Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulugʻbek nomidagi oʻzbekiston milliy universiteti


Olamning mavjudligi — miqdor va sifat voqe’ligi



Download 4,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet115/344
Sana22.04.2022
Hajmi4,6 Mb.
#573899
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   344
Bog'liq
2 5323548415055892818

Olamning mavjudligi — miqdor va sifat voqe’ligi 
tarzida namoyon 
boʻladi. Buning mohiyati shundan iboratki, narsa va hodisalardagi sezilarli 
boʻlmagan miqdoriy oʻzgarishlar asta-sekin toʻplana borib, taraqqiyotning 
ma‘lum bir bosqichida me‘yorni buzadi va sakrash yoʻli bilan tub sifat 
oʻzgarishlariga olib keladi. Harakat jarayonida predmetlarda ma‘lum
oʻzgarishlar sodir boʻladi. Biron – bir lahzagacha miqdor oʻzgarishlar 
koʻpayadi, ichki va tashqi ta‘sirlar natijasida obyektda yuz beradigan 
jarayonlarning miqyosi kengayadi. Keyinchalik «toʻplanib» qolgan miqdor 
oʻzgarishlar bilan obyektning sifati oʻrtasidagi tafovut hosil boʻladi. 
Tafovutni oʻtkirlashib borishi yangi sifatning vujudga kelishi bilan 
yakunlanadi. Polimerdan biopolimerning hosil boʻlishi, har qanday yangi 
obyektlarni 
vujudga 
kelishi 
sifat 
oʻzgarishidan dalolat beradi. 
Yangi sifatning vujudga kelishi oldin sodir boʻlgan miqdor oʻzgarishlar 
turgʻunlikni saqlab turgan me‘yorni buzilishi orqali yuz beradi. Oʻz navbatida 
yangi sifat oʻzgargan miqdor bilan birlikni hosil qilar ekan, obyektni oʻzida 
yangi me‘yor paydo boʻladi. 
Tabiiyki, yangi sifat yangi miqdoriy oʻlchamni keltirib chiqaradi. Bu 
xislatni asosida yotgan narsa – obyektdagi elementlarning harakati va 
mustaqilligining miqyosini oshishi, muhit bilan massa, energiya va struktura 
vositasi orqali almashunuv jarayonining tezlanishi yoki kengayishi, 
predmetning 
mukamallashishiga 
qaratilgan 
faollik 
qobiliyatini 
yuksalishidadir. Bu yangi sifat va miqdor olib kelgan jarayonlar mazmunan 
rivojlanishdan darak beradi. Miqdor oʻzgarishlarining sifat oʻzgarishiga 
oʻtishi, hamda, yangi sifat oʻz navbatida yangi miqdoriy xislatlarni keltirib 
chiqarishi rivojlanishi qanday yuz berishini koʻrsatadi. 
Miqdor oʻzgarishlarining sifat oʻzgarishiga oʻtishi, borliqda bunday 
oʻtishni doimiy va umumiy usul tazrda namoyon boʻlishi bu jarayonga 
qonuniyat tusini beradi. Bu xildagi qonuniyatning amal qilishi ikki 
yoʻnalishda 
sodir 
boʻladi: 
1. 
Ma‘lum tizim doirasida miqdor 
oʻzgarishlarining sifat oʻzgarishiga oʻtishi oldin mavjud boʻlmagan yangi 


258 
predmetni yuzaga keltiradi. Ilmiy bilish sohasida oldin ma‘lum boʻlmagan 
faktlarni tahlil qilish mavjud konsepsiya‘ning cheklanganligini koʻrsatishi va 
yangi mazmunga ega boʻlgan nazariya‘ni ishlab chiqishga olib kelishi 
mumkin. 2. Miqdor oʻzgarishlarining sifat oʻzgarishiga oʻtishi biron – bir 
oldindan mavjud boʻlgan tizimning yoʻqolishi emas, balki uning yangilanish 
shaklida namoyon boʻlishi mumkin. Moddiy olamdagi xilma-xil narsa va 
hodisalar bir- biridan oʻz sifati bilan ajralib turadi. 
Sifat 
— narsalarning ichki 
va tashqi muayyanligi boʻlib, uning qator xossa, belgi, xususiyatlari birligini 
ifodalaydi. Sifat narsa qanday boʻlsa, uni shundayligicha koʻrsatib beradi, 
jismning barcha tashqi xossalarini bogʻliqlikda namoyon qiladi. 
Demak, sifat narsaning umumiyligini, yaxlitligini, uning iisbiy 
barqarorligini, bir-biriga oʻxshashligi yoki oʻxshamasligini ifodalaydi. U keng 
ma‘noda narsalarning turli-tuman xossalari yigʻindisidir. Lekin sifat va xossa 
aynan bip xil ma‘nodagi tushunchalar emas. Sifatning oʻzgarishi, muqarrar 
suratda, xossaning oʻzgarishiga olib keladi. Biroq xossaning oʻzgarishi har 
doim sifatning oʻzgarishiga ta‘sir qilavermaydi, ayrim xossalar narsalarning 
sifatiga ta‘sir etmasdan yoʻq boʻlib ketishi mumkin. Sifat predmetning 
doimiyligini, nisbiy barqarorligini ifoda egadi. 
Narsalar sifat muayyanligidan tashqari, bir-biridan miqdoriy tomonlari 
bilan ham farq qiladi. 
Miqdor 
predmetning hajmi, oʻlchovi, ogʻirligi, harakat 
tezligi va shu kabilar bilan tavsiflanadi. Tabiat hodisalari kabi ijtimoiy 
hodisalar ham miqdoriy tomonga ega. CHunonchi, suv oʻz solishtirma 
ogʻirligiga, qaynash va muzlash darajasiga ega. Bir ijtimoiy tuzum 
boshqasidan xususiyati jihatidangina emas, balki ishlab chiqaruvchi kuchlar 
taraqqiyoti, mehnat unumdorligi, madaniyati va hoka‘zolar bilan ham farq 
qiladi. Har qanday hodisa miqdor va sifat birligiga ega. Tabiatda faqat 
miqdorga va sifatga ega boʻlgan, ya‘ni sifati boʻlib miqdori, miqdori boʻlib 
aksincha, sifati boʻlmagan narsaning oʻzi yoʻq. 
Taraqqiyot jarayonida miqsor oʻzgarishlari tub sifat oʻzgarishlariga 
oʻtishi bilan birga sifat oʻzgarishlari miqdor oʻzgarishlariga ham oʻtadi. 
Miqdor oʻzgarishlari bitan sifat oʻzgarishlari oʻzaro chambarchas bogʻlangan 
boʻlishiga qaramay, ylar ayrim oʻziga xos xusussiyatlarga ham ega. 
Chunonchi: 
-
birinchidan, miqdor oʻzgarishlari doimo yuz berib turadi Hatto hodisalar 
sifatining nisbiy barqarorligi davrida ham miqdoriy oʻzgarishlar asta-sekin 
yuz beradi. Sifat oʻzgarishlariga oʻtish faqat ma‘lum bir davrda boshlanadi; 
-
ikkinchidan, miqdor oʻzgarishlari ma‘lum vaqtgacha narsalarga muhim 
ta‘sir koʻrsatmaydi. Suv normal atmosfera bosimida 100° gacha suyuqlik 
holatini yoʻqotmaydi, keyin esa bugʻga aylanadi, sifatini oʻzgartiradi. Demak, 
sifat oʻzgarishlari hodisalarni tubdan oʻzgartirib, uning boshqa hodisaga 
aylanishini taqozo qiladi; 
-
uchinchidan, miqdor oʻzgarishlari asta-sekin amalga oshadi 


259 
koʻp hollarda sezilmasdan oʻtadi. Sifat oʻzgarishlari esa ancha keyin, ayrim 
holatda toʻsatdan sodir boʻladi; 
-
toʻrtinchidan, sifat oʻzgarishlari miqdor oʻzgarishlariga qaraganda tub 
oʻzgarish boʻlib hisoblanadi. 

Download 4,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   344




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish