26
Agar biz ogoh va hushyor bo`lmasak, qudratli axborot oqimidan ham,
globallashuv
jarayonlaridan ham, yuksak texnologiyalardan ham katta xavf-xatarlar sodir bo`lishi mumkin.
Buning tasdig`ini soxta(fake) axborotlarning tarqatilishi oqibatida dunyoning ba`zi
mamlakatlarida qonli janjal va to`polonlar kelib chiqayotgani, ishlab chiqarish, sanoat
sohalarining, jahon iqtisodiyotining globallashuvi tufayli tabiatga, atrof-muhitga jiddiy zarar
yetkazilayotgani va bu o`z navbatida globallashuvga qarshi kuchlarning qattiq noroziligiga
sabab bo`layotgani, texnogen falokatlar soni tobora ko`payib borayotganida ko`rish mumkin.
Shu ma`noda, bugungi davrni axborot zamoni, globallashuv
zamoni yoki yuksak
texnologiyalari zamoni deyishdan ham ko`ra, ogohlik davri va zamoni, deb atash, bizningcha,
har tomonlama o`rinli va asosli bo`lar edi.
Haqiqatan ham, bugungi murakkab zamonda odamzot har qadamda hushyor bo`lmasa,
avvalo uning o`zi kashf etgan texnik yangiliklar foyda emas, zarar keltirishi mumkin. Eng
yomoni, insonlar o`rtasidagi loqaydlik va beparvolikdan g`arazli kuchlar foydalanib,
o`zlarining yovuz niyatlarini amlga oshirishi hech gap emas.
Hatto tabiat hodisalari ham azaldan insonni hushyorlikka undab keladi. Ota-bobolarimiz
bejiz uy-joyga yer tanlash, daraxt ekish, bog` yaratish, qishloq va shaharlar bunyod etish, ariq
o`tkazish, hovuz qazishda, umuman, har bir ishda tabiiy shart-sharoitlarni hisobga olib ish
tutmagan. Ayniqsa, yer yuzidagi tabiiy muvozanat tobora izdan
chiqib borayotgan hozirgi
zamonda hushyor bo`lmaslik, har bir masalada yetti o`lchab bir kesish asosida ish yuritmaslik
– nodonlik belgisidir.
Eng yomoni shundaki, ana shunday nodonlik, jaholatning o`zi bugungi kunda katta xatarga
aylanmoqda. Avvalo, ayrim toifa insonlarning o`z taqdiri, oilasi va farzandlari taqdiriga
beparvoligi tufayli bunday salbiy ta`sirlar dunyo bo`ylab keng ildiz otishga urinmoqda.
Bugungi kunda insonning qalbi va ongini egallshga urinayotgan yot va zararli ta`sirlarga,
ekstremistik oqimlarga qarshi turishda oila, mahalla, maktab va oliy ta`lim muassasalarining
ahamiyati katta. Chunki, ulardagi sog`lom muhit mustahkamligi jamiyat mustahkamligining
garovidir.
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida ma’naviy-ma’rifiy ishlar ta’sirchanligini yanada
oshirish borasidagi dolzarb vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida
bugun bolalarimizni ota-ona, bog‘cha, maktab yoki institut emas, aksariyat hollarda qo‘lidagi
telefon “tarbiyalayotgani” kuyunchaklik bilan qayd etilganligini ko`rishimiz mumkin.
Prezidentimiz ta`kidlaganlaridek: “Mobil telefon endi oddiy aloqa vositasi emas,
ko‘pincha yot mafkurani tarqatadigan qurolga aylanmoqda. Ma’naviyatimizga mutlaqo
begona bo‘lgan zararli g‘oyalar
chegarani buzmasdan, bildirmasdan xonadonimizga,
jamiyatimizga kirib kelayapti. Bularning barchasi biz uchun ogohlik qo‘ng‘irog‘i bo‘lib
yangrashi zarur. Biz – g‘ururi baland xalqmiz. Mana shu boyligimizni yo‘qotib
qo‘ymasligimiz kerak,– dedi Prezident.
Hozirgi vaqtda inson hayotiga, uning his-tuyg`ulari, ma`naviy olami, tushuncha va
tasavvurlariga ta`sir etishning yangi innovatsion usullari o`ylab topilmoqda. Ba`zan oddiy va
beozor tuyuladigan kompyuter o`yinlari, qo`l telefondagi klip va lavhalar, musiqaga
o`xshash, ammo badiatdan mutlaqo yiroq shovqin-suronlar orqali
xalqimiz hayotida ming
yillar davomida shakllangan yuksak axloq-odob fazilatlarini qo`porishga, yoshlarni endigina
kuchga to`lib kelayotgan ruhiy dunyosini, hissiyotlar olamini buzishga qaratilgan urinishlar
sezilib qoladi.
Ayrimlarimiz o`ylab-netmay birovning nog`orasiga o`ynab ketamiz, odob-axloqimizga,
ma`naviyatimizga, milliy mentalitetimizga yot narsalarni farqlamaymiz. O`zimizning ming
yilliklar sinovdan o`tgan qadriyatlarimiz qolib, boshqalarning qadriyatlariga chapak
chalamiz. Ma`naviayt insonning ruhiy olami, komillik sari intilishi, odob-axloqi, o`zi mansub
27
bo`lgan
xalq tarixi, urf-odatlari va qadriyatlariga munosabatini ko`rsatuvchi o`ziga xos
ko`zgu ekanligini anglashimiz lozim.
Iqtisodiy tanglikni, ta`minotdagi uzilishlarni va hatto tabiiy ofatlarni hamjihatlik, oqilona
chora-tadbirlar bilan yengish mumkin, ammo ma`naviy tanglikni yechish oson bo`lmaydi.
Buning sababi niyati xolislikdan yiroq kuchlar bugungi globallashuv zamonida o`zga bir
xalq, o`zga millat ma`naviyatiga xuruj boshlar ekan, bir qarashda beozor ko`rinadigan
maftunkor,
jozibali vositalardan, jumladan, internet tizimidan, radio, va televideniya
imkoniyatlaridan, kino mahsulotlaridan g`oyatda unumli foydalanadi.
Bunda asosiy kuch hali suyagi qotmagan, hayot tajribasi yetarli bo`lmagan yosh avlod
ongi va qalbiga ta`sir o`tkazish, ularni to`g`ri yo`ldan ozdirishga qaratiladi. Bu xurujning
yana bir xususiyati – o`zga bir xalq, o`zga bir millat hayotiga o`z qadriyatlarini singdirishga
urinishdir. Bunday kuchlar shaxsiy manfaat deeya dunyodagi har bir millat va elatlarning o`z
taqdirini o`zi belgilash, o`ziga xos va mos yo`lni tanlash, o`ziga maqbul tarzda umrguzaronlik
qilish huquqi borligini unutib qo`yadilar.
Xulosa qilib aytganda, loqaydlik, axloqsizlik, xudbinlik singari illatlarga qarshi murosasiz
va
muntazam kurashish, bu kurashda kerak bo`lsa, mavjud texnik imkoniyatlardan, audio-
videoroliklar, multimedia kabilardan maqsadli va unumli foydalanish, odamlarda daxldorlik,
mas`uliyat hissini oshirish, vatanni sevish hamda mafkuraviy immunitetni yanada
kuchaytirish har qachongidan ham muhimroq ahmiyat kasb etmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: