122
amaliy bilimlar darajasini baholash o'qituvchidan yuksak pedagogik mahoratni, ta'lim
jarayoniga nisbatan yangicha yondashuvni talab etadi.
Dars jarayonida boshlang`ich sinf o`quvchilarining kommunikativ kompetensiyalarini
shakllantirishda yangicha innovatsion yondashuvlar bugungi kunda ta'lim tizimi oldidagi
muhim masalalardandir.
Dars jarayonida o'qituvchi (pedagog)lar tomonidan boshlang`ich sinf o`quvchilarining
kommunikativ
kompetensiyalarini
shakllantirish
yangicha
yondoshuvda
interfaol
metodlarning o'rinli, maqsadli, samarali qo'llanilishi ta'lim oluvchi o'quvchilarda muloqotga
kirishuvchanlik, jamoaviy faoliyat yuritish,
mantiqiy fikrlash, mavjud g'oyalarni sintezlash,
tahlil qilish, turli qarashlar orasidagi mantiqiy bog'liqlikni topa olish qobiliyatlarini
tarbiyalash uchun keng imkoniyat yaratadi.
Dars jarayonida boshlang`ich sinf o`quvchilarining kommunikativ kompetensiyalarini
shakllantirishning yangicha yondoshuv yo`llari zamonaviy metodlar yoki interfaol usullar,
o'qitishning samarasini oshirishga yordam beruvchi texnologik treninglar o'quvchilarda
mantiqiy, ijodiy, tanqidiy, mustaqil fikrlashni shakllantirishga, kommunikativ qobiliyatlarini
rivojlantirishga, fanni tezroq o'zlashtirishga va tarbiyalashga yordam beradi. Ushbu o'quv
jarayonini tashkil etish uchun havola etilgan texnologik treninglarni xuddi shu tartibda,
o'tkazishlari
shart emas, har qaysi o'qituvchi bu treninglarni umumiy shaklni olgan holda
o'zlarining dars texnologiyalarini yaratishlari, berilgan treninglarni to'liq yoki ularning ba'zi
bir bosqichlari, elementlarini ishlatishlari mumkin.Biz quyidagi o'qitish jarayonida qo'llash
mumkin bo'lgan ba'zi bir terninglar (texnologiyalar)ga tavsifnoma berib, ba'zilarni o'tkazish
tartibi to'g'risida metodik tavsiyanoma berib o'tamiz.
"Tarmoqlar" metodi – o'quvchini mantiqiy fikrlash, umumiy fikr doirasini kengaytirish,
mustaqil ravishda adabiyotlardan foydalanishni o'rgatishga qaratilgan.
"3x4" metodi – o'quvchilarni
erkin fikrlashi, keng doirada turli g'oyalarni bera olishi,
ta'lim jarayonida yakka, kichik guruh holda tahlil etib, xulosa chiqara olishi, ta'rif bera
olishiga qaratilgan.
"Blits o'yin" metodi – harakatlar ketma – ketligini to'g'ri tashkil etishga mantiqiy
fikrlashga, o'rganayotgan predmeti asosida ko'p, xilma – xil fikrlardan, ma'lumotlardan
kerakligini tanlab olishni o'rgatishga qaratilgan.
"Intervyu" texnologiyasi – o'quvchi savol berish, eshita olish, to'g'ri javob berish, savolni
to'g'ri tuzishni o'rgatishga qaratilgan.
"Ierarxiya" texnologiyasi – oddiydan murakkabga, murakkabdan oddiyga o'tish usullarini
qo'llash orqali
ularni mantiqiy, tanqidiy, ijodiy fikrlashga o'rgatishga qaratilgan.
"Bumerang" texnologiyasi – o'quvchilarni dars jarayonida, darsdan tashqarida turli
adabiyotlar, matnlar bilan ishlash, o'rganilgan materiallarni yodda saqlab qolish, so'zlab bera
olish, fikrni erkin holda bayon eta olish hamda bir dars davomida barcha o'quvchi talabalarni
baholay olishga qaratilgan.
"O'quvchi" treningi – o'quvchilar bilan individual holda ishlash, o'qituvchi va o'quvchi
o'rtasidagi to'siqni yo'q qilish, hamkorlikda ishlash yo'llarini o'rgatishga qaratilgan.
"O'qituvchi shaxsi" treningi – o'qituvchi innovatsion faoliyatini ochib beruvchi "O'qituvchi
shaxsiga qo'yiladigan talablar" mavzusida mustaqil fikrlashga, ijodiy insho yozish orqali
bayon qilishga qaratilgan.
"Muloqot" texnologiyasi o'qituvchilarni diqqatini o'ziga jalb etish,
dars jarayonida
hamkorlikda faoliyat ko'rsatishga, uni tashkil etishni o'rgatishga qaratilgan.
"Boshqaruv" texnologiyasi o'qituvchilarni sinf xonasini boshqarishdagi usullari hamda
o'quvchilarni ish jarayonida boshqaruv usullari bilan tanishtiruvchi va shunga o'rgatishga
qaratilgan.
123
"Tarmoqlar metodi" (Klaster). Fikrlarning tarmoqlanishi – bu pedagogik strategiya bo'lib,
u o’quvchilarni biron bir mavzuni chuqur o'rganishlariga yordam berib, ularni mavzuga
taalluqli tushuncha va aniq fikrni erkin va ochiq ravishda ketma – ketlik bilan uzviy
bog'lagan holda tarmoqlashga o'rgatadi. Bu metod biron mavzuni chuqur o'rganishdan avval
o'quvchilarning fikrlash faoliyatni jadvallashtirish hamda kengaytirish uchun xizmat qilishi
mumkin. Shuningdek, o'tilgan mavzuni mustahkamlash, yaxshi o'zlashtirish, umumlashtirish
hamda o'quvchilarni shu mavzu bo'yicha tasavvurlarini chizma shaklida ifodalashga undaydi.
"Adabiy o'qish" texnologiyasi – o'quvchilarni aqliy mushohadaga o'rgatish. Masalan,
"Shox saltan haqida ertak" dan o'qituvchi parchalar o'qib beradi. Bolalar esa, yodlarida
qolgan ayrim parchalarni chizishlari kerak. 1 – rasm:
Dengiz uzoq, shamol guvillar va
kemani chayqatib borar (bolalar kema yoki to'lqinlar rasmini chizadilar). 2 – rasm: Manzil
uzoq edi. Dengiz o'rtasidagi orolda go'zal shahar ko'zga tashlanib qoldi. (Bolalar orol va
shox Saltan qasrini chizishga harakat qiladi). 3 – rasm: Orolda yong'oq daraxti o'sar, unda
chiroyli olmaxon yashar, qo'shiq aytar va barchaning ko'nglini shod etardi. (Endi bolalar
yong'oq daraxti olmaxon, yong'oq mevalarini ifodalashga intiladilar). 4 – rasm: Dengiz tubida
o'ttiz uchta pahlavon yashar edi (Bolalar pahlavonlar suratini aks ettirishga kirishadilar) va
hokazo.
"Davomini siz ayting" texnologiyasi (musobaqa darsi) – o'quvchilarda ma'naviy
sifatlarni tarbiyalash uchun Xalq og'zaki ijodi namunalaridan
foydalanish maqsadga
muvofiqdir. Folklor asarlari ertaklar, maqollar, matallar, dostonlar, loflar, topishmoqlar, tez
aytishlar, Xalq o'yinlari, sanamlar, laparlar, mavsum va marosim qo'shiqlari, aytishuvlar, va
boshqalar muhim ta'limiy va tarbiyaviy ahamiyatga ega. Maqollarning
yaratilishi va sayqal
topishida avlodlarning juda katta badiiy mehnati iqtidori sarf bo'lgan. Xalq donoligining
yorqin ifodasi bo'lgan bu kichik janrlar jamiyat va tabiat hodisalariga inson munosabatining
poetik obrazi sifatida xalq tomonidan asrlar mobaynida sayqallangan. Aql – idrok, quvonch
va g'am, muhabbat va makr, ishonch va ishonchsizlik, haqiqat va bo'xton to'g'rilik va
yolg'on, mehnatsevarlik va tanballik kabi turli munosabatlar o'z ifodasini topgan. Shuning
uchun ham maqollar o'ta aniqligi,
badiiy soddaligi, chuqur ma'nodorligi shaklan ixchamligi
bilan ajralib turadi. Unda xalqning orzu – umidi teran aql – zakovati o'ziga xos dunyoqarashi
ifodalangan, ko'p asrlik tajribasi umumlashtirilgan. Bu dars uchun vazifa va topshiriq
o'quvchilarga bir xafta oldin berib qo'yiladi. O'qituvchi boshqaruvchi vazifasida bo'ladi.
Doskaga guruhlardagi har bir ishtirokchi olib beradigan bolalar uchun chizma chiziladi va
ular javobiga ko'ra shu zahotiyoq yozib boriladi. Shu asnoda o'quvchilarning har bir jamoasi
g'olib deb e'lon qilinadi. O'qituvchi guruhning har bir vakiliga o'zbek xalq maqollaridan bosh
so'zlarni aytadi, o'quvchi esa davom ettirishi mumkin.
Xullas, bunday innovatsion yondashuvlar orqali boshlang'ich sinf o'quvchilarini
to'g'rilikka, mehnatsevarlikka, vatanparvarlikka, insoniy fazilatlarni hurmat qilishga o'rgatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: