266
tashkil qilgan. Oʻz navbatida, sistemani toʻlaligicha bilish, uning stukturaviy
toʻzilishidagi har bir elementning funksional faoliyatini alohida tahlil qilishni
taqozo etadi.
Shuni alohida ta‘kidlash kerakki, insonlarning narsa hamda hodisalarga
muayyan manfaatlari va ehtiyojlariga koʻra yondashishiga qarab, har bir
elementni nisbatan mustaqil sistema sifatida olib qarash mumkin. Masalan,
ma‘naviyat jamiyat strukturasida, uni tashkil qiluvchi muhim elementlarning
biri hisoblanadi, lekin ma‘naviyatni, maxsus ijtimoiy hodisa sifatida alohida
olib tahlil qiladigan boʻlsak, uning ichki elementlardan iborat mustaqil
sistemaligini koʻramiz. Shunga koʻra, sistema, struktura va element nisbiy
tushunchalar boʻlib, kategoriyalar sifatida, unga boʻlgan munosabat doirasida
konkretlashadi.
Shuning uchun «sistema», «struktura», «element» kabi falsafiy
kategoriyalar narsa va hodisalarni bilishga sistemali yondashish, strukturaviy
tahlil usullarining umummetodologik asosi boʻlib hisoblanadi.
Elementlarni sistemani tashkil qilishdagi strukturaviy ahamiyatiga koʻra:
muhim va muhim boʻlmagan, asosiy va asosiy boʻlmagan elementlarga
ajratib oʻrganish alohida ahamiyatga ega. Chunki har qanday konkret
element, muayyan sistemada makon-zamon xususiyatlariga koʻra, oʻz
ahamiyatiga
ega
boʻladi.
Birok,
ularning
ahamiyatini,
yuqorida
koʻrsatilganidek, turkumlashtirish mutloqo nisbiy hamda shartli harakterga
ega boʻlib, muayyan manfaatlar va ehtiyojlar asosida yondashishdan kelib
chiqadi. SHunga koʻra, konkret makon va zamonda sistemani tashkil
qilishdagi elementlarning ahamiyati strukturaviy funksiyasida muqobilliklar
vujudga kelib turishi bilan izohlanadi. YA‘ni, sistemadagi uning harakterini
belgilab toʻrgan muhim element, ma‘lum vaqtga kelib muhim boʻlmagan
elementga aylanishi yoki aksincha boʻlishi mumkin.
Umuman, falsafaning sistema, struktura, element kategoriyalari narsa va
hodisalarning mazmunini, shaklini ochib berishda metodologik asos boʻladi.
Falsafa fanidagi an‘anaviy tarzda yozilgan darsliklar, oʻquv
qoʼlanmalaridan farqli ularok, bu kategoriyalarni qiyosiy tahlil qilishimizdan
maqsad, boshqa juft kategoriyalarning mazmunini ochib berish imkoniyatini
yaratishdir. Chunki, «mohiyat va hodisa», «mazmun va shakl», «sabab» va
oqibat», «zaruriyat va tasodif», «imkoniyat va vokelik» kategoriyalarining
mazmuni, yuqorida koʻrsatilgan «alohidalik», «xususiylik» «umumiylik»,
«butun», «qism», «struktura», «element», kategoriyalari mazmuni bilan
uzviy bogʻliqdir. Shuning uchun biz falsafa kategoriyalarini bir-birini taqozo
qiluvchi, nisbatan mustaqil bilish usullarining yaxlit sistemasi tarzida
olib qarashni
lozim
topdik.
Do'stlaringiz bilan baham: