2
mingga yaqin pamflet tarqatildi. U davrda
pamfletlar vaqtli
nashilarga
nisbatan hoziijavoblik bilan chiqariiardi.
Siyosiy nashrlar tezkorligiga esa bir qator sabablar xatat berardi. 1641-
yilda cliiqarilgan m atbuot to ‘g‘risidagi qonun ichki mavzularda axborot
berishni umum an taqiqlab qo‘ydi. Bosma m ashinalam ing egalari, noshirlar
ko‘pi bilan oyiga ikki marta axborot sotib olar edilar. Inqilobgacha chiqqan
gazetalar asosiy maqsadî moddiy foyda ko‘rishdangina iborat bo‘lgan tijoriy
korxonalami tashkil qilardi. Inqilob boshlanishi bilan matbuot siyosiy
kurashning faol ishtirokchisiga aylandi. T ijorat o ‘z ahamiyatini yo‘q o t-
magan holda, boshqa bir vazifaga-siyosiy m unozaraga nisbatan ikkinchi
marraga o ‘tib qoldi. Inqilob vaqtli m atbuotni tashkil etish jarayonini
jadallashtirib yu(x>rdi.
Shunday bir vaziyatda siyosiy publitsistika asarlari ancha hayotiyligini,
siyosiy munozaralam ing qulayroq shakli ekanligini ko'rsatdi. A ynan
pamfletlar sahifalaridan davlat hokim iyatining kelib chiqishi, siyosiy
www.ziyouz.com kutubxonasi
erkinlikiar: vijdon erkinligi, fikr, mulk, so‘z erkinliklari to ‘g‘risidagi masa-
lalar tushmadi.
Buijuaziya féodal jam iyat bilan o‘z hayotiy manfaatlari uchun kurash
olib borgan davrida «matbuot erkinligi* shiorini ilgari surdi. Ingliz pub-
litsistlari ayrim siyosiy arboblami ham da jamiyatning turli maishiy
m e’yorlari, tartib-qoidalarini keskin tanqid qildilar. Bu esa tanqidiy
publitsistika vujudga kelishi va rivojlanishiga t a ’sir ko‘rsatdi. Ingliz inqilobi
demokratik jurnalistikaga asos soldi, siyosiy pam fletlar va davriy matbuotni
o ‘z ehtiyojlariga b o ‘ysundirdi.
M am lakatda X V III asrda kundalik siyosiy gazeta paydo bo‘lib, ilgari
iqtisodiy m avzularda faqat sharhsiz,
izohsiz axborot berib kelgan
publitsistika va k o ‘p sonli axborotnomalarning talaygina jihatlarini o ‘zida
mujassamlashtirdi.
1640-yiIlar atro ñ d a Londonda haftaliklar chiqarila boshladi, ulaming
ayrimlari siyosiy m unozaralaiga kirishdilar. Masalan, Mirgmonu Nidxem
1643-yildan 1646-yilgacha nashr etgan «Mercuris Britanikus* (Britaniya
axborotnomasi) gazetasida awaliga xalqqa qarshi qaratilgan tanqidiy
maqolalar e ’lon qilganligi uchun qirol qatl etilganidan keyin Kromvel
tom onidan sud qilindi. Nidxem 1650-yilda «Mercurius Politicus* (Siyosiy
axborotnoma) gazetasini nashr etishga kirishib, uni 1660-yiIgacha chiqarib
turdi. G eneral T. Ferfaks nomidan «A Perfect Diurnal* 'yoki «Journal*
nashr etildi. M obbot tom onidan nashri yo‘lga q o ‘yilgan «Moderate* level-
lerlar qarashlarini ifodalar edi.
Pamflet publitsistikasi juda ko'plab nom lar va ismlarni mamlakatga
tanishtirdi. M asalan, M. Nidxem gazetalar nashr etish barobarida pamflet
yozish ijodi bilan ham shug'ullandi. Qirol qatlidan keyin u «Ingliz
respublikasi ¡shining himoyasi* pamfletini e ’lon qildi. Huquqshunos,
independentlar partiyasi vakili, qirol bilan parlam ent o ‘rtasidagi bahs-
munozaraning faol ishtirokchisi Henri Parker jum alistika bobida Tomas
Gobbsnning (absolut monarxiya tarafdori, royalist) davomchisi bo‘ldi.
Parker 1649-yiIga qadar' qirolning parlamentga maktublariga o ‘z javob-
landa
parlam ent
yetakchilarining jamiyat
siyosiy
qurilishiga
doir
qarashlarini ifodalab keldi. Gobbs singari u ham mavjud munosabatlarga
o z tushuntirishlarini tabiiy huquq va shartnoma daviati nuqtayi nazaridan
kelib chiqib bayon qildi, biroq ayni paytda monarxiya tarafdori bo‘lib
qolaverdi. X V II-X V III asrlarda aynan tabiiy huquq va ijtimoiy shartnoma
nazariyasi keng om m alashib ketdi. U birinchi burjua inqiloblarining naza-
riy negizi b o iib qoldi.
Ingliz va fransuz inqiloblarini yuz yildan ko‘proq vaqt ajratib turadi.
Shu davr m obaynida tabiiy huquq va shartnoma daviati nazariyasida ayrim
o zgarishlar yuz berdi. 1642-yilda u 1789-yildagiga qaraganda boshqa-
charoq izohlanardi, biroq uning asoslari o ‘zgarishsiz qoldi. Ingliz faylasufi
Tomas Gobbsni ushbu nazariyaning asoschilaridan hisoblashadi. Gobbs
fikricha, davlat insonlam ing o ‘zaro tuzgan shartnom alari natijasida tashkil
topib, kimlargadir hokim iyat, boshqalarga (aksariyat ko‘pchilikka)-davlat
masliinasi yordam ida ta ’m inlab turiladigan xavfsizlik va tartib ato etadi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Gobbs kuchli davlat hokimiyati-monarxiya tarafdori edi. U ning «Fuqaro
tug‘risida»gi risolasi qirol hokimiyatining hipioyasi uchun yozilgan b o ‘lsa-
da, m uallif xohishiga zid ravishda dem okratiya rivojiga xizmat qildi.
Angliyada monarxiya qayta tiklanganligiga va XVIII asm ing so‘nggi
o ‘n yilligiga qadar Yevropa davlatlari qirollar sulolalarining cheklanm agan
hokimiyati orqall boshqarib keiinganligiga qaramasdan, shartnom a davlati
nazariyasi g‘oyat keng tarqaldi. Jahonga mashhur «Ijtimoiy shartnom a
to ‘g‘risida yoxud siyosiy huquq prlnsiplari* risolasining muallifi Jan Jak
Russo ushbu nazariyani rivojlantirishga ulkan hissa qo’shdi.
2-fasl.
Yetakchi publitsistlar
Ingliz pamflet jumalistikasining eng yorqin, ajoyib vakillari monarxiya
muxoliflari orasida boiishdi. U larning ijodi AQSH, Fransiya va boshqa
mamlakatlarda ilg‘or fikrlar ravnaqiga kuchli ta ’sir ko'rsatdi. Jon M ilton,
Jon Lilbem, Jerard Uinstenli publitsistik faoliyati alohida e ’tiborga m o-
likdir.
M tlton ingliz burjua inqilobining eng taniqli publitsistlaridan edi.
Ingliz shoiri, keng mashhur bo‘lgan «Boy berilgan jannat*, «Qayta tik-
langan jannat» asarlari, «Pahlavon Samson» fojeasi va boshqa asarlar
muallifi Jon M ilton o ‘z xalqining o 'g io n i o'laroq Angfiyada avj oiayotgan
voqealarga befarq turolmas edi. Shu voqealar ta ’sirida u «Angliya cher-
kovlarining islohotlari va unga m onelik qilgan sabablar xususida* (1641),
«Episkoplik haqida» (1641), «R em onstrantni Smektimnuusdan him oya
qilishga qarshi e ’tiroz» (1641), «Cherkov qurilishining mazmuni» (1642) va
boshqa bir qator risolalar, pamfletlar yaratdi. Pamfletlaridan birida o ‘z vatanida
avj olib ketgan ozodlik kurashidan chetda bo'lishi qiyin ekanligini yozgan edi.
U mavjud cherkov tartiblarmi to ‘liq inkor qilib, oliy ruhoniylami puri-
tanlaming ta ’qib etilishida aybladi, cherkov erkinligini madh qildi.
«Cherkov qurilishining mazmuni* pamfletida cherkovning davlatdan
ajratilishini yoqlab chiqdi.
0
‘sha davr bahs-m unozara adabiyotida qabul
qilingan taomilga binoan M ilton o ‘z daiil-isbotlarida Bibliya, Injil,
«Avliyolar hayoti» diniy kitoblaridan kelib chiqib fikr yuritdi. Cherkovning
episkoplikdan (oliy darajadagi ruhoniylardan) mustaqilligini, presviterian-
laming o ‘z cherkov (qirolga b o ‘ysunuvchi va davlat ishiga aralashish
huquqiga ega bo‘lgan hukmron ingliz cherkovidan farq qiluvchi) tash-
kilotiga ega bo‘lish huquqini him oya qilish Miltonni um um an vijdon
erkinligini mudofaa etishga boshlab keldi.
0
‘z risolalari, pamfletlarida u
insonlarning qonun oldida baravarligini himoya qildi.
Qirol qatl etilganidan keyin ingliz dem okratik harakati yetakchilariga
royalistlar, qirol zotining daxlsizllgi tarafdorlari hamla qila boshladilar,
independenttam i ayblovchi bir q ato r pam fletlar paydo b o id i. Yevropa
mamlakatlari Angliyaga harbiy yurish tashkil qilish, qirolni qatl etganligi
uchun jazolash talabini ilgari surishdi. Natijada, publitsistlar oldida go‘yo
azob-uqubatlarga giriftor etilgan qirolning «muqaddas* tim solini fosh
qilish, xalqning haqligini ko'rsatish vazifasi ko‘ndalang turdi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
M iltonning «Qirollar va hukumatlarning burchlari* pamfleti 1649-yil
fevralda qirol qatl etilishi bilanoq e ’lon qilindi. So‘ngra uning «Butparast
kurashchi» (1649), «Ingliz xalqining himoyasi* (1650), «Ingliz xalqining
ikkinchi himoyasi» (1654), «Respubiika o ‘matishning tez va oson yo‘li*
(1660), « 0 ‘z-o‘zingni him oya qilish» (1655) singari pamfletlari ommaga
yetib bordi.
Ularda Milton qirollik hokimiyatining kelib chiqishi, podshohlar va
hukum atlar huquqi, Karl Ining qilmishlari to ‘g‘risidagi Yevropa jam oat-
chiligini qiziqtirgan m asalalar xususida javob berdi. «Qirollar va hukumat
larning burchiari» pam fletida publitsist Milton: «Barcha odamlar erkin
tu g ‘ilganligini inkor qiladigan darajada esi past bo‘lgan inson yo‘q*. deb
yozdi. Davlatning shartnom a nazariyasi xususida u: «Odamlar hokimiyatni
bitim asosida berishgan. Q irol va hokimiyat ishonib topshirilgan barcha uni
suiiste’mol qilar ekan, xalq bunday hokimiyatga tobelikda qolmaslik kerak,
deb hisoblashi mumkin», deya ko'rsatgan edi.
«Butparast kurashchi» pamfleti xususida gap ketar ekan, Milton uni
o ‘z
mamlakatini
respublika dushmanlaridan
mudofalash
maqsadida
yaratganligini, chunki «Qirol Haqiqat uning uchun Karl Idan muhimroq«
ekanligini yozdi. Tarixiy esse shaklida yaratilgan bu pamfletda qirol qatl
etilishigacha bo‘lib o 'tgan barcha voqealar, uning ingliz xalqiga qarshi
shafqatsizligi va jinoyatlari boshdan-oyoq kuzatib chiqiladi. -
Afsuski, 1660-yili qirollik hokimiyati qayta tiklangandan keyin
jam oatchilik palatasi M iltonning «Ingliz xalqini himoya qilish» va
«Butparast kurashchi» kitoblarini yoqish va unga qarshi sud ishi qo‘zg*atish
to ‘g ‘risida qaror chiqardi. 1660-yil 27-avgustda uning kitoblari yoqib
tashlandi.
M iltonning aksilepiskoplik risolalaridan, monarxiyani chegaralash
t o ‘g ‘risidagi talablaridan tortib yorqin siyosiy pamfletlarigacha, xalq ho
kimiyati qonuniyligining tasdiqlanishigacha bo'lgan siyosiy qarashlarining
tadrijiy rivojlanishi qonuniy asosga ega bo'lib, ularda o'sha davr shart-
sharoitlari ham publitsistning shaxs sifatidagi xususiyatlari ham, o ’z aksini
topdi.
Jo n Miltonning *Areopagetika*si. «Areopagetika» (Angliya parla-
m entiga matbuot erkinligi to ‘g‘risida nutq shaklidagi ochiq xat, 1644)
risolasi M iltonning eng ajoyib publitsistik asari hisoblanadi. Bunday
pam fletni yozish fikri unda 1633—1639-yilIarda Italiyada bo‘lib turgan
paytlaridayoq tug'ilgandi. M ilton o'zining aksilepiskoplik pamfletlarida
so‘z erkinligi talablarini ilgari sura boshlagan edi. «-Ajralish haqida*gi
pam fletini nashr etganligi u chun uning ustidan bo‘lib o ‘tgan sud jarayoni
ushbu pamfletni yozishiga ham sabab bo'ldi. Kitobfurushlar kompaniyasi
uni oldindan senzura qildirib olish to ‘g‘risidagi qonunni bu^anlikda
aybladi.
M ilton aynan parlam ent a ’zolariga qaratilgan nutq shaklida yozilgan
«Areopagetika»da matbuot erkinligi talabini birinchi bor aniq va ravshan
ifodalab, asoslab bergan edi. M uallif grek notig'ining Afina qonun chi-
qaruvchi oliy organiga (areopag-M ilton o ‘zi murojaatini yo'naltirgan
www.ziyouz.com kutubxonasi
parlam entni grekcha shunday atagan) qarata so'zlagan nutqini nam una
sifatida oldi.
«Areopagetika*da
Do'stlaringiz bilan baham: |