Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulugʻbek nomidagi oʻzbekiston milliy universiteti


Ixtiyor erkinligi va axloqiy tanlov



Download 4,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet270/344
Sana22.04.2022
Hajmi4,6 Mb.
#573899
1   ...   266   267   268   269   270   271   272   273   ...   344
Bog'liq
2 5323548415055892818

Ixtiyor erkinligi va axloqiy tanlov
. Olamdagi barcha jonzotlardan 
faqat insongagina ixtiyor erkinligi berilgan, ―nima uchun?‖ degan savol 
tugʻiladi, chunki, inson barcha jonzotlar ichidagi eng aqlli maxluqot 
hisoblanadi. Ixtiyor erkinligi oliy axloqiy qadriyat hisoblanadi. Erkinliksiz 
axloqiy harakatlar amalga oshirilmaydi, chunki, ular tanlash orqali u yoki bu 
harakatni amalga oshiradilar. Biroq, insonga berilgan erkinlik orqali u 
tanlash huquqiga ega boʻlib, hohlasa ezgulik yoki yovuzlikni tanlash 
imkoniyatiga ega boʻladi. Axloqiy fikrlashda ixtiyor erkinligi muammosiga 
nisbatan ikki xil fikr mavjud ular: 1. Fatalizm (lotincha fatalis soʻzidan 
olingan boʻlib) unga koʻra dunyodagi hamma narsa aniq sabablar va 
oqibatlarga ega, shuning uchun, barcha harakatlarimiz oldindan xudo 
tomonidan belgilangan, Ya‘ni inson taqdiri oldindan belgilangan, degan 
fikrni ilgari surishadi. 2. Volyuntarizm (lotincha voluntas soʻzidan olingan 
boʻlib) inson axloqiy qarorlar qabul qilishda mutlaqo erkin tarzda namoyon 
qilishi mumkinligi haqida fikr bildiriladi. Falsafa qomusiy lugʻatida ham 
Fatalizm (lotincha fatalis soʻzidan olingan boʻlib taqdirga oid, mash‘um 
degan ma‘noni anglatadi) har bir hodisa va insonning barcha hatti
harakatlarini taqdirga bogʻliq, deb qarovchi dunyoqarash. ―Volyuntarizm esa 
(lotincha voluntas - iroda) olingan boʻlib, falsafiy va psixologik oqim. 
Volyuntarizm irodani birlamchi, deb e‘tirof qiladi.Uni mavjudotning bosh 
asosi, deb uqtiradi. Volyuntarizm ata‘masi –
tarixiy jarayonlarning oʻektiv 
qonuni bilan hisoblashmaydigan va amalga oshiruvchi shaxslarning 
subyektiv xohishlari va erkin qarorlariga moslashuvchi ijtimoiy-siyosiy 
amaliyotni tavsiflash uchun ham ishlatiladi.‖
1
– deb ta‘rif berilgan.
Ustoz Abdulla She‘r ixtiyor erkinligiga shunday ta‘rif beradilar: 
―Ixtiyor erkinligi eng avvalo ixtiyorning uch bosqichda voqe boʻlishi bilan 
bogʻliq. Birinchi bosqich, ichidan faqat bittasini tanlab olish va harakatga 
aylantirish mumkin boʻlgan alohida xohish-istaklarning tugʻilishidan iborat. 
Ikkinchi bosqichda, mazkur xohishlarning oʻzaro bir-birini tutib turishi, teng 
holatga keltirishi yuz beradi va bu tanlov orqali bir qarorda toʻxtash imkonini 
yaratadi. Uchinchi bosqich, tanlangan xohishning oʻziga mos jismoniy 
harakatga oʻtishi bilan belgilanadi. 
Erkinlikka kelsak, shuni aytish kerakki, muayyan ixtiyorga berilgan 
1
Falsafa qomusiy lug‗ati. O‗zbekiston Faylasuflari Milliy jamiyati nashriyoti. ―Sharq‖ Matbaa nashriyot 
aksiyadorlik kompaniyasi. T., 2004. B.425 


469 
erkinlik faqat tanlovning boshlanishida va tanlov jarayonidagina mavjud 
boʻladi. Tanlov jarayoni tugashi bilan, уa‘ni ikki narsadan birini 
tanlaganingiz zahoti ixtiyoringiz uchun berilgan erkinlikning vakolati 
tugaydi: siz ixtiyor qilib boʻldingiz, bundan buyogʻiga erkin emassiz, endi 
tanlagan narsangizga mos harakatni boshlashingiz kerak. Demak, ixtiyor 
erkinligi tanlanayotgan ikki narsa oraligʻidagi fikrlash mobaynidagina voqe 
boʻladigan hodisadir.‖
1
Demak, inson hayoti davomida doimiy ravishda 
axloqiy tanlov muammosiga duch keladi va undagi axloqiy tarbiyagina 
toʻgʻri tanlash imkoniyatini beradi. 
Insonni ha‘lollikka, poklikka, vatanparvarlik va insonparvarlikka, 
toʻgʻrilikka, ezgulikka, Qisqa qilib aytganda, yuksak axloqlilikka yoʻllash 
hozirgi kunda birinchi darajali ahamiyat kasb etadigan masalalardan biri 
boʻlib qoldi. Chunki mamlakatimizning mustaqil va barqaror rivojlanishi 
iymonli, e‘tiqodli, ma‘naviyati kuchli, yuksak axloqiy fazilatlarga ega, 
qalbida milliy ma‘suliyat tuygʻusi chuqur ildiz otgan zamonaviy ma‘naviy 
barkamol insonlar qoʻlidadir. Sharqona odob-axloq va umumbashariy 
gʻoyalarni ongiga singdirib olgan kishi yuksak ma‘naviyatli, Ya‘ni ma‘naviy 
barkamol, komil inson hisoblanadi. Ma‘naviy barkamollik insonning 
dunyoqarashi, e‘tiqodi, ruhiyati, xulq-atvori normalari, axloq odobi bilan 
bevosita aloqadorligi bilan ajralib turadi. Ma‘naviy barkamol kishilar xalq 
taqdiri va farovonligi, vatan taqdiri va uning ravnaqini oʻylaydilar. 
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, shaxsning axloqiy sifatlari, Vatan 
va xalqqa sadoqat‘i, mehnatga, insonlarga boʻlgan munosabati, aql-zakovati 
va qadr-qimmati bilan oʻlchanadi. Ma‘naviyat-axloqiy qadriyatlar, xususan 
umuminsoniy va milliy qadriyatlar ta‘sirida oʻzgarib, rivojlanib, kamol topib 
boradi. Oʻz navbatida yuksak ma‘naviyat shaxsning axloqiy jihatdan kamol 
topishida muhim rol oʻynaydi. Ijtimoiy hayotning bu ikki negizi doimo bir-
biriga ta‘sir etib, bir-birini toʻldirib, taqozo etib boradi. Bu uzluksiz davom 
etadigan jarayondir.

Download 4,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   266   267   268   269   270   271   272   273   ...   344




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish