aslida, maktub
www.ziyouz.com kutubxonasi
muallif to m o n id an t o ‘qilgan) cdi. Unda ushbu so'zlam i o qish mumkin.
«Vakillar idora usulini hech narsa bilan qiyoslab bo lmaydi, men, snub-
hasiz, uni boshqa usuldan afzal ko‘raman. U menbop usuldir, faqat xalq
deputatlarini ham isha men tayinlasam bas, baxtimizki, mamlakatimizda
biz shunga erishdik, m en sizga aytsam, azizim , m ana shunday vakiliik
idora usuli bu o ltin sochmalarining naq o ‘zginasidir... Siz erkinlik,
oshkoralik, vakolat kabi balandparvoz so‘zlardan aslo cho'chim ang. Bu-
ning ham m asi te a tr tomoshasidan bo‘lak narsa emas. Bu tomoshadan
tushgan pul katta darom ad keltirayapti. U ndan foyda ko‘rsak ko‘ramizki,
ziyon ko‘rm aym iz. Inqilob mana shu ko‘yga tushib qolgan, maynavoz-
chilikka aylangan, u fuqarolarimiz uchun uzluksiz davom etadigan kar-
naval xizm atini bajo keltirishi m um kin1.
.
Pol Lui K ure inqilobchi bo‘lmasa-da, siyosiy pamfletlarmng inqilobiy
ahamiyatini yaxshi anglardi. «Hamma davrlarda, pamfletlar dunyo qiyo-
fasini o ‘zgartirgan* - deb yozgan edi u. Kure hukumat ma m urían
tom onidan bir n echa b o r quvg‘in qilindi, hibsga olindi va sudga benldi.
«1814—1830-yillarda davriy matbuot siyosiy kurashda sezilarli rol o ynadi.
Liberal yo‘nalishdagi gazetalaming adadi muttasil ortib borib, hukumat lage-
riga mansub gazetalardan o‘zib ketdi. 1824-yilda so‘l yo'nalishdagi gazetalar
biraina Parijning o ‘zida 41330 mushtariyga ega bo‘ldi. Hukumat gazetalan
mushtariyiarining soni bor — yo‘g‘i 14344 kishini tashkil etardi. Bu davrda
siyosiy risolalami nashr qilish ishlari rivojlanib ketdi*2.
Hukum at liberal va demokratik matbuotga qarshi choralarm ko risnga
intildi D em okratiya ko‘rinishlariga chek qo'yishni ko'zlagan Buibonlar
qiroli Karl X a hm oqona qaysarlik va befahmlik bilan go‘yo uning o zt
inqilobni yaqinlashtirm oqchidek ish tutdi. Burbonlar sulolasimng taqdin
uchun qayg‘urayotgan ziyrak legitimistlar qirolni to ‘xtatisliga behuda unnib
ko‘rdilar. H atto rus podshohi Nikolay I ham fransuz qirohm bunday
«be’mani dushm anlik siyosatidan* ogoh qilgan edi.
1830-yil 26-iyulda hukumat farmonlari (ordonanslar) e Ion qihndi.
U larda deputatlar palatasini tarqatib yuborish, m atbuot erkinligini butunlay
tugatish, saylovchilar sonini qisqartirish ko‘zda tutildi. Mohiyat e tib o n
bilan bu fecxial absolut tuzum ini tiklashga qaratilgan davlat to ntanshi edi.
Biroq kechqurunga borib namoyishlar boshlanib ketdi va 27-iyul kum
ommaviy xalq q o ‘zg‘oloniga aylandi. Mana shu ikki kun Buibonlar sulolasi
taqdirini hal e td i, y a’ni, ular yo‘q qilindi.
Shu bilan Y evropa qirollarining «M uqaddas ittifoqi* o nglanmas
zarbaga uchradi, butun Yevropa qo‘zg‘a!di. G azetalam ing Fransiyada
inqilob bo‘lganligi to ‘g‘risidagi xabarlari ham m a yerda «qog‘ozga o raigan
oftob nuri* (H . H eyne) sifatida qarshi olindi. 1830-yil 9-avgust kum Lui
Filipp «Fransuzlar qiroli* deb e’lon qilindi. M oüya oligarxiyasi taxtga o z
gumashtasini o ‘tqazib, xalq qo‘lidan g‘alabani tortib oldi.
1 Курье П .П . П амфлеты . М.: 1957, 260-264-с.
2 И стория Ф ран ц и и . М.: 1873, 2-ж., 204-bet.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Yangi hokimiyat senzurani vaqtincha bekor qildi. Lekin politsiyachilar va
tp'rachilik asosiga qurilgan davlat apparati hech bir o'zg^rishsiz saqlab qolindi.
Ishchilarga qarshi qaratilgan shafqatsiz qonunlar ham o ‘z kuchida edi.
1830-yilda yuz bergan inqilob poyoniga yetmay qolgan inqilob
namunasidir. Bu davrda, ayniqsa, hajvjy nashrlar katta dovruq qozondi.
Ulaming sahifalaridan Lui Filippni, semiz buijuaziyani masxara qiluvchi
hajvjy rasmlar arimas edi. Qachonki, hajviy jum allarda kamavalda q a t-
nashuvchi semiz, beso‘naqay va ovsar h o ‘kiz haqidagi so‘zlar atayin hadeb
takrorlanavcrar ekan, har kirn gap Lui Filipp to ‘g‘risida borayotganligini
darrov payqab oladigan bo‘lib qoldi.
40-yillardagi
ishchilar orasida sotsialistik g‘oyalar keng tarqala
boshlaganligi matbuotda ham o‘z ifodasini topdi. Ishchilar siyôsiy kitoblami,
1783— 1794-yillar inqilobi haqida yozilgan asarlarni, Marat va Robespeming
pamflet va nutqlarini zo‘r qiziqish bilan o'qirdilar. Buonarrotiniug «Tenglik
yo'lidagi fitna* asari ham katta muvaffaqqiyat qozondi.
Bu yillarda Fransiyada «tenglar» ta ’limotiga qiziqish qayta tiklandi.
Bunga F. Buonarottining «Babyof fitnasi nom i bilan ataluvchi tenglik
yo‘lidagi fitna* asari turtki bo‘ldi. Babyofning g‘oya va kurashlarini to ‘liq
shaklda dem okratik matbuotda ko'rish m um kin edi. Masalan, «M oniter
repyubliken* va «Lem Libr* gazetalari diqqatga sazovordir. Ular yashirin
suratda «Demokratik falangalar» nom i bilan yuritilgan harbiy jam iyat
tom onidan jiashr qilinardi. Bu gazetalardan birinchisi !837-yil tioyabrdan
1838-yilning iyuliga qadar nomuntazam ravishda chiqarilib, hammasi
bo‘lib
8
ta soni dunyo yuzini ko‘rdi. Ikkinchisi 1838-yilda (1838-yilning
avgust-sentabr oylarida) atigi 3 marta chiqqan. Gazetaning 4—soni m at-
baaga tushishdan oidin polisiya tom o-nidan musodara qilindi Shu son
uchun tayyorlangan maqolalardan birida gazetaning asosiy maqsadi
quyidagicha bayon qilingan edi: «Biz Babyof istagan yoxud qariyb unikiga
o ‘xshagan jam iyatni talab qilamiz. Biz ham xuddi Babyof kabi, garchi
magiubiyatga uchrab, yaramas m onarxiyaning qurboniga aylangudek
bo‘lsak ham, o ‘z prinsiplarimizni hech b ir chekinm ay va to ‘xtamay targ‘ib
qilaveramiz. Xalq q o ‘liga qurol olib, o ‘ziga tegishli narsani qaytarib
berishni talab qiladigan fursat aniqlanm oqda. Kambag‘allar boylar to m o -
nidan talandilar*1.
Bu davrda qonun talabiga bo‘ysungan yangi babuvchi gazetalar ham
nashr etildi. Ular ifodasida bosqinchilikka m oyüük boiib, ko‘proq ijtimoiy
munosabatlami tahlil qilish bilan mashg'ul bo‘ldilar. Bunday gazetalardan
«Трибуне де пепле*ш misol qilib ko‘rsatish mumkin. Piyo nashr qilgan bu
gazeta o ‘z hajmi, shuningdek, yozish uslubiga ko‘ra pamfletga o ‘xshardi.
Mulkdorlar (buijua) orasida ham muxolifat kuchaya bordi. «Н ацио
нал» gazetasi tevaragiga uyushgan respublikachilarning ham ta ’siri oshdi.
A. Marrest boshchiligidagi bu gazeta tahririyati imperiyaga qarshi bosma
urushni avj oldirdi. So‘l demokratlar yoxud sotsialistlar va respublikachilar
«Reforma* gazetasi atrofiga uyushgan edilar. U m um iy saylov huquqi va
1 История философии. Соч., 22-ж., 190-191-с.
www.ziyouz.com kutubxonasi
ijtimoiy o ‘zgarishlar u ch u n kurash oüb borgan bu gazeta nafaqaî mulk-
dortar, balki ishchilar orasida ham muvaffaqiyat qozondi.
1847-yilning oxirida Fransiyada inqilobiy sharoit pishib yetildi. Ja~
miyatning barcha qatlam larida Lui Filipp amalga oshirayotgan ichki va
tashqi siyosatga nisbatan norozilik kuchaydi. Poytaxtda chiqarilgan
gazetalarda ham xukum atni tanqid qiluvchi m aqolalar ko'plab bosila
boshladi. Lui Filippning hokimiyatdan ag'dariüshi va Respublika e’ion
qilinishi ishchilar, respublikachilai>va demokratik m atbuot qariyb yigirma
yil davomida olib borgan kurashning mantiqiy yakuni bo‘ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |