Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulugʻbek nomidagi oʻzbekiston milliy universiteti



Download 4,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet273/344
Sana22.04.2022
Hajmi4,6 Mb.
#573899
1   ...   269   270   271   272   273   274   275   276   ...   344
Bog'liq
2 5323548415055892818

 Oilaviy ajrimlar
har bir oila a‘zolariga qattiq ta‘sir qiladi. Etikada 
oilaviy ajrimlarning uch turi koʻrsatiladi. Birinchisi, nikohni bekor qilinishi 
bilan ajralish – bunda oilaviy mulk, va farzandlar tarbiyasi qonun asosida 
taqsimlanadi. Bunday sabab oʻzaro kelishmovchilik hamda tushunmovchilik, 
oʻzaro muhabbatning yoʻqligi natijasida paydo boʻladi. Ikkinchisi, tabiiy 
ajralish boʻlib – oila a‘zolarining biri fa‘lokat yoki kassallik tufayli vafot 
etgan oila mulkining meros sifatida taqsimlanishiga sabab boʻluvchi 
ajralishdir. Uchinchisi – axloqiy ajralish boʻlib, bunda bolalar ba‘logʻatga 
etib, oila qurilishlari – ota-onalar ular uchun oilaviy mulkdan uy-joy, turli 
maishiy jihozlar ajratib berishlari belgilanadi. SHunga koʻra, oilada har bir 
a‘zoning oʻziga yarasha majburiyatlari mavjud. ayniiqsa, oʻz odatiy turmush 
tarzini oʻzgartirib, oʻzga oilaga kelin boʻlib kelgan qizlarimizning yangi oila 
a‘zolari bilan boʻlgan oʻzaro munosabatlari juda muhim hisoblanadi. 
Oilaviy ajrimlarning kelib chiqishiga oiladagi nizolar sabab 
boʻladi.Oilaviy nizolar – buijtimoiy keskinlashgan vaziyat hisoblanadi. 
Nizolar er-xotinlar, ota-onalar va bolalar, er-xotinlar va ularning ota-onalari 
oʻrtasida va boshqa Yaqinlar oʻrtasida yuzaga keladi. Oiladagi turli yoshdagi 
kishilarni yashashi nizo chiqish ehtimolini paydo qiladi. Keskinlashayotgan 
ziddiyatga er-xotinlar oʻrtasidagi munosabatlar, bir-birini tushunmaslik yoki 
hatto tushunishga harakat qilmaslik ham sabab boʻlayotganligiga guvoh 
boʻlmoqdamiz.
Oilaviy ajrimlarning kelib chiqish sabablari: 
-
oila va oilaviy munosabatlar haqida bilimning etishmasligi. 
-
aroqxoʻrlik va giyohvandlik. 
-
yosh oilaga ota-onalarning aralashuvi. 
-
befarzandlik 
-
xiyonat 
Oiladagi sogʻlom muhit – sogʻlom mafkurani shakllantirishga 
xizmat qiladi. Insoniy fazilatlar – ezgulik, yaxshi lik, fidoyilik,
sadoqat, mardlik, insof, rahm-shafqat kabi xislatlar dastlab oilada 
shakllanadi.
Oila yoshlarni axloqli, odobli, rostgoʻy, ha‘lol va samimiy boʻlib 
voyaga etishlari uchun zamin tayyorlaydi. 


479 
Oʻzbekistoning Birinchi Prezidenti I.A.Karimov bu haqda shunday 
degan: ―Har qaysi millatning oʻziga xos ma‘naviyatini shakllantirish va yuk 
saltirishda, hech shubhasiz, oilaning oʻrni va ta‘siri beqiyosdir.Chunki, 
insonning eng sof va pokiza tuygʻulari, ilk hayotiy tushuncha va tasavvurlari 
birinchi galda oila bagʻrida shakllanadi. Bolani harakterini, tabiati va 
dunyoqarashini belgilaydigan ma‘naviy mezon va qarashlar – yaxshilik va 
ezgulik, olijanoblik va mehr-oqibat, or-nomus va andisha kabi muqaddas 
tushunchalarning poydevori oila sharoitida qaror topishi tabiiydir.‖
1
Oila tarbiyasi bolaning kelajakda kim boʻlib etishishida muhim rol 
oʻynaydi. Demak, bola oilada jamiyatning timsolini koʻradi, boʻlajak 
fuqaroning tabiati, dunyoqarashi va axloqiy qiyofasi oilada shakllanadi 
hamda shunga koʻra kamol topib boradi. Oila tarbiyasining mohiyati kishini 
hayotga tayyorlashdan iborat. Oila – bu kichik jamoadir. Unda oʻzaro 
muomalaning barcha qoidalariga amal qilinishi kerak. Kattalarga hurmat, 
kichiklarga izzat; bir-biriga mehribon boʻlish, ayniqsa ayollarni e‘zozlash 
kabi qoidalar kundalik odatga aylanib borishi kerak. Ota-ona bolalariga
namuna. Shuning uchun, ular oilada axloq madaniyatiga toʻla rioya qilishlari 
shart.
Oilaviy axloq oʻz juftini ishonch halqalari bilan bogʻlanishini taqozo 
etadi. Shu bois oʻz yaqiningizni yolgʻonchilikda ayblash yoki biron narsada 
«ushlashga» harakat qilish vaziyatni ogʻirlashtiradi, xolos. Bu 
ishonchsizligingiz sizga nisbatan ichki dushman sifatida qarashga olib kelish 
mumkin. Albatta, me‘yorida siz uchun aziz boʻlgan odam sifatida chiroyli 
rashk qilish mumkin. Bu hatto aloqani mustahkamlaydi. Ammo yarim 
haqorat shaklidagi rashklar, juftingizni qilmagan ishini qilishga undashi 
mumkin. Yaqiningiz bilan boʻlgan munosabatda «tilga suyak qoʻyib 
qoʻygan» yaxshi . «Jinni boʻlibsiz!» degan soʻz albatta ajrashishga sabab 
boʻlmasligi mumkin, ammo sizni chiroyli koʻrsatmaydi. Undan koʻra: 
«Adashyapsiz azizim!» deb aytgan durustroq. 
Hattoki, hazilomuz murojaatlarda ham oʻtkir iboralardan hayiqmoq 
lozim. Bizning soʻzlarimiz biz istagan darajada doimo natija bermasligi 
mumkin, oʻzimiz bilmagan holda boshqalar qalbini yaralashdan uzoqroq 
boʻlganimiz ma‘quldir. Yomon ma‘noda soʻz aytgan boʻlsangiz, unda uni 
ifodalashdan ne ma‘ni bor?! Gap bilan «chaqilgan» kishi sizni kechirishi 
mumkin, ammo qalbiga otilgan bu «nayzaning» izi oʻchishi qiyin. Bundan siz 
ham foyda koʻrmaysiz. Va eng asosiysi, erkaklar uchun: rafiqasi bilan 
boʻlgan har mojaroda ayolni oʻziga qaratadigan «Azizam» degan murojaati 
masalani ijobiy tus oldirishi mumkin. Ammo erkaklarning bunday soʻzlarni 
ishlatishlari nihoyatda kam uchraydi.
1
Karimov I. A. Yuksak ma‘naviyat- yengilmaskuch. T., Ma‘naviyat, 2008.-B. 52. 


480 
Oilada farzandlar koʻproq onadan tarbiya oladilar. Onadagi aksariyat 
axloqiy fazilatlar farzandlarga ham oʻtadi. Bu esa Sharq xotin-qizlariga xos 
yuksak axloq fazilatlarida koʻrinadi. Jumladan, Sadiy She‘roziy ham: 
Xotin boʻlsa qobilu aqli raso, 
Erni shoh etar, gar boʻlsa gado,- 
deya ayollarni madh etgan edilar.
Ma‘naviyatsiz moddiy farovonlikka ham, umumtaraqqiyotga ham 
erishib boʻlmaydi. Ma‘naviy qashshoqlik milliy tanazzulga olib boradi. 
Xalqimiz oʻzining koʻp ming yillik tarixi jarayonida oila hususida milliy–
mafkuraviy tarbiya‘ni shakllantirgan. Oilada otaning shaxsiy ibrati, onaning
mehri orqali turmush zahmatlarini engishda, farzandlarini tarbiyali 
boʻlishida mustahkam tayanch boʻla olishgan. Oilada erkak kishining muhim 
vazifasi xotin va oila a‘zolarining huquqlarini himoya qilish, ularning 
nomuslarini saqlashdir.
Oilaning jamiyatda tutgan oʻrni, oila tarbiyasi, ota-ona va farzandlar 
oʻrtasidagi munosabatlar, shuningdek, oilaning pokligi va mustahkam 
boʻlishiga oid qimmatli fikrlar hadislarda muhim oʻrin egallaydi: 
«Kimgaki Alloh taolo soliha xotin nasib etgan boʻlsa, dinining yarmiga 
yordam qilibdi, qolgan yarmiga oʻzi taqvo qilsin». «Xotinlarning 
barakatlirogʻi uylanish harajatlari engilidir»; «Xotin kishi qovurgʻadan 
yaratilgan. Agar sen qovurgʻani toʻgʻrilayman desang sindirasan, murosa qilu 
u bilan yasha»; «Xotin kishiga eng haqqi koʻp kishi eridir, erkak kishiga eng 
haqqi koʻp kishi onasidir»; «Agar bir shaharda loaqal bir ayol bir marta 
buzuqlik koʻchasiga kirib haromi orttirsa, bu shahardan qirq yil fayzu barakat 
koʻtarilib ketadi»; «Ayollarni faqat ulugʻ odamlar hurmat qiladi. Ularni faqat 
pastkash odam xoʻrlaydi».
1
Ushbu hadislarda islom diniga xos insonparvarlik va adolat mezonlari 
namoyon boʻladi, nikohning ilohiyligi, oilaning muqaddasligi ta‘kidlanadi, Er 
va xotin oʻrtasidagi burch, poklik, iffat, oʻzaro bir-birini hurmat qilish 
tuygʻulari ulugʻlanadi. 
Shuni alohida qayd etish oʻrinliki, mustahkam oila sogʻlom turmush 
tarzi asosida shakllanadi. Oila baxti, farzandlarning tarbiyali, etuk inson 
boʻlib etishida ota–onaning sa‘y-harakati, tarbiya mahoratiga bogʻliq. 
Oiladagi axloqiy tarbiya asosan ota-onalar va oilaning yoshi katta a‘zolari 
tomonidan amalga oshiriladi. Oila tarbiyasida muvaffaqiyatga erishish koʻp 
jihatdan oiladagi ota va onaning birga boʻlishi, ularning baxtli yashashiga 
bogʻliqdir. Bugungi kunda ijtimoiy-iqtisodiy hayotimizda yuz berayotgan 
jadal oʻzgarishlar, yutuqlar bilan bir qatorda oilaviy munosabatlar tizimida 
ajralishlar, yoshlar orasida axloqsizlikning koʻpayganligi, ota-onalar va 
1
Al-Buxoriy, Abu Abdulloh Muhammad Ibn Ismoil. Sahihi Buxoriy: Al-jomi‘ as-sahih: (Ishonarli to‗plam): 2 kitob / 
Abu Abdulloh Muhammad Ibn Ismoil al-Buxoriy. - Toshkent.: O‗zbekiston milliy ensiklopediyasi Davlat ilmiy 
nashriyoti, 2008. 231-287. 


481 
farzandlar oʻrtasida ziddiyatlarning paydo boʻlishi, tirik etimlar sonining 
oshishi kuzatilmoqda. Oilaning jamiyatdagi mavqeini saqlab qolish, uning 
mustahkamligini saqlash va kuchaytirish, muqaddasligini kelajak avlodlar 
ongiga singdirish hozirda dolzarb muammolardan hisoblanadi. Oilada jipslik, 
axillikning yoʻqligi uni tashqi salbiy omillarga ta‘sirchan qilib qoʻyadi. 
Shuning uchun, oʻtish davrida oila-nikoh munosabatlarida barqarorlikni 
saqlash muhim ahamiyat kasb etadi. Shu nuqtayi-nazardan Oʻzbekiston 
Respublikasining Birinchi rezidenti I.A.Karimov ―Oilaviy tarbiya 
masalasida xatoga yoʻl qoʻymaslik uchun avvalo har qaysi xonadondagi 
ma‘naviy iqlimni oʻzaro hurmat, axloq-odob, insoniy munosabatlar asosiga 
qurish ayni muddao boʻlur edi. Bu haqda gapirganda, men mumtoz 
yozuvchimiz 
Abdulla 
Qodiriyning 
«Oʻtgan 
kunlar» 
asaridagi 
qahramonlarning oʻzaro muomala va muloqotlari, ularning hatto kichik 
farzandlarini ham «siz»lab gapirishi misolida ota-bobolarimizning oila 
ma‘naviyatiga qanchalik katta e‘tibor berganiga ishonch hosil qilaman‖
1
, – 
deb yozgan edi. 
Oilani mustahkamlashda reproduktiv sa‘lomatlikning oʻrni ham 
beqiyos. Mustaqillikning ilk yillaridan boshlab mamlakatimizda ona va bola 
sogʻligini muhofaza qilish, millat sogʻligi toʻgʻrisida qaygʻurish eng dolzarb 
vazifalar sirasiga kiritildi va bu borada davlat dasturlari amalga oshirilmoqda. 
Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimov tomonidan 
qabul qilingan 2014 yil 1 avgustdagi ―Oʻzbekistonda aholi reproduktiv 
sa‘lomatligini yanada mustahkamlash, onalar, bolalar va oʻsmirlar 
sa‘lomatligini muhofaza qilish boʻyicha 2014-2018 yillarga moʻljallangan 
Davlat dasturi toʻgʻrisida‖gi PQ-2221 sonli qaroridan kelib chiqqan talab va 
vazifalarni amalga tatbiq etish uchun, sogʻlom avlodni voyaga etkazish 
masalalari boʻyicha keng qamrovli targʻibot ishlari olib borilmoqda. Ushbu 
ishlar zamirida inson manfaatlari koʻzda tutilgan desak, mubolagʻa 
boʻlmaydi. 
Oilalarni rivojlanishida oilaviy juftliklar hamda yigit - qizlar sogʻligʻini 
yaxshi lashda reproduktiv sa‘lomatlikka doir bilimlar amaliy ahamiyati bilan 
oʻziga xosdir. ayniiqsa, xotin-qizlarning sogʻlom turmush tarzi, reproduktiv 
madaniyatini shakllantirish, ularni sogʻlom onalikka tayyorlash, ijtimoiy-
siyosiy statusini mustahkamlash kabi masalalarni amalga oshirishda oila, 
mahalla va nodavlat tashkilotlar oʻzaro kelisxilgan hamkorligda faoliyat olib 
borish bugungi kunning dolzarb vazifalaridandir.Har bir millat va 
jamiyatning eng qimmatli xazinasi sogʻlom, axloqiy barkamol oiladir. 
Oilaning asosiy negizida esa ona tarbiyasi alohida oʻrin tutadi. Hozirgi 
sharoitda oilalarda umuminsoniy va milliy qadriyatlar ildiziga tayangan, 
Sharqona axloqiy tarbiyadan bahramand boʻlgan ma‘naviy – axloqiy 
1
Karimov I.A. Yuksak ma‘naviyat - yengilmas kuch. - Toshkent, Ma‘naviyat, 2008. -B55. 


482 
munosabatlar qaror topmoqda. Oilada axloqiy asoslar sogʻlom boʻlmasa, 
oʻsib-unayotgan ―umr daraxti‖ sinadi va hosil bermaydi. 
Oilaning mustahkamligi esa har tomonlama sogʻlom turmush tarziga, 
shuningdek, tom ma‘noda aytadigan boʻlsak, oilaning tibbiy madaniyatiga 
bogʻliqdir. Oilada tibbiy madaniyatni, sogʻlom turmush tarzini shakllantirish 
– jismoniy barkamollik va sa‘lomatlikka erishishning muhim omilidir. 
Yurtimizda barkamol avlodni tarbiyalash, sogʻlom turmush tarziga 
amal qilib yashash uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Jumladan, 2017 
yilni ―Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili‖ deb atalishida ham 
respublikamizdagi har bir oilaning bekamu – koʻst, baxtli, har tomonlama 
sogʻlom va farovon hayoti asosiy maqsad qilib olingan. Ushbu maqsad 
yoʻlida ―Oʻzbekiston fuqarosiman‖ degan har bir yoshu – keksa hayotining 
yanada farovonlashuvi yoʻlida tibbiy madaniyatga intilishi maqsadga 
muvofiqdir. Zero, sogʻliq tufayligina har qanday orzu maqsadlarga erishishlik 
muqarrardir. 

Download 4,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   269   270   271   272   273   274   275   276   ...   344




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish