Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulugʻbek nomidagi oʻzbekiston milliy universiteti


Qonun tushunchasi. Qonunlarning turlari



Download 4,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet112/344
Sana22.04.2022
Hajmi4,6 Mb.
#573899
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   344
Bog'liq
2 5323548415055892818

Qonun tushunchasi. Qonunlarning turlari.
Qonun tushunchasi dunyoning mavjudligi ana shunday botiniy va zohiriy 
oʻzgarishlarning abadiy takrorlanib turishidan iboratdir. Bu takrorlanishlar esa 
oʻz mohiyati va xususiyatlarini saqlab qolganliklaridan qonun va qonuniyat 
tusini olgan. 
Masalan, biz Nyuton tomonidan kashf etilgan butun olam tortishish 
qonunini oʻrganganimizda ana shunday holni idrok eta‘miz. Bu qonunning 
asosiy mohiyati butun olamdagi narsalarning bir-biri bilan a‘lokadorligi 
tamoyilining doimiy takrorlanishi, har soniya va har daqikada bu holatning 
sodir boʻlib turishini isbotlaydi. 
Xoʻsh,qonun oʻzi nima? U kishi va umuman, jamiyat hayotida qanday 
ahamiyatga ega? Qonunni bilmasdan, oʻrganmasdan turib yashash 
mumkinmi? Qonun tushunchasi kundalik hayotimizda nisbatan tez-tez ishlatib 
turiladigan tushunchadir. Xususan, fizika yoki ximiya qonunlari deymiz, 
tabiat qonuni yoki boʻlmasa, iqtisodiy qonunlar, yuridik qonunlar va h.k. 
YUqoridagilarni birlashtirib turadigan, barchasi uchun ham umumiy boʻlgan 
xossa, xususiyatlar bormi? Eng avvalo, shuni aytish kerakki, olamdagi barcha 
narsa — tabiat, jamiyat va inson taraqqiyoti ma‘lum qonunlar asosida amalga 
oshadi. Fanlarning (ijtimoiy, gumanitar, tabiiy va h. k,) asosiy vazifasi har bir 
soha boʻyicha tadqiqot oʻtkazib, qonunlarni kashf qilish yoki ularning amal 
qilish xususiyatlarini oʻrganish, ochib berishdan iborat. 


254 
Qancha koʻp qonun kashf qilinsa, taraqqiyot shuncha tez boʻladi. 
Taraqqiyot qonunlarini bilmasdan turib, rivojlanishga erishish qiyin. Hozir 
mustaqil Oʻzbekiston barcha rivojlangan mamlakat singari ijtimoiy 
yoʻnaltirilgan bozor iqgisodiyotiga asoslangan demokratik davlat, fuqarolik 
jamiyati barpo qilish yoʻlidan bormoqsa. Bunda umumbashariy qonunlar va 
mamlakatimizning oʻziga xos xususiyatlari e‘tiborga olingan. 
Inson qonunlarni bilishi, ularga amal qilishi doirasida erkindir. Erkinlik 
nima? Erkinlik anglab olingan zaruriyatdir. Har qanday qonunga xos 
belgilardan biri zaruriyligi ya‘ni obyektiv tarzda amalga oshish, oʻz-oʻzidan 
namoyon boʻlishdir. Erkinlik esa ana shu zaruriylikni anglab olish mazmuniga 
amal qilishdan iborat faoliyatni anglatadi. 
Yuristlarda shunday ibora bor: «Qonunni bilmaslik javobgarlikdan xolos 
qilmaydi». Ana shu tufayli siz yuridik qonunlarni kancha yaxshi bilsangiz, 
oʻzingizning faoliyatingni!» shunga moslab olib borasiz. Demak, shuncha 
erkin boʻlasiz. SHu holda siz nima qonuniy, nima esa qonuniy emasligini 
yaxshi bilasiz, qonunga xilof qadamlar qoʻymaysiz. 
YUqoridagi fikrlarni xulosa qilib, qonunga qoʻyidagicha ta‘rif berish 
mumkin: 
Qonun
olamdagi narsa va hodisalarning muhim, zaruriy, umumiy va 
takrorlanib turuvchi bogʻlanishlari, aloqalari va munosabatlarining namoyon 
boʻlishidir.
Endi qonunning belgilariga toʻxtalamiz: 
1)
qonun turli-tuman aloqadorliklar, bogʻlanishlardan faqat muhimlarini, 
ya‘ni bunday bogʻlanishlarni ifodalaydiki, bu«olamning mavjudligi, 
oʻzgarishlari va undagi narsa hamda hodisalarning mohiyatidan kelib chiqqan 
boʻladi; 
2)
qonun 
zaruriy 
bogʻlanishlarni 
ifodalashi, 
ya‘ni 
tasodifiy 
bogʻlanishlar, goh paydo boʻlib, goh yoʻqolib ketadigan bogʻlanishlarga 
asoslanmaydi; 
3) qonun narsa va hodisalarning umumiy bogʻlanishlarini ifodalaydi. 
Qonun 
nisbatan 
barqaror, 
takrorlanib 
turuvchi 
rivojlanishlarni 
(munosabatlarni) ifodalaydi, ya‘ni bir safarberib, ikkinchi safar yuz 
bermaydigan bogʻlanishlarni butunlay qamrab olmaydi.
Tabiat qonunlariniig yana bir eng muhim xususiyati — bu obyektiv 
harakterga ega, ya‘ni u insonga ham, insoniyatga ham bogʻliq emas. Biror 
kishi, hatto millatning irodasi bilan ham, tabiat qonuniga tub oʻzgartirish 
kiritish yoki uni butunlay yoʻq qilish mumkin emas. Chunki bu qonunlarning 
asosini tashkil qilgan bogʻlanishlar, munosabatlar obyektiv xususiyatga ega. 
Olamdagi har bir narsa va hodisa bir-birini taqozo qiladigan va shu bilan 
birga, bir-birini istisno qiladigan qarama-qarshi tomonlar birligidan iborat. 
Demak, voqe‘lik va oʻzgarish jarayonida ayniyat va ziddiyatning boʻlishi ham 
odatiy hol. Masalan, issiq va sovuq, oq va qora, kecha va kunduz, elektrning 
musbat va manfiy zaryadlari, yaxshilik va yomonlik, adolat va jaholat va h. k. 
Qarama-qarshi tomonlar bir-birini inkor etadi va shu bilan birga biri 


255 
ikkinchisini taqozo etadi, biri ikkinchisisiz mavjud boʻla olmaydi. Faraz 
qilaylik, magnitning manfiy zaryadi boʻlmasa, u holda ushbu narsa magnit 
boʻlolmaydi. 
Borliq narsa, voqea-hodisalarning turli-tumanligidan iborat. Lekin 
narsalar qanchalik xilma-xil, turli-tuman boʻlmasin, ular oʻrtasida yaqinlik, 
aynanlik mavjuddir. Masalan, stol va stul sifat jihatidan turli narsalardir. 
Lekin baribir ular oʻrtasida oʻxshash tomonlar, belgilar bor.aytaylik ularning 
yo rangi yoki bir turli materialdan yasalganligi yoki boʻlmasa, vazni oʻxshash 
boʻlishi mumkin va h.k. 
ayniiyat tushunchasi narsa va hodisalar oʻrtasidagi oʻxshash tomonlarni 
ifodalaydi. Shu bilan birga narsa-hodisalar bir-biridan farq qiladigan 
tomonlar, xususiyatlar, belgilarga ham egadir. Aynan bir xil boʻlgan narsaning 
oʻzi yoʻq. Hatto daraxtning bir shohida yonma-yon turgan 2 barg ham bir-
biridan farq qiluvchi ba‘zi jihatlarga ega. Hech boʻlmaganda, ular bir-biridan 
makondagi oʻrni bilan farq qiladi. 
Hayotdan misol keltiradigan boʻlsak, bir-biriga tashqi tomondan 
ta‘momila oʻxshash boʻlgan Hasan va Husanlarda ham xuddikun farq qiluvchi 
xususiyatlar bor. Masalan, ularda fe‘l-atvor, qiziqish turi, dunyoqarashlar har 
xil boʻlishi, ularning ichki dunyolari farq qilishi mumkin. Demak, ta‘rifnarsa 
— hodisalarning farq qiluvchi tomonlarini ifoda‘lovchi tushunchadir. 
Xoʻsh, qonuniyatli aloqalarning muhim belgilari va asosiy xususiyatlari 
qanday?
Qonun
, bu – 
muhim
harakterga ega boʻlgan aloqadir. Qonun va 
mohiyat tushunchalari bir xil toifadagi tushunchalardir. Qonuniyatli 
aloqalarning muhimlik va zarurlik xossalari ularning yana bir xususiyatini – 
umumiyligini
keltirib chiqaradi. Umumiylik qonunning tegishli sharoit 
boʻlgan hamma erda amal qilishini bildiradi. Qonunlar kamroq umumiy 
boʻlib, faqat moddiy jarayonlarning cheklangan sohalaridagina amal qilishi, 
ayrim konkret fanlar tomonidangina oʻrganilishi (masalan, energiya‘ning 
saqlanishi va aylanishi qonuni) mumkin; shuningdek qonunlar falsafa 
tomonidan oʻrganiladigan umumiy, universal boʻlishi mumkin (dialektika 
qonunlari). 
Qonunlar oʻzining 
ifodalash shakllari
boʻyicha bir-biridan farq qiladi. 
Bir xil qonunlar hodisalar oʻrtasidagi qat‘iy miqdoriy bogʻliqlikni aks 
ettiradi va fanda matematik formulalar bilan qayd etiladi (masalan, butun 
jahon tortilish qonuni). Boshqa xil qonunlarni esa qat‘iy matematik 
formulalar bilan ifodalab boʻlmaydi (masalan, tabiiy tanlanish qonuni). 
Qonunlarni sinflarga boʻlish gʻoyat muhim ahamiyatga ega: dinamik 
qonunlar (qattiq determinatsiya), 
statistik
(ehtimoliy) qonunlar, 
simmetrik
qonunlar, 
boshqaruv
qonunlari. Qonunlarning turli sinflari mavjudligi 
dunyoda sifat jihatdan turli-tuman muhim aloqalar mavjudligini aks ettiradi, 
bu esa ilmiy bilim tuzilmasida, uning tuzilish mantiqida oʻz ifodasini topadi. 

Download 4,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   344




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish