Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulugʻbek nomidagi oʻzbekiston milliy universiteti



Download 4,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet272/344
Sana22.04.2022
Hajmi4,6 Mb.
#573899
1   ...   268   269   270   271   272   273   274   275   ...   344
Bog'liq
2 5323548415055892818

Oilaning psixologik muhiti
– bu oila a‘zolarining oilaviy 
munosabatlarda, ijtimoiy muhit va kasbiy munosabatlaridagi ijtimoiy-
psixologik faolligini umumiy koʻrsatkichlari majmui hisoblanadi. Psixologik 
muhit – bu oilaning asosiy koʻrsatkichi boʻlib, ijtimoiy jarayonlarda, ayniqsa, 
oilaning ijtimoiy muhitdagi salbiy ta‘sirlarga qarshi tura olish qobiliyatida 
aks etadi. Oilaning psixologik muhiti uning a‘zolarini hayot faoliyati 
davomidagi oʻta keskin holatlarda ham, muammoli vaziyatlarni hal qilishda 
yuzaga keluvchi bosiqlikni tavsiflaydi. 
Bejizga xalqimizda ―Teng – tengi bilan‖ degan maqol bejizga 
aytilmagan. Chunki, yoshlarni oilaviy munosabatga kirishganda ular qiynalib 
qolmasliklari uchun: oilaviy qadriyatlarning bir-biriga mos kelishi, 
oilalardagi rollarni er-xotinning funksional-rolli oʻzaro muvofiqlik boʻlishi, 
ijtimoiy munosabatlarga moslashuvchan boʻlishi, oilaviy munosabatlarni 
umrini oxirigacha davom etishiga intilish kabilar asosiy mezon hisoblanadi. 
Oilaning psixologik muhitini ta‘minlashda ota-ona va farzandlarning 
bir-birlariga boʻlgan samimiy iliq munosabatlari hamda shaxslararo 
munosabatlarga ham bogʻliq boʻladi. shu bilan bir qatorda, ota-onalarda oila 
haqidagi tasavvurlarning kengligi, ayniqsa bola tarbiyasiga doir bilim, 
koʻnikma, malakalariga ega boʻlishi bilan belgilanadi. 
Jamiyatimizda sogʻlom oilalar bilan bir qatorda nosogʻlom oilalar ham 
mavjud. Nosogʻlom oila muhitini sogʻlomlashtirish uchun avvalo 
quyidagilarga e‘tibor qaratish maqsadga muvofiqdir. Birinchidan, oilada ota-
ona bolalarning istak va qiziqishlarini oʻzlarining istak va qiziqishlariga mos 
ravishda boshqara bilishi lozim boʻlsa, ikkinchidan, oilada har bir bolaga 
ularning individual-psixologik xususiyatlaridan kelib chiqib, muomala 
munosabatda boʻlishlari talab etiladi. Kattalarning xatosi tufayli yoshlar 
notoʻgʻri yoʻldan yurishi – yolgʻonchi, gʻiybatchi, noshukur hamda hiylakor 
boʻlib qolishi mumkin. Oʻzi tarbiyaga muhtoj ota-onalarni bolalar tarbiyasiga 
salbiy ta‘sir koʻrsatishlari hammaga ayon. shundan kelib chiqib, bunday 
oilalarni jamoatchilik qattiq na‘zoratga olishi, u oiladagi farzandlar
tarbiyasiga e‘tiborli boʻlishi maqsadga muvofiq.
―Bolalarni kattalarning aytadigan soʻzlari emas, ularning qilgan 
amallari tarbiyalaydi‖
1
. Bola kichikligida kattalarga taqlidchan va itoatkor 
boʻladi. Kattalar nimani buyursa shuni bajaradi, aytganlaridan chiqmaydi. 
Katta boʻlgan sari aqli koʻp narsaga etadigan boʻlib boradi. Endi u ba‘zi 
masalalarda kattalar bilan kelisha olmaydi, oʻz fikrida turib oladi. Buni 
kattalar odobsizlik, oʻjarlik, oʻzboshimchalik deb tushinib, uni ja‘zolashga 
harakat qiladilar, lekin bunday nohaklik bilan bola qalbi jarohatlanadi. 
Natijada, ota-ona obroʻyiga putur etadi. Oqibatda ota-ona va bola oʻrtasidagi 
mehr-muhabbat ishonchining yoʻqolishi kabi oqibatlarga olib keladi. 
1
K. Yung. K.Kereni. Dusha i mif. Kiyev-Moskva, Port-Royal-Sovershenstvo.1997.B-114.


477 
Ota-ona va bolalar oʻrtasidagi ijobiy muomala munosabatlarini yuzaga 
keltirish koʻp jihatdan ota-onalarning oʻz bolalarini, ularning fe‘l-atvori, 
harakter xislatlari, qiziqishlari kabilarni bilishlariga bogʻliqdir. shu jihatdan 
ham, har bir ota-ona eng avvalo, oʻz farzandlarini yaxshi bilishlari, xohish-
istaklari, psixologik holatlarini bilishlari va shu asosda muomala 
munosabatda boʻlishlari lozimdir.
Oila va oilaviy munosabatlarning, shu jumladan ota-onaning ta‘sir 
doirasi kuchliligini hisobga olib, eng avvalo mahalla oqsoqollari va keng 
jamoatchilik nosogʻlom oila muhitini sogʻlomlashtirishga ota-ona xulqidagi 
salbiy illatlarni tuzatishga harakat qilishlari lozim boʻladi. 
Oilaning mustahkamligi oila a‘zolarining axloqiy tarbiyasiga bogʻliq.
Xalqimizda bejiz ―Sogʻlom turmush tarzi mustahkam oila garovidir‖deb 
aytilmagan. Sogʻlom turmush tarzi deganda, biz nafaqat oiladagi Er va 
xotinning bir-biriga boʻlgan munosabati, balki ulardagi axloqiy fazilatlar, 
imonlilik, poklik, ha‘lollik, rostgoʻylik, shirinsoʻzlik, kabi axloqiy 
me‘yorlarga amal qilgan holda urf – odatlarga asoslangan, zamonaviy oilani
tushunamiz. 
Oilada eng asosiy narsa – bir-birini tushunish, qadrlash va 
e‘zozlashdir. er-xotindan birining kamchiligini ikkinchisining fazilati bilan
yopilib yurmogʻi lozim. Oilada ikki yosh bir butun boʻladi, muhabbat – 
nikoh iplarini mustahkamlaydigan, axloqiy ma‘suliyatni yanada oshiradigan
hissiyotdir. Ikki yosh hissiy holatlarini oʻzaro tushunib borishi natijasida 
oilada moʻtadil kayfiyat qaror topadi, qarashlar uygʻunligi tugʻiladi. Zero, 
muhabbat faqat oʻzaro hissiy qoniqishgina boʻlib qolmasdan, munosabatlar 
goʻzalligiga aylanadi. 
Oila – bu kichik jamoadir. Unda oʻzaro muomalaning barcha
qoidalariga amal qilinishi kerak. Kattalarga hurmat, kichiklarga izzat; bir-
biriga mehribon boʻlish, ayniqsa ayollarni izzat qilish kabi qoidalar kundalik 
odatga aylanib borishi kerak. Ota - ona bolalariga namuna. SHuning uchun, 
ular oilada axloq madaniyatiga toʻla rioya qilishlari shart.
Oilaviy munosabatlar nisbatan mustaqil hodisa boʻlib, oilaning ichki 
ishlariga hech kim aralashishga haqqi yoʻq. SHu sababli ham, oila muqaddas 
va dahlsiz hisoblanadi. Oilaviy munosabatlar jamiyatdagi mavjud ijtimoiy, 
iqtisodiy, mafkuraviy va ma‘naviy munosabatlar bilan belgilanadi va ular 
ta‘sirida oʻzgarib boraveradi. 
Oilalarda 
nafaqat 
oilaviy 
munosabat, 
balki 
qon-qarindoshlik 
munosabatlari madaniyati ham yuksak darajada rivojlangan boʻladi. Bunday 
oilada bobo, buvi, ota-ona, amaki, aka-uka, opa-singil, jiyan, kuyov, kelin 
quda-anda, qaynota-qaynona kabi oʻnlab qarindoshchilik darajalarini 
bildiruvchi mezonlarga amal qilinadi. Bu munosabatlarda milliylikning asl 
oʻzagi namoyon boʻladi. Bu munosabatlarning afzalliligi shundaki, bunda 
qarindosh-urugʻlar bilan oqibatli boʻlib yashash, farzandlarni milliy udum, 


478 
qadriyatlar ruhida tarbiyalash uchun imkoniyat tugʻiladi hamda ular 
qarindoshlar orasida ham moddiy va ma‘naviy tayanch-suyanch boʻlib 
yashashga odatlanadilar.
Bunday oilalarda tarbiyalangan farzandlar ham barcha bilan 
munosabatda tezda kirishib keta oladigan, munosabat madaniyatiga rioya 
etadigan inson boʻlib shakllanadilar, chunki bu bolalarni bitta oila emas, bir 
necha oila tarbiyalaydi. Oilaviy sharoit u yoki bu oila a‘zolarining kelajakda 
hayotiga bevosita ta‘sir qiladi. 

Download 4,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   268   269   270   271   272   273   274   275   ...   344




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish