partiyalar ular vositasida qalam kuchi bilan o ‘zaro kurash olib borishardi.
1642—1649-yiUar orasida 170 ga yaqin gazeta nashr etilgan. 1649-yildan
«respublika himoyasi va xalqni xabardor qilish uchun* hukumat tomonidan
ta ’sis etilgan kundalik «Siyosiy Merkuriy» gazetasi nashr etila boshladi.
1657-yil 16-iyunda «Public Advertiser»
(FTaÔJiMK 3^D3TaH3ep)
gaze-
tasida birinchi m arta shokolad haqida e ’lon beriladi. 1658-yilda «Siyosiy
Merkuriy»da kitoblar, choy, yo'qolgan narsalam i topganlarni mukofotlash
haqida va hokazo e ’lonlar paydo bo'la boshlaydi. 1660-yili Karl II bu
gazetada sevimli • itini yo'qotib q o ‘yganligi haqida ham xabar beradi.
Shundan keyin gazetalarda dori vositalari, nikoh tuzishda vositachilik, qo'l
jangiga chorlash kabi turli mavzudagi e'lonlar ko‘paya bordi.
XVIII asrga kelib «Merkuriy» nomi ostida ko‘plab, masalan, tibbiy,
diniy, dengiz floti sohalariga oid gazetalar chop etilgan. Hatto, fransuz
tiiida ham gazeta nashri yo‘lga q o ‘yilgan. Masalan, rasmiy «London
gazetasi»
2 2
-yil mobaynida ingliz va fransuz tillarida chop etilib turgan.
1660-yilda gazetalar 10 ta bo'lgan bo‘lsa, 1688-yilga kelib ular soni 70 dan
oshib ketgan. H am m a nashrlar turli muntazamlikda: kundalik, oylik, ikki
haftalik tarzida chiqib turgan. Faqat 1702-yildan «Deyli kurant» gazetasi
kundalik nashr sifatida chop etila boshlagan. 1724-yilda Londonda chiqa-
digan 18 ta gazetadan faqat ikkitasigina o ‘z muddatida, ya’ni, har kuni
chiqardi.
Karl II hukmronligining boshida ikkita rasmiy gazeta-dushanba
kunlari «Jamoat xabarlari» hamda payshanba kunlari «Siyosiy Merkuriy»
chiqib turgan. 1663-yilda Römer Lestranj m atbuot buyicha Inspektor etib
tayinlangach, ushbu ikki rasmiy gazeta ham uning ixtiyoriga topshiriladi.
1665-yili Karl II yangi «Oksford gazetasi» chiqishiga ruxsat beradi. Bu o ‘z
manfaatiga zid kelishini payqagan yangi inspektor yangi-yangi gazetalar
chiqishiga ruxsat berib yuboradi. U lar bir-biri bilan raqobatlashgan holda
rivojlanib, «Oksford gazetasi»ning daromadini pasaytiradi, deb umid qilgan
am aldor q a y sid irm a ’iioda o ‘z inaqsadiga erishadi ham.
Angliyada jum alistikaning shiddat bilan rivojlanishiga qaramasdan,
siyosiy nashrlar yetishmas edi. 1653-yili Parlament tarqatilishi bilanoq
www.ziyouz.com kutubxonasi
Kromvel parlament hisobotlarini stats-kotibning ruxsatisiz chop etishni
taqiqlab quydi. Shundan keyingi ikki yil ham siyosiy nashrlarni ta ’qib etish
bilan o ‘tdi. XV1I1 asming boshlanishi bilanoq siyosiy gazetalaming paydo
boiishida sezilarli taraqqiyot ko‘zga tashlandi.
1620-yilda chiqqan «Kurant d Italie Alman» Fransiyadagi birinchi
gazeta bo'ldi. Lekin «La Gazette» deb nomlangan bosma tarzdagi ilk
gazetani nashr ettirish 1631-yilda tibbiyot olimi Teofrast Renodo chekiga
tushdi. 1612-yili 28-yoshli Teofrast Parijga kelib, o'sha vaqtda o ‘ta qudratli
b o ig an Rishele bilan tasodifan tanishib qoladi va uni o ‘zining shijoati
hamda betakror aqli bilan maflun etadi. Shundan keyin u qirollikdagi
barcha kambag‘allaming bosh komissari etib tayinlanadi. Sliu bilan birga
saroy vrachi lavozimini olishga ham erishadi.
Shaharning kambag'allar qatlamiga yaqinlashgan Teofrast ular ichida
o'zining tibbiy amaliyotini keng tatbiq qila boshlaydi. Bu faoliyat esa uni
kambag‘aüar og‘ir ahvolda qolgan paytlarda ularga yordam bera oladigan
bir idora tuzish fikriga olib keladi. U birdaniga ushbu g‘oyasini amalga
oshirib, barcha uchun ochiq bo‘lgan shunday idorani tashkil etadi. Parij
hayotini kuzatib borgan Renodo, b ir tom ondan, o ‘z bilimi, m ehnatini
taklif qilayotgan va, ikkinchi tom ondan, ushbu xizmatga m uhtoj aholi
0
‘rtasida hech qanday munosabat, m uloqot yo'qligiga e ’tiborini qaratadi.
Bunday holatni bartaraf yetish uchun Renodo manzillar idorasini
(«Burean d'adresse et de rencontre») tuzadi va odamlar u yerdan o ‘zlari
uchun zarur m a’lumotlarni olib turishadi. Renodo o'sha davr talabini
to 'g 'ri anglab etgan edi, ushbu idora atrofida juda ko'p mijozlar to ‘p-
lanishadi va shu bilan birga bu yerda turli xabarlar ham yig‘ila boshlaydi.
Yuzaga kelgan imkoniyatdan foydalanish maqsadida Renodo homiysi
Rishele yordamida bir nashr tashkil etadi, birinchi soni 1631-yiI 30-mayda
chop etilgan bu nashmi odamlarga ancha tanish oddiygina «Gazeta» so‘zi
bilan nomlaydi. «Gazeta» boshida haftasiga bir marta, dushanba kunlari
nashr etib turiladi. Ikkkinchi yili uning hajmi ikki baravar kengaytirilib,
birinchi bo‘Iimi eski nomda, ikkinchi b o iim i esa «Nouvelles ordibnaries
de divers endroits» (Turli joylardan kelgan oddiy xabarlar) nom i ostida
chiqa boshlaydi. Bundan tashqari, gazetaning so‘nggi oydagi voqealar
sharhi berilgan oylik ilovasimng nashri ham yo'lga q o ‘yiladi. Renodo
o ‘limidan keyin gazetani uning o ‘g‘illari chiqarishda davom etishadi. 1762-
yildan u haftasiga ikki marta, dushanba va chorshanba kunlari «Fransiya
gazetasi» nom i bilan chiqarila boshlaydi va ushbu nomda hozirgacha chop
etümoqda.
Renodoning gazetasi uzoq yillar davom ida tengsiz bo‘lib keldi, chunki
uning asoschisi istisno holda ushbu gazetani «chop etish, sotish,
tarqatishni, ham ichki, ham tashqi xabarlarni yetkazishni boshqa shaxslar
amalga oshirishi mumkin emas» degan imtiyozga ega edi. Albatta, bu kabi
imtiyoz boshqa kundalik nashrlar rivojiga to ‘sqinlik qilib turdi.
Barcha matbuot nashrlari uchun qulay sharoit faqat Buyuk fransuz
inqilobidan keyin paydo bo‘ldi. G archi 1785-yil 2-m artda «Qonunchilik,
yurisprudensiya masalalari liaqida yozishni hamda qirollik qonunlarini
www.ziyouz.com kutubxonasi
sharhlashni taqiqlash haqida» buyruq chiqarilgan bo‘lsa-da, erkinlik alla-
qachon havoda kezib yurardi. Inqilobgacha amal qilgan matbuot qonun-
chiligi haqida fikr yuritishdan oldin mutlaq islohot davrini esdan chiqar-
maslik kerak. U ndan keyin reaksion katolitsizmning kuchayishi o ‘rta asr-
lardagi monarxiya qatlam ini absolutizmga olib keldi. Qachonlardir davlat
hokim iyatini qirol bilan baham ko‘rib kelgan ushbu qatlam vakillarj o ‘z
mavqelarini yo'qota boshlagan edi. Ular oxirgi marta 1614-yilda o ‘z yig‘in-
larini o ‘tkazib, shundan keyin 175-yil davomida to ‘planmadi!ar. Doimiy
arm iyaga suyangan davlat hokim iyati bu qatlamning mavqeyini yo‘qqa
cliiqara bordi. Mahalliy boshqaruv markaz buyrug‘iga bo'ysunadigan huku-
m at mulozimlarining qo'liga o ‘ta boshlagan, ular esa o ‘zlari harakat
qilayotgan joylaming m anfaatlarini unutishgan edi.
Qirol hukumati kuchaygan sari lining matbuotga munosabati shaf-
qatsiz tus ola bordi. Shu bilan birga, hukmdorlar qirol hokimiyatining
ilohiy kelib chiqishi haqida iezuitlar ilgari surgan ta’limotdan ham unumli
foydalanishardi. Bu nazariyaga ko‘ra, qirollar xalqni eng Oliy Zot irodasiga
binoan boshqaradilar va xalq oldida javobgar emaslar. 1757-yildagi
Deklaratsiyada «dinga nisbatan hujumga yoki aqlni qarshi qo‘yishga, qirol
hukum atini haqorat qilishga va davlat tartibini buzishga chorlaydigan
m ateriallar yozgan yoki chop etgan» har bir kimsa o'lim jazosiga tortiladi,
deb belgilab quyildi.
Dyuponning ina’iumotiga qaraganda, 1660-yildan 1756-yilgacha 869
muallif, matbaachi, kitob sotuvchi va gazetachi Bastiliya qamoqxonasida
yotib chiqqan. Rokenning guvohlik berishicha, 1715-yildan to 1789-yil-
gacha Davlat kengashi, parlam ent, Parij sudi va Katta kengash tomonidan
m uhokam a qiiingan 850 ga yaqin turli nashrlar yo‘q qilingan yoki taqiq-
langan. Bulardan tashqari, m atbaa nashrlari mhoniylar sudi va mahalliy
fuqarolar tribunalining senzurasi tom onidan ham turli tazyiqlarga uchra-
gan. Lekin ushbu hujum lar halokatga yuz tutgan absolutizmning oxirgi
chiranishlari edi.. Chunki ushbu eski tartiblarni 1789-yilgi Buyuk inqilob
ag'darib tashladi.
Bu davrda m ashhur m atbaachi Iogann Karolus 1609-yilda Germ a-
niyada birinchi marta dunyo yuzlni ko'rgan ikki gazetadan biri - «Re-
latsion»ni nashr eta boshladi. Ikkinchi gazeta «Avizo* (E ’lonlar) deb
atalib, Volfenbyuttelda chop etildi. XVII asming 30-yillari oxiriga kelib
30 ga yaqin gazeta nashr etilgan b o is a , XVIII asr boshida bu raqam 200
d an oshib ketdi. Ushbu nashrlarning ko'pchiligi aloqa idoralari tomonidan
chop etilardi. 0 ‘sha vaqtdagi nashrlarning adadi 350 dan 400 nusxagacha
b o ‘lib, Hamburgda chiqadigan haftalik «Pedant» va «Frankfurten jurnaU
esa 1, 5 ming nusxa adadga ega edi.
Birinchi kundalik gazeta b o ‘lgan «Leypsiger saytung* («Leypsig gaze-
tasi*) 1661-yildan chiqa boshladi. Kundalik nashrlar asosan Germaniya
siyosiy hayotini aks ettirardi, shu bilan birga ko‘ngilochar nashrlar («Say-
tung oust und nuts»-Xursandchilik va rohat uchun gazeta) ham chiqib
turdi. 1712-yilda H am burgda tashkil etilgan «Firqasiz Hamburg muxb'iri*
gazetasi bir necha o ‘n yillar davom ida o ‘z muxlislarini topib keldi. Mazkur
www.ziyouz.com kutubxonasi
gazetalarda asosan e'Ionlar va iqtisodiy xabarlar bosi!ardi. Ba’zi gazetalar
imperatorntng farmoiji bilan tashkil etiigan. Masalan, 1763-yilda «Impe
rator aloqa-idora gazetasi* shu tarzda paydo bo‘lib, 1795-yilda u «Kyoln
gazetasi» deb o ‘zgartirildi.
XVII
asrdan Germaniyada, asosan Mayn daryosi b o ‘yidagi Frank-
furtda jurnallar nashr etiia boshladi. «Akta publika» (1621), «Teatrum
ayropeum* (1634—1635), «Diarium ayropeum» (1659—1681) kabi nashrlar
hozirgi tarixiy-siyosiy jurnallarnmg ajdodlari edi. XVII asrda ixtisoslashgan
adabiy va ilmiy-ommabop nashrlarning asosi shakllana boshladi. 1641—
1649-yillarda Nyumbergda «Frauensimmer geshprexsshpile» (Ayollar xo-
nasi — suhbatlar o'yini) nomli xotin-qizlar jum ali nashr etiia boshlagan,
Hamburgda esa 1663- yilda «M onats geshprexe» (Oylik suhbatlar) jum ali
tashkil etildi. XVII asr oxiriga kelib ikkita ilmiy jum al-«Akta eroditorum*
(1682-yilda lotin tilida) va «Monats geshprexe» (1688-yilda ne^mis ttlida)
jurnallarining nashri yo‘lga qo‘yildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |