41
barcha faylasuflarni ma‘lum darajada shartlilik bilan materialistlar, idealistlar
va dualistlarga ajratishimiz mumkin. Umuman olganda, agar, falsafada
ayniqsa koʻp muhokama qilinadigan muammolar doirasini aniqlashga harakat
qilinayotgan yoki falsafa tarixini, u yoki bu falsafiy gʻoyalar, yoʻnalishlar,
oqimlarning vorisiyligini yaxshiroq tushunish vazifasi qoʻyilayotgan boʻlsa,
bunday ajratish mutlaqo oʻrinlidir.
Shuningdek, muammoga nisbatan yangicha yondashuvni yoki
masalaning yangicha talqinini taklif qilishi mumkin boʻlgan
boshqacha
yondashuvlar paydo boʻlishi va mavjudligiga yoʻlni berkitmaslik uchun har
qanday sxemalashtirish cheklangan xususiyatga ega boʻlishini unutmaslik
kerak.
Ayni bir masalaga boshqacha nuqtayi nazardan, gʻayritabiiy yoki
mutlaqo kutilmagan tomondan yondashish taklif qilingan, pirovardda esa
avvalgi qarashlar nuqtayi nazaridan erishish mumkin boʻlmagan kashfiyotlar
olingan hollarga tarixda misollar bisyor. Masalan,
geotsentrik qarashlar
oʻrnini geliotsentrik qarashlar egallashi, nisbiylik nazariyasining paydo
boʻlishi, Rim klubiga taqdim etilgan «Oʻsish chegaralari» ma‘ruzasi va
hokazolar koʻpchilik uchun tabiiy, oʻz-oʻzidan ravshan boʻlib tuyulgan
narsalarga nisbatan noan‘anaviy, gʻayritabiiy yondashuv mahsulidir. Mazkur
misollar falsafada «qat‘iy», uzil-kesil ta‘riflarga nisbatan ancha ehtiyotkorlik
bilan
yondashish
lozim,
zero
bu
ba‘zan
yanglishishlarning
mustahkamlanishiga, oxir-oqibatda esa – turgʻunlik va dogmatizmga olib
keladi, degan fikrni faqat tasdiqlaydi.
Dunyoni
bilish mumkinmi, degan savolga faylasuflar tomonidan
berilgan javoblar orasida ham ikki qarama-qarshi yondashuv ajralib turadi.
Bu yondashuvlardan biri gnoseologik optimizm deb ataladi. Unga muvofiq
insonning bilish imkoniyatlari umuman olganda cheklanmagan va u oʻzini
qiziqtirayotgan tabiat va jamiyat qonunlarini kashf etish, narsalar mohiyatini
aniqlash va dunyoning haqiqiy manzarasini yaratishga ertami, kechmi albatta
muvaffaq boʻladi, deb hisoblanadi. Bunda G.Gegelni, va u yaratgan
ta‘limotning koʻp sonli tarafdorlarini tilga olib oʻtish oʻrinli boʻladi. Ikkinchi
yondashuv agnostitsizm (yunon. a – inkor va gnosis – bilim) deb ataladi. Bu
yondashuv namoyondalari dunyoni, narsalar va hodisalar mohiyatini toʻla
(yoki hatto qisman) bilish amalda mumkin emas, deb hisoblashdi.
Bunday
qarashlar ayniqsa D.Yumga xosdir. Odatda, agnostitsizm namoyandalari
qatoriga I.Kant ham kiritiladi, ammo bu yondashuv ancha bahsli boʻlib,
faylasuflar orasida munozaralarga sabab boʻlib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: