Muhit va ekologik omillar muhitga organizmlarning moslanishi
REJA:
GEOGRAFIK MUHIT
INDIVID VA ETNIK MUHUT
Geografik muhit - tabiatiing insoniyat jamiyati mavjud boʻlgan, odamning butun hayoti va i. ch. faoliyati roʻy beradigan qismi. Inson oʻziga kerak boʻlgan barcha narsa — suv, havo, oziqovqat, turar joy va b. qurilishlar uchun zarur boʻlgan materiallar, butun sanoat uchun xom ashyolarni G. m.dan oladi. Jamiyat rivojlanib borgan sari G. m. doirasi oʻzgarib, kengayib boradi. Jamiyat taraqqiyotining dastlabki bosqichlarida kishilar aso-san hayot uchun zarur tabiiy manbalar (yovvoyi usimlik mevalari va hayvonlar, unumdor tuproq va h. k.)dan foydalangan. Keyinchalik ishlab chiqaruvchi kuchlar rivojlanishi bilan tabiiy boyliklar (metall, yogʻoch, issiqlik manbalari va h. k.) mehnat vositalariga aylanib, ahamiyati orta boradi. G. m. jamiyat taraqqiyoti va farovonligining doimiy, zarur shartlaridan biri, u mehnat taqsimotiga va i. ch. tarmoqlarining toʻgʻri joylashtirilishiga faol taʼsir koʻrsatadi. Chunonchi, Oʻzbekistan iqpimi issiq va tuprogʻi unumdor boʻlgani uchun oʻzbeklar kadimdan paxtachilik va bogʻdorchilik b-n, qozoqlar esa qulay yaylovlarga ega boʻlganligi uchun chorvachilik va gʻallakorlik bilan shugullanib kelmoqda. Keyingi davrda yer osti boyliklarini oʻzlashtirish ham salmoqli oʻrin egalladi.
G. m. kishilarning madaniyati, ruhiy holati, turmushi, urf-odatlariga, kiyinishiga ham taʼsir koʻrsatadi va bularning tarkib topishida katta ahamiyat kasb etadi. Oʻz navbatida jamiyat ham G. m.ga taʼsir koʻrsatadi. Kishilarning tobora oʻsib boradigan ehtiyojlarini qondirish uchun tabiatiing yangi hududlari va b. tabiiy boyliklari xoʻjalikka jalb qilinadi. Insonning taʼsiri oqibatida G. m. ancha oʻzgaradi. Mac, choʻllarda vohalar vujudga keldi, dashtlar ekin dalalariga aylantirildi, bir necha oʻnlab suv omborlari qurildi, quritilgan botqoqliklar oʻrnida oʻtloklar paydo boʻldi. Bular mahalliy iqlimga ham taʼsir koʻrsatadi. Chunonchi, vohalarda havo t-rasi kunduzi atrofdagi choʻldan 4—5° past, tunda esa yuqori boʻladi. Inson G. m.dagi hayvonlar va oʻsimliklarga ham kuchli taʼsir koʻrsatadi. Ayrim turlar yoʻqoladi, yangi turlar vujudga keladi. Qurilgan suv omborlari daryolar oqimini oʻzgartirib yuboradi. Bunday oʻzgarishlar texnogen (antropogen) oʻzgarishlar deyiladi. Inson G. m.ga yoki uning biror elementiga taʼsir etayotganda uning keltirib chiqarishi mumkin boʻlgan salbiy oqibatlarni yaxshilab oʻrganishi zarur. Aks holda salbiy oʻzgarishlar G. m.ga ham, insonga ham katta zarar yetkazishi mumkin. G. m. inson faoliyati taʼsiridan tashqari tabiiy jarayonlar taʼsirida ham oʻzgaradi. Bular koʻpincha davriylik xususiyatiga ega. Inson bularni chuqur oʻrganishi va hayot faoliyatida doim nazarda tutishi kerak.
Geografik Muhit. Geografik Atrof-Muhit Deb Ataladi Nima
Geografik muhit - bu bevosita inson jamiyatini o'zaro hamkorlik tabiat, bir qismidir. Odamlar ishlab chiqarish muammolari va hayot uchun hal qilish uchun zarur. Tabiatda mavjud xilma-xillik, tabiiy inson mehnatini bo'linadi. U ovchilik va baliq ovlash, chorvachilik, konchilik, boshqalar jalb qilindi tabiiy ega xususiyatlari , tabiiy muhitni, inson faoliyatining muayyan yo'nalishlarini bering. Misollar mamlakat va hududga qarab farq qilishi ishlab chiqarish ayrim filiallari bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |