Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulugʻbek nomidagi oʻzbekiston milliy universiteti



Download 4,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet266/344
Sana22.04.2022
Hajmi4,6 Mb.
#573899
1   ...   262   263   264   265   266   267   268   269   ...   344
Bog'liq
2 5323548415055892818

Kamtarlik
bu – avvalo oʻz-oʻziga talabchanlik, oʻz harakatlariga, 
ishiga, bilimiga tanqidiy qarash, oʻziga, kuch–quvvatiga ortiqcha baho 
bermaslikdir. Kamtarlik kishilarga boʻlgan munosabatda namoyon boʻladi. 
Inson odobli boʻlsa, kishilar bilan shunchalik sodda va kamtarlik bilan 
muomala qiladi, oʻz ishlariga va harakatlariga kamtarlik bilan baho beradi. 
Oʻzgalarga shirinsoʻz boʻladi, boshqalardan oʻzini ustun qoʻymaydi, soxta 
shuhrat ketidan quvmaydi, yutuqlaridan esankiramaydi.
Kamtarinlik Arastuning fikricha: ―– uyatsizlik va tortinchoqlik 
oʻrtasidagi xislatdir. Bu xislat odamlarning qilmishlarida va gap - soʻzlarida 
koʻrinadi. Uyatsiz, sha‘loq odam hammaga, har qanday vaziyatda har narsani 
gapiraveradi. Tortinchoq odam esa zarur gapni zarur vaqtida aytmaydi, zarur 
ishni bajarishga ham jur‘ati etishmaydi. Kamtarin odam esa, uyatsiz odam 
kabi, har vaqt, har erda, har qanday gapni aytavermaydi; va oʻta tortinchoq 
odam kabi, zarur vaqtda zarur gapni aytishga jur‘atsizlik ham qilmaydi.‖
1
Kamtarinlik tortinchoqlik va andishalilikdan farq qiladiki, ular 
insonning qadr-qimmatini tushirib qoʻyish ehtimoli bor. Kamtarlik хokisorlik 
va samimiylikdan kelib chiqadi. U kishilarga boʻlgan munosabatda ham 
yaqqol koʻrinadi. Kamtarlik inson ichki ma‘naviy dunyosining tashqi ifodasi 
hisoblanadi. Tarbiya koʻrgan, odobli kishini uning kamtarligidan ham bilib 
olish mumkin. Barcha insoniy fazilatlar ichida eng e‘zozlisi kamtarlikdir. 
Kamtarlikning qarama-qarshi tomoni takabburlikdir. Ularning biri, insonni 
insonga yaqinlashtiradi, ikkinchisi esa, uni odamlardan uzoqlashtiradi. Xitoy 
maqoliga koʻra ―dono boʻlmay turib, kamtar boʻlish mumkin, ammo kamtar 
boʻlmay turib dono boʻlish qiyin‖.
Adolat.
Bu axloqiy, siyosiy-huquqiy kategoriya. Adolat jamiyat 
barqarorligini ta‘minlovchi eng muhim axloqiy tushuncha. Adolat 
insonlarning bir-biriga, davlatni fuqarolarga boʻlgan munosabatida oʻzaro 
muvofiqlikni ifodalaydi, qonunlarga rioya qilishni bildiradi. Manba‘larda 
adolat deyilganda, ijtimoiy munosabatlarning faqat me‘yor-oʻlchovi, tosh-
tarozusi tushunilmaydi, balki adolat va adolat mezoni tushunchalari orqali 
axloqiy mehr-muruvvat, kishilar oʻrtasidagi munosabatlardan kelib 
chiqadigan qadriyat, deb qaralib, bu tushunchaning ijtimoiy mohiyati 
belgilanadi. Adolatning ezgulik va yovuzlik, yaxshilik va yomonlikdan 
asosiy farqi shundaki, adolatning oʻzi biror-bir qadriyatni anglatmaydi, lekin 
1
Arastu. Poetika. Axloqi Kabir. -Toshkent: Yangi asr avlodi, 2004. - B128 


463 
qadriyatlar orasidagi nisbatni belgilaydi, ularni baholash maqomiga ega. 
Adolat jamiyatni tartibga soluvchilik xususiyatiga ega boʻlib, unda ham 
axloqiy, ham huquqiy talablar mujassamlashgan. Adolatni ma‘lum ma‘noda 
axloq sohasidagi miqdor oʻlchovchi, ham deyish mumkin: u talab bilan 
taqdirlashni oʻlchab turadigan tarozidir. Adolat bor joyda zulm va 
zoʻravonlikka, oʻzboshimchalik va beboshlikka yoʻl qoʻyilmaydi. Shu bois, 
ma‘naviy etuk likning eng yuksak belgisi adolatlilik, desak yanglishmagan 
boʻlamiz. Bejiz davlatimiz rahbari parlamentga qilgan murojaatlarida 
adolatga quyidagi bahoni bermaganlar: ―Men bir fikrni takrorlashdan 
charchamayman: xalqimiz hamma narsadan ustun qoʻyadigan adolatni 
hayotimizda tom ma‘noda qaror toptirish eng asosiy vazifamizga aylanishi 
shart.‖
1
Adolat axloq va huquq tushunchasi sifatida axloqiy va huquqiy 
munosabatlarni na‘zorat qilib turuvchi, insonlarning faoliyatiga baho 
beruvchi zaruriy oʻlchov hisoblanadi.
Adolatning aniq me‘yorlaridan biri – bu birinchi navbatda 
demokratiya‘ning mavjudligidir. Demokratiya nafaqat hokimiyatni tashkil 
etish tamoyili boʻlib qolmasdan, balki jamiyat hayotini xalq manfaatlari 
asosida tashkil etish qoidalari hamdir. shu ma‘noda demokratiya jamiyatda 
iloji boricha koʻpchilik uchun oʻz imkoniyatlarini roʻyoga chiqarish 
sharoitlarini yaratadi. Bu esa ijtimoiy adolat tamoyillari uchun katta 
imkoniyatlarni ta‘minlaydi. 
Arastu adolat xususida shunday deydi: ―Endi adolat nima va u qanday 
hollarda namoyon boʻladi, nimaga ekanligini koʻrib chiqishimiz qoldi. 
Avva‘lo, adolatlilik nimaligini bilib olaylik. Ikki xil adolatlilik bor. Biri 
qonunga muvofiqlilikdir. Qonun buyurganini qilish adolatli hisoblanadi. 
Qonun odamlardan mard, oqil va fozil boʻlishni talab qiladi. Shuning uchun 
ham odillik – eng mukammal fazilat, deyiladi. Modomiki, adolatlilik 
qonunlarga muvofiq yashash ekan, qonun esa barchadan fazilatlar bilan 
yashashni talab qilar ekan, qonunlarga muvofiq, adolatli ish tutuvchi odam 
eng fozil odamdir. Adolatlilik eng yaxshi fazilatdir‖.
2
Adolatning axloqiy tushuncha sifatidagi oʻziga xosligi ayniqsa, 
huquqda yaqqol koʻzga tashlanadi. Huquq vazirligining hatto adliya vazirligi 
deb atalishi, jinoyatga yarasha ja‘zoni belgilovchi, hukm chiqaruvchi 
idoralarning ―Odil sud‖ degan nomlar bilan yuritilishi buning dalilidir. Lekin, 
adolatni faqat huquqiy tushuncha sifatida talqin etish toʻgʻri emas. U, yuqori 
da aytganimizdek, keng qamrovli axloqiy tushuncha. U nafaqat fuqarolar 
orasidagi munosabatlarni, balki davlat bilan xalq, jamiyat bilan shaxs 
1
http://www.president.uz.O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga 
Murojaatnomasi. O‗ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTININGRASMIY VEB-SAYTI 
2
Arastu. Poetika. Axloqi Kabir. -Toshkent: Yangi asr avlodi, 2004. - B133. 


464 
oʻrtasidagi aloqalar mezonini ham oʻz ichiga oladi. Shu bois xalq orasida 
ming yillar mobaynida odil podsho idealining yashab kelgani bejiz emas.
Hozirda ijtimoiy adolat muammolari inson huquqlari va 
demokratiya gʻoyalari bilan uzviy bogʻliq holda talqin etiladi. Xalqaro 
huquq sohasidagi hujjatlarda ham bu tushunchaga jiddiy e‘tibor 
berilmoqda. Jumladan, BMT hujjatlarida ijtimoiy adolatga shunday ta‘rif 
beriladi: «Ijtimoiy adolat insonning hayotiy ehtiyojlarini qondirishni va 
moddiy resurslarni adolatli taqsimlashni anglatadi. Bu sohadagi faoliyat 
sogʻliqni saqlash va ta‘limi kabi muhim xizmatlarga umumiy daxldorlikni 
ta‘minlash, dastlabki bosqichida teng imkoniyatlarni yaratish, noqulay 
(nochor) vaziyatdagi shaxslarni himoya qilish, iste‘mol hamda 
daromadlar 
olish 
kabi 
sohalarda 
muvozanatni 
(mutanosiblikni) 
ta‘minlashga qaratilgandir».
1
Adolatga ijtimoiy munosabat sifatida qaralar ekan, shu oʻrinda uning 
siyosiy-huquqiy kategoriya sifatidagi oʻziga xosligi ham masalaning 
mohiyatini yoritishda muhimdir. 
Burch –
ado etilishi, bajarilishi majburiy boʻlgan vazifa, majburiyatdir. 
Demak, burch – qilinishi shart boʻlgan ish, vazifa. Burch - biror hatti-harakat 
uchun javobgarlik hissidir. Avva‘lo, bu tushunchalar axloqiy va shu bilan 
birga huquqiy tushuncha hamdir. 
Axloqiy nuqtayi nazardan qaraganda burch ijtimoiy-insoniy vazifalarni 
bajarishda keng namoyon boʻladi. Burch eng avvalo oilaviy munosabatlarda 
mujassamlashadi; ota-onalik burchi; siyosiy va huquqiy burch; vatan oldidagi 
burch shular jumlasidandir. Davlat, jamiyat va xalq oldidagi burch aytish joiz 
boʻlsa, har bir inson – fuqaro hayot mazmun-maqsadi boʻlishi kerak. Bugungi 
kunda Vatan oldidagi burch millat oldidagi burch bilan chambarchas 
bogʻlanib ketadi. 
Burch manbaini, asosini ijtioiy manfaatlar tashkil etadi. Burchda 
manfaat buyruq shaklida namoyon boʻladi. Burch va ma‘suliyat muhim 
axloqiy fazilatlardir. ayniiqsa, vatan va xalq oldidagi burch va ma‘suliyatni 
chuqur tushunib, unga amal qilish kishidan katta iroda talab qiladi. 
Baxt - 
hayotning ma‘nosi boʻlmasa, haqiqiy baxtning boʻlishi mumkin 
emas. Baxt inson hayotining umumiy bahosidir. Baxt inson oʻz hayoti 
ma‘nosini qay darajada tushungani va shu ma‘nodan umri mobaynida 
qoniqish hosil qilib borishidan iboratdir. Har bir insonda qoniqish hissi 
undagi maqsadlarning takomilga etganidagina roʻy beradi. Faqat bu 
takomilga etish jarayoni bir umr davom etadi. shu ma‘noda, buyuk
ajdodimiz Abu Nasr Farobiy: «Baxt - har bir inson intiladigan maqsad, zotan 
u muayyan komillikdir», – deganida koʻp jihatdan haq edi. 
1
Prava cheloveka i rabota v sosialnoy sfere. Tsentr po pravam cheloveka OON. - Jeneva, 1995.S- 15 


465 
Baxt – insonning yurish – turishi, turmush sharoitlari, jamiyatdagi 
oʻrniga berilgan axloqiy bahodir. Baxtning mazmuni insonning shaxsiy 
hayoti doirasi bilangina belgilanmaydi. Oʻz shaxsiy manfaatini oʻylagan, 
boshqalar bilan iymon, insof, adolat, asosida munosabatda boʻla olmaydigan 
odamni baxtli, deb boʻlmaydi. Baxt insonlar oʻrtasidagi munosabatlar 
asosida belgilanadi. Kimki jamiyatda, insonlar orasida oʻzining ha‘lol 
mehnati, axloq – odobi, boshqalar bilan odilona, ha‘lol munosabati asosida 
obroʻ, e‘tibor ortirsa – oʻsha baxtli odamdir. Baxt har bir insonning shaxsiy 
hayotiga bevosita daxldor boʻlsa ham, uning mezonlarini jamiyat, 
jamoatchilik belgilaydi. Inson oʻzining qay darajada baxtli ekanini 
anglamoqchi boʻlsa, oʻzining mol – dunyosi, oilaviy hayotigagina emas, balki 
boshqalarning unga boʻlgan munosabatiga ham tayanmogʻi lozim. Oilasi 
totuv, farzandlari axloqli, odobli, e‘tiqodi mustahkam insonlar ham oʻzlarini 
baxtli, deb hisoblaydilar. Lekin, inson oʻzining oilaviy baxtiga, 
farzandlarining yurish – turishiga, e‘tiqodi qay darajada mustahkamligiga 
boshqalarning nuqtayi nazaridan ham qaray bilishlari shart. Bu ham 
insonning axloqiy kamoloti darajasiga bogʻliqdir. 
Biz jamiyatimizda ba‘zida behissob boylikka ega yoki mansabning 
yuqori chuqqisida oʻtirgan insonlarni ham baxtsiz ekanliklariga guvohmiz. 
Baxt ma‘naviy ehtiyoj bilan bogʻliq, unda maqsadlarga birin-ketin 
erisha borish, qoniqish jarayoni, boya aytganimizdek, bir umr toʻxta‘maydi 
va doimo lazzat va zavqni oʻz ichiga oladi. 
Baxt garchand, orzu kabi idealning hissiy-ehtirosli shakli sifatida 
koʻzga tashlansada, aslida undan farqli oʻlaroq, shaxsning intilishini emas, 
shu intilishning roʻyobini anglatadi. Har bir intilishning roʻyobga chiqishi esa 
muayyan tayyorgarlikni va kurashni taqozo etadi.

Download 4,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   262   263   264   265   266   267   268   269   ...   344




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish