Jinoyatchilik va unga qarshi kurash muammolari qadimiy tarixga



Download 27 Kb.
bet1/5
Sana18.01.2022
Hajmi27 Kb.
#388428
  1   2   3   4   5
Bog'liq
INTERPOL


Jinoyatchilik va unga qarshi kurash muammolari qadimiy tarixga

ega bo‘lib tarixning barcha davrlarida jamiyki davlatlar kun tartibida

bo‘lib kelgan, biroq aynan XIX-XX asrlarda jinoyatchilikning eng xavfli turlariga qarshi kurashishda davlatlararo o‘zaro yordam ko‘rsatish zarurati tug‘ildi va bu quyidagi bir qator omillar bilan izohlanadi: davlatlararo aloqalarning rivojlanishi, chegaraviy jarayonlarning soddalashuvi, turizmning rivojlanishi jinoyatchilarning bir davlatdan boshqa davlat hududiga o‘tish imkoniyatining oshishiga, uyushgan jinoyatchilikning o‘sishiga olib keldi, kontrabanda, giyohvandlik vositalari noqonuniy savdosi, terrorizm, “odam savdosi”, qalbaki pullarni tayyorlash kabi jinoyatlar ko‘plab davlatlarning diqqat markazidan o‘rin oldi va bu jinoyatlar o‘z xususiyati hamda jamiyat va ayrim shaxslarga keltirgan zarari hajmiga ko‘ra yagona, umum e’tirof etilgan va davlatlararo muvofiqlashtirilgan kurashni, taktik, texnik choralar qo‘llashni taqozo etdi, yashiringan jinoyatchilarni qidirib topish va ushlashni qat‘iy protsessual unifikatsiya qilish, jinoyatchilarni ushlab berish (ekstraditsiya) tartibini muvofiqlashtirish zaruratini yuzaga keltirdi.

Uzviy hamkorlik qilish zarurati kriminal politsiyaning milliy xizmati vakillarini turli darajada rasmiy va norasmiy shakllarda aloqa qilish ehtiyojini tug‘dirdi. Kriminologlar va kriminalistlar tomonidan nazariyada jinoyatchilikka qarshi kurash sohasida kuchlarni birlashtirish zaruratini anglab etilishi qator xalqaro forumlarni o‘tkazilishiga olib keldi va bular Interpolning yaratilishida noldin o‘tkazilgan, xususan:
- 1889-yilda Bryusselda (F. fon List tashabbusi bilan) jinoyat huquqi xalqaro uyushmasining ta’sis majlisi o‘tkazildi va unda jinoyatchilik sabablari va unga qarshi kurashning ilmiy tadqiq etilishidan tashqari qator davlatlar politsiyalarini doimiy amal qiluvchi, tashkiliy rasmiylashtirilgan dastlab milliy, so‘ng xalqaro miqyosda hamkorligi tartibida amalga oshiruvchi aksiya o‘tkazish taklifi ilgari surildi;

- 1905-yilda amburgda bo‘lib o‘tgan xalqaro kriminalistlar ushmasining o‘ninchi xalqaro assambleyasida barcha davlatlarda politsiya tuzilmalari tarkibida xalqaro jinoyatchilikka qarshi kurash markaziy byurolarini tuzish, alohida jinoyat turlariga qarshi kurash bo‘yicha xalqaro politsiya markazlari tuzish taklifi bildirilgan;

- 1910-yilda Buenos-Ayresdan (Argentina) xalqaro kriminalistlar

uyushmasining butunjahon politsiya uyushmasini tuzish taklifi kelib tushgan;

- 1912-yilda Myunxen va Drezdenda ichki german politsiya konferensiyasida nemis kriminalistlari, shuningdek kriminal politsiya

xizmatlarining xalqaro hamkorligi masalalari muhokama etildi.

- 1914-yilda Monakoda jinoyat politsiyasining I Xalqaro kongressi

bo‘lib o‘tdi. 14 mamlakatning yuristlari va politsiya xizmatchilari, shu

jumladan , Rossiya imperiyasining Ichki ishlar vazirligi vakillari tomonidan turli mamlakatlar politsiya organlarining jinoyatchilikka qarshi kurash bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtirish, xalqaro kriminal ma‘lumotni hisobga olish bo‘limini ta’sis etish va jinoyatchilarni ushlab berish (ekstraditsiya) jarayonlarini unifikatsiya qilish imkoniyati muhokama etildi. Birinchi jahon urushi o‘zaro kelishilgan choralarni amalga oshirishni to‘xtatib qo‘ydi. 1923-yilda ikkinchi jinoyat politsiyasining II Xalqaro kongressi bo‘lib o‘tib, uning natijasi o‘laroq xuddi shu yilning 7-sentabrida doimiy faoliyat yurituvchi tashkilot – jinoyat politsiyasi Xalqaro komissiyasi (The International Criminal Police Commission, ICPC, 1923) ta’sis etildi.

- 1950-yillarning o‘rtalarida uning faoliyati huquqiy asoslari va

tashkil etilishini takomillashtirish zarurati tug‘ildi: 1956-yilda jinoyat politsiyasi Xalqaro komissiyasining 25-sessiyasida bir ovoz bilan ustav qabul qilindi va unda komissiya jinoyat politsiyasi Xalqaro tashkiloti

(Interpol) deb nomlandi. Tashkilot nomi ingliztilida The International Criminal PoliceOrganization – INTERPOL (qisqartma nomiinglizcha Internationalpolice dan kelib chiqqan). 1966-yilda Interpol BMT tomonidanxalqaro 1971-yilda esa hukumatlararo tashkilotdeb tan olingan. 1996-yildan BMT Bosh assambleyasi sessiyalari va faoliyatida kuzatuvchi sifatida ishtirok etib keladi. 100 dan ortiq davlat Interpol a’zosihisoblanadi, uning markaziy organlari Lion shahri (Fransiya)da joylashgan. Interpol faoliyatining huquqiy asosi uning ustavi va reglamenti hisoblanadi. 1956-yil 13-iyunda kuchga kirgan ustav 1923-yilgi ta’sis hujjatining o‘rnini egalladi.

Interpolni tashkil etish va rivojlanishining murakkab tarixi, uning

xalqaro tashkilot sifatida o‘ziga xosligi, jahon hamjamiyatining XX-XXI asrlardagi tobora murakkablashib boruvchi hayoti bilan uzviy aloqasi uning huquqiy maqomi (status)ni aniqlashda muayyan qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi.

1923-yilda jinoyat politsiyasi Xalqaro komissiyasi sifatida tashkil

etilgan vaqtdan boshlab Interpol muhim xalqaro politsiya tashkilotiga aylanish maqsadida o‘z a’zolarini doimiy ravishda kengaytirib bormoqda. Hamkorlik modeli siyosatiga tayangan holda tashkilotning rasmiy maqsadlari turli millatlar tegishli milliy qonunchilik doirasida, Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasiga amal qilgan holda politsiyalar o‘rtasida hamkorlikka ko‘maklashish va ta‘minlashdan iborat. Ikkinchi jahon urushidan so‘ng tashkilot qayta tashkil etilib Interpol siyosiy, irqiy va diniy masalalarni chetlab o‘tgan holda, jinoiy huquqbuzarliklarga ixtisoslashdi.

Interpol tarixini huquqiy nuqtai nazardan tahlil etib quyidagilarni

qayd etish joiz:

Ko‘p tomonlama a’zolik, muntazam organlar, ta’sis shartnomalari, suverenitetni hurmat qilish va a’zo davlatlarning ichki ishlariga

aralashmaslik, qarorlarning qabul qilinishi va kuchga kirish tartibi belgilari tashkilot tomonidan 1923-1930-yillarda qo‘lga kiritilgan.

Xalqaro huquqlarning Mustaqilligi belgilari (immunitet va imtiyozlar, shtab kvartiraning Mustaqilligi, personalning immuniteti, arxivlarning, xizmat yozishmalari va barcha turdagi aloqalarning daxlsizligi, bevosita soliq va bojxona yig‘imlaridan ozod etilganlik, valyuta imtiyozlari, tashkilot rahbarining diplomatik dahlsizligi va boshqalar) 1956-1984-yillarda rasmiylashtirildi.
Interpol funksiyalari:

- Tayyorlanayotgan va sodir etilgan jinoyatlar va huquqbuzarliklarning

oldini olish hamda chora qo’llash;

- Sodir etilgan jinoyatlarni fosh etish;

- Jinoyat(huquqbuzarlik) sodir etgan shaxsni aniqlash, izlash va tutish;

- Kriminalistik (politsiya) hisobini olib borish;

- Tayyorlanayotgan va sodir etilgan jinoyatlarni oldini olish hamda fosh

etish uchun zarur bo’lgan tezkor-qiduruv tadbirlarni amalga oshirish.


Interpol xalqaro tashkilot sifatida huquqiy maqomning quyidagi turlarini bosib o‘tgan: noMustaqil nohukumat (1923-1930-yillarda), nohukumat (1930-1984- yillarda), hukumatlararo ( 1984-yildan boshlab) Interpolning tahlil etilayotgan “xalqaro hukumatlararo tashkilot” ta’rifi uning ixtisoslashtirilgan tavsifini (universaldan farqli o‘laroq) namoyon etmoqda:

– faoliyat yo‘nalishiga ko‘ra– huquqiy;

– faoliyat maqsadi va prinsiplariga ko‘ra – maxsus vakolatli,

xususan, turli mamlakatlar vakolatli organlarining keng hamkorligi orqali xalqaro xarakterdagi jinoyatlarning oldini olish. Biroq JPXT (MOUP) turli davlatlar jinoyat politsiyalarining tashkiloti sifatida baholab bo‘lmaydi, chunki ayrim mamlakatlar Interpolda aynan politsiya emas, boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan taqdim etilgan bo‘lishi mumkin bo‘lib, ular Ustavning 7-moddasiga asosan vakolatli hisoblanadi;

– tashkilot a’zolarini qabul qilish tartibiga ko‘ra – ochiq (Ustavning 4-moddasi):

– egallagan hududi hajmiga ko‘ra – butunjahon;

– ishtirokchilari doirasiga ko‘ra – universal(unga iqtisodiy boy va kambag‘al, demokratik va avtoritarrejim hukm surgan, dunyoviy va

diniy, federativ va unitar davlatlar kiradi).

Huquqiy maqom tahliliga bo‘yicha xulosa sifatida qayd etish joizki, Interpol, xalqaro huquq normalariga rioya etgan holda, o‘z kuchi bilan Mustaqil tergovni amalga oshirish, jinoyatlarni ochish va turli mamlakatlarda jinoyatlarni qidirish bilan shug‘ullana olmaydi (ya’ni unga a’zodavlatlar tomonidan vakolat berilgan milliy tashkilot hisoblanmaydi), biroq bugungi kunga kelib – o‘z axborot, texnik va tashkiliy imkoniyatlariga ko‘ra xalqaro jinoyatchilikka qarshi kurashuvchi va uning oldini oluvchi ilg‘or va yagona tashkilot hisoblanadi. O‘zining 80 yillik tarixi mobaynida Interpol 20 a’zosiga ega noMustaqil nohukumat tashkilotidan BMT bilan bir qatorda turuvchi 190dan ortiq a’zo davlatlariga ega butunjahon hukumatlararo tashkilotigacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tdi.

Ustav Interpol vakolatini, uning maqsad va vazifalarini, jinoyatchilikka qarshi kurashda xalqaro hamkorlik prinsiplarini tartibga soluvchi hujjat hisoblanadi. Aynan ushbu hujjat uning tuzilmaviy tashkilotining Mustahkamlab qo‘ygan bo‘lib, u Interpol tomonidan bajariladigan vazifalardan kelib chiqib keyinchalik hosil etilgan va qator xalqaro tashkilotlar namunaviy tuzilmasiga muvofiq hisoblanadi.

Dastlabki to‘rt qoida Ustavning umumiy qoidalaridan iborat. Uning 1-moddasida Tashkilot nomi: «Xalqaro jinoyat politsiyasi tashkiloti (Interpol)» va rasmiy joylashgan o‘rni— Fransiya belgilangan. Ustavga muvofiq (2-modda) turl mamlaktlar politsiya organlarining (muassasalarining) umumjinoiy jinoyatchilikka qarshi kurash faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Xalqaro jinoyat politsiyasi tashkiloti (Interpol), quyidagi maqsadlarda tashkil etilgan:

a) barcha jinoyat politsiyasi organlarining (muassasalarining)

mamlakatlarning amaldagi qonunchiligi doirasida va Inson huquqlari

umumjahon Deklaratsiyasiga rioya qilgan holda keng hamkorligini

ta‘minlash;

b) Jinoyatchilikni oldini olish va unga qarshi kurashishga yaqindan ko‘maklashuvchi muassasalarni tashkil etish va rivojlantirish.

Interpolni tashkil etish va faoliyatning huquqiy tartibga solinishi

asosida bir qator umumiy va maxsus prinsiplar yotadi44.



Download 27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish