Jurnalistikasi



Download 10,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/61
Sana25.04.2022
Hajmi10,04 Mb.
#580225
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   61
Bog'liq
Jahon jurnalistikasi tarixi (F.Mo\'minov, A.Nurmatov) (1)

X I bob.
X V III A SR YEVROPA JURNALISTIKASI
Angliya. Angliya jurnalistikasi nemis jurnalistikasidan kechroq • paydo 
boMganligiga qaram asdan, keyinchalik undan o ‘zib ketdi. Buni h atto 1702- 
yili Londonda birinchi kundalik gazeta «Daily Courant* (Deyli kurant)- 
ning chiqishidan ham bilsa bo'ladi. Birinchi kundalik gazeta Gemianiyada 
1730-yilda, Fransiyada esa 1777-yilda chiqa boshladi. Lekin bu ingliz 
m atbuoti m uam m olardan xo!i edi, degan m a’noni bildirmaydi. Albatta, 
XVIII asrda ingliz m atbuoti nem is yoki fransuz matbuotiga nisbatan 
erkinroq boiganligi m a’lum haqiqat. Biroq u ham o ‘ziga yarasha muam- 
m olari bilan kurash olib bordi. Bu muammolar ko‘proq matbuotning 
iqtisodiy asoslari bilan bog‘liq edi.
Buyuk Britaniyada qirolicha A nna hukmronlik qilgan paytlarda, 1712- 
yili gazetalarga shtem pel solig‘i joriy qilindi. Ya’ni, gazetaning har Dir 
varag'idan yarim penni soliq olinadigan bo‘ldi. Uning adadi qancha ko‘p 
b o ‘Isa, davlatga shuncha k o ‘p soliq to la sh tartibi joriy etildi. Bu esa ingliz 
m atbuotini ancha tang moliyaviy ahvolga solib qo‘ydi. Ammo tez orada 
gazetalar mazkur qonunni chetlab o ‘tish yoki hech b olm aganda soliqning 
og*irligini yengillashtirish yo'llarini izlab topishdi. M atbuotda reklama 
kuchaytirildi. Yangi gazetalar chiqishi davom etaverdi.
XVIII asr boshida m am lakatda ko‘plab kundalik gazetalar paydo 
b o ld i. Xususan, 1715-yili poytaxtda «London Post* (L ondon post) kun­
dalik gazetasi chiqa boshladi. D aniel Defoning «Robinzon Kruzo* asari 
birinchi marta shu gazetada ch o p etildi. Shundan so‘ng «London post* 
misli ko'rilmagan darajada m ashhur b o iib ketdi. 1726-yili Nikolay 
Anxerstning hammaga taniqli «Craftsma* (Kraftsmen) gazetasi chiqa 
boshladi. Ushbu gazeta o ‘sha paytlarda katta tortishuv va bahslarga sabab 
bo lgan masala — Britaniyada davlat boshqaruvining shakllari haqidagi 
chiqishlari bilan o'quvchilar e ’tiborini qozondi. Bir yil ichida «Krafts- 
men*ning kundalik adadi 
10
m ing nusxaga yetdi.
XVIII asming ikkinchi yarm ida siyosiy-ijtimoiy yo‘nalishdagi bir 
q ato r boshqa kundalik gazetalarga asos solindi. Ulardan 1760-yili chiqqan 
«Middlesex Journal* (M iddlseks Jornal) muxolif gazetasi va Mister 
Vudfelning «Public Advertiser* (Pablik Edvertayzer) gazetalari tadqiqot- 
chilar tom onidan alohida ta ’kidlanadi. «Middlseks Jornal* saylov huquqi 
barcha uchun kafolatlanishini yoqlab chiqqan bo'lsa, «Pablik Edvertayzer* 
1769-yildan 1772-yiIga q ad ar shov-shuvga aylanib ketgan m ashhur «Yunius 
maktublari* turkum ini tashkil qilgan maqolalaming 69 tasini chop etdi. 
M aktublar muallifi qirol G eorg II kirdikorlarini fosh etib, uning ustidan 
ayovsiz kuldi.
Ingliz matbuoti tarixida shu paytga qadar hali hech kim amaldagi 
hukum at va davlat rahbarini bunchalik ochiq-oydin tanqid qilmagan edi. 
G archand hukumat gazeta rahbariyatidan maktublar muallifini oshkor 
etishni talab qilsa-da, u sirligicha qolaverdi. Ushbu erkinlik kuychisi asli
www.ziyouz.com kutubxonasi


kim ekanligi haqidagi tortishuvlar tarixchilar o 'rt asida uzoq yillar davom
etdi. Ko‘pchilikning fikricha, piaktublar muallifi ser Filipp Fransis ( 1740— 
1778) b o ig a n 1. «Yunius maktublari»ning chop e tilish i‘«Pablik Edver- 
tayzer»ga ham siyosiy, ham iqtisodiy dividendlar olib keldi. U ning tiraji 
ikki baravar oshdi.
Siyosiy gazetalardan tashqari, XVI [I asr boshida ingliz jum alisii- 
kasining yana bir tarmog'i — «axloqiy haftaliklar* paydo b o id i. Bu yo‘n a - 
tish keyinchalik nemis va rus jum alistikasiga ham ta ’sir qildi. «Axloqiy 
jumalistika» dastlab madaniy va axloqiy masalalar, yaratuvchi haqidagi 
falsafiy qarashlar hamda mhning abadiyligi muammolaríga keng e ’tib o r 
qaratdi. U shbu haftalik nashrlar keyinchalik parlament majlislari haqidagi 
hisobotlami ham bera boshlagach, ingliz pariamenti matbuotga 
o 'z
eshiklarini ochishga majbur bo'ldi.
1709-yilda chiqqan «The Tatler» (T atler — Hamsuhbat) jurnali 
«axloqiy haftaliklar»ning dastlabkisi edi. 
0
‘z sahifalarida ishqiy hikoyalar, 
gersog M alboroning harbiy sarguzashtlari, xonim Jenni Distafning otashin 
qalb sirlari, Nyutonning dunyoqarashlari va hokazolami chop etish bilan 
ushbu haftalik ingliz jumalistikasida o'ziga 
xos
yangi yo‘nalishni boshlab 
berdi va mamlakatda eng ommabop nashrga aylandi.
«Tatler»ning noshirlari Ricliard Stil va Edison tez orada axloqiy 

haftalik yo‘nalishidagi yana bir jum al — «The Spectator»ga (Spekteytor— 
Tomoshabin) asos solishdi. Shu bilan «Tatler» chiqishdan to'xtadi.
0
‘z salafiga o'xshab tezda ommaviylashib ketgan yangi nashr saviyasi 
va sifat 

Download 10,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish