Falsafaning asosiy masalalari
. Falsafaning uzoq tarixiga umumiy
nazar tashlasak, olam va insonning kelib chiqishi, rivojlanishi va mohiyatiga,
shuningdek, hayotning ma‘nosi, inson bilishining tabiatiga tegishli «boqiy»
falsafiy muammolar deyarli barcha falsafiy ta‘limotlarda u yoki bu tarzda
mavjudligini, turli falsafiy asarlarda, ular aynan kimga qarashliligi va qaysi
davrga mansubligidan qat‘i nazar, qisman yoki, aksincha, atroflicha
muhokama qilinishining guvohi boʻlishimiz mumkin. Darhaqiqat, ong,
tafakkur, ruh, ideallik va ularning materiya, tabiat, borliq bilan oʻzaro nisbati
masalalariga oʻz munosabatini bildirmagan yoki, oʻz mulohazalari va
xulosalarida shubha qilmagan faylasufni topish mushkul. Bu hol oʻz vaqtida
olimlar tomonidan «falsafaning asosiy masalasi»ni ta‘riflashiga turtki bergan
boʻlib, unda ikki jihat alohida ajralib turadi.
Birinchi jihat moddiylik va ideallikning oʻzaro nisbatiga tegishli. Savol
shunday qoʻyiladi: «Materiya birlamchimi yoki ruh (ong)mi?» yoki,
«Tafakkur va borliqning nisbati masalasi butun, ayniqsa, eng yangi
falsafaning buyuk asosiy masalasidir».
Ikkinchi jihat birinchi jihat bilan uzviy bogʻliq boʻlib, quyidagicha
ta‘riflanadi: «Dunyoni bilish mumkinmi?» Boshqacha aytganda: «Biz
haqiqiy dunyo haqidagi oʻz tasavvurlarimiz va tushunchalarimizda borliqni
toʻgʻri aks ettirishga qodirmizmi?».Bu masalada materialistlar va
idealistlarning qarashlari ziddiyatli harakterga egadir.
35
U yoki bu faylasuflar savolning birinchi qismiga qanday javob
berishiga qarab, dunyo azaldan moddiy, ong esa bu materiyaning mahsulidir,
deb hisoblovchilar materialistlar va dunyo zamirida materiyadan oldin paydo
boʻlgan va uni yaratuvchi ideal narsalar va hodisalar yotadi, degan fikrni
himoya qiluvchi idealistlarga ajratiladi.
Bunda idealizmning ikki turi – obyektiv va subyektiv idealizm
farqlanadi. Obyektiv idealistlar - qandaydir nomoddiy va inson ongiga
bogʻliq boʻlmagan (ya‘ni obyektiv mavjud boʻlgan) narsalar va hodisalarni (
Xudo,dunyoviy aql, gʻoya, ruh va shu kabilar) butun borliqning asosi deb
e‘tirof etadilar. Falsafa tarixida Platon, Avliyo Avgustin, Foma Akvinskiy,
G.Gegel,
,
N.Berdyaev
kabi
mutafakkirlar
obyektiv
idealizm
namoyandalaridir. Subyektiv idealistlar - dunyo faqat individual (subyektiv)
ong mahsuidir deb hisoblaydilar. J.Berkli, D.Yum, I.G.Fixte subyektiv
idealizmning yorqin namoyandalari hisoblanadi.
Falsafa tarixida materialistik yoʻnalishlar va oqimlar ham anchaginadir.
Sodda mateializm materiyani yaratish va yoʻq qilish mumkin emasligi
haqidagi ta‘limotdir. Sodda materializm vakillari :qadimgi xitoy faylasuflari
– Lao szi, Yan Chju;
• qadimgi hind faylasuflari – lokayata yoʻnalishi namoyandalari;
• qadimgi davrning mashhur faylasuflari – Geraklit, Empedokl,
Demokrit, Epikur va boshqalar.
• qadimgi Markaziy Osiyo faylasuflari- Zardoʻsht Sepitoma kabilardir.
Klassik mexanika vujudga kelgan va faol rivojlangan Yangi davrda
mexanistik materializm (P.Golbax, P.Gassendi, J.Lametri) ayniqsa,keng
tarqaldi.
XVIII–XIX asrlarda falsafiy materializmning yoʻnalishlari:
- antropologik materializm (L.Feyerbax);
- vulgar materializm (Fogt, Byuxner, Moleshott);
- dialektik materializm (K.Marks, F.Engels) shakllandi.
Biroq,shuni ham ta‘kidlab oʻtish lozimki, mazkur qora materialistlar
yoki idealistlar deb nomlanuvchi u yoki bu faylasuflar bunday farqlashga
asossiz sxemalashtirish va soddalashtirish deb qarab,
oʻzini bu
yoʻnalishlarning birortasiga ham mansub deb hisoblamasligi mumkin.
Bunday qarashlar shu bilan izohlanadiki, toʻgʻridan-toʻgʻri va uzil-kesil
tarzda, bu muammoni tushunishga nisbatan boshqacha yondashuvlarni
e‘tiborga olmasdan ta‘riflangan «falsafaning asosiy masalasi» muqarrar
tarzda barcha faylasuflarni ikki katta qarama-qarshi lagerga – materialistlar
va idealistlarga ajratadi va bu hodisaning ayrim koʻrinishi sifatida faqat
moddiy va ma‘naviy substansiyalarni teng huquqli asoslar deb hisoblovchi
dualistlarnigina (masalan, R.Dekart) farqlaydi.
Ammo falsafiy tafakkur tarixida u yoki bu faylasuflar fikriga koʻra eng
muhim deb qaraladigan boshqa muammolar ham mavjud. Ayni shu sababli
36
aksariyat faylasuflar substansiya (dunyoning birinchi asosi) haqida mulohaza
yuritar ekan, mazkur masalaning qoʻyilishini «falsafaning asosiy masalasi»
bilan bogʻlashga moyil emas. Masalan;
ilk antik faylasuflar uchun falsafaning asosiy muammosi: «Dunyo
nimadan yaratilgan?», degan savol bilan bogʻlangan. Oʻsha davrda bu savol
eng muhim, asosiy, birinchi darajali hisoblangan.
Oʻrta asrlar sxolastikasi nuqtayi nazaridan «falsafaning asosiy
masalasi» quyidagicha ta‘riflanishi mumkin: «Xudoning borligini qanday
qilib oqilona asoslash mumkin?» Hozirgi diniy falsafiy konsepsiyalar,
xususan neotomizm uchun u hozir ham bosh masala boʻlib qolmoqda. Ibn
Sino fikricha, falsafaning asosiy masalasi – mavjudotni barcha mavjud
narsalarni kelib chiqishi, targʻiboti oʻzaro munosabati, biridan-ikkinchisiga
oʻtishni har tomonlama tekshirish uchun zaruriy imkoniyat, voqelik sabab
tamoyillarini asos qilib olishdan iborat
1
.
Yangi davrda I.Kant yondashuvi diqqatga sazovor boʻlib, u «Inson
nima?» degan savolni mohiyat e‘tibori bilan falsafaning asosiy masalasi deb
hisoblaydi. Uning fikricha, inson ikki dunyo – tabiiy zarurat va ma‘naviy
erkinlikka mansub boʻlib, ularga muvofiq odamzot, bir tomondan, tabiat
mahsuli hisoblanadi, boshqa tomondan esa, u «erkin harakat qiluvchi
mavjudotning oʻz-oʻzidan yaratish»
2
natijasidir.
Ekzistensializm falsafasida esa har bir individ oʻzi uchun oʻzi hal
qilishi lozim boʻlgan «Hayot yashashga arziydimi?», degan muammo asosiy
masala sifatida e‘tirof etiladi, zero, mazkur yoʻnalish namoyandalarining
fikriga koʻra, bu savolga javobsiz qolgan hamma narsa oʻz ma‘nosini
yoʻqotadi. Fransuz ekzistensialist faylasufi A.Kamyu ta‘biri bilan aytganda:
―Hayot yashashga arzishi yoki arzimasligi masalasini hal qilish, falsafaning
asosiy masalasiga javob topish demakdir‖
3
. Masalan, pragmatizm asosiy
e‘tiborni haqiqat tushunchasiga va uni aniqlash muammosiga qaratadi. Bu
yoʻnalish vakillarining fikriga koʻra, falsafa avvalo ayni shu muammo bilan
shugʻullanishi va insonga amalda foyda keltirishi lozim.
Falsafaning strukturasi. Dunyoni bilish imkoniyati toʻgʻrisidagi masala,
«inson tafakkuri dunyoni haqqoniy bilishga qodirmi, u oʻzining haqiqiy
dunyo haqidagi tasavvurlarida voqelikni toʻgʻri aks ettirishga qodirmi»,
degan savol falsafa asosiy masalasining gnoseologik tomonini oʻzida
ifodalaydi.
«Dunyo – inson» tizimidagi munosabatlarning rang-barangligi
predmetli-amaliy, gnoseologik, akseologik, estetik, axloqiy va boshqa xil
munosabatlar bilan belgilanadi. Quyidagilar falsafiy bilimning strukturasi
hisoblanadi:
1
Ибн Сино. Донишнаме. – М: 1957, с.7.
2
Кант И. Соч. Т.6, - М: Наука, 1997. С.351.
3
Камю А. Всемирная энциклопедия. Философия. – М.: Современные тетради, 2001. С. 344.
37
• ontologiya – mavjudlik, borliq haqidagi bilim;
• gnoseologiya (boshqa bir terminologiyaga koʻra – epistemologiya) –
bilish nazariyasi;
• ijtimoiy falsafa – jamiyat haqidagi ta‘limot;
• etika – axloq haqidagi ta‘limot;
• estetika;
• mantiq;
• aksiologiya - qadriyatlar haqidagi ta‘limot;
• falsafiy antropologiya – inson haqidagi ta‘limot va boshqalar.
Falsafa ularning muhim xususiyatlari, birinchi sabablari va asoslarini
aniqlashdan manfaatdor. U yoki bu munosabatni dunyoga yondashuv mezoni
sifatida tanlash (masalan, dunyoga uygʻunlik, goʻzallik, mutanosiblik nuqtayi
nazaridan yondashish) u yoki bu falsafiy fanni (ayni holda estetikani)
belgilaydi. Dunyoga uni bilish imkoniyatlari va qonuniyatlari nuqtayi
nazaridan yondashish bilish nazariyasi – gnoseologiyani vujudga keltiradi.
«Inson – dunyo» tizimiga hokimiyat munosabatlari nuqtayi nazaridan
yondashish siyosatshunoslikning predmetini tashkil etadi. Munosabatlar
oʻzagini axloqiy me‘yorlar tashkil qilishi etika sohasida namoyon boʻladi.
Shunday qilib, falsafaning asosiy masalasi falsafaning strukturasida
namoyon boʻladi. Boshqacha qilib aytganda, uning asosiy masalasi xususida
mulohaza yuritish jarayonida biz borliq nima, tafakkur nima degan savollarga
turli xil javoblar olamiz. Vaqt oʻtishi bilan bu javoblar oʻz dalillar tizimi,
metodologik tamoyillarini shakllantiradi va falsafiy yoʻnalishlarga aylanadi.
Masalan, borliqda eng avvalo faqat fan doirasida aniqlanishi va til tizimida
belgilar yordamida ifodalanishi mumkin boʻlgan aloqalar va qonuniyatlarni
koʻrish maxsus yoʻnalish – pozitivizm, aniqroq aytganda, uning oxirgi
bosqichi – analitik falsafa nuqtayi nazari bilan muvofiq keladi. Bu erda borliq
nima degan masala u yoki bu bilimlarni toʻgʻri ifodalash muammosiga, til
tahliliga borib taqaladi. Analitik falsafa doirasida «lingvistik burilish» amalga
oshirilgan va til falsafasi butun falsafaning asosi sifatida qabul qilingan.
Pozitivizm falsafani konkret fanlarga qarama-qarshi qoʻyadi va ilmiy
bilimni dunyoni oʻzlashtirishning birdan-bir ijobiy shakli deb e‘tirof etadi.
Metafizika falsafaning sinonimi sifatida eng avvalo til mantiqiy me‘yorlari
nuqtayi nazaridan mazmundan xoli deb e‘lon qilinadi. Neopozitivistlar
fikriga koʻra, falsafaning hayot mazmuni, cheklilik va cheksizlik, borliqning
birinchi asoslari, universumning atributivligi kabi azaliy muammolari soxta
tushunchalar sanalgan atamalar yordamida shakllantiriladi, zero ularga
berilgan ta‘riflarni tekshirish mumkin emas.
Ayni shu darajada fan falsafasi ham amal qiladi va ilmiy bilish faoliyati
muammolarini tadqiq etadi. Avvaliga unda ilmiy faoliyatni muayyan
metodologik tamoyillar va normativ-mantiqiy ideallar bilan muvofiq holatga
keltirish, aniqroq aytganda fanni fizika tili negizida unifikatsiya qilish
38
vazifasi qoʻyilgan edi. U fizikalizmga qarab moʻljal olardi. Keyinchalik
bilishning ijtimoiy-madaniy omillariga qiziqish sezilarli darajada kuchaydi.
Bilish jarayoniga normativ yondashuvning imkoniyatlari tor ekanligi
namoyon boʻlganidan soʻng ilmiy bilish faoliyati me‘yorlarining relyativligi
gʻoyasi tugʻildi. Fan falsafasiga ijtimoiy-madaniy bilim (sotsiologiya,
psixologiya, lingvistika, antropologiya va kulturologiya) natijalari va
metodlari kirib kela boshladi.
Borliq nima?, Bu savolga javob izlar ekan, falsafa borliqni eng avvalo
inson mavjudligi dunyosi sifatida qayd etuvchi nuqtayi nazarda toʻxtaydi. Bu
oʻziga xos tushunchalar apparatiga ega boʻlgan ekzistensial falsafa vujudga
kelganini anglatadi. Ikkinchi jahon urushidan, insoniyat sivilizatsiyasida yuz
bergan tub oʻzgarishlardan soʻng borliq insoniyat koʻz oʻngida metafizik
dahshat, qoʻrquv, tashvish, zerikish va hatto behuzurlik tarzida namoyon
boʻladi. Ekzistensial falsafa ikki yoʻnalishda – ham diniy, ham ateistik falsafa
sifatida rivojlanadi. Diniy ekzistensial falsafa borliqni e‘tiqod sifatida
tushunadi, e‘tiqodni va ayni paytda uning inson borligʻi ufqida paydo
boʻlishini «haqiqiy mavjudlik»ka erishish usuli deb e‘lon qiladi. Ateistik
ekzistensializmda esa butunlay boshqacha kayfiyat hukm suradi. Ta‘riflarda
koʻp sonli ziddiyatlar mavjudligi tufayli Xudoning borligi inkor etiladi.
Mustaqil va anonim tarzda oʻz-oʻzida mavjud boʻlgan borliq ongga ega
boʻlishi mumkin emas, u insonga nisbatan rahmsizdir, bu esa amalda Xudo
yoʻqligini anglatadi, degan xulosaga kelinadi.
Borliq hayot fenomeni sifatida, materiya va ruhning ajralishidan oldin
yuz bergan yaxlit organik jarayon sifatida talqin qilinganda hayot falsafasi
paydo boʻladi. Bu erda birlamchi hayot voqeligi oʻzini turli xil koʻrinishlarda
namoyon etadi. Nitshening volyuntarizmida u «hokimiyatga intilish» sifatida
namoyon boʻladi. Bergson tasavvurida hayot kosmik yuksalish boʻlib, uning
mohiyati ong va oʻta yuksak ong bilan belgilanadi. Diltey va Zimmel hayotni
madaniy-tarixiy xususiyatga ega boʻlgan kechinmalar oqimi sifatida
tavsiflaydi. Biroq taklif qilingan talqinlarning barchasida hayot ijodiy
shakllanish jarayoni sifatida namoyon boʻladi.
Harakat, eng avvalo – oqilona unumli harakat sifatida tushunilgan
borliq AQSHda keng tarqalgan pragmatizm sohasiga olib kiradi. Ushbu
falsafiy konsepsiyaga koʻra har qanday harakat kelajakka qaratilgandir.
Amerikalik faylasuf Ch.Pirs (1839–1914)ning: «Narsa gʻoyasi uning hissiy
oqibatlari gʻoyasidir», degan tezisi pragmatizmning manifesti sifatida
qaralishi mumkin. Haqiqat u yoki bu gʻoya‘ning samaraliligi va ish
qobiliyati, uning maqsadga erishish uchun foydaliligi demakdir.
Borliqqa intuitiv tarzda anglab etiladigan sir sifatida yondashuv,
intuitivizm deb nomlanadi. Intuitsiya intellektga qarama-qarshi turadi va
predmetning mohiyatiga biron-bir manfaatni koʻzlamasdan, xolisona nazar
39
tashlashni, subyekt va obyekt oʻrtasidagi masofani qisqartirishni nazarda
tutadi. Intuitivizmda bilim kechinma tarzida amal qiladi.
Borliq vaziyatlardan tarkib topsa va ularni talqin qilish usuli birinchi
darajali ahamiyat kasb etsa, demak, bu erda gap germenevtika haqida boradi.
Uning doirasida tushunuvchi talqin qilish borliqni gavdalantirishning asosiy
modusi hisoblanadi. Biror narsani tushunish uchun uni tushuntirish kerak,
tushuntirish uchun esa – tushunish zarur.
Falsafiy muammolar mohiyatini tushunib yetish, ularning eng
muhimlarini aniqlash va nihoyat, falsafiy bilimlar bilan oshno boʻlish –
koʻrsatilgan boʻlimlarni sinchiklab oʻrganish, bunda ularga yaxlit bir
butunning tarkibiy qismlari sifatida yondashish demakdir. Pirovardida biz
falsafaning oʻziga xos tili, oʻz yondashuvlari va metodlari, nihoyat, tabiat,
jamiyat va tafakkurga oid eng muhim aloqalar, xossalar va qonunlarni oʻzida
aks ettiruvchi umumiy tushunchalar – kategoriyalar tizimi vujudga
kelganining guvohi boʻlamiz. Bunda falsafadagi har bir boʻlim yoki yoʻnalish
ham oʻz tushunchalar apparatiga, ya‘ni bilimning faqat shu sohasiga xos
boʻlgan va uning asosiy mohiyatini yoritib beradigan kategoriyalar tizimiga
egadir.
Falsafada koʻrib chiqilgan mavzular bilan bir qatorda shunday bilim
sohalari ham mavjudki, ular qolgan barcha bilim sohalariga kirib boradi, ular
bilan uygʻunlashadi va ularni toʻldiradi. Masalan, tabiat, jamiyat, inson va
uning tafakkurida yuz beruvchi harakat, rivojlanish va oʻzgarishlar haqidagi
falsafiy ta‘limot – dialektika ana shunday bilim sohalaridan biri hisoblanadi.
Obyektiv sabablarga koʻra falsafiy bilimning ayrim sohalari sezilarli
darajada rivojlandi va vaqt oʻtishi bilan mustaqil falsafiy fanlarga aylandi.
Bunday bilim sohalari qatoriga, masalan, insonning bilishni amalga oshirish
shakllari, qonunlari va usullarini oʻrganadigan fan - mantiqni; ma‘naviyat va
axloq haqidagi ta‘limot – etikani; goʻzallik qonunlariga muvofiq ijodning
mohiyati va shakllari haqidagi fan – estetikani kiritish mumkin.
Shu ma‘noda falsafa tarixi fani alohida diqqatga sa‘zovordir, zero u,
mohiyat e‘tibori bilan, nafaqat falsafiy, balki tarixiy fan hisoblanadi. aynii
vaqtda u falsafiy bilim tarkibiga ham kiradi, chunki falsafiy tafakkurning
vujudga kelishi, shakllanishi va rivojlanishini, falsafiy gʻoyalar evolyusiyasi
va xususiyatini turli faylasuflar, yoʻnalishlar, oqimlarning ta‘limotlarida
qanday tavsiflangani nuqtayi nazaridan oʻrganadi. Falsafa tarixi fanida
falsafiy ta‘limotlarni tizimga solish va tasniflashga, matnlar, tarixiy sanalarni
tahlil qilishga, daliliy material, biografik ma‘lumotlar yigʻishga alohida
e‘tibor beriladi. Shu munosabat bilan dunyoqarashni kengaytirish va
teranlashtirishga, oʻz falsafiy yondashuvlarini yaratishga qaratilgan falsafani
oʻrganish, uning tarixi, asosiy namoyandalari va eng muhim falsafiy asarlari
bilan, albatta, tanishishni nazarda tutadi.
40
Do'stlaringiz bilan baham: |