33
uning falsafasi toʻgʻrisida soʻz yuritish mutlaqo oʻrinli boʻladi va bunga biz
kundalik hayotda tez-tez duch kelamiz.
Biroq ayni holda bizni fan sifatidagi, ayrim insonning emas,
balki
butun jamiyatning rivojlanish mahsuliga aylangan ijtimoiy hodisa sifatidagi
falsafa qiziqtiradi va ayni shu sababli yuqorida keltirilgan ta‘rifda «inson»
tushunchasi yigʻma ma‘noda qoʻllanilgan. Bu erda shuni ta‘kidlab oʻtish
lozimki, garchi falsafaning predmetiga biz umumiy nuqtayi nazardan ancha
keng ta‘rif bergan boʻlsak-da, ayrim tarixiy davrlarda odatda u yoki bu
sabablarga koʻra muayyan masalalar doirasi falsafiy tadqiqotlarda birinchi
oʻringa chiqadi.
Masalan,
qadimgi
Yunonistonda kosmotsentrizm
ilk
falsafiy
ta‘limotlarning oʻziga xos xususiyati boʻlib, bunda asosiy e‘tibor «kosmos»,
«tabiat»ni anglab etishga qaratilgan. Keyinchalik,
qadimgi yunon shahar-
polislari ravnaq topgan davrda faylasuflar diqqat markazidan ijtimoiy
muammolar, axloq, davlat qurilishi masalalari oʻrin oldi. Evropada
xristianlikning, Sharqda islom dinining vujudga kelishi va mustahkamlanishi
natijasida oʻrta asrlar falsafasi teotsentrik (yunon. theos – markazdan oʻrin
olgan xudo) xususiyat kasb etdi, ya‘ni Xudo va u yaratgan olam falsafiy
qiziqishlarning asosiy predmetiga aylandi. Uygʻonish davrida falsafa san‘at
(estetika)ga va koʻp jihatdan insonga murojaat qilindi. Yangi davr deb
nomlanuvchi XVII-XVIII asrlarda falsafa tobora kuchayib borayotgan fan
bilan uzviy bogʻlandi, natijada falsafiy tadqiqotlarning
diqqat markazidan
bilish va ilmiy metodlar masalalari oʻrin oldi.
XIX asrning ikkinchi yarmida yuz bergan «klassik falsafa» va
ratsionallik inqirozi irratsionallik, intuitivlik, ongsizlik muammolarini
namoyon etdi, XX asrning birinchi yarmida ular «noklassik falsafa»
tahlilining asosiy predmetiga aylandi, bu esa, oʻz navbatida, matnlar
mantigʻi, tili, ularni talqin qilish va sharhlashga alohida qiziqish uygʻonishiga
olib keldi. XX asrning soʻnggi oʻn yilliklarida hozirgi madaniyatdagi inqiroz
hodisalarini va yangi
axborot texnologiyalarining, shuningdek ommaviy
kommunikatsiya vositalarining jadal suratlarda rivojlanishi bilan belgilangan
muammolarni kun tartibiga qoʻygan postnoklassik falsafa shakllandi. Bu
falsafa vakillari «tarixiy rivojlanishning tugallanganligi», barcha ma‘nolar va
gʻoyalar «aytib boʻlinganligi» haqida mushohada yuritib, inson oʻziga
yogʻilayotgan axborotga ishlov berishga qodir emasligiga e‘tiborni qaratar
ekan, notizimlilik, Evropa anʻanaviy falsafiy bilimining negizlari, qadriyatlari
va chegaralarini oʻzgartirish gʻoyasini ilgari surdilar.
Nihoyat, XX–XXI asr oraligida eng yangi falsafada birinchi oʻringa
chiqqan va eng muhim mavzular qatoridan oʻrin olgan yana bir mavzu
globallashuv jarayonlarining mohiyatini va ularning rivojlanish yoʻnalishini
aniqlashga alohida e‘tibor qaratildi. Bu jarayonlar hozirgi vaqtda jamiyat
hayotining deyarli barcha jabhalarini qamrab oldi va davrimizning
34
olamshumul
muammolarini yuzaga keltirdiki, ularning nazariy va amaliy
yechimini topish bu muammolarni shu jumladan falsafiy darajada anglab
etishni ham nazarda tutadi. Xalqaro miqyosda alohida e‘tibor berish va
kelishilgan harakatlarni taqozo etuvchi eng muhim muammolar qatoriga
ekologiya, demografiya, xavfsizlik,
xalqaro jinoyatchilik, energetika
resurslari, qashshoqlikka chek qoʻyish muammolarini kiritish mumkin.
Koʻrib turganimizdek, falsafaning predmetini qandaydir bitta, qat‘iy
cheklangan, muayyan masalalar doirasi bilan bogʻlash mumkin emas. U vaqt
omiliga va obyektiv sabablar toʻplamiga qarab, doim u yoki bu muammo yo
ularning muayyan majmui tarzida birinchi oʻringa chiqadi. Ammo bu boshqa
mavzu, masala va muammolar oʻz ahamiyatini yoʻqotadi va falsafa
chegarasidan chetga chiqadi, uning tahlil predmeti boʻlmay qoladi, degan
ma‘noni anglatmaydi.
Bosh mavzularni ikkinchi, uchinchi yoki undan ham
keyingi oʻringa surib qoʻyadi, ular muayyan davrda va tegishli sharoitda
falsafiy diqqat markazidan oʻrin olish yoki falsafiy muammolarning
ustuvorliklar yunalishi boʻylab yuqoriga koʻtarilish uchun oʻz vaqtini
«kutib», goʻyoki panada turadi, desak, toʻgʻriroq boʻladi. Ayni shu sababli
biz falsafa tarixida qiziqishlardagi ustuvorliklarning muttasil oʻzgarishini, u
yoki bu
masala bosh masalaga aylanishi, falsafiy hamjamiyatning asosiy
e‘tibori ma‘lum vaqt mobaynida unga qaratilishini koʻramiz.
Do'stlaringiz bilan baham: