Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulugʻbek nomidagi oʻzbekiston milliy universiteti



Download 4,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet276/344
Sana22.04.2022
Hajmi4,6 Mb.
#573899
1   ...   272   273   274   275   276   277   278   279   ...   344
Bog'liq
2 5323548415055892818

Muomala madaniyatida
soʻz aqldan kuch, tildan ixtiyor oladi. Til 
shunday kuchga egaki, suyaksiz boʻlsa ham suyakni tebratadi. Muomala 
odobi boshqa kishilar qadr-qimmatini, izzatini joyiga qoʻyishni, anʻanaviy 
axloqiy me‘yoriy talablarini bajarishni taqa‘zo etadi. Shuning barobarida, u 
insondagi yaxshi jihatlarni namoyon etishi, koʻzga koʻrsatishi bilan ham 
ajralib turadi. Uning eng yorkin, eng sermazmun va eng ifodali namoyon 
boʻlishi soʻz, nutq vositasida roʻy beradi. Soʻzlash va tinglay bilish, 
suhbatlashish madaniyati muomalaning muhim jihatlarini tashkil etadi. SHu 


487 
bois muomala odobi oʻzini, eng avvalo, shirinsuhanlik, kamsuqumlik, 
bosiqlik, xushfe‘llilik singari axloqiy me‘yorlarda namoyon qiladi.
Ayniiqsa, bu axloqiy madaniyatda yaqqol koʻzga tashlanadi. Uni 
koʻproq namoyon qiladigan eng muhim unsurlaridan biri – muomala 
odobidir. Bu borada mutasavvif olimlarimizdan Imom Gʻazzoliy bir qancha 
oʻrinli fikrlarni bildiradilar: «Hazrati Rasul alayhissa‘lom aytibdurlar: «Haq 
subhonahu va taolo ochiq yuzlilarni doʻst tutar». Va yana aytibdurlar: «Hech 
bir yaxshi amal yoʻqki, maxfiratga sabab boʻlmoqqa ochiq chehralik va 
shirinzabonliqdan ziyoda»
1

Uning fikricha shirinsuxanlik va bosiqlik odobli insonni odobsizdan 
ajratuvchi me‘yordir. Zero, odobsizlik badxulqlikka, badxulqlik axloqsizlikka 
olib keladi. Yomon insonlarning yomonligi aynan muomaladan kelib 
chiqadi. Ya‘ni, yomonga yomonlik bilan qilingan muomala vaqtincha boʻlsa 
ham, oʻsha yomon ning yoʻlida yurishga chorlaydi.
Donishmandlarning 
―Yuziga boqma, soʻziga boq‖

degan hikmatlari 
ayni haqiqatdir. Til – inson tafakkuri mahsuli. U inson madaniyatining fikriy 
goʻzalligini yaxshi , ibratli, havas qilsa arziydigan fazilatlarini yuzaga 
chiqaruvchi vositadir. Muomala esa insonlarni bir-biriga bogʻlovchi, 
Yaqinlashtiruvchi, 
katta-kichik 
xayrli 
ishlarga 
undovchi 
fazilatdir. 
Insonnning goʻzal hayot kechirishida, jamiyat orasida oʻz oʻrnini topa 
olishida, boshqalar tomonidan hurmat - ehtiromga erishuvida muomalaning 
oʻrni kattadir. Insonning shirinsoʻzligi kishining tarbiyalanganligidan 
guvohlik bersa, soʻzga boyligi, chechanligi, ma‘nodorligi uning ziyoliligi, 
bilimdonligini koʻrsatadi. Goʻzal muomala inson dilini qanchalik xushnud 
etsa, aksincha achchiq soʻz, qoʻpol muomala inson qalbini larzaga soladi.
―Muomala Shaxslararo munosabatning shunday koʻrinishiki, uning 
yordamida odamlar bir-birlari bilan axloqiy, estetik, madaniy, siyosiy va 
ruhiy jihatdan aloqaga kirishadilar, ta‘sir oʻtkazadilar va ta‘sirlanadilar‖.
2
Muomala qilishni bilish – avvalambor, suhbatni olib bora olish 
qobiliyatidir. Muomala odobi boshqa, kishilar qadr-qimmatini, izzatini joyiga 
qoʻyishni, anʻanaviy axloqiy-me‘yoriy talablarni bajarishni taqozo etadi. 
shuning barobarida, u insondagi yaxshi jihatlarni namoyon etishi, bilan ham 
ajralib turadi. Uning eng yorqin, eng sermazmun va eng ifodali namoyon 
boʻlishi nutq vositasida amalga oshadi. Soʻzlash va tinglay bilish 
suhbatlashish madaniyatining muhim jihatlarini tashkil etadi. Shu bois 
muomala odobi oʻzini, eng avvalo,shirinsuxanlik, kamsuqumlik, bosiqlik, 
xushfe‘llik singari axloqiy me‘yorlarda namoyon qiladi. 
Muomala shaxslararo munosabatning shunday koʻrinishiki, uning 
yordamida odamlar bir-birlari bilan axloqiy, estetik, madaniy, siyosiy va 
ruhiy jihatdan aloqaga kirishadilar, ta‘sir oʻtkazadilar va ta‘sirlanadilar. SHu 
1
Husanov B., G‗ulomov V. Muomala madaniyati. T. Iqtisod - moliya.- 2009 B.8 
2
. Husanov B., G‗ulomov V. Muomala madaniyati. T. Iqtisod - moliya.- 2009.-B.17. 


488 
boisdan 
muomala
ijtimoiy kategoriya sifatida turmushning barcha sohalarida 
qoʻllanish mohiyatiga koʻra bevosita yoki bilvosita ishtirok etadi.
Dastlab «muomala» va «aloqa-kommunikatsiya» tushunchalarining 
oʻxshash tomonlarini aniqlab olish lozim. A‘loqa-kommunikatsiya - yalpi 
aloqaning bir turi boʻlib, yoʻnaltirilgan aloqa deb yuritiladi. U mohiyatan 
ma‘lum bir hodisa haqidagi ma‘lumotni boshqalarga uzatadi. Masalan, 
ommaviy axborot vositalarida koʻrsatuv uchun yoʻnaltirilgan ma‘lumotlarda 
muomala aloqa-kommunikatsiya vositasi vazifasini bajaradi. Boshqacha qilib 
aytganda, bunday holatda muomala, eng avvalo,subyekt-obyekt munosabati 
sifatida namoyon boʻladi.
Muomala jarayoni ikki taraflama harakterga ega: u oʻz mohiyatiga 
koʻra axborot yoki ma‘lumotlarni shunchaki uzatish va qabul qilishga 
qaraganda keng qamrovli boʻlib, ikki yoki undan ortiq insonlar oʻzaro 
ta‘sirining murakkab tizimi hisoblanadi. Shunga koʻra muomala akti bir 
insonning boshqa inson(lar) bilan muomalaga kirishib, unda oʻzinikiga 
oʻxshash xususiyatlarni topa olishi, ularga munosib javob qaytarishi. Ular 
bilan oʻzaro muloqotda optimal darajaga erishsagina oʻzining muomala 
jarayonidagi munosib oʻrniga ega boʻladi. Bunday holatda muomala, eng 
avvalo, obyekt-subyektga munosabati tarzida koʻzga tashlanadi. 
Muomala madaniyatida xushfe‘llik, xushmuomalalik, hayo-ibolilik, 
beozorlik, shirinsoʻzlik, ochiqkoʻngillik singari axloqiy me‘yorlar muhim 
sanaladi. Biz shulardan ayrimlarini koʻrib chiqishni maqsadga muvofiq, deb 
hisoblaymiz.

Download 4,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   272   273   274   275   276   277   278   279   ...   344




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish