Jurnalistikasi


partiyalar faoliyatining kuchayishi va tijoratning avj olishi matbuotning



Download 10,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/61
Sana25.04.2022
Hajmi10,04 Mb.
#580225
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   61
Bog'liq
Jahon jurnalistikasi tarixi (F.Mo\'minov, A.Nurmatov) (1)


partiyalar faoliyatining kuchayishi va tijoratning avj olishi matbuotning 
rivojlanishiga ham katta ta ’sir ko‘rsatdi. Xususan, partizan matbuoti ana 
shu davrda tug‘ildi va shakllandi. Uning m ustam lakachi matbuotdan asosiy 
farqi mavjud hokim iyatga nisbatan muxolif mavqeda turganligida edi. 
Partizan m atbuoti siyosiy matbuot b o iib , biron-bir dunyoqarashni astoydU 
himoya qilar y o k i-m a ’Ium bir siyosiy guruh yoxud partiya manfaatlarini 
qo‘Uab-quwatlab turardi. Partizan matbuoti odatda, ana shunday guruhlar 
tom onidan moliyaviy ta ’m inlanar edi.
Bu m atbuotning maqsadi va yo'nalishi asosan hurriyat va erkinlik 
g‘oyaiarini m adh etishdan, xususan, Shimoliy Amerika mustamlakalarining 
ozodlik uchun kurashini targ'ib qilishdan iborat edi. Umuman, o ‘z 
mohiyati bilan B ritaniya tojining Shimoliy Amerikadagi mustamlakachilik 
siyosatiga qarshi qaratilganligi bois uning faoiiyati mustamlaka hokimiyati 
uchun o ‘ta noqulay edi. Partizan matbuoti AQSH mustaqillikka erish- 
ganidan keyin ham XIX asrning 30-yillariga qadar davom etdi. Faqat bu 
davrda ushbu m atbuot mustaqil davlatdagi o'zaro qarama-qarshi siyosiy 
partiyalaming quroU sifatida gavdalandi.
Turli siyosiy va o ‘zaro muxolif guruhlar orasidagi tortishuvlar ayrim 
paytlar sud ishlari bilan yakunlanardi. Agar ziddiyat matbuotda o ‘z 
ifodasini topsa, k o ‘pincha jumalist yoki noshir javobgar bo‘lardi. Shuning 
uchun ham m atbuot organi ko‘pincha tuhm at qilganlikda ayblanardi. 
Ammo gazetalar bilan bog‘liq sud ishlarining ijobiy tomoni shunda ediki, 
ular tufayli sohaga o id qonunchilik asta-sekin shakllanib bordi. Jum ladan, 
Shimoliy A m erikaning mustamlaka davrida m ashhur bo'lgan «Zenger ishi» 
keyinchalik jurnalistikaning rivoji va erkinligini himoya qilish uchun katta 
ahamiyatga ega b o ‘ldi.
Zenger ishi va m atbuot erkinliginiog himoyasi. Mustamlaka davrida 
Amerikaning bunday hududlarida matbuot erkinligi bo‘yicha nishonlangan 
eng katta bayram - b u , shubhasiz, 1734— 1735-yillardagi Piter Zenger ishi- 
d a jurnalistika m anfaatlarining himoyalanishi bo'ldi. Garchand, Zenger 
o ‘rnak bo'ladigan voqeaga aylanmagan e sa-d a1, uning jurnalistikada 
erkinlik ruhini ko‘tarish borasidagi ta ’siri beqiyos bo‘ldi.
Jon Piter Z enger 1733-yil 5-noyabrda «Nyu York Uikli Jornal» 
(«New York weekly journal») gazetasi faoliyatini yo‘lga qo‘yganda sha- 
harda yana bir gazeta-U ilyam Bredfordga (Endryu Bredfordning otasi) 
tegishli «Nyu-York G azett» («New York gazette») nashr etilar edi. Shun­
day qilib, aslida, U . Bredfordning shogirdi bo'lgan P. Zenger ustozi bilan 
raqobatga kirishdi. Bu oddiy raqobat emas, balki shahardagi ikki yirik 
siyosiy guruhning o ‘zaro kurashi edi.

Prcsendent huquqi ingliz-sakson huquqiy tizimi uchun xos bo‘lib, unga ko‘ra, 
qabul qilingan m uayyan sud qarori kcyinchalik shu sudda yoki u bilan teng bo‘lgan 
yoki quyi instansiya sudlari tom onidan ko‘riladigan boshqa o'xshash ishlar uchun 
huquqiy 
m e ’y o r g a
aylanadi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Zenger gazeta muharriri bo'lishi arafasida N yu-Y orkda katta ta ’sir 
kuchiga .ega siyosiy guruhlar o ‘zaro kelishlnay qotishdi. . Kuchlaming 
bo'íinishi Londondan Nyu-York koioniyasiga ser ü ily am Kosbi gabem ator 
qilíb jo'natilganidan keyin boshlandi. Kosbi ish boshlaguniga qadar 
gubem ator vazifasini Rip Van D am ismli kishi vaqtinchalik bajarib turdi. 
Shaharga kelgach, Kosbi Van Dam dan muvaqqat gubem atorlígi davrída 
oigan maoshining yarmini berishni talab qildi. Van D am bu talabni rad 
etdi, Nyu-York Oliy sudi ham Kosbini qo‘üab-quw atlam adi. Bundan 
darg'azab bo‘lgan yangi gubem ator koloniya Oliy sudi raisini o'zi uchun 
qulay boigan kishi bilan almashtirdi. Shunday qilib, m ashhur huquq- 
shunos Jeyms Aleksandr, sobiq Oliy sud raisi Luis M orís (bu paytda u 
Nyu-York assambleyasida o 'rin egallashga ulgurgan edi) sobiq gubem ator 
Rip Van Dam gubem ator Kosbi m a’muríyatiga qarshi kuchlarga boshchilik 
qilishdi. Kosbi va uning tarafdorlari manfaatini yarim rasmiy hisoblangan 
«Nyu-York gazett» himoya qilar edi. Shuning uchun h am gubernatoming 
muxoliftari o ‘z mavqelaríni himoya qiladigan nashrga ehtiyoj seza 
boshlashdi. Ular Zengeming gazeta chiqaríshidan m anfaatdor bo‘lish bilan 
birga, uni har tom onlam a qo'llab-quw atlab turdilar. N atijada, «Nyu-York 
Uikli Jornal» shahardagi muxolif nashrga aylandi.
Gazeta gubemator Kosbini tanqid qila boshladi. Ayniqsa, fransuz 
harbiy josus kemasining mustamlaka-koloniyaning Iiududiy suvlariga kiri- 
shiga shaxsan gubemator tom onidan ruxsat berilganiga keskin munosabat 
bildirildi. G ubem ator m a’muriyati Zengerni «mojarolar keltiríb chiqarishda 
va qo‘zg‘olonga da’vat etishda» ayblay boshladi. N ihoyat, 1734-yil 17- 
noyabrda Zenger hibsga olindi. Sud ish ko‘rilgunga qadar 400 funt sterling 
miqdoridagi garov evaziga Zengerni vaqtinchalik ozod qilishga qaror qildi. 
Ammo hech kimda garov uchun to'lashga pul topilm adi. Natijada, Zenger 
keyingi to ‘qqiz oy umrini qam oqda o'tkazisliga m ajbur b o ‘ldi. Qizig'i 
shundaki, u hibsdalik chog‘ida ham gazeta chiqishdan to'xtam adi. Piter 
Zengeming xotini Anna uning nashrini davom ettirdi. «Jornal» uzilishsiz 
chiqib turdi.
Zenger^a tuhmat qilingan sud ishi 1735-yil avgustda boshlandi. Kosbi 
ishning ko'rilishi o ‘zi xohlaganchalik borishi uchun hakam lar qatoriga yana 
ikki kishini kiritdi. 
0
‘sha paytdagi inglíz qonunlariga ko‘ra, sud qonun 
buzilganligini isbotlashi yetarli edi. Buning uchun sudyalam ing ko'pchiligi 
haqiqatan ham qo‘zg‘olonga d a ’vat qilishni taqiqlovchi qonunga xilof ish 
tutilganligini tasdiqlashi kifoya qilardi. Mazkur voqeagacha barcha sud 
ishlari shu tartibda olib borilardi. Ishda haqiqat, ya’ui, e ’lon qiliiigan 
materíallaming haqiqatga to 'g 'ri kelishi mutlaqo inobatga oíinm as va sudda 
himoya vazifasini o'tam as edi. Qonun buzilish fakti sud qarori uchun 
yagona asos hisoblanardi.
Biroq, Zenger ishi Kosbi o ‘ylaganchalik oson kechm adi va qolaversa, 
jazolanishi kutilgan odam ishni yutib chiqdi. Bunda birinchi marta 
«haqiqat» prínsipi sudda ayblanuvchining himoyasi sifatida* qoilandi. 
Qisqacha aytganda, adolat g'alaba qozondi va Zenger aybsiz deb topildi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Ish m atbuot erkinligi foydasiga ha! bo‘lishining yana bir sababi bor edi. 
Sudda filadelfiyaiik obro'li advokat Ejidryu Hamilton Zengeming himoya- 
chisi sifatida ishtirok etdi. Keksa oqlovchi haqiqatning fakt sifatida ko‘rilishi 
lozimligini astoydil talab qildi va hakamlaidan o ‘z vijdonlariga quloq 
solishlarini so'radi. Hamiltonning xatti-harakatlari qonunga bo‘ysunmaslikka 
o'xshab ketsa-da, sud raisi Oelansi bunga urg'u berib, qattiq turib olmadi. 
Birinchidan, u ayblaiiuvchiga nisbatan haqiqat va adolat prinsiplarini 
qo'llashni talab qilishni advokatning huquqi deb bildi va bag'rikenglikni 
nam oyon etdi. Ikkinchidan, bu paytga kelib shahardagi ijtimoiy va siyosiy 
vaziyat o'zgaigan, jamoatchilik fikri Zenger tom on og‘ib ulgurgandi. Sudya 
gubem ator manfaatlarini himoya qilish bilan birga, yuzaga kelgan ijtimoiy 
vaziyatni ham hisobga olmasdan iloji yo'q edi. Haqiqat ana shunday qaror 
topdi va pirovardida matbuot erkinligi g‘alaba qozondi.
Ilgari t a ’kidlanganidek, Zenger ishi o ‘z zamonida o ‘niak namunasiga 
aylanmadi. Bunga Britaniya hukumati va toji yo‘l ham qo‘ymas edi. Lekin 
yarim asr o ‘tgach, Zenger ishiga qaytadan murojaat qilindi. M azkur sud 
ishining aks-sadosi mustaqillikka erishgan Amerika Qo'shma Shtatlarida 
eshitila boshladi. Pensilvaniya shtati birinchi bo‘lib haqiqat prinsipini himoya 
vositasi sifatida ta n oldi va bu 1790-yili qabul qilingan shtat Konstitutsiyasiga 
kiritildi. N yu-Y ork shtatining o ‘zi esa haqiqat prinsipini 1805-yilda e ’tirof 
etdi. Xullas, Zenger ishi AQSH tarixida izsiz yo'qolib ketmadi.
M atb u o t inqilob arafasida. Shimoliy Amerika mustamlaka hudud- 
larida B ritaniya hukmronligiga qarshi norozilik xatti-harakatlari tobora 
kuchayib borardi. Angliya hukumati mustamlaka hududlarini boshqarishda 
qiyinchiliklarga duch kela boshladi. Bunday hukmronlik tarafdorlari va 
unga qarshilar yaqqol ko‘rinib qoldi. Tarafdorlar Tori partiyasi a ’zolari, 
qarshilar esa radikal hamda vatanparvar kuchlar edi. Hatto Tori partiya- 
sining o ‘zida ham ichki bo‘linish yuz berdi. Tori loyalistlariga (Britaniya 
tojiga sodiq kishilar) qarshi tadbirkorlar (kapitalistlar) fraksiyasining «M us­
tam laka qanoti» (kolonial vig) q a t’iy qarshi turdi. Hali mustaqil partiya 
darajasiga yetm agan bo‘lsa-da, sezilarli ta ’sir kuchiga ega bo‘lgan viglar 
iqtisodiy erkinlik tarafdori edilar. H ar bir partiya va guruh o ‘z matbuot 
nashriga ega edi.
Inqilobiy nashrlar. Amerika inqilobi mamlakat jumalistikasi rivojini 
tezlashtirib yubordi. G azetalar nafaqat son, balki sifat jihatidan ham o ‘sdi. 
K o'pgina haftalik nashrlar haftada ikki-uch marotaba chiqa boshladi. 
Bundan tashqari, Buyuk Britaniyaga qarshi olti yillik qurolli kurash 
davom ida sobiq shimoliy mustamlakalar hududida (AQSHning hozirgi 
shim oli-sharqiy hududidagi shtatlarda) 35 ta yangi gazetaga asos solindi. 
U lam ing barchasi vatanparvarlik ruhi bilan sug‘orilgan haftalik inqilobiy 
nashrlar edi. U rush yakuniga kelib ulardan faqatgina 20 tasi qoldi. 40 ming 
xonadonga yetib boradigan bu inqilobiy gazetalaming doimiy o ‘quvchilari 
soni kam ida 
100
ming kishini tashkil etardi.
«New Y ork G azette and Mercury* (Nyu-York gazett end merkyuri), 
«The H artfort Post* (Xartfort post), «Connecticut Courant* (Konnektikat 
kurant) kabi gazetalar inqilobiy nashrlarning eng ommaviylari edi. «Con­
www.ziyouz.com kutubxonasi


necticut CouranU o'sha davr uchun eng katta ko‘rsatkich — 8 ming obu- 
nachiga ega edi.
Inqilob namoyandalari. Amerika inqilobi arafasidagi vaziyat va mus- 
tamlaka hududlar-koloniyalarda komil jumalistlar hamda ozodlik kurashi 
namoyandalari yetishib chiqishiga zamin yaratdi. Tori partiyasining vakili, 
«Rivingtons Nyu-York gazetter»ning muharriri Jeyms Rivington, viglaming 
mafkurachisi, jurnalist va biznesmen Jon Dikkinson, radikallar tarafdori va 
targ'ibotchisi Samyuel Adams, vatanparvarlaming otashin publitsisti va 
muharriri Isiya Tomas o 'z davrining eng ko'zga ko‘ringan vakillari edi.
Amerika inqilobi arafasida shim oliy mustamlakalardagi siyosiy vaziyat 
tobora taranglashib borardi. M ustaqillik urushida ishtirok etishdan bosh 
tortganligi uchun amerikaliklar Tori partiyasi vakiliarini sotqinlikda 
ayblashdi. Aslida esa, ular sotqin em as, balki o ‘z mamlakati — Buyuk 
Britaniyaning eng sodiq fuqarolari, qolganlar esa, qo'zg'olonchilar edi. 
Faqatgina urushdagi mag'lubiyat torichilarni sotqinga chiqardi.
Vaholanki, qurolli to ‘qnashuvlar avjiga chiqqan bir paytda, 1776-yili 
20 foiz aholining bosh g‘oyasi m ustam laka jamiyatining asosiy tizim ini 
saqlab qolishdan iborat bo'lgan torichilarni qo ilab -q u w atla r edi. Tori 
firqasi mustamlaka hududlarini mulkchilik huquqi, merosxo'rlik va ingliz 
a n ’analarini saqlab qolgan holda boshqarish 

Download 10,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish