X III bob.
XV1II-X1X ASRLAR AMERIKA MATBUOTI
1-fasl.
Mustamlaka davri matbuoti
Amerika m atbuoti takrorlanm as va o ‘ziga xos tarixga ega. Uning
o ‘tmishi m am lakatning davlatchilik tarixidan ham ancha ilgari boshlangan:
«Amerika Q o‘shm a Shtatlari* degan davlat dunyo xaritasida paydo
b o ‘lishidan qariyb bir asr oldin bu zaminda ilk gazeta chop etildi. Shu bois
mahalliy matbuot Shim oliy Amerika mustam lakalarining
1
mustaqillik
uchun kurashi, AQSH davlatiga asos solinishi va uning keyingi taraq-
qiyotida m uhim rol o'ynadi. Shubhasiz, m atbuot butun tarix davomida
jam iyatning ajralmas b ir bo‘lagiga, demokratiya q o ‘riqchisiga aylandi.
Zero, bundan ikki asr m uqaddam AQSH Konstitutsiyasiga kiritilgan
dastlabki o ‘nta qo'shim chaning birinchisi aynan m atbuot erkinligini kafo-
latlagani ham bejiz emas.
Bosma so'zning Sliimoliy Amerika mustamlakalan hayotida tutgan
o ‘m i, shuningdek, ulam ing Britaniya tojiga qarshi ozodlik uchun kurashidagi
ahamiyatini tahlil qilish uchun uni ikki toifaga ajratib o'rganish maqsadga
muvofiqdir. Shundan kelib chiqqan holda, Amerika matbuotining XVIII
asrdagi tarixini shartli ravishda mustamlaka-kolonial davri va paitizan
matbuotiga, ya’ni, siyosiy matbuotga ajratamiz. Mustamlaka davri matbuoti
mamlakatda ushbu soha tarixining ibtidosi bo‘ldi.
Ilk matbaachilik ko'rinishlari. Amerika m atbuotining paydo boHislii
uchun zamin ilk yevropaliklar Shimoliy Amerikaga kelgan davrdayoq yara-
tilgan edi. Yangi Angliya2, Amerika matbaachiligini boshlab berdi. Uning
yirik manzilgohi hisoblangan Boston hududi esa Amerika jurnalistikasining
beshigiga aylandi.
*
Uzoq sarzaminda muayyan manzilgohlarda istiqomat qilayotgan, lekin o z
mamlakati bilan doim iy aloqada bo‘lgan muhojirlar guruhi. masalan, Shimoliy
Amerikadagi mustamlaka-hududlar-koloniyalar aholosi Britaniya ftiqarolaridan tarkib
topgan va to‘laligicha Britaniya tasarrufida edi.
2
«Yangi Angliya* jug‘rofiy tushuncha bo‘lib, AQSH ning shimoli-sharqida
joylashgan oltita sh u tn i o ‘z ichiga oladi. ulardan eng yirigi hozirgi Massachusets
shtati, Boston uning m arkazi hisoblanadi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Uzoq 1620-yildayoq Plimausga kelib qo‘ngan birinchi yevropalik
kelgindilar — piligrimlar (darvishlar). tarkibidagi ikki kishi — Uilyam
Bryuster va Edvard Uilsonning asli kasbi noshir cdi. Ko‘p o ‘tm ay Boston
va uning atrofidagi mustamlakalarda bosma dastgohlar isliga tushdi,
Harvard universitetiga asos solindi, kitob ishlab chiqarish y o ig a q o ‘yildi.
Biroq, shunga qaramay, tom ma’nodagi davriy gazetaning dunyoga kelishi
uchun salkam bir asr vaqt kerak bo‘ldi. Buning ayrim obyektiv sabablari
bor edi, albatta. G ap shundaki, hudud aholisi uzoq vaqt davomida
Yevropadan, xususan, Angliyadan keltiriladigan gazetalar bilan qanoatlanib
yurishgan. Bu esa dastlabki o‘n yilliklar davomida ulam ing axborotga
bo‘lgan chanqog‘ini qondirib turgan b o ‘lishi ehtimol. Chunki ular hati bu
paytda o ‘zlarini Britaniya qirolligining fuqarolari hisoblashardi. Vaqt o ‘tishi
bilan mustamlakalar kengayib, aholi soni ortib bordi va uning mahalliy
axborotga nisbatan ehtiyoji ham o ‘sdi. Faqatgina to'rtinchi avlod zamoniga
kelib Amerika zaminida mahalliy gazetalar paydo bo‘la boshtadi.
«Pablik okkyorensiz» - Shimoliy Amerikadagi birinchi gazeta. Shun-
day qilib, Amerikadagi ilk gazeta 1690-yil 25-sentabrda Bostonda chop
etildi. Davriy nashr deb hisoblash birm uncha ziddiyatli sanalgan bu gazeta
paydo bo'lishining o'ziyoq o ‘sha davr uchun katta voqea edi. «Publick
occerrences, Both Foreign and Domestick* (Pablik okkyorensiz bos form
end domestik) deb nomlangan ushbu gazetaning noshiri angliyalik m uhojir
Benyamin H arris bo'ldi. 0 ‘z yurtida ishlari yurishmagach, u 1686-yili
oilasi bilan Bostonga safar qiladi. Aslida kitobfurush bo‘lgan B. Harris
Londonda noshirlik faoliyati bilan ham shug‘ullanib, 1679-yili o ‘zining
shaxsiy gazetasini chiqara boshlaydi. Ammo u paytlarda qirollik hokimiyati
bosma nashrlar ustidan qat’iy nazorat o ‘rnatib, o ‘zi uchun nom aqbul
noshirlar va jum aüstlam i ta ’qib qilar edi. Oradan ko‘p o ‘tm ay B. Harris
qirollik hokimiyatiga qarshi adabiyotlarni saqlaganlikda ayblanib, hibsga
oliiiadi. Oqibatda, u ikki yil umrini London qamoqxonasida o ‘tkazadi.
Ozodlikka chiqqach, yana o'zining eski ishini davom ettiradi. Biroq bu gal
ham omadi chopmaydi. To‘xtab qolgan ishlari endi yurishayotgan bir
paytda, 1686-yili Harrisning korxonasida yana tintuv o ‘tkaziladi. Shundan
so‘ng u Angliyani tark etishga m ajbur b o ‘lib, yangi umidlar bilan Boston
sari yo‘l oladi.
Bu yerda kitob do‘koni ochib, uning tarkibida qahvaxona
1
ham
tashkil etadi. Garchand shaharda yana yettita kitob do4koni va bir qator
qahvaxonalar mavjud bo‘lsa-da, Harrisning do‘koni tez orada boston-
liklaming sevimli joyiga ayianadi. U yerda shahar ziyolilari, o'qim ishli
kishilar va keng kitobsevarlar ommasi to ‘planishardi. Nihoyat, mijozlar
e ’tiborini qozonib, raqobatchilaridan ancha ilgarilab ketgan B. H arris eski
mashg'uloti — gazeta noshirligini boshlashga qaror qiladi. Shu tariqa o ‘zi
sezmagan holda Amerikadagi ilk gazeta noshiriga ayianadi.
1 Bu zamonaviy qahvaxona kafedan farq qilib, ko‘proq sharkona chayxonani
cslatar edi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
«Pablik okkyorensiz* 15x20 sm hajmdagi to ‘rt betdan iborat gazeta
bp'lib, so‘nggi beti bo‘sh qoldirilib chiqarildi. Bundan o'quvchining o ‘zi
bilgan yangiliklami qo'lda yozib, gazetani boshqalarga oshirishi ko‘zda
tutilgan edi.
Gazetaning birinclii ustunida nashrning maqsadi bayon etilgan bo‘lib,
u n d a noshir fuqarolarga ro ‘y berayotgan voqealar to ‘g‘risidagi bor
haqiqatni aytishga, tarqatilayotgan turli yolg'on xabarlam i «haqqoniy
yangilikiar bilan davolash»ga v a’da berdi. U, shuningdek, o ‘quvchilami
diniy yangiliklami, jum ladan, Oliy Yaratuvchi haqidagi d a’vatlami ham
berib borishga ishontirdi. C hunki, markazi Bostonda joylaslîgan Massa-
chusetsda va Buyuk Britaniyaning Shimoliy Amerikadagi boshqa mus-
tam laka hududlarida asosan puritanlar, ya’ni, um rini xristian dinining
tozaligi yo‘lida baxshida etgan d in d o r aholi istiqomat qîlardi. Gazeta ushbu
qatlam manfaatlarini inobatga olmasdan iloji yo‘q edi. N ihoyat, Harris
fuqarolarni ichki va tashqi siyosat hamda iqtisodiyotni «tushunishga
yordamlashadigan axborotlar bilan ta ’minlashga» ham so‘z beradi. Ana shu
ulug‘ maqsadlar va um idlar bilan Ben Harris «Pablik okkyorensiz»ni nashr
etishga kirishdi.
H aqiqatan ham gazeta c h o p etilgan zahotiyoq shov-shuvga sabab
b o ‘lib, qo‘lm a-qo‘l bo'lib ketdi. Ammo tezda Harrisning barcha umidlari
sarobga aylandi: gazetaning ilk soni uning so‘nggi soni bo'lib qoldi. To‘rt
kundan so‘ng, ya’ni, 1690-yil 29-sentabrda Massachusets qirollik guber-
natorining gazetani taqiqlash va uning keyingi faoliyatini to ‘xtatish
haqidagi farmoni chiqdi. Shunday qilib, Amerikaning birinchi gazetasi
o ‘zining hali boshlanib ulgurm agan faoliyatiga yakun yasadi.
Shundan keyin Am erika jurnalistikasi taraqqiyotida birmuncha
b o ‘shliq hosil bo‘ldi. N avbatdagi gazeta yuzini ko'rish uchun mamlakat
ahli roppa-rosa 14-yil kutdi. Faqatgina 1704-yilga kelib yangi gazeta chop
etildi.
X o‘sh, «Pablik okkyorensiz* nima uchun yopildi? Buning qator
sabablari bor. Birinchisi — b u huquqiy muammolar bilan bog‘liq: Ben
H arris gazetani rasman litsenziya olmasdan chop etishga kirishgan. Bu esa
Buyuk Britaniya qonunlariga zid edi. Bundan tashqari, 1662-yili Massa
chusets Bosh sudi litsenziyalashtirish haqidagi ingliz qonuniga binoan,
bosm axonalar faoliyatini cheklash maqsadida qabul qilgan rasmiy qaror
ham gazetani yopishga asos b o ‘ldi. Ushbu qonun (ingliz-sakson huquq
tizim ida sud qarori qonun bilan tenglashtiriladi) mahalliy hukumatga
bosm a nashrlar ustidan keng miqyosda senzura o ‘m atish va tarqatilayotgan
adabiyotlam i nazorat qilish huquqini berar edi. Shu boisdan ham,
gubernatom ing gazetani taqiqlash haqidagi farmonida aynan bitta sabab —
uning litsenziyaga ega emasligi qayd etildi.
Biroq, agar m uam m o faqatgina litsenziyada bo‘lganida, uni tezda
b artaraf etish, ehtimo!, H arrisga katta qiyinchilik tug‘dirmagan bo‘lardi.
Aslida esa, masala ancha m urakkab edi. Ko‘pgina tadqiqochilar fikricha,
birinchi gazeta taqiqlanishining asl sababi o ‘sha paytlarda Angliyaning
Fransiyaga qarshi olib borayotgan urushiga nisbatan unda bildirilgan ayrim
www.ziyouz.com kutubxonasi
tanqidiy fikrlar bo'lgan. Tabiiyki, Britaniya tojdori tomonidan tayinlangan
Massachusets gubem atori,va Boston shahri rahbariyatiga bunday ruhdagi
tanqidlar yoqmas edi. Shuningdek, gazetadan Fransiya qiroli Lui X IV
bilan ketini o ‘rtasidagi ishqiy m ojarolar haqidagi m a’lumot ham jo y
olgandi. B. Harrisning zamondoshi sudya Syuolning yozishicha, ushbu
ma’lumot puritan taqvodorlami ancha darg'azab qilgan. Ular bunday
xabaming Boston jamoatchiligiga yetkazilishini axloqiy m e’yorlaiga zid d eb
baholashgan1.
«Boston iy a s letter» - ilk
davriy nashr.
1694-yili Angliyada litsen-
ziyalashtlrish haqidagi qonun bekor qilinganidan so'ng, bosma m ateriallar
mazmunini oldindan nazorat qilish am aliyoti, ya’ni senzura to'xtatildi.
Buning aks-sadosi okean oitida ham eshitila boshiadi. 1692-yili Shimoliy
Amerika mustamlakalarida pochta xizmati rasm an joriy qilindi. Yuzaga
kelgan sharoit hududda gazeta chiqarish va tarqatishga keng imkoniyat
yaratdi.
1704-yilning 24-aprelida pochta xizmatchisi Jon Kempbell
Amerikaning birinchi davriy nashri «Boston News Letter» (Boston nyus
letter)ni chop eta boshiadi. J. Kempbell Boston pochta xizmatining bosh-
lig'i bo‘lib, ushbu lavozimga 1700-yilda qirollik tom onidan tayinlangan
edi.
Gazeta hajm jihatidan kichik bo'lib, ikki betlik varaqadan iborat edi.
0
‘z xarakteriga ko‘ra rasmiy nashmi eslatuvchi bu gazetaning tuhm atga
nishon bo'lmasligmi istab, J. Kempbell c h o p etilayotgan materiaUami
gubem ator bilan oldindan maslahatlashib olish yo‘lidan boidt. Shuning
uchun ham uning mazmun-mundarijasi ko‘proq axborot uslubida, ya’ni,
asosan ikki-uch satrlik xabarlardan iborat boMardi. Yirikroq hajmdagi
m ateriallami esa London gazetalaridan ko'chirib bosilgan maqoialar tashkil
etardi. Bundan tashqari, diniy mavzudagi xabariar ham gazetaning
anchagina qismini ishg‘ol qilardi. Shuni ta ’kidlash kerakki, mazkur gazeta
Amerika jumalistikasida reklamani boshlab beigan nashr boMdi. Uning ilk
sonidayoq reklama mazmunidagi xabar bosildi.
«Boston nyus letter» 1719-yilgacha, ya’ni, taxm inan 15-yil davomida
Britaniyaning Amerika qit’asidagi m ustamlaka hududlarida yagona gazeta
bo(lib qoldi. Shunga qaramasdan, noshir J. Kempbell hayotligida uning
adadi hech qachon 300 nusxadan oshgan em as. Bunga gazetaning erkin va
mustaqil emasligi sabab edi. Shunga qaram ay, «Nyus letter» Amerika
matbuoti tarixida eng uzoq «umr ko'rgan» nashrlardan bin hisoblanadi.
Uning faoliyati 1776-yiida — AQSH inqilobi dastlabki g'alabalami qo'lga
kiritib, Britaniya qiroliigining Shimoliy Amerikadagi asosiy suyanchig'i
bo'lm ish Tori paitiyasi hokimiyatdan ketgach to ‘xtadi.
Ytngi juraalistikaning Ug‘ilishi. 1719-yilning oxiriga kelib Bostonda
yana bir gazeta «The Boston Gazette» (Boston gazett) chop etila boshiadi.
Shunday qilib, Amerika matbuoti tarixida ilk b o r gazetalar raqobati yuzaga
1
Michael Emery, Edwin Emery. The Press a n d America1, an interpretive history
o f the mass media. 8th edition. 23-6. N eedham Heights, MA, A Simon
&
Schuster
Company, 1996.
www.ziyouz.com kutubxonasi
keldi. Lekin «Boston gazett* ham «Boston nyus letter*ga o*jöhab yarim
rasmiy nashr cdi. O radan ikki yil o ‘tgach, 1721-yih bu shaharda uchinchi
lekin mustaqil nashr - «The New England Courant* (N yu ingland kurant)
ga asos solindi. G a zeta amerikalik mashhur siyosat aibobi va junialist
Benyamin Franklinning akasi Jeyms Franklin tom om dan ch,^
d >- Yang
gazetaning oldingilardan asosiy farqi shunda ediki, u «muxohflik
ingliz gazetalariga o'xshagan erkin va tikanh nashr
* 1
sifatida mashhm
b o id i. Yangicha yo‘nalishdagi bu gazetaning maydonga chiqishi b an
shiinoliy m ustam lakalar matbuotida plyuralizm - fikrlar xilma-xilligi
1
)
05111
Bo?-yo‘g‘i besh yarim yil um r ko‘rganiga qaramay,
ingland
kurant* ommaviylik bobida o ‘z raqobatchilandan ancha ilganlab ketdi.
Uning sahifalarida siyosiy va diniy mavzudagi o tkir satira matenaHandan
tashqari, «Katoz letters*. «Kraftsmen*, «Independent vig* kabi radikal
ingliz gazetalaridan ko‘chirib bosilgan maqolalar ham katta hajmni tashkil
Jeyms Franklinning radikal ingüz gazetalanga taqlid qilishdan ко z-
lagan maqsadi, k o ‘pgina tadqiqotchilam ing fikncha,
n a s h r
ommaviyjigini
oshirib, o ‘z darom adlarini ko'paytirishdan iborat edi Amalda esa, bunmg
aksi bo‘ldi: gazeta iqtisodiy jihatdan emas, g‘oyaviy jihatdan kuehh nashrga
aylandi. U m ustam lakachi hokimiyatga qarehi kurashgan о tkir siyosiy
nashr sifatida obro‘ qozondi. Bu o ‘sha davr uchun katta dovyurakhk edi. J.
Franklin o ‘z gazetasida mahalliy hokimiyat, qolaversa mgüz qiro hk
hukumatining m ansabdorlari orasidagi korrupsiyam keskm tanqid q^hb
ulaming kirdikorlarini fosh qiladigan qator
m
a q o l a l a m
i
chop etdi. QiroU.k
gubernatori bo‘lgan Shyutaning Massachusets mustamlakasidan sharm an-
dala.cha haydalishida aynan «Nyu ingland kurant* asosiy rol о ynadi .
Gazeta faoliyati B ostonda o ‘tkir yuqumli
k a s a l l i k
epidemiyasi avjolib,
uning atrofidagi vahim a kuchaygan bir paytga to g n keldt. Shunmg uchun
bu kasallik gazetaning eng asosiy mavzusiga aylandi. J- M
m
Ä
kasallik bahonasida m ahalliy hokimiyatm va aymqsa P«ritan « * ™ lar'
boshlig‘i Inkriz M azer va uning o ‘g‘li Kotton M azem i keskin tanqid ostig
oldi G ap shundaki, Inkriz M azer kasallikka qarshi emlash uchun che-
chakdan tuzalgan yoki shu kasallikka chalingan bem orm ng qomdan olin-
gan kichik m iqdordagi plazm ani hali kasailanib ulgurmaganlar orgamzmiga
S i s h n i tak ü f qildi. M azer bu borada shahardag, barcha vrach a r,a
murojaat qildi. 1721-yüning iyun oyiga kclib doktor Zäbcliel Boylston o
o 'g 'li va ikki qulini M azer takhf qilgan usulda emladi. Shahar ahoüsi
ikkiga: emlashni qo'llab-quw atlovchilar va unga qarshi bo lganlai^a^ajraldi.
«Nyus letter* va «Gazett» asosan birinchi toifadagilami qo Hab-
quw atlashdi, qirollik hukum ati ham em lashm yoqlab chiqdi. Ikkmchi
toifadagilar esa «N yu ingland kurant* atrofida birlashdilar. Gazeta Mazer,
1 Encyclopedia o f A merican History. New York, 1976. 944-bet
2 Иванян Э. A , Or Джорджа Вашингтона до Джорджа Буша. Белый дом и
пресса. М., 1991. 7-с.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Boylston va emlashni yoqlagan boshqa yetakchilami «qaysar kishilar»,
emlashning o'zini esa «fuqarolaming o ‘z joniga qasd qilishi va qQtillik
» 1
deb baholadi. Albatta, bir yildan so‘ng emlash tajribasi o ‘zining anch a
samarasini bergani ma'lum bo'ldi. A m m o masalaning biz uchun m uhim
jihati shundaki, «Nyu ingland kurant» Amerika jumalistikasida ilk b o r
ijtimoiy va siyosiy mavzulardagi bahsni boshiab berdi. Qolaversa, shu
paytga qadar hali hech kim diniy ulam olar rahbariga nisbatan om m aviy
tarcda qarshi fikr uyg'otishga jazm etm agan edi.
Biroq J. Franklinning jumalistlik faoliyati uzoqqa bormadi. 1723-yilI
mustamlaka liokimiyati uni barcha og‘ir gunohlarda ayblab, qam oqqa oldi.
Unga qo'yilgan ayblovlar orasida «H azrati Oliyalari hokimiyatini haqorat
qilish», «dinga nisbatan hurmatsizlik», «Bibliyani buzib talqin qilish»,
«tinchlik va xotirjamlikni buzish* kabi qonunbuzarliklar ham ko‘rsatilgan
edi. J. Franklin bir oy umrini panjara oitida o'tkazdi, lekin uning jazosi
shu bilan chegaralanmadi. Sud qaroriga ko‘ra, unga gazeta chiqarish va
barcha turdagi noshirlik faoliyati bilan shug‘ullanish taqiqlab qo'yiidi.
M uhim huquqidan mahrum bo‘lgan Jeym s qonunni chetlab o 'tish va shu
yo‘l bilan «Kurant»ni saqlab qolish m aqsadida gazetaga rahbarlik ishlarini
birinchi shogirdi bo'igan ukasi Benyam in Franklin q o iig a rasm an
topshirdi. Hali endigina o ‘n yetti bahorni qarshilagan Ben Franklin «Ku-
rant»ning noshiri va muharririga aylandi.
Jeyms noshirlik huquqini yo'qotgan bo‘Isa-da, gazeta faoliyatini
zimdan nazorat qilishni davom ettirdi. Biroq bu paytga kelib gazetaning
«otashi» ancha pasaygan, o'tkir tanqid esa o ‘z o 'rn in i birmuncha «betaraf»
xabarlarga bo'shatib beigan edi. C hunki J. Franklin endi hukum at bilan
qattiq ziddiyatga borishni xohlamasdi. Ammo shunga qaram asdan,
B. Franklin akasidan yashirin tarzda «Saylens Doggud» (Xotiijam Doggud)
taxallusi ostida o'zining ilk tanqidiy esseiarini nashr qilishga ulgurdi.
Shundan keyin akasining nuqtayi nazari o ‘zgarib qolganidan norozi
bo'igan Ben Pennsilvaniyaning yirik shahri bo'igan Filadelfiyaga qochib
ketdi. Natijada, gazeta tez sur’atlarda o ‘z ommaviyligini yo‘qota boshladi.
1726-yili Jeyms Franklin uni nashr qilishni to ‘xtatdi.
«Nyu ingland kurant» garchand qisqa u m r ko‘rgan bo‘lsa-da, Amerika
jumalistikasi tarixida munosib iz qoldirdi. U gazeta ijtimoiy aham iyatga
molik m unozaralam i keng jam oatchilik e ’tiboriga havola qilishi m um -
kinligini va shu yo‘l bilan jamiyatda erkin munozaralaming kuchayishiga
ko'maklashish imkoniyatiga ega ekanligini amalda ko'rsatdi. N afaqat
siyosiy-ijtimoiy jumalistikani rivojlantirishga, balki mustamlaka hududla-
rida dunyoviy adabiyotning keng targ‘ib qilinishiga ham munosib hissa
qo'shdi. Xususan, Daniel Defoning «Robinzon Kruzo» asari gazetada chop
etilishi o‘z davri uchun katta voqeaga aylandi. Buning ikki sababi bor edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |