Vatanparvarlik
bu tamoyilbir ijtimoiy guruhga mansub boʻlgan
insonlarning oʻz tarixini, tili, madaniyati, urf-odatlarini, milliy obroʻsi, qadr–
qimmatini bilish, hurmat qilishi, ularga taya‘nishi, boshqa xalqlarning ham
obroʻ–e‘tiborini, manfaatlarini hurmat qila bilishini ifoda‘lovchi ma‘naviy
fazilatdir. Vatanparvarlik insonning oʻz Vataniga muhabbatini, uni asrab-
avaylashga boʻlgan ishtiyoqini anglatuvchi axloqiy tushuncha boʻlib, u ayni
paytda Vatan va millat oldidagi ma‘suliyat va burchni anglash tuygʻusi
hamdir.
Vatanparvarlik ayni paytda etuk ma‘naviyatdir. Ma‘naviyati zaif
boʻlgan xalqda vatanparvarlik tuygʻusi ham yuk salmaydi. Bu xususda
faylasuf olim Е. Yusupov shunday deydi: ―Vatanparvarlik muayyan milliy
madaniyat, mafkura, e‘tiqodlar asosida shakllanadi va rivojlanadi. shu
ma‘noda hozirgi milliy istiqlol mafkurasi mustaqil Oʻzbekiston
vatanparvarligining nazariy asosini tashkil etadi. shu mafkura asosida
1
КонрадЛоренц
―Оборотнаястороназеркала‖, Электроннаябиблиотекаroyallib.com.
458
shakllangan vatanparvarlik umummilliy fazilat sifatida shakllanadi va
saqlanadi.‖
1
Xalqimizning vatanparvarlik e‘tiqodi mamlakatimiz istiqloli va
istiqboli bilan bogʻliq boʻlgan siyosiy iqtisodiy, ijtimoiy mafkuraviy
muammolarni chuqur anglab etish asosida shakllanadi.
Shaxs ma‘naviyati uning axloqiy sifatlari, odobi, Vatan va xalqqa
sadoqat‘i, mehnatga, insonlarga boʻlgan munosabati, aql-zakovati va qadr-
qimmati bilan oʻlchanadi. Ma‘naviyat – axloqiy qadriyatlar, xususan
umuminsoniy va milliy qadriyatlar ta‘sirida oʻzgarib, rivojlanib, kamol topib
boradi. Oʻz navbatida yuksak ma‘naviyat Shaxsning axloqiy jihatdan kamol
topishida muhim rol oʻynaydi. Ijtimoiy hayotning bu ikki negizi doimo bir-
biriga ta‘sir etib, bir-birini toʻldirib, taqozo etib boradi. Bu uzluksiz davom
etadigan jarayondir. Vatanparvarlik tuygʻusi milliy ong, milliy iftixor,
oʻzlikni anglash singari fazilatlar bilan birga shakllanadi.
Vatanparvarlik gʻoyatda serqirra boʻlib, tarixiy, ijtimoiy, siyosiy,
iqtisodiy taraqqiyot jarayonida doimo takomillashib rivojlanib boradi. Vatan
manfaati, qadr-qimmatini, taqdirini, istiqbolini qancha koʻp anglasxilsa,
kishilarda vatanparvarlik tuygʻusi shuncha baland boʻladi. Bu jarayon
Cheksiz dir. Tarixiy, ijtimoiy-siyosiy, ma‘naviy taraqqiyotning turli
bosqichlari vatanparvarlikning yangi-yangi qirralarini kashf etib boradi. Bu
tamoyil ayniqsa, milliy jipslashish harakatida yanada yaqqolroq namoyon
boʻladi. Chinakam vatanparvarlik millat, Vatan manfaati bilan yashash,
uning istiqboli, manfaati yoʻlida mehnat qilish hamda kurashishdir.
Vatanparvarlik tuygʻusi milliy ong, milliy iftixor, oʻzlikni anglash singari
fazilatlar bilan birga shakllanadi. Vatanparvarlik – oʻz taqdirini vatan, millat
taqdiri bilan bogʻlagan barcha kishilarga xos axloqiy fazilat. Millat
taraqqiyotining imkoniyatlari, shon-shuhrati, obroʻ-e‘tibori ham shu millat
kishilari vatanparvarlik tuygʻusining darajasi bilan bogʻliqdir. Vatanparvarlik
ham milliy, ham umuminsoniy ma‘naviy qadriyatlarning tarkibiy qismi
sifatida namoyon boʻladi. Chunki, ajdodlardan meros qolgan erni e‘zozlash,
qadriyatlarni saqlash, davlat, jamiyat ravnaqi uchun vijdonan ishlab,
mamlakatni dushmanlardan himoyalash, zarur boʻlsa uning tinchligi uchun
hayotini fido qilish ulugʻ sharafdir.
Vatanparvarlikning yana bir belgisi davlat va jamiyat manfaatlarini oʻz
shaxsiy manfaatidan ustun qoʻyishdir. Haqiqiy fidoiylik vatanparvarlikning
asosiy
belgisidir.
Vatanimizning
mustaqil
mamlakat
sifatida
mustahkamlanish, yurtning iqtisodiy, ma‘naviy-axloqiy rivoji, xalqning yaqin
kelajakda obod hayotga etishi uchun fidokorlik bilan ishlashi va izlanish
fidoiylik tuygʻusi hisoblanadi. Fidoiylik el-yurtga boʻlgan sadoqatdan va
muhabbatdan boshlanadi.
1
Yusupov E. Inson kamolotining ma‘naviy asoslari. T., Universitet, 1998, - B156.
459
Do'stlaringiz bilan baham: |