Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulugʻbek nomidagi oʻzbekiston milliy universiteti



Download 4,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/344
Sana22.04.2022
Hajmi4,6 Mb.
#573899
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   344
Bog'liq
2 5323548415055892818

Fan ilmiy dunyoqarash shakli
. Ilmiy dunyoqarash ijtimoiy 
taraqqiyotning muayyan bosqichida inson ehtiyojlariga javob sifatida 
shakllangan dunyoqarash shakli boʻlib, u bilimga tayanadi. Fan bilimning 
mustaqil sohasi, ilmiy dunyoqarash shakli sifatida faqat XVII-XVIII asrlarda 
toʻla shakllandi. Muayyan darajada shartlilik bilan shuni aytish mumkinki, bu 
I.Nyuton klassik mexanikaning asosiy qonunlarini ta‘riflab, shu tariqa 
tabiatshunoslikning boʻlimi – asoslari asrlar mobaynida shakllangan, bosh 
tamoyillari esa bundan yuz yilcha muqaddam, avvalo Galileo Galiley 
1
Кузнецов Б.Г. Альберт Эйнштейн. Жизнь, смерть, бессмертие. –М: 1980, С.414. 


48 
tomonidan ta‘riflangan klassik mexanikaning shakllanishiga yakun 
yasaganidan keyin yuz berdi. 
Fanning mohiyatini tushunishga nisbatan ikki asosiy yondashuv, uning 
keng va tor talqinlari shakllangan.
Keng (yigʻma) ma‘nodagi fan – bu butun inson faoliyati sohasi boʻlib, 
uning vazifasi borliq haqidagi obyektiv bilimlarni oʻrganish va ilmiy nazariy 
tizimga solishdan iboratdir. Bu erda ―fan‖, ―olim‖ tushunchalari 
muayyanlashtirilmaydi va umumiy, yigʻma tushunchalar sifatida talqin 
qilinadi. ―Fan‖ tushunchasi falsafaga tatbiqan koʻpincha ayni shu kontekstda 
qoʻllaniladi, faylasuflar esa olimlar deb ataladiki, bu qisman oʻrinlidir.
Muayyan fanlar, masalan, fizika, kimyo, biologiya, tarix, matematikani 
ifodalash uchun «fan» tushunchasiga torroq, binobarin, izchilroq ma‘no 
yuklanadi. Bu erda fanga aniq ta‘rif berilgan, olim esa tor mutaxassis, 
muayyan bilim ifodachisi hisoblanadi. U shunchaki olim emas, balki doim va 
albatta yo fizik, yo ximik, yo tarixchi, yo boshqa fan vakilidir. Ayni holda fan 
muqarrar tarzda tabiat, jamiyat, tafakkurning u yoki bu obyekti (hodisasi) 
haqidagi ilmiy bilimlarning qat‘iy tartibga solingan, izchil tizimidan tashkil 
topadi.
Bunday fanlarning har biri faqat ularning oʻzigagina xos boʻlgan 
maxsus qonunlar va metodlarga, mazkur fan uchun yagona boʻlgan til, 
kategoriyalar apparati va hoka‘zolarga ega boʻladiki, bu yuz bergan 
jarayonlarni toʻgʻri tavsiflash va tushuntirish, hozirgi davrni toʻgʻri tushunish 
va bilimlarning tegishli sohasida albatta yuz beradigan yoki muayyan 
sharoitda yuz berishi mumkin boʻlgan voqealar yoki jarayonlarni ma‘lum 
darajada aniq bashorat qilish imkonini beradi. U yoki bu fanning mazmuni 
ham, u erishgan natijalar ham barcha madaniyatlar va xalqlar uchun yagona 
boʻlib, ayrim olimning yondashuvi, nuqtayi nazari yoki dunyoqarashiga 
mutlaqo bogʻliq emas. Ular mazkur sohada olgʻa siljish uchun oʻzlashtirish 
lozim boʻlgan, vaqt va amaliyot sinovidan oʻtgan bilimlar yigʻindisi sifatida 
avloddan-avlodga oʻtadi.
Falsafada esa qadimda donishmandlik muxlislarining son-sanoqsiz 
savollariga tajriba yoʻli bilan olingan ba‘zi bir oqilona javoblar mavjud 
boʻlgan. Bu javoblarni haqqoniy, ya‘ni amaliyot sinovidan oʻtgan, kundalik 
hayotda oʻz tasdigʻini topgan, aniq bilim deb nomlash mumkin. Bunday 
javoblar masala «yopilishi», kun tartibidan chiqarilishiga sabab boʻlgan, 
boshqacha aytganda, aniq ta‘riflangan va boshqa javoblarni istisno etgan.
Bunga juda koʻp misollar keltirish mumkin. Masalan, har qanday 
uchburchak burchaklarining yigʻindisi 180 gradusga tengligi yoki suyuqlikka 
solingan jismga siqib chiqarilgan suyuqlik ogʻirligiga teng kuch ta‘sir 
koʻrsatishi aniqlangani zahoti bu masalalar oʻzining «ochiq» xususiyatini 
yoʻqotgan, ya‘ni ular oʻzining boshqa variantlarni istisno etadigan aniq 
yyechimini topgan. Bu mazkur masalalar atrofida har qanday qoʻshimcha 


49 
mushohada yuritish foydasizligi tufayli oʻzining har qanday ahamiyatini 
yoʻqotganligini anglatgan. Echilgan masalalar va muammolar esa aniq, 
ishonchli bilim darajasiga oʻtgan va shu davrdan e‘tiboran oʻzining falsafiy 
tusini yoʻqotgan. XX asrda taniqli nemis faylasufi K.Yaspers bu muhim 
qoidani ta‘riflar ekan, shak-shubhasiz asoslardan birini har kim e‘tirof 
etgudek boʻlsa, u shu tariqa ilmiy bilishga aylanadi va bundan buyon falsafa 
hisoblanmaydi, balki bilimning muayyan sohalariga tegishli boʻladi, deb 
qayd etdi.
Shunday qilib, azaldan yaxlit va boʻlinmas dastlabki bilim sifatida amal 
qilgan falsafa zaminida oʻsha zamonlardayoq amaliy xususiyat va tegishli 
yoʻnalishga ega boʻlgan bilim sohalari faol shakllana boshladi. Shu tariqa 
asta-sekin tabiatshunoslik vujudga keldi, muayyan fanlar (matematika, 
geometriya, fizika, tibbiyot, astronomiya, tarix va boshqalar) shakllanib, oʻz 
shakl-shamoyilini kasb etdi va mustaqil tus oldi. Ayni shu ma‘noda falsafa 
barcha fanlarning asosi hisoblanadi. Bu fanlar falsafadan ajralib chiqqach, 
keyinchalik ilmiy bilimning tabaqalanishi jarayonida ba‘zan parchalanib, oʻz 
tadqiqot predmetini yanada toraytiradi va mufassallashtiradi. Ular tahlilining 
teranligi va narsalar mohiyatini anglash darajasi ortsa, ayni vaqtda 
oʻrganilayotgan masalalar doirasi torayadi. 

Download 4,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   344




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish