Soxibqiron Amir Temur
ning «Tuzuklari»da vazirning mansab
darajasi amirlik mansabi bilan barobar va hatto ba‘zan undan yuqori roq
olinib ta‘riflanadi. «Tuzuklar»ning ikki bobi maxsus vazirlik vazifalarini
belgilashga bagʻishlangan. Bu boblarning biri
«Vazir tutish tuzugi»,
ikkinchisi «Vazirning xizmat qilish tuzugi»
deb nomlanadi
.
2
Asarning boshqa
boblarida ham beklar, amirlar, qozi, mufti, muhtasib, sadr, qozika‘lon
mansablari bilan birga vazir haqida ularning axloqiy hatti harakatlari haqida
fikrlar bayon etilgan.
1
Farobiy. Fozil odamlar shahri. T.1993. B.186 - 187.
2
Amir Temur. ―Temur tuzuklari‖. Forschadan Alixon Sog‗uniy va Habibullo Karomatov tarjimasi. -T.: G‗afur
G‗ulom nomidagi ―Adabiyot va san‘at‖ nashriyoti, 1991, -B 74-85
455
Amir Temur, ma‘lumki, barcha davlat xizmatchilarini, jumladan,
vazirlarni ham «xavfu rajo» (qoʻrquv va umidvorlik) orasida saqlab yurgan.
Sohibqironning bu usuli uning «Tuzuklar»da yaxshi yoritilgan. «YAxshi
larning boshini siladim, , munofiqlarni ja‘zoladim», - deydi Temur. Bu usul
keyingi temuriy podsholar tomonidan ham davom ettirilgan. Husa‘yn Voiz
Koshifiy «Axloqi Muhsiniy» asarida bu usulni «lutf va qahr» deb ataydi:
«Bahiman podsho bir hakimdan: «Mulozimlar tarbiyasining asosini nimaga
qurish kerak? - deb soʻradi. Hakim javob berib dedikim, ikki narsa (asosiga)
qurish kerak: biri lutf va biri qahr. Sulton qahrining asari va lutfi hamisha
xodimlariga qaratilgan boʻlsin. Qahr ostida tutsin, tokim, hovliqib kuchayib
ketmasinlar va lutf koʻrsatib tursinkim, noumid boʻlmasinlar».
1
Xulosa qilib aytganda, axloqning kelib chiqishi haqidagi hamda har bir
davrda axloqiy tafakkur taraqqiyoti rivojiga hissa qoʻshgan mutaffakirlar
fikrlari hanuzgacha oʻz ahamiyatini yoʻqotgani yoʻq.
XXI asr globallashuv asri boʻlib, insoniyat tarixiy taraqqiyoti, madaniy
merosi, ijtimoiy tuzumi va axloqiy qarashlarida jiddiy oʻzgarishlar sodir
boʻlmoqda. Bu jarayon shaxs axloqiy madaniyatining shakllanishida ham
namoyon boʻlmoqda. ayniiqsa, oilada voyaga etadigan yosh avlodni yuksak
axloqiy ideallar asosida tarbiyalash, uni har tomonlama etuk shaxs boʻlib
etishishini ta‘minlash masalalari dolzarb muammoga aylanib bormoqda.
Ijtimoiy taraqqiyot jarayonining jadal suratlar bilan borishida alohida
ahamiyat kasb etayotgan globallashuv har bir davlat, xalq, millat yoki shaxs
axloqiga ham yangicha talablarni qoʻymoqda. Oʻzbek millatining urf-
odatlari, axloqiy madaniyati va ma‘naviyatiga kirib kelayotgan «goʻzal
mahsulotlardan» ehtiyot boʻlmoq kerak. Chunki, chiroyli koʻringan biror
buyum, multfilm yoki «ommaviy mahsulot» odamlar qalbi va ongiga ta‘sir
etishi, milliy-estetik va axloqiy madaniyatiga putur etkazishi mumkin.
Inson tabiatning bir qismi, demak odamlarning oʻzlari, ularning oʻzaro
munosabatlari ham atrof-muhitning bir qismi hisoblanganligi uchun inson
sa‘lomatligining
ijtimoiy
ekologik
muammosi
yuzaga
keldi.
XX va XXI asrda erisxilgan fan-texnika yutuqlari hozirgi paytda inson va u
yashayotgan sa‘yyoraning kelajagiga tahdid solmoqda. Atom, vodorod,
neytron bombalari, ballistik raketalar, eng yangi texnikaviy koʻrsatkichlarga
ega qiruvchi, bombardimon harbiy uchoqlar, suv osti va suv usti kemalari,
eng yangi rusmdagi tanklar hamda turli-tuman qurollar hammasi insonni
yoʻq qilishga qaratilgan. Ularni ishlab chiqarish korxonalari va sinov
maydonlari ekologik buhronlarning manbaidir. Bular bir yoki bir necha
mamlakat uchun emas, balki global, umumsa‘yyoraviy fa‘lokat hisoblanadi.
Ularning oldini olishni faqat bir yoʻl bilan biz yashayotgan texnikaviy
muhitda (noosferada) axloqiy muhitni (etosferani) barqaror etish orqali hal
1
Amir Temur. ―Temur tuzuklari‖. Forschadan Alixon Sog‗uniy va Habibullo Karomatov tarjimasi. -T.: G‗afur
G‗ulom nomidagi ―Adabiyot va san‘at‖ nashriyoti, 1991,-Б 86
456
qilish mumkin. Сhuningdek, biologik axloq, ekologik axloq, oʻlim ja‘zosini
bekor
qilish
muammolari
ham
global
tabiatga
ega.
Akademik
A.Pokrovskiyning fikriga koʻra: «Hozirgi zamon kishisi hamma vaqt tabiatga
nisbatan urush holatida boʻlib kelgan. Uning ha‘lokatli oqibatlari yildan-yilga
kuchliroq sezilmoqda. Agar insonning tabiatga munosabat madaniyatini
tarbiyalamasak, fojiali oqibatlarga olib kelishi mumkin».
1
«Ma‘lum ma‘noda,
ekologik inqiroz, nafaqat energoresurslar kamyobligi, atrof-muhit ifloslanishi
emas, balki, eng avvalo, insonning uygʻonish davridan boshlab, ongli
ravishda shakllangan, dunyoga va tabiatga munosabatlari tizimi inqirozidir».
2
Bizningcha, noosferada, yuqori da aytganimizdek, inson fikri
narsalashadi, oʻz intellektimiz narsalarga aylanib, bizni oʻrab oladi.
Insonning ichki tabiati muhit mavqeini egallab, tashqi tabiatga ta‘sir koʻrsata
boshlaydi va koʻp hollarda bundan eng avvalo insonning oʻzi ozor chekadi.
Tafakkur biologik xususiyatga ega boʻlmagani uchun biologik muhitning
oʻrnini egallashga, uni asta-sekin siqib chiqarishga harakat qiladi. Bu harakat
ma‘lum nuqtadan oʻtganidan soʻng esa oʻz ijobiy xususiyatini yoʻqota boradi
va insoniyat uchun salbiy hodisaga aylana boshlaydi. Atom, vodorod, neytron
bombalarining kashf etilishi, yadro kallakli ballistik raketalarning yaratilishi
ana shunday salbiy hodisalardandir. Bundan tashqari, noosferaning paydo
boʻlishi atmosferani, olamiy okeanni, yer osti va yer usti suvlarini, nabototni,
hayvonotni, hatto insonni ich-ichidan kimyoviy zaharlanishga olib kelmoqda.
Hozirgi kunda tirik organizmlarning, oʻsimliklarning, hayvonlarning
koʻpgina turlari jisman yoʻq boʻlib ketish arafasida turibdi. ayniiqsa, joy
topolmay, okean boʻylab kemalarda suzib yurgan radioaktiv chiqindilar yoki
ularning kimsasiz goʻzal orollarga koʻmib tashlanishi, kislota yomgʻirlarining
koʻpayib borishi singari hodisalar bagʻoyat xatarli. Afsuski, inson koʻra-bila
turib, oʻzi oʻtirgan shohga bolta urishni toʻxtatmayotir.
Nemis olimi V.Derngols kishilarda umuman tabiatga, xususan, suvga
nisbatan ekologik va gigienik munosabat madaniyatni shakllantirishni
hayotiy zaruriyat tarzida qarab: «Erda suvning tozaligini saqlash - inson
qonining sofligini ta‘minlashning zaruriy shartidir...Inson suvni ifloslantirishi
bilan oʻz umrini Qisqartiradi»,
1
- degan edi.
Bu muammolarning hal etilishi faqat atrof-muhitni kimyoviy zahardan
ekologik tozalashnigina emas, balki, eng avvalo, global ma‘noda, XXI asr
kishisi ongini texnokratiya zaharidan forigʻlantirishni taqozo etadi. Ya‘ni,
ular insoniyat oldida endilikda ekologik hodisa emas, balki tom ma‘nodagi
axloqiy muammolar sifatida koʻndalang boʻlib turibdi. Mashhur avstriyalik
etolog olim, Nobel mukofoti laureati Konrad Lorensning: «Yoppasiga va tez
yoyilib borayotgan jonli tabiatga begonalashish hodisasi uchun asosan
1
Pokrovskiy A. Ekologicheskiye problemi Zemli. - M.: Nauka, 1975.S-117.
2
Palenko A.N. «Ekologicheskiy krizis» kak psevdoproblema.- M.: // Voprosi filosofii. 2002. №7. S-71.
1
Dernqoltsv. Berlin. 1975. WWW. Neture. P. 213.
457
sivilizatsiyamiz kishisidagi estetik va axloqiy toʻposlik aybdordir»
1
- degan
soʻzlari shu nuqtayi nazardan diqqatga sa‘zovordir.
Yuqori da aytilganlardan chiqadigan xulosa bitta: kelajakda inson
oʻzini va oʻz sa‘yyorasini muqarrar ha‘lokatdan qutqaraman desa – XXI
asrdan boshlab etosfera davriga oʻtishi kerak; axloqiylik har birimiz uchun
har qadamda bugungi texnikaviy muhit kabi zaruratga aylangandagina bunga
erishish mumkin.
Etikaning mezonlari, asosiy tushunchalari va me‘yorlari jamiyat
taraqqiyotining umumiy imkoniyatlari va ehtiyojlari, alohida etnik guruhlar
yashayotgan, mehnat qilayotgan joylardagi sharoitlar, ularning oʻziga xos
xususiyatlari bilan belgilanadi. Ularni biron-bir shaxs yaratmagan, u
muayyan ijtimoiy munosabatlarga muvofiq, moddiy va ma‘naviy hayot
jarayonida kishilar ijtimoiy turmushining, axloqiy munosabatlarining
talablarini birmuncha umumlashgan holda aks ettiradigan axloqiy ong
shakllari sifatida vujudga kelgan qonun–qoidalar hisoblanadi. Bular orasida
axloqiy tamoyillarning muhim oʻrni bor. Ta‘moyil ―prinsip‖ lotincha soʻz
boʻlib, ―nazariya‖, ―ta‘limot‖, fan uchun asosiy qonun- qoida, inson uchun
oʻzi ogʻishmay amal qiladigan qoida, nuqtayi nazar, maslak degan ma‘noni
anglatadi. Axloqiy kategoriyalar singari axloqiy tamoyillar ham axloqiy
anglash shakllaridan hisoblanadi. Ularda axloqiy talab nisbatan umumiy
tarzda koʻzga tashlanadi. Ular jamiyat tomonidan shaxsga qoʻyiladigan talab
tarzida namoyon boʻlib, insonning axloqiy mohiyatini, uning hayoti
mazmunini, odamlar bilan oʻzaro aloqalaridagi asosiy jihatlarni belgilab
beradi. Natijada, tamoyillar inson hatti-harakatining umumiy yoʻnalishini
koʻrsatgan holda, koʻpgina axloqiy me‘yorlar uchun asos boʻlib xizmat
qiladi. Quyida biz ana shulardan ayrimlarini koʻrib oʻta‘miz.
Do'stlaringiz bilan baham: |