Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulugʻbek nomidagi oʻzbekiston milliy universiteti



Download 4,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet260/344
Sana22.04.2022
Hajmi4,6 Mb.
#573899
1   ...   256   257   258   259   260   261   262   263   ...   344
Bog'liq
2 5323548415055892818

vdemonizm
(grech. ευδαιμονία – 
barqarorlik, huzurbaxshlik, baxt) – inson asosiy faoliyatining baxtga 
erishuvga intilishi bilan bogʻliq boʻlgan axloqshunoslik yoʻnalishlardan biri 
sanaladi. 
Evdemonizm yoʻnalishi namoyondalari qarashlarida inson uchun eng 
buyuk ne‘mat baxt sanaladi. Uning asosida yunon faylasufi Arastuning baxt 
hakidagi ta‘limoti yotadi. Uning fikricha baxt bu «biz doimo uning oʻzi 
uchun oʻzini tanlaydigan, boshqa narsa uchun uni tanlamaydigan» axloqiy 
tushunchadir. Oʻrta asrlar tafakkurida evdemonizm (baxtga etishuv ta‘limoti) 
1
Vvedeniye v osnovaniya nravstvennosti i zakonodatelstva = An introduction to the principles of morals and 
legislation / I. Bentam. — M.: ROSSPEN, 1998. — 415 s. — (Istoriya polit. misli). ISBN 5-86004-166-7 


451 
Foma Akvinskiy ta‘limotiga yoʻnaltirilgan boʻlib, yuksak baxt Xudoni 
anglash va hayoti davomida Uni tan olmoqdir, degan gʻoya‘ni tasdiqlar edi.
Falsafa qomusiy lugʻatida bu yoʻnalishga shunday ta‘rif berilgan: 
―Evdemonizm yunoncha baxt - saodat, rohat - farogʻatni kishilar hayotining 
oliy maqsadi, deb hisoblaydigan axloqiy yoʻnalish. Evdemonizm yunon 
etikasining asosiy prinsiplaridan biri boʻlib, u Suqrotning shaxsning ichki 
erkinligi, tashqi dunyoga qaram emasligi toʻgʻrisidagi gʻoyasi bilan uzviy 
bogʻliq. Evdemonizm baxt-saodatni ma‘naviy huzur, lazzat bilan 
tenglashtirmaydi, balki uni keng ma‘noda, jismoniy va ma‘naviy
qadriyatlarning majmui tarzida tushuniladi.‖
1
Evdemonizm yoʻnalishidagi huzurbaxshlik ta‘limotini yoqlovchilar 
epikur, Gassendi, Lametri, Volter, Golbaxlar baxt va huzurbaxshlikni 
uygʻunlashtiradilar. Ammo gedonizmdan farqli oʻlaroq huzurbaxshlik bu 
erda insonning axloqiy faoliyati bilan bevosita bogʻlanadi. Misol uchun, 
epikur nazdida yuksak darajadagi huzur tuban jismoniy lazzatda emas, balki 
nafis ma‘naviylikdadir. Faqatgina mutlaq sokinlik va ataraksiya holatidagina 
inson haqiqiy baxt egasiga aylanadi. 
Ammo asosiy evdemonizm yoʻnalishi tanqidchilaridan Immannuel 
Kant haqiqiy axloqiy faoliyatning asosida baxt emas, burch turishini 
ta‘kidlaydi.
Zamonaviy ruhshunoslikda bu yoʻnalish ijobiy, amaliy ruhshunos lik 
sifatida evdemonizm haqidagi qadimgi yunon faylasuflarining ta‘limotini 
oʻrganmoqda. 
Sharq falsafasiga esa, baxtga erishuv hakidagi bu ta‘limotni 
buddhachilikning nirvanaga erishish uchun barcha iztiroblardan qutulishga 
intilish va shu bilan toʻlaqonli baxtga erishuvga nisbat beriladi. Dalay-Lama 
(XIV) qarashlari «Inson hayotining asosiy maqsadi - baxtdir. Bu shubhasiz. 
Biz qanday e‘tiqoddaligimizdan qat‘iy nazar – dahriy yo Xudoga 
ishonamizmi yoʻqmi, buddhachi yo nasroniy, –barchamiz hayotda eng yaxshi
narsani izlaymiz. shu tariqa, mening fikrimcha, hayotimizdagi asosiy 
faoliyatimiz – bu baxtga intilishdir»
2
. L.A.Seneka yaxshilikning oʻzi baxtli 
boʻlish uchun etarlidir, deb hisoblasa, Spinoza baxt – yaxshilik uchun 
qilingan mukofot emas, balki ezgulikning oʻzidir, degan xulosaga keladi.
Yuqoridagi mutafakkirlarning qarashlaridan xulosa yasa‘ydigan 
boʻlsak, inson haqiqiy baxtli boʻlgandagina huzurbaxshlikka erishadi. Baxt 
esa, avvalambor axloqiy faoliyat bilan chambarchas bogʻliqdir.
Biz yuqori da keltirgan fikrlarda axloq tushunchasining ta‘rifi, axloqni 
fanning tadqiqot obyekti sifatida toʻxtalib oʻtgan edik. Endigi vazifamiz 
axloqning kelib chiqishi haqidagi qarashlarni tahlil qilishdan iborat. 
1
Falsafa qomusiy lug‗ati. O‗zbekiston Faylasuflari Milliy jamiyati nashriyoti. ―Sharq‖ Matbaa nashriyot 
aksiyadorlik kompaniyasi. T., 2004. B.455 
2
Radxakrishnan S. Indiyskaya filosofiya. T.1. SPb., «Stiks», 1994. S. 287-290 


452 
Axloqning paydo boʻlishi haqida ham ikki xil fikrlar mavjud: biri dunyoviy, 
ikkinchisi diniy. Dunyoviy qarashlarga koʻra axloq insonlarning tabiiy 
tanlanish jarayonida oʻzining oldingi hayvoniy oʻtmishidan meros boʻlib 
qolgan instinkt tarzdagi hatti-harakatining mahsuli sifatida paydo boʻlgan, 
degan gʻoya‘ni ilgari surishadi. Bu qarashlarning asoschisi Charlz Darvin va 
uning izdoshi Konrad Lorens hisoblanadi
1
.
Diniy yondashuv ga koʻra, hamma narsani, ya‘ni Yer va osmon, butun 
mavjudot Alloh tomonidan yaratilgan, u odamzodga axloqiylik va ezgulik 
fazilatlarini xudoning borligini tanish, uning izzat-ikromi va olqishlariga 
sa‘zovor boʻlishi uchun bergan. Masalan, islom dinining muqaddas kitobi 
«Qur‘oni Karim»da: «Mashriqu magʻrib Allohnikidir. U pokdir. Albatta, 
osmonlaru erdagi barcha narsalar Unikidir. Hamma unga boʻysunuvchidir. U 
osmonlaru erni paydo qiluvchidir. Kimki yaxshilik qilgan holda oʻzini 
Allohga topshirsa, unga Robbi huzurida ajr bordir. Ularga xavf yoʻq va ular 
xafa ham boʻlmaslar»
2
, - deyilgan. Demak, ularning fikricha, axloq 
Allohning izmidadir. Uning vazifasi Alloh tomonidan buyurilgan narsa - 
axloqiy me‘yor va boshqa qonun-qoidalarni soʻzsiz bajarishdan iboratdir. 
Axloqiy tafakkur taraqqiyotiga nazar tashlasak, kishilik jamiyatining 
ilk davrlarida dastlabki axloqiy ta‘limotlar qadimgi Sharq mamlakatlari - 
Misr, Bobil, Falastin, Xitoy, Hindistonda va Markaziy Osiyoda yuzaga 
kelgan. Qadimgi Misrda, Bobilonda axloqni yorituvchi pandnomalar 
yaratilib, ularda odob qoidalarini bilishlik insonga afzalliklar keltirishini 
koʻrsatib oʻtganlar. 
Avesto.
Jumladan, axloqiy qarashlarni zardushtiylik dinining muqaddas 
kitobi ―Avesto‖da ham koʻrish mumkin. Avestoda yaxshi lik, Yorugʻlik va 
goʻzallik xudosi Axura Mazda va yomonlik, yovuzlik, pastkashlik xudosi 
Axriman 
oʻrtasidagi 
kurash 
tashkil 
qiladi. 
―Avesto‖da 
davlat 
xizmatchilarining axloqiy fazilatlari haqida shunday fikr bildiriladi: 
―Davlatni adolatli podsholar pokiza qalb va ezgu niyatlar bilan boshqarishlari 
kerak. Zolim podsholarni davlatni boshqarishlariga yoʻl qoʻymanglar‖, 
―Haqiqat - baxt saodat manbaidir. Baxt faqat haqiqatni sevguchi insongagina 
mansubdir‖, ―Adolat tantana qilishi, yovuzlik yoʻq qilinishi kerak‖ kabi 
koʻplab fikrlarni uchratish mumkin. 
Xuddi shunday fikrlarni, qadimgi Hindistondagi barcha ta‘limotlarda 
hamda Xitoyda shakllangan konfusiylik, daosizm ta‘limotlarida ham koʻplab 
uchratish mumkin. Axloqiy fikrlar birmuncha aniq ifodalangan qarashlarni 
qadimgi Gresiya va Rimda yashab ijod etgan Suqrot, Aflotun, Arastularning 
1
Charlz Darvin «Tabiiy tanlanish yo‗li bilan turlarning paydo bo‗lishi» (1859 y.) nomli kitobida tadrijiy-genetik va 
uning izdoshi Konrad Lorens esa etologiya (xulq, fe‘l-atvor haqidagi fan, asosan hayvonlardagi) nazariyasiga asos 
solganlar. 
2
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Qur‘oni Karim ma‘nolari tarjimasi. - T., 2008. - B.17,18.


453 
asarlarida koʻrish mumkin. Masalan, Suqrotning fikriga koʻra, jasurlik ayni 
vaqtda donolikdir, Ya‘ni xavf - hatarni va xavfsizlikni oʻz vaqtida bilib, 
anglab olishdir. Mardlik qoʻrquvni bartaraf qilish hamda moʻtadillik oʻz 
hissiyotlariga erk bermaslikni, adolat yaxshilik qilishni anglatadi. 
Aflotun
. U oʻzining ―Davlat‖ va ―Qonunlar‖ nomli asarlarida axloqiy 
qarashlarini bayon etgan. U ―ideal davlat‖ haqidagi gʻoya‘ni ilgari surar ekan, 
undagi yaxshi fazilatli insonlarning kasb - hunar axloqi toʻgʻrisida fikr 
bildiradi. Uning fikricha, har bir odam oʻz ishini qilishi kerak, boshqalarning 
kasbi sohasidagi ishlariga aralashmasligi zarur. Ideal davlatni boshqaruvchi 
SHaxs quyidagi toʻrt yaxshi xislatga ega boʻlishi kerak: donolik, jasurlik, 
muvozanatni saqlab turish, odillik. 
Arastu
. Arastuning axloqiy qarashlari uning asarlari ―Nikomax 
etikasi‖, ―Katta etika‖ , ―Poetika‖ va ―Siyosat‖ asarlarida oʻz aksini topgan. 
Arastu ―Poetika‖ asarining ―Katta axloq kitobi‖ boʻlimida shunday deyiladi: 
―Etika - axloq muammolari haqida gapirishdan avval biz axloq nimaga 
taaalluqli ekanligini aniqlab olishimiz kerak. Gapning lundasini aytsak, axloq 
siyosatning tarkibiy qismidir. Chindan ham muayyan axloqiy fazilatlarga ega 
boʻlmagan, ya‘ni munosib boʻlmagan odam faoliyat koʻrsatishi mumkin 
emas. Munosib odam boʻlmoq - fazilatlar egasi - fozil boʻlmoq, demakdir. 
Zero, ijtimoiy va siyosiy hayotda faoliyat yuritmoqchi boʻlgan odam axloqan 
fazilatli odam boʻlmogʻi kerak. Xullas, etika, axloq siyosatning tarkibiy 
qismi, uning asosidir. Shuning uchun, axloqni bema‘lol siyosat, deb atash 
mumkin‖
1
.
Farobiy
. Sharq allomalaridan biri atoqli faylasuf va axloqshunos olim 
Abu Nasr Muhammad ibn Muhammad ibn Oʻzlugʻ ibn Tarxon Farobiydir 
Sharqda «Ikkinchi muallim» deb tan olingan bu alloma oʻzining «Fozil 
odamlar shahri», «Davlat arbobining hikmatlari», «Baxt-saodatga erishuv 
haqida» kabi bir qator asarlari bilan axloq ilmini rivojlantirishga ulkan hissa 
qoʻshgan. Farobiyning ―Fozil odamlar shahri‖ nomli asarida adolatli jamiyat 
qurishga qodir boʻlgan insonlarning axloqiy fazilatlarida quyidagi muhim 
sifatlar boʻlishi lozimligini ta‘kidlaydi: 
1.
Jismoniy sa‘lomatlik va aqliy kamolotning birligini 
ta‘minlash zarur. Bunday odamlarning barcha a‘zolari shu darajada 
mukammal taraqqiy etgan boʻlishi zarurki, u bu a‘zolari bilan 
bajarmoqchi boʻlgan barcha ishlarni osonlik bilan bajara olsin. 
2.
Barcha masalani, muhokama va munozarani tezda va 
toʻgʻri tushuna oladigan, uning ma‘nosini anglay oladigan, 
soʻzlovchining maqsadi, aytilgan fikrlarning chinligini tezda payqay 
oladigan boʻlsin. 
1
Arastu. Poetika. Axloqi Kabir. -Toshkent: Yangi avlodasri, 2004.В. 96


454 
3.
Xotirasi juda baquvvat boʻlsin, koʻrgan – eshitgan, sezgan 
narsalarining birortasini ham esidan chiqarmay yodida saqlab turadigan 
boʻlsin. 
4.
Zehni shu darajada oʻtkir boʻlsinki, biror narsaning
a‘lomatini sezish bilan bu a‘lomat nimani bildirishini tezdan bilib olsin.
5.
Soʻzlari aniq boʻlsin, fikrini va aytmoqchi boʻlgan 
muloxazalarini ravon va ravsha‘n bayon eta olsin. 
6.
Bilish va oʻqishga muhabbati boʻlsin, oʻrganmoqchi 
boʻlgan bilimini charchashni bilmay osonlikcha oʻzlashtira olsin. 
7.
Ovqatlanishda, ichimlik ichishda ochkoʻz boʻlmasin, tabiati 
qimor oʻyinlari oʻynashdan uzoq boʻlsin va ular keltiradigan 
xursandchilikdan jirkanadigan boʻlsin. 
8.
Haqiqatni va haqiqat tarafdorlarini sevadigan, yolgʻon va 
yolgʻonchilarga nafrat bilan qaraydigan boʻlsin. 
9.
Ruhning gʻururi va vijdonini qadrlaydigan boʻlsin, uning 
ruhi oʻz tabiati bilan past ishlardan yuqori va oliyjanob ishlarga 
ishlatiladigan boʻlsin. 
10.
Dirham, dinor va shu kabi turkumga qarashli buyumlarga 
jirkanch bilan qaraydigan boʻlsin. 
11.
Oʻz tabiati bilan adolatni sevadigan va adolat uchun kura 
shuvchilarga xayrixoh, adolatsizlik qilib jabr – zulm oʻtkazuvchilarga 
nafrat bilan qaraydigan boʻlsin, oʻz odamlari va boshqalarga adolatli 
boʻlsin, goʻzal va yaxshi hisoblangan barcha narsalarni barchaga 
taqdim etgan holda odamlarni adolatga targʻib etadigan, adolatsizlik 
oqibatlarini yoʻqotadigan, ularga yoʻl qoʻymaydigan boʻlsin. 
12.
Adolatli boʻlsin, ammo qaysar boʻlmasin, adolat oldida 
qaysarlik qilib, oʻzbilarmonlikka berilmasin, lekin har qanday 
adolatsizlik, pastkashlik oldida lafzli boʻlsin, oʻzi zarur deb topgan 
narsasini amalga oshirishda qat‘iylik koʻrsatsin, qoʻrqmas, jasur 
boʻlsin, qoʻrqish va ojizlikni bilmasin. 
1

Download 4,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   256   257   258   259   260   261   262   263   ...   344




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish