Sezgining boshlang`ich holati



Download 68,47 Kb.
bet1/3
Sana18.04.2020
Hajmi68,47 Kb.
#45747
  1   2   3
Bog'liq
Sezgining boshlang`ich holati-fayllar.org

Sezgining boshlang`ich holati

SEZGINING BOSHLANG`ICH HOLATI




Reja:

Kirish
  1. Psixologiya fanida sezgi nazariyalari


  2. Sezgilar haqida tushuncha


  3. Sezgilarning turlari


  4. Sezgilarning umumiy qonuniyatlari


  5. Adaptatsiya


  6. Sezgilarning buzilishi analizatorlari va uni tekshirish


  7. Sezgining neyrofiziologik asoslari




Xulosa

Foydalanilgan adabiyotlar
KIRISH

Har bir fan boshqa fanlardan o’z predmeti bilan farq qiladi. Boshqa fanlardan farqli ravishda, psixologiya fanining predmeti, u bahs yurituvchi hodisalarning o’ziga xos xususiyatlarini aniqlash va tushunish qiyinroq. Buning sababi psixik hodisalarning o’zgachaligi, odamni qurshab turgan tashqi olamdagi hodisalardan farq qilishida. Psixologiyaning predmeti psixika deb atalmish turli hodisalar (idrok, xotira, tafakkur, iroda va h.k.) bo’lib, ular voqelikdagi haqiqiy hodisa va faktlarga qarama-qarshi qo’yib kelingan. Psixologiyaning predmetiga bo’lgan munosabat uning nomida aks ettirilgan. "Psixologiya" so’zi ikki grekcha SO’Z ( "psyuxe" - "jon, ruh", "logos’" - "ta’limot") birikmasidan iborat bo’lib "ruh, jon" haqidagi ta’limot degan ma’noni anglatadi. Psixik hodisalarning barchasi "psixika", "odam psixikasi", "kishining ichki dunyosi", "ruhiy hayoti" kabi nomlar bilan ataladi.

Psixologiyaning rivojlanish tarixida psixologik bilimlarning to’planishi ikki yo’nalishda amalga oshgan:

1. Hayotiy psixologiyaning rivojlanishi.

2. Ilmiy psixologiyaning rivojlanishi.

Psixik jarayonlar, psixik xususiyatlar, psixik holatlar haqidagi bilimlar hali ilmiy bilimlar yuzaga kelmagan juda qadim zamonlardayoq hayotiy tajriba asosida yuzaga kelgan. Bu bilimlar turli amaliy faoliyat, hamkorlik, o’zaro munosabatlar jarayonida shakllanib avloddan-avlodga o’tib, tilda, xalq ijodiyotida, maqollarda, san’at asarlarida o’z ifodasini topgan. Masalan, odam xotira jarayonlar haqida ilmiy bilimga ega bo’lmasa ham biror matnni takror-takror o’qish uni yaxshi esga olib qolishga yordam berishini biladi. Bunday bilimlar keng tarqalgan bo’lib, ular atrofdagi odamlarning xulq-atvorini tushunishda, kishi o’z faoliyatini tashqi olamga, voqelikka to’g’ri, mos tashkil qilishiga xizmat qilgan.


Psixologiya fanida sezgi nazariyalari

Tashqi olam xususiyatlari to‘g‘risidagi va shaxsning o‘z gavdasini tuta bilish yuzasidan bilimlar, ma’lumotlar, xabarlar va ta’sirotlar manbai – bu sezgilar bo‘lib hisoblanadi. SHuning uchun sezgilar inson organizmiga, ya’ni uning tana a’zolariga tushadigan axborotlarning asosiy kanali (yo‘li) sanalib, ular tashqi dunyo hamda ichki tana a’zolari to‘g‘risidagi xabarni bosh miya katta yarim sharlari va bosh miyaning tarkiblariga etkazib turadi, xuddi shu boisdan inson o‘zini qurshab turgan makro muhitni orientirlash (mo‘ljallash) imkoniyatiga egadir. Agarda mazkur kanallar berk bo‘lib qolgan taqdirda, sezgi organlari zarur axborotlar bilan ta’minlamaydi, binobarin, ongni hukm surish imkoniyati o‘z-o‘zidan yo‘qoladi.

Psixologiya fanida shunday ilmiy dalillar mavjudki, mabodo inson axborotlarning shaxobchasidan mahrum bo‘lsa, u holda u uyqu holatiga sho‘ng‘iydi. Masalan, tasodifan teri-tuyush sezgilari patologiyaga uchrasa unda odam (ko‘pincha vaqtincha, muvaqqat) ko‘rish, eshitish, hid sezishdan mahrum bo‘lishi mumkin. Mabodo axborotlar tuzatish shaxobchasi ilk bolalik yoshi davrida buzidsa, kar yoki ko‘r bo‘lib qolsa, u taqdirda uning aqliy rivojlanishida keskin to‘xtalish (vaqtincha orqada qolish) yuzaga keladi. Agarda bola maxsus usul yoki uslubga o‘rgatilsa tabiiy ravishda mavjud kamchiliklarning o‘rnini to‘ldirib bo‘lmaydi.

Sezgini bunday tarzda tushuntirilishiga nisbatan har xil munosabatlar psixologiya tarixida mavjud bo‘lib ularning hech qaysisi asosiy manba ekanligiga shubha bilan qarashga moyildirlar. Hozir ularning ayrimlariga qisqacha to‘xtalib o‘tamiz va haqiqiy mohiyatini ochib berishga intilamiz.

Nemis faylasufi Xristian Volf “Ratsional psixologiya” (1732 yil) va “Emperik psixologiya” (1734 yil) kitoblarida: ongning ichki holati, aqliy fikr yuritishga qobiliyatlilik tabiiy moddiy asos zamiridan kelib chiqib, tashqi olamdan kelib tushadigan axborotlar shaxobchasiga, ya’ni sezgi kanaliga, hech qanday bog‘liq ematushuntirishga harakat qildi. Sezgilarga mana bunday yondashish nazariyotchisi ”fanga ratsionalizm” tushunchasi bilan birga kirib keldi. X. Volf va uning tarafdorlari psixik jarayonlar (sezgi, idrok, xotira va boshqalar) murakkab ijtimoiy – tarixiy taraqqiyot mahsuli emas, degan g‘oyani ilgari surdilar. SHuning bilan birga “Ong”, “Aql” tarixiy evolyusiya natijasi emas deb, inson psixikasiga o‘zgacha yondashib, uni izohlab berish mushkul bo‘lgan “birlamchi” xususiyat ekanligini tushuntirishga intildilar.

Sezgilar haqida tushuncha. Tashqi olamni bilish, undan kelayotgan ma’lumotlarni kabul qilish va qayta ishlash sezgi jarayonidan boshlanadi.

Sezgi – ongimizga ayni vaqtda, bevosita ta’sir qilib turgan narsa va hodisalarning ayrim xususiyatlarini aks ettirishdan iborat psixik jarayondir. Materiya bizning sezgi organlarimizga ta’sir qilib sezgi hosil qiladi. Sezgi a’zolari axborotni kabul qilib oladi va saralaydi. Sezgi a’zolari tashqi olamning kishi ongiga kirib keladigan yagona yo‘lidir. Kishi tevarak atrofdagi olam haqida doimo axborot olib turishi kerak. Axborotlarning ko‘pligi (ortiqchaligi) yoki tanqisligi (sensor izolyatsiya) organizmda jiddiy funktsional buzilishlarga olib kelishi mumkin. Buni tekshirib ko‘rish uchun maxsus surdokameralarda ko‘plab tajribalar o‘tkazilgan. Tajribalar shuni ko‘rsatadiki, sinaluvchi to‘la izolyatsiya holatida bir necha soatdan keyin vahimaga tushadilar, tajribaning to‘xtalishini talab qila boshlaydilar. Ularda og‘riq, haroratni sezish kabi sezgilar ham buzilishi kuzatiladi. Agar odam ko‘proq vaqt izolyatsiyada saqlansa, unda uning ongi buzilishi, turli galyuyutsinatsiyalar kuzatildai. Real paytda bunday sharoit ongning butunlay buzilishiga olib kelishi mumkin.

Sezgilar va ularning mohiyati haqida ko‘plab nazariyalar mavjud. Avalo shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, materialistik psixologiya sezgilarni materiya ta’sirining natijasi deb qaraydilar. Sezgilarning haqiqiy mezoni esa amaliyot hisoblanadi.

Sub‘ektiv idealistlar (Berkli, Yum, MAx) olamni sezgilarning yig‘indisi sifatida talqin qiladilar. Boshqa bir nazariya tarafdorlari (I.Myuller, Gelmgolts) sezgi organlarining o‘ziga xos quvvati haqida fikr yuritadilar. Ularning fikricha sezgilar faqat tashqi ta’sirlarning timsoli, shartli belgilari. Shu sababli ular qaysi sezgilar organiga ta’sir qilsa, shu analizatorga xos sezgi hosil bo‘ladi. Bu nazariyaning to‘g‘riligini isbot qiluvchi ko‘plab misollar bor – elektr toki, bosimning ta’sirida turli analizatorlarda turli sezgilar hosil bo‘ladi.

Ammo hid, tovushlar boshqa sezgi organlariga ta’sir qilib, ularga xos sezgilar hosil kilmaydilar. Sezgi organlri maxsus signallarni qabul qilishga ixtisoslashgan. Sezgi a’zolariningt ixtisoslashishi – uzoq davom etgan evolyutsion taraqqiyot mahsulidir. Bundan shunday xulosaga kelish mumkin. Sezgi a’zolarining o‘ziga xosligi sezgilarning o‘ziga xosligini keltirib chiqarmaydi. Sezgi organlarining o‘ziga xos tashqi olamning o‘ziga xos xususiyatlari natijasida shakllangan.

Mana shunday maxsuslashgan sezgi organlarining majmui analizatorlarni tashkil qiladi. Har qanday analizator uch qismdan iborat: 1) tashqi ta’sir kuchini ichki nerv kuvvatiga (jarayoniga o‘tkazadigan maxsus tarnsformator-analizatorning pereferik qism; 2) analizatorning pereferik qismini markaziy qism bilan bog‘laydigan o‘tkazish yo‘llari. Ular afferent (markazga intiluvchi, efferent (markazdan qochuvchi) va 3) markaziy, pereferiyadan keluvchi signallarni qabul qilib, qayta ishlovchi qism (miya qismi).

Analizatorlarning pereferek bo‘limida motor va hissiy qismlar uyg‘unlashganligi sababli ular ta’sir qilayotgan qo‘zg‘atuvchilarning ob’ektiv xususiyatlarni aynan aks ettiradi.

Sezgilarning turlari. Sezgilar ta’sir qilayotgan qo‘zg‘atuvchining xarakteriga, ko‘zg‘alishni qabul qilish masofasi, retseptorlarinig joylashgan o‘rinlariga ko‘ra klassifkatsiya qilinadi. Retseptorlarning joylashgan o‘rniga ko‘ra sezgilarning quyidagi turlari mavjud:

tashqi olamdagi narsa va hodisalarning xususiyatlarini aks ettirishga moslashgan va tananing tashqi yuzasida retseptorlari bo‘lgan sezgilar- ekstrotseptiv sezgilar;

tananing ichki a’zolari va to‘qimalarida joylashgan va tananing ichki holatini aks ettiruvchi sezgilar- interotseptiv sezgilar;

retseptorlari paylarda va mushaklarda joylashgan propriotseptiv sezgilar. Ular gavdamizing holati va harakatlari haqida ma’lumotlar berib turadilar.

Ekstrotseptiv sezgilarning o‘zlari ikki guruhga – kontrak (bevosita aloqa bog‘lovchi) va distant sezgilarga ajratiladilar. Kontrakt sezgilarga (kontakt retseptorlar orkali sezgi hosil bo‘ladi) quyidagilar kiradi: ko‘rish, eshitish, hid bilish, teri sezgisi, ta’m bilish sezgilari. Sezgilarning bu klassifikatsiyasi modallik bo‘yicha klassifikatsiya deyiladi va ular sezgilarning klassik klassifikatsyasi deb ham yuritiladi. Chunki ular Aristotel tomonidan ko‘rsatib o‘tilgan sezgilar. Ular orasidan teri sezgisining o‘zi bir qancha turlarga bo‘linadi (to‘qish, harorat, og‘riq kabi).

Sezgilarning umumiy qonuniyatlari. Boshqa tabiat va psixik hodisalar kabi sezgilar ham ma’lum umumiy xususiyatlar va qonuniyatlarga ega. Shu jumladan ularning sifati, intenmivligi (kuchi), davomiyligi sezgilarning umumiy xususiyatlariga kiradi.

Sifat–mazkur sezgining asosiy xususiyati bo‘lib, uni boshqa sezgilardan farqlaydi va shu sezgi doirasida o‘zgarib turadi. Masalan, eshitish sezgisida tovushning balandligi, mayinligi, zo‘rligi; ko‘rish sezgisining boyligi, ranglari va h.k. Sezgilarning sifatlarining boyligi va rang-barangligi materiyaning rang-barangligini aks ettiradi. Sezgilarning intensivligi-ta’sir qilayotgan qo‘zg‘atuvchilarning kuchi va analizatorlarning funktsional holati bilan belgilanadi.

Davomiyligi- sezgining vaqt bilan bog‘liq xususiyati. U ham qo‘zg‘atuvchining xususiyati va anlizatorning funktsional holati bilan bog‘liq. Qo‘zg‘atuvchi sezgi organiga ta’sir qilgandayoq sezgi hosil bo‘lmaydi, balki biroz vaqt o‘tadi. Bu vaqt sezgining latent (yashirish) davri deyiladi. Turli sezgi organlarining javob berish tezligi, ya’ni latent vaqti turlicha: taktil sezgilar uchun u 130 millisekund, og‘riq uchun 370 mllisekund, ta’m bilish uchun 50 millisekundni tashkil qiladi.

Shuningdek, sezgi qo‘zg‘atuvchi o‘z ta’sir kuchini to‘xtatgan zahoti yukolmaydi. Ko‘zg‘atishning asorati, ta’siri yana bir qancha vaqt davom etadi va ular keyin keluvchi obrazlarni hosil qiladilar. Keyin keluvchi obrazlar ijobiy yoki aksi (negativ) bo‘lishi mumkin.



4. Adaptatsiya. Analizatorlarning sezgirligi bir qator fiziologik, psixologik va muhitning ta’siri ostida o‘zgaradi. Bu o‘zgarishlar orasida adaptatsiya hodisasi alohida o‘ringa ega. Adaptatsiya yoki moslashuv deganda kuzatuvchining ta’siri ostida sezgi organlari sezgirligining o‘zgarishi tushuniladi. Adaptatsiyaning uch turi farqlanadi:

Kuzatuvchining davomli ta’siri natijasida sezgilarning to‘la yuqolishi. Agar sezgi organiga biror qo‘zg‘atuvchi doimo ta’sir qilib tursa sezgi batamom yo‘qolib ketish tendentsiyasiga ega. Masalan, teriga tegib turgan yengil yuk tez orada sezilmay qoladi (qo‘l soati borligini biz sezmaymiz). Bir hid bor joyda uzoq vaqt bo‘lsak bu hid sezilmay qoladi.

Kuchli qo‘zg‘atuvchi ta’siri ostida sezgi organlarining zaiflashishi, kamayishi (negativ adaptatsiya). Agar qo‘limizni muzday suvda tutib tursak teridagi sovuqni sezish retseptorlarining sezgirligi kamayadi. Ko‘zga kuchli yorug‘lik ta’sir qilib tursa ko‘zning sezgirligi kamayib, ko‘z shu yorug‘likka moslashadi. Bu hodisa yorug‘lik adaptatsiyasi deyiladi.

Kuchsiz qo‘zg‘atuvchi ta’siri ostida sezgi organlarining sezgirligi oshishi. Bu pozitiv adaptatsiya deb ataladi. Masalan, kinozalga kechikib kirgach bir qancha vaqt hech narsani ko‘ra olmaymiz. Birozdan keyin biz atrofni ko‘ra boshlaymiz. Ko‘zning sezgirligi oshdi. Buni qorong‘ulik adaptatsiyasi deyiladi.

Odatda negativ va pozitiv adaptatsiya bir sezgi organida bir vaqtda ro‘y beradi. Undagi bir guruh retseptorlarning sezgirligi oshadi, ikkinchi (qarama-qarshi) guruh retseptorlarining sezgirlishi kamayadi. Kunozalga kirganda qorong‘ulikni ko‘rishga moslashgan hujayralarning (retseptor) sezgirligi kamayadi. Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan negativ va pozitiv adaptatsiya mavjudgi sababli uy haroratida bo‘lgan suv qishda «issiq», yozda «sovuqdek» tuyuladi. Ba’zi retseptorlaring bor yoki yo‘qligi to‘liq o‘rganilmagan. Har holda sezgi organlari butunlay yuqolmaydi.

Adaptatsiyaning biologik ahamiyati shundaki, u kuchsiz qo‘zg‘atuvchilar salbiy ta’siridan sezgi organlarini himoya qiladi.

Sezgi organlarining sezgirligi faqat qo‘zg‘atuvchilarning ta’siri ostida o‘zgarmaydi. Sezgi organlarining o‘zaro ta’siri natijasida ham ularning sezgirligi oshadi. Masalan, kuchsiz tovush ta’siri ostida turish analizatorning sezgirligi oshadi, kuchli tovush ta’siri ostida esa uning sezgirligi zaiflashadi.

Sensibilizatsiya. Analizatorlarningo‘zaro munosabati va mashq qilish natijasida sezgirlikning kuchayishi hodisasiga sensibilizatsiya deyiladi. Sezgilarning o‘zaro ta’siri ostida ularning sezgirligining oshishi ko‘zg‘alishining kontsentratsiyasi va irradiatsiya jarayonlari bilan tushuntiriladi.

Sinestizatsiya. Qo‘zg‘atuvchining biron bir analiztorga ta’siri natijasida boshqa bir analizatorga xos sezgining paydo bo‘lishi senestizatsiya deyiladi. Bunga «rangni eshitish» hodisasini misol qilib olish mumkin.
Sezgilarning buzilishi analizatorlari va uni tekshirish
Magipesteziya – sezgi buzilishi turi (kam ta'sirchanlik)

Sezgilarning buzilishi analizatorlar perifirik bo'limlarining faoliyati izdan chiqqanida hammadan ko'p ma'lum bo'ladi. Sezgilarning buzilishi juda xilma-xildir bular:

Giperesteziya (o'ta ta'sirchanlik), gipesteziya (kam ta'sirchanlik), anesteziya (sezuvchanlikning yo'qolishi), paresteziya (lovullash, sanchib og'rish, tortishish).

Bunday buzilishlar nerv tolalarining xususan tomir innervasiyasining organik va funksional buzilishlarida ro'y berishi mumkin. Sezgilar orasida eng ko'p azob beradigani og'riqdir. Og'riq shakllanishida qobiq, shuningdek qobiqosti xosilalari ishtirok etadi.

Og'riqning signal ahamiyati-xavf solayotgan kasallikni ogoxlantirishdir.

Ayrim patologik xolatlarda ayniqsa, psixik va asab kasalliklarida idrok qilish akti buzilishi mumkin.

Murakkab bilish jarayonlarining buzilishi agnoziyalar deb ataladi. Kurish, eshitish va taktik agnoziyalar farqlanadi. Ular tomir kasalliklari, travmalar, shish jarayoni va boshqa patologik xolatlarda bosh miya qobig'ining lokal shikastlanishida paydo bo'ladi.

Bosh miya organik shikastlanganda, kam xolllarda esa zaxarlanishlarda va somatik kasalliklarda derealizatsiya tipidagi idrok buzilish ro'y berishi mumkin.

Bu murakkab patologik xolat bo'lib, bunda ongning o'ziga xos buzilishi bilan boruvchi idrok buzilishi kuzatiladi. Turli kasalliklarda xotiraning ayrim jarayonlari; esda saqlash, esga tushirish buzilishi mumkin. Buzilishning eng ko'p uchraydigan turlari gipomneziya, amneziya va paramneziya.

Gipomneziya-xotiraning pasayishi bo'lib, charchash vaqtida og'ir kasallikdan so'ng paydo bo'ladi. Kishi sog'aygach xotira joyiga keladi.

To'liq amneziya (qandaydir vaqt orasida ro'y bergan voqealar esdan chiqib qoladi) Qarilikdagi psixozlarda, miyaning og'ir shikastlanishida, karbon oksidi bilan zaxarlanganda kuzatiladi.

Amneziyalarni-retrograd va anteregrad turlari bor.



Retrograd-kasallik, shikastlanishdan oldin bo'lgan voqealar esdan chiqib ketadi.

Anteregrad amneziya-kasallikdan keyin bo'lgan voqealar esda qolmaydi.



Paramneziya (esga tushurishning buzilishi).

Paramneziyaning konfabulyasiya va soxta reminissensiya turlari farqlanadi.



Konfabulyasiya-xaqiqatda bo'lmagan voqea va faktlar xotirada nomoyon bo'lib, bemorlar atrofidagilarni aldash istagisiz amalga oshiradilar. (alkogolizmli bemorlar, psixozlarga uchraydi).

Soxta reminissensiya (noto'g'ri xotiralar) konfabulyasiyadan

barqarorligi bilan farq qiladi.
Sezgi sohasini tekshirish.
Odam teri-muskul sezgisi orqali oqriq xarorat va ta'sirlarni qabul qiladi, hamda boshni, tanani va qo'l-oyoqlarning joylashishini sezadi. Bu turdagi sezgi retseptorlari terida, muskulda, bo'qinlarda va paylarda joylashgan bo'ladi. Terida joylashgan retseptorlarning umumiy soni 2,5 milliondan ortiq bo'lib, shulardan 1,5-2 mln.ni oqriq, 200-300 minggi sovuqni sezuvchi retseptorlar qisoblanadi. Muskul-bo'qin sezgisining retseptorlari esa 500 mingdan ortiqdir.

Sezgining buzilishi turlari ko'p xilda bo'lib, sezgi sohasining zararlanishida oqriq simptomi ko'p uchraydi.Oqriqning joylashishi va xarakteriga ko'ra turli bo'lib, periferik nervlar, orqa ildizcha va ko'ruv do'mboqining zararlanishida kuchli rivojlangan bo'ladi. Oqir impulsning o'tishida qamma afferent-mediator tizimlari (xolinergik, adrenergik, serotoninergik, gistaminergik va b.q.) ishtirok etadi.

Ta'sirni, chumoli o'rmalashi va uvishishni sezish - paresteziya deyiladi. Dizesteziya - bu ta'sirotni boshqa cha qabul qilish bo'lib, bunda taktil sezgini oqriq, issiqni-sovuqdek qabul qilish va x.k. ko'rinishida kuzatiladi. Alloxeyriya - ta'sirotni boshqa cha patologik qabul qilish bo'lib, bunda ta'sir etilgan joydagina emas, simmetrik tana yarmida sezish kuzatiladi.

Poliesteziya - oqriq sezgisini boshqa cha (izvrashenie) sezish turi bo'lib, bunda bitta ta'sirni, ko'p ta'sir etilgandek qabul qilish kuzatiladi.

Anesteziya - sezishning umuman yo’qolishi bo'lib, geliganesteziya-tananing bitta yarmida sezgining yo'qolishi, bitta qo'l yoki oyoqda sezgining yo’qolishi - monoanesteziya, oyoqlarda va tananing pastki qismida sezgining yo'qolishiga-paraanesteziya deyiladi. Gipesteziya - bir turdagi, xamda bir necha turdagi sezishning susayishi bo'lib, sezgining kamayishi turli (gemigipesteziya, monogipesteziya) ko'rinishda bo'lishi mumkin. Giperesteziya-qo'zqalish xalqasining susayishi natijasida, xar-xil turdagi ta'sirlarga sezgining oshishi. Giperpatiya-o'ziga xos sezgi buzilish turi bo'lib, bunda xar qanday kuchsiz ta'sir, agar qo'zqalish xalqasini oshirsa uzoq oqibatli yoqimsiz oqriq xissiyoti bilan xarakterlanadi. Senestopatiya - turli xilda, davomli bezovtalik bemorda sanchuvchi, bosimli, chimchilash va shunga o'xshash xissiyotlarning paydo bo'lishi bo'lib, bunda ularning kelib chiqishida aniq organik sabab kuzatilmaydi.

Yuzaki sezgilarni tekshirish usullari.

Taktil sezgisi.Bunda bemordan ko'zini yumib turish o'raladi va taktil sezgisini tekshirish uchun tekshiriluvchining boshi, tanasi va qo'l-oyoqlarining simmetrik qismlariga paxta yoki yumshoq soch tolalarini sal tegizib, astagina yurgiziladi. Shunday qila turib, har ikki tomondagi ta'sirotni baravar sezayotgan yoki sezmayotganligi so'raladi. Zararlanish simptomlari: bemor zararlanish sohasida ta'sirni sezmaydi (anesteziya) yoki soqlom tomonga qaraganda kuchsiz (gipesteziya) yoki kuchli (gipersteziya) sezadi.



2. Oqriq sezgisi.

Terining oqriq sezgisi oddiy to'noqich yoki igna yordamida tekshiriladi. Buning uchun tekshiriluvchidan ko'zini yumib turish so'raladi va gavdaning simmetrik qismlariga igna sanchib ko'riladi. Tekshiriluvchi ignaning o'tkirligini yoki o'tmasligini aytishi lozim.

Sanchiqini sezmaydi (anesteziya) yoki soqlom tomonga qaraganda kuchsiz (girpesteziya) yoki (kuchli gipesteziya) sezadi.

3. Xarorat sezgisi.

Xarorat sezgisini tekshirishda ikkita probirkadan foydalaniladi, bitta probirkaga 40 S atrofida issiq suv solinadi, ikkinchisiga 18-20 S sovuq suv solinib, tana va qo'l-oyoqlarning simmetrik qismlariga tekkiziladi. Normada issiq va sovuq suv solingan probirkaning ta'sirini yaxshi ajrata oladi.

Zararlanish simptomlari: bemor zararlangan soxada issiq va sovuqni sezmaydi (termoanesteziya), yoki ayrim soxada xarorat sezgisining kamayishi (termogipesteziya) yoki ayrim xollarda xarorat sezgisining oshishi (termogipesteziya) kuzatiladi.

Chuqur sezgini tekshirish.

1. Muskul-bo'qim sezgisi.

Buni tekshirish uchun bemordan ko'zini yumib turish so'raladi va bemorning qo'l va oyoq barmoqini ushlab, barmoqning bo'qimidan bukuvchi va yozuvchi xarakatlar qilinadi. Bu xarakatlar bemordan so'raladi: "qaysi barmoqni ushlaganligini va qaysi tomonga xarakat qilinayotganligiq". Agar ushbu tekshirishda muskul-bo'qim sezgisi distal qismda o'zgarganligi aniqlansa, qo'l yoki oyoqning proksimal qismida xam o'zgarish kuzatiladi. Normada vrachning har bir xarakatini bemor aniq topishi lozim.

Zararlanish simptomlari: vrach zararlanish darajasiga qarab , bemorning qo'l yoki oyoq barmoqlarida, tizza yoki bilak-panjalarida, elka yoki son bo'qimlarida muskul-bo'qin sezgisining buzilganligini aniqlaydi. Masalan: agar katta miyaning tepa qismi zararlansa, zararlanish o'choqining qarama-qarshi tomondagi qo'l-oyoqlardagi bo'qimlarda sezgi buziladi. Muskul-bo'qim sezgisining ikki tomonlama o'zgarishi orqa miyaning orqa ustuni zararlanganda kuzatiladi. Bemor Romberg xolatida ko'zini yumib turganida birdan chayqalishi (orqa ustun ataksiyasi) paydo bo'ladi.

2) Bosim sezgisi.

Tekshirish usullari: tekshiriluvchi yoki bemor yotgan xolatda ko'zini yumish so'raladi va tananing simmetrik qismiga barmoq yoki o'tmas predmet bilan bosiladi. Tekshiriluvchi normada bosimdan ta'sirni va bir xil bo'lmagan bosimni ajrata olishi lozim.

Zararlanish belgilari: bemorga qilinayotgan bosim darajasining farqini sezmaydi, xamda chuqur o'zgarish bo'lganida ta'sir va bosimning orasidagi farqni aniqlay olmaydi.

3) Oqirlik sezgisi.

Buni tekshirishda, ko'zini yumib yotgan bemorning ko'l kaftiga turli oqirlikdagi narsalar qo'yiladi. Tekshiriluvchi normada oqirlikning 1/20 qismining farqini aniqlashi lozim.

Zararlanish simptomi: bemor narsalarning oqirlik farqini aniqlay olmaydi.

4) Vibratsion sezgi.

Bu turdagi sezgini tekshirishda vibritsialangan kamerton oyoqini (buning uchun bir daqiqada 128 yoki 256 marta liqillaydigan kamertondan foydalaniladi) qo'l yoki oyoqning ma'lum bir soxasiga, suyak ustiga (qo'l yoki oyoq barmoqlariga, tovonga va x.k.) qo'yiladi. Xarakatlanayotgan kamertonni birinchi zararlangan soxaga qo'yiladi, agar bemor kamerton xarakatini sezmayotganini aytsa, unda zararlanmagan soxaga quyiladi va kamerton xarakatining davomiyligini sezishi taqqoslanadi.

Zararlanish belgilari: bemor zararlangan soxasida kamerton xarakatini sezmaydi (vibratsionanesteziya) yoki soqlom tomonga nisbatan kam va juda qisqa vaqt sezadi (vibratsiongipesteziya).

Murakkab sezgini tekshirish usullari.

Maxalliy sezgi.

Maxalliy sezgini tekshirishda bemorni ko'zini yumib chalqancha yotish so'raladi va tanasining simmetrik soxasiga ta'sir qilinadi (engil nina sanchish, barmoq uchi yoki biron-bir narsaning uchi, issiq suv solingan probirka) va tekshiriluvchidan ta'sir qilingan soxani qo'l barmoqi bilan ko'rsatish so'raladi. Soqlom odam maxalliy ta'sirni to'qri ko'rsatadi.

Zararlanish simptomlari: bemor ta'sir etilgan joyni aniq ko'rsata olmaydi va ta'sir qilingan joydan boshqa soxani ko'rsatadi. Ayrim xollarda bemor ta'sir etilgan joyning qarama-qarshi simmertik soxani ko'rsatadi (alloxeyriya).

2. Diskriminatsion sezgi.

Bu sezgi turi - bo'lingan prodol plastinka, xarakatlanadigan va xarakatlanmaydigan oyoqcha, xamda ikkita bir xilda ta'sir etadigan qismdan iborat bo'lgan Veber tsirkuli yordamida tekshiriladi. Tekshirishni Veber tsirkulining ikki uchini 8-10 sm oralihida chizib, keyin tsirkulning ikki uchini bir-biriga yaqinlashtiradi va bemordan ta'sir etayotgan tsirkulning ikki uchini qachon bitta sezganda aytish so'raladi, qachonki ikki ta'sirni bitta sezguniga qadar tsirkul yaqinlashtiriladi.

Tsirkulning ikki oyoqi bir-biridan kichik oraliqdagi masofada bo'lganida, bu ta'sirni farqlay oladigan soqlom odamlar tanasining turli soxasida bir xilda emasligi aniqlaydi. (kaftda 2 mm dan orqada va belga 60 mm gacha).

Zararlanish simptomlari: bemor bir vaqt dagi ikki ta'sirni bitta sezadi yoki normadan ancha uzoq oraliqdagi ikki ta'sirni farqlay olishi mumkin.



Download 68,47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish