Navoiy davlat pedagogika instituti tarix fakulteti “milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi” kafedrasi



Download 2,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/167
Sana22.04.2022
Hajmi2,56 Mb.
#575065
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   167
Bog'liq
Туплам конф. Маънавий тахдид (2)

Oila muhiti.
Oila - inson kamolotining bosh bo‘g‘ini davlat tizimining eng muhim instituti 
jamiyatimiz o‘zagi - negizidir. Oila boshlig‘i, sog‘lom va nosog‘lom nasl, oila axloqi va 
madaniyati, an’analari, qadriyatlari, oila or-nomusi, kasb bilan bog‘liq olim va san’atkor 
oilasi, dexqon oilasi, savdogar oilasi, tadbirkor oilasi, amaldor oilasi va x.k.ni o‘z ichiga 
oladi. 
Ta’lim muassasasi muhiti.
«Bolalarning kelajak taqdirini belgilovchi omillardan biri 
bo‘lib, bu muhitni oqil rahbari, yaxshi o‘quv jamoasi, ma’naviy-axloqiy va tarbiya 
muhitining mavjudligi, o‘qituvchilarning ibrat va ixlos soxiblari bo‘lishlari odilligi, bilim 
saviyasining yuqoriligi, izchilligi, shijoati, qat’iyligi, talabchanligi, mas’uliyat hissi, 
o‘qituvchi va o‘quvchilarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va taqdirlash, ta’lim 
muassasalarining o‘ziga xos obro‘si, an’anasi, o‘quvchilarning darsga qatnashish tartib-
intizomi, dars sifati, sportchilari, iqtidorlilarning ko‘p ozligi va boshqalarni o‘z ichiga oladi», 
- deb ko‘rsatgan. Har qanday jamiyatda oila birinchi ijtimoiy bo‘g‘in hisoblanadi. Binobarin, 
ana shu jamiyatdagi barcha munosabatlar, qadriyatlar va an’analar muayyan darajada oilaga 
borib bog‘lanadi. 
Inson shakllanishida sog‘lom va nosog‘lom muhit o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. 
Oila va ta’lim muassasa muhiti bolalar va yoshlar taqdirida belgilovchi rol o‘ynaydi. 
Mahalla muhiti.
Mahalla - an’anaviy tarbiya o‘chog‘i. «Mahalla» hayriya jamg‘armasi. 
Mahalladagilarga g‘amxo‘rlik, bir-birining hayoti, tashvishidan xabardorlik, to‘y va 
ma’rakalarda jamoaviylik, o‘zaro yordam, keksalarga, nogironlarga, nochorlarga nisbatan 
e’tibor darajasiga qarab aniqlanadi.
 
Tarbiya jarayonida oila, mahalla, ta’lim muassasasi uzvuyligi hamda 
integratsiyasi 
Olib borilgan izlanishlar va turli oilalar hayotini kuzatishlar asosida yetuk, ijtimoiy faol 
farzand qilib tarbiyalashning asosiy omillari ishlab chiqildi. Bu omillarga tayangan holda 
farzand tarbiyalagan har bir oila kutilgan natijalarga erishishi tabiiy. 
Mazkur omillarni ishlab chiqishda milliy ma’naviy merosdan, xalqimizning boy tarixiy 
tajribasidan, an’analari, urf-odatlaridan foydalanildi. Ulug‘ bobokalonimiz Abu Rayhon 



Beruniy farzand tarbiyasida muhim o‘rin tutuvchi quyidagi uch jihatni ta’kidlab o‘tadilar: 
irsiyat, muhit va tarbiyadir. 
Farzand tarbiyasida tarbiya sohasidagi uzviy integratsiyasi alohida rol o‘ynaydi. Bunda 
ichki muhit hisoblanuvchi oilaviy omil (shaxsiy oilaviy muhit qarindosh-urug‘lar muhiti, 
quda-andalar muhiti), tashqi muhitlardan bog‘cha, ta’lim muassasalari, mahalla, ko‘cha-ko‘y, 
yor-do‘stlar, radio, televideniyeni kabilarning o‘zaro integratsiyasi va tarbiyaning uzviyligi 
muhim omil hisoblanadi. 
Farzand tarbiyasida boshqa oilaviy omillarning ham ta’sirini inobatga olib borish lozim. 
Bunda nazorat qilish, kuzatib borish, bahslar, tushuntirishlar olib borish usullaridan 
foydalanish lozim. 
Bog‘cha
 
farzand tarbiyasidagi muhim bosqichlardan biri hisoblanadi. Unda bolaning 
rivojlanishi uchun muhim bo‘lgan ovqatlanish, dam olish tartibi joriy qilinganligi, tashqi 
dunyo haqidagi dastlabki tasavvur va bilimlarning berilishi katta ahamiyatga ega.
Ta’lim muassasasi yosh bo‘g‘inning ta’lim va tarbiyasida eng muhim o‘rin tutuvchi ulug‘ 
makondir. Bu muhitda talaba o‘zining insoniylik xislatlariga ega bo‘lib, shakllanib borishi 
bilan birga aql-zakovat, idrok, egasi bo‘la boradi, hayotda o‘z o‘rnini topa boshlaydi, 
kelajakda mustaqil hayot sari o‘z yo‘lini qo‘ya boshlaydi.
Inson kamolotga erishuvining, mukammalligining buyuk allomalarimiz katta ahamiyat 
bergan uchinchi omili tarbiya jarayoni bo‘lib, u insonning butun hayoti davomida uzluksiz 
ravishda olib boriladigan maxsus faoliyatlar majmuidir. Bu faoliyat uning ona qornida 
hayotining boshlanishidan tortib to umrining oxirigacha davom etadi. Bu yerda shu narsani 
ta’kidlab o‘tish lozimki, aksariyat hollarda tarbiya deganda go‘daklar, yoshlar, o‘smirlar 
tarbiyasi nazarda tutiladi. Lekin tarbiya tom ma’noda barcha yoshdagi insonlarga taalluqli 
bo‘lgan, barcha insonlarga suv va havodek zarur bo‘lgan bilimlar majmuidir. “Beshikdan to 
qabrgacha ilm izla” deb bekorga hadisda keltirilmagan. Umuman olganda oila, mahalla, 
ta’lim muassasalari va boshqa tashkilotlar integratsiyasi va birgalikda olib borilgan tarbiya 
jarayoniga tegishli muammo va vazifalarni hamkorlikda hal etilishi kelajakda talabalarni 
ijtimoiy faol shaxs qilib shakllanishiga o‘ta muhim ahamiyat kasb etadi.

Download 2,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   167




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish