ZAMONAVIY TA’LIMDA O’ZBEK TILI DARSLARIDA O’QUVCHILARNI
MA’NAVIY – AXLOQIY JIHATDAN TARBIYALASH YO’LLARI
Alikulova Feruza Rustam qizi
Navoiy shahar 4 – AFCHO’IM
o’zbek tili fani o’qituvchisi
Tarixdan ma’lumki, ma’naviy jihatdan yetuk, axloqan barkamol insonni tarbiyalab, uni
jamiyatga yetkazib berish vazifasi asrlar davomida kishilik jamiyatining muammosi bo‘lib
keldi va bugun ham mustaqillikka erishgan O‘zbekistonda g‘oyat dolzarb masala bo‘lib
kelmoqda.
Xalqimiz axloqiy tarbiya maktabining ildizlari juda teran, baquvvat bo‘lib, biz bugungi
avlod vakillari bunga qayta – qayta murojaat qilamiz, va undan bahramandlik tuyamiz.
Uzluksiz ta’lim tizimining barcha bo‘g‘inlarida, xususan o’rta ta’lim tizimida ham
mamlakatimizning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, huquqiy va madaniy jihatdan isloh qilish va
yangilashga qaratilgan dasturiy vazifalarini bajarishda biz milliy qadriyatlarimiz, urf – odat
va an’analarimizni saqlashga, xalqimizning asrlar davomida shakllangan mintalitetimizga
hurmat bilan munosabatda bo‘lishga katta e’tibor qaratmoqdamiz. Biz shunday yurtda
yashaymizki, bu yurtda millatlar va dinlararo tinchlik – totuvlikni mustahkamlash, ma’naviy
va axloqiy tarbiyani kuchaytirish, tarixiy ildizlarimizga, milliy o‘zligimizga qaytish,
aholining siyosiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirishga doir aniq maqsadga yo‘naltirilgan
ishlar muhim ahamiyat kasb etadi.
Farzandlarimizni ma’naviy – axloqiy tarbiyalash xususida shuni aytishimiz lozimki,
xalqimizga xos bo‘lgan hamjihatlik va bag‘rikenglik, mehr – oqibat, mehmondo‘stlik va
saxovat kabi insoniy fazilatlar muhiti avvalo oiladan shakllantirilsa, o’rta ta’lim tizimida esa
bu vazifalar ma’lum bir jhatdan tartibga solingan, yosh va iqtidor inobatga olingan holda
rivojlantiriladi. O‘tmish ma’naviyatida, odob axloqiy fazilatlarida o‘rganadigan o‘gitlarimiz
mazmunan boy va cheksizdir. Shuning uchun o’rta ta’lim tizimida ta’lim – tarbiya olayotgan
o’quvchilar bilan tashkil etilajak mashg‘ulot mavzusidan kelib chiqib, ma’naviy – axloqiy
tarbiyaning ilk kurtaklari bo‘lgan xalq og‘zaki ijodi – qadimgi afsonalar, ertaklar, rivoyatlar,
dostonlar, maqollarda o‘z ifodasini topganligini yoshlar ongiga singdirilishi kerak. Masalan,
hammaga ma’lumki, har yili fevral oyida butun dunyoga mashhur allomalar – A.Navoiy va
Z.M.Boburlarning tavallud kunlari yer yuzi bo’ylab juda ko’plab mamlakatlarda keng
nishonlanadi. Xuddi shuningdek, O’zbekistonda ham barcha ta’lim muassasalarida, jamoat
joylarida, xususan o’rta ta’lim tizimi maktablarida ham ulug‘ siymolar tavallud kunlari
munosabati bilan turli tadbirlar, badiiy kechalar, mushoiralar, g’azalxonlik tanlovlari
o’tkaziladi.
O’rta ta’lim tizimi maktablarida o‘tkaziladigan tadbirlarda, ayniqsa o’zga tillarda tahsil
109
Па
х
рутдинов.Ш.«Таҳдид» тушунчаси: назария ва амалиёт. Т.: Абу Али ибн Сино номидаги тиббиёт нашриёти,
1998. 7-8 б
119
olayotgan o’quvchilar uchun “O’zbek tili” fani doirasida Alisher Navoiy va Zahiriddin
Muhammad Bobur kabi ulug‘ siymolarning o‘git, nasihat va dono fikrlarini, ma’no to’la
g’azallarini bolalarga o‘rgatish ularning ma’naviy – axloqiy tarbiyasiga ijobiy ta’sir etadi.
Ta’lim tarbiyaga oid madaniy merosdan, axloqiy qadriyatlardan foydalanib tashkil etiladigan
mashg’ulotlar Markaziy Osiyoda falsafiy, ma’naviy – axloqiy, ma’rifiy tafakkurning ilk
kurtaklari bo‘lmish manbalarda namoyon bo‘lishini anglagan holda “Qobusnoma”, “Axloqi
Muhsiniy”, “Makorimul axloq”, “Tuhfat – ul Abror” kabi pandnomalardan foydalanish joiz,
deb o’ylaymiz. Alisher Navoiy hazratlarining o‘lmas merosi bo‘lgan asar qahramonlari
Farhod, Shirin, Shopur, Bahromlarning yuksak axloqiy fazilatlarini, komil inson qiyofasida
bolalarga yetkazish mumkin.
Bundan tashqari umumiy o’rta ta’lim tizimi o’quvchilariga odob – axloq qoidalarining
bir bo‘g‘ini hisoblanuvchi diniy tarbiyaning ayrim oddiy ko‘rinishlaridan ham foydalansa
bo‘ladi. Ya’ni, Zardushtiylik dinining muqaddas kitobi bo‘lgan “Avesto” da keltirilgan
yaxshilik va yomonlik o‘rtasidagi kurash, yerni sevish, tabiatni asrash, ota – onani e’zozlash,
hurmat qilish, oilada aka – ukalar bilan yaqin aloqada bo’lish kabi tushunchalar xususida
bilim beriladi. “Avesto” juda uzoq davrlar davomida bolalarga ilm – ma’rifat o‘rgatishda,
odob – axloq qoidalarini tarbiyalashda dasturil amal bo‘lib kelgan. “Avesto”ning eng muhim
axloqiy va tarbiyaviy ahamiyati shundaki, bu kitob faqat diniy, mifologik g‘oyalarni emas,
balki ma’rifiy odob – axloq qoidalarini ham yosh avlodga yetkazishga xizmat qiladi.
Ta’lim tizimi samaradorligi va sifatini oshirishda ta’lim qanchalik muhim sanalsa,
tarbiya ham dars sifat darajasini oshirishning omili bo‘lib qoladi. Shu o‘rinda o’zga tilli
guruhlarda ilk yillardanoq o’zbek tilini o’rgatishdagi va o’quvchilar tarbiyasi uchun zarur
sanalgan ta’lim – tarbiyaning uzviyligi tizimini keltirib o‘tamiz.
1.
Bolaga o‘qish va yozishni o‘rgatish;
2.
Diniy va axloqiy tarbiya;
3.
Harbiy va jismoniy tarbiya.
4.
Ezgulikka, halollikka, poklikka o‘rgatish;
5.
Yigitlarda g‘urur, mehr – oqibat, to‘g‘ri so‘zlik, iroda;
6.
Qizlarda sharm hayo, iffat, halol bilan haromni farqiga borishni o‘rgatish;
7.
Adolat, sahiylik, ota – onani hurmat qilish, yetimlarga g‘amxo‘rlik, kamtarlikka
o‘rgatib boriladi.
Bizning fikrimizcha, o’rta ta’lim tizimi O’zbek tili darslari mashg’ulotlari jarayonida
uzluksiz ta’limning barcha yuqori bo‘g‘inlarigacha bunday tarbiyaning mazmuni va nazariy
jihatlarini ketma – ketlik asosida olib borish kerakki, bu jamiyatning rivoji uchun tarbiya
asosi hisoblanadi.
Farzandlarimizning ma’naviy – axloqiy tarbiyalanishida yana bir asosiy jihat borki, bu
ularni maktab yillarida o’tiladigan darslar jarayonida hunarga yo‘naltirish borasida olib
boriladigan ta’lim – tarbiyaviy ishlardir. Bu jarayon ham ulardagi odob – axloqning
darajasiga bog‘liqdir. Yusuf Xos Xojib aytganidek, “... bolaning kundalik hayotida axloq –
odobli bo‘lishi uchun, o‘z vazifasini sarishtalik bilan o‘z vaqtida bajarishi uchun
go‘dakligidan tarbiyalanmog‘i lozim.”
110
Uzluksiz ta’limning muhim bo‘g‘ini bo‘lgan o’rta ta’lim tizimida, xususan, aynan O’zbek
tili darslarida millatimzning faxri bo’lgan buyuk mutafakkirlarning ilmiy, ma’naviy
merosidan foydalanib mashg’ulotlar tashkil etish, yoki mashg’ulotlar jarayonlariga bunday
ma’naviy meros durdonalaridan foydalanishning ahamiyati ta’lim – tarbiya uchun juda
muhimdir. Bu jarayonda o’qituvchining maqsadi bitta narsaga, ya’ni mehnatkash, zamon
bilan hamnafas fuqaroni tarbiyalashga qaratiladi. Ya’ni inson bolaligidanoq o‘z mehnatining
110
Соҳибов А. Шарқ алломалари маънавий аҳлоқий тарбия ҳақида. // Халқ таълими. 2008. Б.17
120
mahsulini kutishni bilsin, undan faxrlanishni o‘rgansin. Shunday ekan, ma’naviy – axloqiy
tarbiyaga qaratilgan, dars mashg’ulotlarida boladagi faxr tuyg‘usini kuzatib borish uchun
tashkil etilishi rejalashtirilgan har bir dars mashg’uloti mazmuni zamonaviy ravishda belgilab
olinishi kerak. Odob – axloq borasida bajarilgan ish natijasidan, o’quvchi o‘zi o‘rgangan
rivoyat, hikoya, she’r, matn yoki kichik bir tarbiyaviy ko‘rinishdan faxrlansin. Bu holat
o’quvchini faqat tarbiyalamaydi, unga keyingi mashg‘ulotni orziqib kutishini ta’minlaydi.
O’quvchi bajargan ishini uzoq vaqtgacha aytib, bajarib yuradi. U mehnatga o‘rganadi,
ko‘nikma hosil qiladi. Zero, “O‘z mehnati mahsulidan faxrlanmaydigan haqiqiy insonning
o‘zi yo‘q!”
111
Bu esa o’z o’rnida ma’naviy – axloqiy tarbiyalangan shaxsni jamiyatga
yetkazib berishda umumiy o’rta ta’lim tizimi mutaxassislaridan, pedagoglaridan fidoyilikni
talab etadi.
Demak, xulosa qilib aytish mumkinki, bebaho meros qoldirgan ulug‘ ajdodlarimizning
ma’naviy merosi, axloqiy tarbiyaga oid qarashlari bir xazina, u bir ulkan ummon kabi bo’lib,
tubiga yetib bo‘lmaydi. Uni o‘rganaverish, amaliy tarbiyaviy ish jarayonida qo‘llash
zamonaviy ta’lim tizimining barcha bo’g’inlari oldidagi vazifa hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |