32
hisobidan
boylik ortirish, boshqa xalqlarning necha ming yillik an’ana va qadriyat lari,
turmush tarzining ma’naviy negizlariga bepisandlik, ularni quparishga qaratilgan xatarli
tahdidlar odamni tashvishga solmay qo’ymaydi
Milliy ma'naviyatimizga qarshi tahdidlar yuzaga kelishining bugin jahonda kechayotgan
globallashuv bilan bog'liqdir. Bugun milliy ma’naviyatning “ichidan” va “tashqarisidan”
emirilish harbiy qurollarni ishga solib, millatimizni qaramlikka aylantirish yo’lidan emas,
balki globallashuv harakatga keltirayotgan omillar orqali sodir bo’lmoqda. Bu jarayon
o’zining o’ta xatarli kuch-qudrati bilan millat kuch ishlatish orqali o’ziga
qaram qilishga
qaratilgan harakatlardan xavfliroq ekanligi ma’lum bo’lmoqda. Chunki undagi asosiy
yo’nalishni avval ong, dunyoqarash va qalbni zabt etish, u orqali esa millatni barbod
qilishdek o’ta xatarli g’oya va amaliyot tashkil etadi. Ong dunyoqarash va qalb milliy
zaminlardan mahrum bo’lsa, millat o’zligidan mahrum bo’lib, o’zgalarga qo’shilib,
singib
ketishi oson kechadi. Ana shu ma’noda ham bugun milliy ma’naviyatimiz xavfsizligini
ta’minlshda, bir tomondan, milliy ong va dunyoqarashnimilliy ma’naviy meroslar asosida
boyitib borish va globallashuv jarayonlarining avj olish darajasida ommolashtirishdek
qo’shaloq vazifa kun tartibiga chiqmoqda.
Mustaqillik yillarida milliy ma’naviy tiklanishimi, milliy merosni o’zlashtirish, milliy
o’zlikni anglashni rivojlantirish, o’zbek tiliga davlat maqomini berish orqali uning mavqeni
tiklash va bir qator yo’nalishlarda katta ishlar amalga oshirildi. Bu jarayon davlatimiz
siyosatida ustuvor vazifaga ko’tarilgan. Ammo bu amalga oshirilayotgan katta ishlar milliy
ma’naviyatga qarshi tahdidlar batamom tugaganligini bildirmaydi. Bunday tahdidlar bugun
faqat shaklin o’zgartirgan holatda, ya’ni to’g’ridan-to’g’ri kuch ishlatish va zo’rovonlik yo’li
bilan emas, o’zining “maftunkorligi”, “zamonaviyligi” bilan insonlar, ayniqsa, yoshlarning
ongi va qalbini egallash yo’li bilan milliy ma’naviyatni ichidan emirishga qaratilganligida
namoyon bo’lmoqda.
U.Saidovning fikriga ko’ra: ”Yagona madaniyatni shakllantirish g’oyasi
hozircha
xomxayoldan boshqa narsa emas, chunkiturli xalqlarning madaniyatlari, qadriyatlari o’rtasida
umumiy xususiyatlar mavjud bo’lsa-da, ularning namoyon bo’lish shaklari, eng muhimi,
dunyoni idrok etish, dunyoqarashi, voqelikka bo’lgan o’zaro munosabatlar kabi bazaviy
tushunchalarida jiddiy farqlar mavjudligi ma’lum. Xususan, har bir madaniyat, keng talqinda
Sharq va G’arb madaniyatlari o’zining alohida genotipiga ega, shunga muvofiq ularning ichki
rivojlanish mantig’i mavjud”
24
Xullas, yuqorida keltirilgan fikrlardan ko’rinib turibdiki, milliy ma’naviyatini yo’qotish
orqali millatni o’ziga
qaratish, uning an’ana va qadriyatlarini o’zlarining yot “ommoviy
ma’naviyat”iga qorishtiib, uning barcha boyliklariga egalik qilishga urinishlar har doim
bo’lib kelgan. Bugun esa bunday xavf-xatar va tahdidlar o’zining shakli-shamoilini
o’zgartirgan holda insoniyatga o’z ta’sirini o’tkazish harakat qilmoqda
Do'stlaringiz bilan baham: