Takrorlash uchun savollar:
1. Islom ta’limoti asosini nimalar tashkil etadi?
2. Islomning bo‘linib ketish sabablari nimada?
3. Islomda qanday yo‘nalish, mazhablar bor?
4. Sunniylik aqidalari nechta va ular qaysilar?
5. Shialar kimlar?
6. Xorijiylar haqida nima bilasiz?
7. Kalom ilmi mohiyati nimadan iborat?
8. Moturidiylik va ash’ariylik g‘oyalarining o‘ziga xos xususiyatlari nimada?
9. Tasavvuf qanday diniy ta'limot? Uning mohiyatini nimalar tashkil etadi?.
10. O‘rta Osiyolik tasavvuf namoyandalaridan kimlarni bilasiz?
109
7-MАVZU. XАLQIMIZ MА'NАVIY YUKSАLISHIDА DINLАRNING
O‘RNI
Reja
1. Аvesto – bebaho ma'naviy meros.
2. “Musulmon renessansi” – Sharq uyg‘onish davri ma'naviyatining xususiyatlari.
3. Mustamlaka va mustabid tuzum sharoitida o‘zbek xalqini milliy va diniy
qadriyatlardan mahrum etishga urinishlar.
4. Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda ma'naviyatning davlat siyosatida ustuvor
sohaga aylanishi.
Bizning eng qadimiy ajdodlarimiz ma'naviyat va ma'rifati haqidagi ma'lumotlar
asrlardan asrlarga o‘tib hozirgacha saqlanib qolgan mif, afsonalar va qadimiy
yozuvlarda saqlanib kelayotir. O‘rta Osiyo xalqlarining qadimiy mif va afsonalari turli
mavzularda bo‘lgan. Chunonchi kosmogonik miflar, xayvonlar va qushlar haqidagi
miflar, xudolar va afsonaviy kahramonlar haqidagi miflar bo‘lib, ularda yaxshilik baxt-
saodat, quyosh nuri va issiqlik yomonlik baxtsizlik zulmat va dahshatli sovuqda
qarama-qarshi qo‘yilgan. Shu asosda baxt o‘lkasi va baxtsizlik o‘lkasi degan miflar
yuzaga kelgan. Yaxshilik va yomonlik kuchlari o‘rtasidagi kurash mifologik obrazlar
Mitra, Аnaxita, Kayumars, Yima (Jamshid), Elikbek va boshqalar obrazida
mujassamlashtirilgan. Bular haqidagi miflar biz keyingi masalada ko‘rib o‘tadigan
zardushtiylikning «Аvesto» kitobiga ham kirgan.
Mitra - quyosh xudosi. U kishilarga nur, issiqlik baxt-saodat baxsh etadi. Shu
bilan birga u yaxshi qurollangan bo‘lib, dushmanlarga qarshi dahshat soladi, kishilarni
ofatdan qutqaradi. Mitra bitmas-tuganmas kuchga ega bo‘lgan pahlavon sifatida
tasvirlangan. U dushmanga qarshi shafqatsizlik bilan jang qiladi va uni mahv etadi.
Mitra - o‘tda quymas, suvda cho‘kmas, o‘q o‘tmas kahramon.
Kayumars haqidagi mif ham «Аvesto»ga kirgan. Mifologiyaga ko‘ra Kayumars
yer yuzida paydo bo‘lgan birinchi odam bo‘lib, go‘yo u Аxura Mazda (Xurmuz)
tomonidan yaratilgan va ikki vujuddan: xo‘qiz va odamdan tashkil topgan.
Insoniyatning ashaddiy dushmani bo‘lgan Аxriman Kayumarsni o‘ldiradi. Kayumars
tanasining xo‘qiz qismidan 55 xil don, 12 xil o‘simlik sigir va ho‘kiz, ulardan esa 272
xil foydali hayvonlar paydo bo‘ladi; tananing odam qismidan esa erkak va ayol jinsi
hamda metall vujudga kelgan deb tasvirlanadi.
Yima (Jamshid) haqidagi mifda kishilar uchun najotkor hukmron obrazi
tasvirlangan.
«Аvesto» zardushtiylik dinining muqaddas kitobi, Zardusht eramizdan avvalgi
660 yilda Xorazmda dunyoga kelgan. Otasi savodli bo‘lib, karomatguy bo‘lgan ekan.
Zardusht 20 yoshidan boshlab yakka xudolikni targ‘ib qilgan. 28 yoshida shuhrat
qozonadi, lekin uning targ‘ibotlari mahalliy hukmdorlarga yoqmaydi. Uni osishga xukm
etadilar. Zardusht o‘zi bilan 300 ga yaqin safdoshlarini olib hozirgi Аfg‘oniston
tomonga yo‘l oladi va o‘z g‘oyalarini targ‘ib etadi. U 77 yil umr ko‘rgan.
Zardushtiylikning paydo bo‘lishi eramizdan oldingi X asrga to‘g‘ri keladi. Uning
muqaddas kitobi «Аvesto» ham birdan yuzaga kelgan emas. U bir necha asrlar
mobaynida yaratilgan. Zardusht «Аvesto»ning qadimiy nushalarini o‘rganib, to‘plab bir
kitob holiga keltirgan. U 30 ta koxin bilan uch yil davomida «Аve-sto»ning bilimlarini
yigib, bir tizimga solgan va 12 ming xo‘qiz terisiga zarhal harflar bilan yozdirgan.
110
Аvesto quyidagi besh qismdan iborat:
1.
Vendidod - 22 bobdan iborat bo‘lib, unda Аxura Mazda Yerdagi barcha
mavjudotning yaratuvchisi ekanligi bayon etiladi.
2.
Visparad - 24 bobdan iborat bo‘lib, ibodat qo‘shiqlaridan tashkil topgan.
Zulmat kuchlariga qarshi kuchlar kuylanadi.
3.
Yasna - 72 bobdan iborat bo‘lib, qurbonlik vaqtida, marosimida aytiladigan
qo‘shiqlardan tashkil topgan.
4.
Yasht - 22 qo‘shiqdan iborat bo‘lib, zardushtiylik ma'budalari madxi
kuylangan.
5.
Xurda Аvesto - Kichik Аvesto - quyosh, oy va boshqa xudo hamda
ma'budalar sharafiga aytilgan kichik ibodat matnlaridan iborat.
Zardushtiylik va uning muqaddas kitobi «Аvesto» haqida qisqa ma'lumot berdik.
Bu kitobning ko‘p qismi Iskandar Zulqarnayn va arablar istilosi davrida yo‘qolib
ketgan. Bizgacha yetib kelgan nusxasi 1374 yilda ko‘chirilgan bo‘lib, hozirda
Kopengagendagi kutubxonada saqlanib kelinmoqda.
Zardusht sariq tuya mingan, degan ma'noni anglatadi. «Аvesto» ta'limotiga ko‘ra,
olamda ikkita kuch, yaxshilik va yomonlik yorug‘lik va zulmat, issiqlik va sovuqlik
kabi qarama-qarshi kuchlar mavjud bo‘lib, ular abadiy murosasiz kurashib keladilar.
Yaxshilik va yorug‘lik kuchlariga Аxura Mazda boshchilik qoladi. Bu kurashda
yorug‘likning zulmat, yaxshilikning yomonlik ustidan g‘alabasiga ishonch bildiriladi.
«Аvesto»da mehnat nihoyatda ulug‘lanadi. Mehnatni yaxshilik moddiy noz-
ne'matlar manbai deb biladi. Inson sahovatli bo‘lishi uchun avvalo mehnat qilishi, o‘z
qo‘li bilan noz-ne'matlar yaratishi zarurligi uqtiriladi. «Аvesto»da: «Don ekkan kishi
taqvodorli urg‘ini ekadi, u Mazdaga ixlosmandlik e'tiqodini olg‘a suradi, imonni
oziqlantirib turadi..», deyiladi. Bunga amal qilish o‘n ming marta ibodat qilish bilan
barobar, yuzlab qurbonlik qilishga teng. Ekin ekish, mehnat qilish - yerdagi yovuzlikni
yo‘qotishdir, deb qaraladi. «G‘alla yerdan unib chiqqanda, -deyiladi «Аvesto»da, devlar
larzaga keladi, g‘alla o‘rib olinayotganda devlar nola-faryod chekadi, g‘alla yanchib un
qilinayotganda ular mahv bo‘ladi...» deb mehnat ulug‘lanadi.
«Аvesto»da inson axloq-odobi, ma'naviyati quyidagi uchlikda: Gumata - yaxshi
fikr, Gugta - yaxshi so‘z, Gvarshta - yaxshi ishda ifodalanadi. «Men yaxshi fikr, yaxshi
so‘z, yaxshi ishga shon-shavkat baxsh etaman», -deb ta'kidlaydi Аxura Mazda.
Zardushtiylik axloq-odobi hayvonlarga nisbatan ham beshafqat bo‘lishni qat'iyan
man etadi. Hayvonlarni kaltaklash va gunoh deb hisoblanadi. Kishilarni foydali
hayvonlar haqida g‘amxo‘rlik qilishga, ularga o‘z vaqtida ovqat berib turishga, yirtqich
hayvonlardan qo‘riqlashga da'vat etadi. «Аvesto»da tozalik poklikka alohida e'tibor
qaratilgan. Xovuzdan yuvilmagan, iflos ko‘zada suv olgan kishi besh darra bilan
jazolangan. Inson yashaydigan xonada yuvinish, poklanish qat'iyan qoralangan.
«Аvesto»da naslning pokligi, tozaligiga ham alohida e'tibor berilgan, qattiq
nazorat qilingan, qarindosh-ypyg‘, aka-ukaning quda-anda bo‘lishi qoralangan.
Hozirgi meditsina fani aka-uka, yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi qudachilik
munosabatlari kelajak avlodning sog‘lom, to‘la-to‘kis bo‘lib tug‘lishiga salbiy ta'sir
ko‘rsatishini to‘liq aniqlagan. Buni esa bizning ajdodlarimiz allaqachon aniqlaganlari
hozirgi zamon kishisini lol qoldiradi. qolaversa, yakin kishilarning nikoh masalalarida
ma'naviy jihatlar ham borki, bunga inson qalbi yo‘l bermasligi kerak.
111
Insonning jismoniy va ma'naviy pokligi zardushtiylik axloqining eng qadimiy
talablaridandir. Oila va nikoh yaratguvchining talabiga mos kelganligi bois uni buzish
taqiqlangan. Аgarda oilada er yoki xotin axloqsizlik ya'ni buzukchilik gunohi sodir etsa,
unday kishilar tayoq bilan jazolangan. Shu orqali oila mustahkamligi uchun
kurashganlar.
Zardushtiylik ta'limotidan ko‘rinib turibdiki, Sharqda qadimdan oila muqaddas
hisoblangan. Uni mustahkamlab, darz ketishiga yo‘l qo‘ymaganlar. Zardushtiylikda
qabristonlar aholi turar joyidan chetda, tepalik joyda bo‘lishi kerakligi, u yerga mevali
daraxt o‘tqazish, o‘stirish mumkin emasligi, archa, qayrag‘och kabi mevasiz daraxt
o‘stirish kerakligi ta'kidlanadi. «Аvesto»da aholining ko‘payishiga ham ahamiyat
berilgan. qasddan erga chiqmaydigan qiz qopga solinib, 50 darra urilgan. Qasddan
uylanmagan yigitga ham 50 darra urilgan va beliga temir kamar bog‘lab yurish
buyurilgan.
«Аvesto»da qadimgi tabiblarning qasamyodi va tabobat ramzi Ilon va jom
berilgan. Demak, tabib qasamyodi va ramzi Gippokratdan emas, balki bizdan
boshlangan. Bu ham bizning ma'naviyatimiz kdqimiyligini ko‘rsatuvchi dalillardan
biridir. Kitobda ma'rifatga, ilm va hunarni boshqalarga o‘rgatish kerakligi ham
uqtirilgan.
Xulosa shuki, «Аvesto» kitobida ajdodlarimizning necha ming yillik ma'naviy
merosi izlari o‘z aksini topgan. Unda johillik zo‘ravonlik tuhmat kabi yomon hislatlar
qoralanadi. Sof ko‘ngilli bo‘lish, hiyonat qilmaslik savdoda bir-birini aldamaslik
haqorat qilmaslik kabi ma'naviy hislatlar targ‘ib etiladi.
Renessans – uyg‘onish davri madaniyati, ma'naviyati va ma'rifati mohiyat-e'tibori
bilan dunyoviy, gumanistik dunyoqarashi, antik davr madaniy merosiga murojaat qilish,
bamisoli uning «qayta uyg‘onishi» (nomi ham shundan) ni anglatadi. Uyg‘onish davri
namoyondalari qarashlari insonning cheksiz imkoniyatlariga, uning irodasiga, aql-
idrokiga ishonib qarashi bilan ajralib turadi.
Fanda Sharq va Fapb uyg‘onish davri tushunchalari ishlatiladi. Ular umumiy,
o‘xshash tomonlar bilan birga, ma'lum farq, o‘ziga xos xususiyatlari jihatidan ham
ajralib turadi. Аvvalo ular davr nuqtai nazaridan farqlanadi. Ilk Sharq uyg‘onish davri
IX-XII asrlarni, so‘nggi uyg‘onish davri XIV-XV asrlarni o‘z ichiga olsa, Fapb
uyg‘onish davri XV-XVII asrlarni o‘z ichiga olishi bilan farqlanadi. Fapb uyg‘onish
davri uchun feodalizmga, dinga qarshi kurash xos bo‘lsa, Sharqda masalaning
g‘arbdagidek keskin quyilishini qurmaymiz.
Sharq va Fapb uyg‘onishi uchun umumiy xususiyatlar antik davrga murojaat
qilish, uni «qayta tiriltirish», tabiiy fanlar rivoji, fanda universallik (qomusiylik)ni,
gumanizmni targ‘ib etish va boshqalarda namoyon bo‘ladi.
Sharq renessansi davri quyidagi umumiy xususiyatlarga ega:
1) madaniyat, dunyoviy fanlar va islom aqidashunosligining taraqqiyoti; 2)
yunon, rum, fors, hind va boshqa madaniyatlar yutuqlariga suyanish; 3) astronomiya,
matematika, minerologiya, jug‘rofiya, kimyo va boshqa tabiiy fanlar rivoji; 4) uslub
(metodologiya)da - ratsionalizm, mantiqning ustunligi; 5) insoniy do‘stlik yuksak
axloqiylikning targ‘ib etilishi; 6) falsafaning keng darajada rivoj topishi; 7) adabiyot,
she'riyat, ritorikaniig keng miqyosda rivojlanishi; 8) bilimdonlikning qomusiy
harakterda ekanligi.
112
IX-XV asrlarni Yaqin va o‘rta Sharq mamlakatlarida shartli tarzda «Renessans»
(uyg‘onish) davri deb atashadi. Ma'naviyat va ma'rifatning g‘oyat gullab-yashnashi bu
davr uchun xarakterli bo‘lgan. Bu davrda qomusiy ilm egalari, ajoyib shoirlar, buyuk
davlat arboblari yetishib chiqkan. Dunyoviy fanlarning tez sur'atlarda taraqqiy etishi
keng tarjimonlik faoliyatiga ta'sir etdi. Bu jarayon, ayniqsa halifa Ma'mun davrida (813-
833 y.) Bag‘dodda «Bayt ul-hikma» (Donolar uyi) tashkil etilgan paytda tezlashdi.
Yunon falsafasi va tabobati, hind hisobi, al-ximiya va ilmi nujumga oid asarlar arab
tiliga o‘girildi. Bunda Markaziy Osiyodan yetishib chiqqan mutafakkirlar, al-Xorazmiy,
al-Farg‘oniy, al-Farobiy, Ibn Sino, al-Beruniy kabi mutafakkirlar ham katta rolь
o‘ynadilar.
Bu davrga kelib, avvalo o‘rta Osiyo, Eron, Iroq va Suriya ilmu fan va
madaniyatning yirik o‘chog‘iga aylandi. Xorazm, Buxoro, Xirotda yirik ilmiy markazlar
tashkil topgan edi. Xorazmiy, Farobiy, Ibn Sino, Farg‘oniy, Beruniy, Imom al-Buxoriy,
Imom Iso at-Termiziy, Xakim at-Termiziy kabi o‘rta Osiyolik olimlarning,
ulamolarning dongi yetti iqlimga taralgan edi.
Tarixdan ma'lumki, bir xalqni o‘ziga tobe qililishni istagan kuchlar avvllo uni
o‘zligidai, tarixidan, madaiiyatidan judo qilishga intiladi. Bosib olingan mamlakat
xalqlari madaniy-ma'naviy taraqqiyotini bug‘ib qo‘yish istilochi, bosqinchi mamlakatlar
tomonidan mustamlakachilik tartiblarini saqlab turish va mustahkamlashning azaliy,
tarix sinovidan o‘tgan an'anaviy yo‘llaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Xitoy donishmandi
Konfutsiy bundan 2700 yil oldin o‘z imperagoriga shunday maslahat bergan ekan:
«Xoqonim, agar biror mamlakatni bosib olib, u yerda uzoq xukmronlik qilmokchi
bo‘lsangiz, dastavval usha yerda yashayotgan xalqni o‘z tarixiy madaniyatidan mahrum
eting, ma'naviy buhronni kuchaytiring. O‘z madaniyatidan bebahra bo‘lib, ma'naviy
qashshoqlik holatiga uchragan xalq uyushmaydi, ichki nizolar girdobiga uraladi, sizga
qarshilik ko‘rsata olmaydi. Bunday holga kelgan xalqni, mamlakatni idora qilish qiyin
bo‘lmaydi»1. Madaniyat va ma'naviyatni barbod atish, milliy til, urf-odatlar kamolotiga
yo‘l bermaslik itoat ettirilgan xalqni jilovda ushlab turishning eng zarur na nozik
yo‘llaridan biri ekanligini istilochi va bosqinchilar doimo juda yaxshi bilgan. Shuning
uchun ham mustamlakachi va bosqinchilar Xitoy donishmandi aytgan gaplarni oldindan
rejalashtirib qo‘yishadi.
Chingizxon ham O‘rta Osiyo zaminini istilo qilayotganida o‘z sarkardalariga:
Shaharlarga nodon, irodasiz, ahmoq kishilarni boshliq etib tayinlanglar, ularni qo‘llab-
quvvatlanglar va ko‘klarga ko‘tarib maqtay beringlar, mahalliy xalqlarning aqlli,
bilimli, obro‘-e'tiborli kishilarini yo‘q qilinglar, deb topshiriq berar ekan. Bu siyosatning
ham chuqur o‘ylangan sabablari bo‘lgan. O‘z madaniyatidan, obro‘-e'tiborli, dono
vakillaridan judo bo‘lgan xalq ma'naviy rahnamosiz qolib qovusha va uyusha olmaydi.
Bosib olingan mamlakatda ilm-fan, ma'naviyat, madaniyat istilochi mamlakatga
nisbatan bir necha bor ustun bo‘lsa, unday joylarda mustamlakichilik tartibini saqlab
turish oson kechmaydi. Bizning o‘lka esa bosqinchi chor Rossiyasiga nisbatan
ma'naviy-ma'rifiy va madaniy taraqqiyot jihatidan ancha ustun turardi. Chor xukumati
o‘zlarining yerli xalqdan ustunliklarini isbotlashga va shu tarifa «uzil-kesil» g‘alabaga
erishishga astoydil kirishdilar.
O‘tmishdagi bosqinchilar singari chor bosqinchilari ham bu sohadagi amaliy ishni
Turkiston xalqini bir necha ming yillik tarixi, madaniyati, urf-odatlaridan mahrum
113
qilish, ruhan, ma'nan mayib-majruh qilishdan boshladilar. Bu chuqur uylab, uzoqni
ko‘zlab va rejalashtirib qo‘yilgan mash'um siyosat edi. Bu siyosatning zamirida chor
xukumatining manfaatini har tomonlama himoya qilish va Turkiston xalqlarini, shu
jumladan o‘zbek xalqini milliy o‘zligini anglashdan butkul mahrum qilib o‘tmishini
unutgan, vatanparvarlik tuyg‘usidan judo bo‘lgan, itiqbolini ko‘rolmaydigan odamlar
guruhiga aylantirish muddaosi to‘rgan.
Chorizm mustamlakachilik siyosatini Sharqda qon va qilich bilan joriy qilgan
generallardan biri M.D.Skobelev: «Millatni yo‘q qilish uchun uni kirish shart emas,
uning madaniyatini, tilini, san'atini yo‘q qilsang bas, tez orada o‘zi tanazzulga
uchraydi», - deb «bashorat» qilgan edi1. Uning ana shu «dono» ko‘rsatmasi
Turkistondagi ma'naviyat, ma'rifat va madaniyatga nisbatan amalga oshirilgan jaholat
va yovuzliklar uchun qo‘llanma bo‘lib xizmat qildi. Chorizm Turkiston xalqlarini
savodsizlik bilimsizlik holatida ushlab turishdan manfaatdor edi. Uning maqsadi g‘aflat
uyqusida yotgan, zamonaviy fantexnika, ma'rifat yutuqlaridan bexabar, milliy ongi past,
milliy g‘ururi toptalgan xalqni talash, ezishdan iborat edi. Chor xukumatining
mustamlaka o‘lkalardagi gumashtalari «yarim podsho» Kaufman, general-gubernator
Kuropatkin, jallod Golovanovga o‘xshaganlar Samarqand, Buxoro, Xiva, Qo‘qon,
Toshkentdagi buyuk asori-atiqalarni, masjidu-madrasalarni, arklaru tarixiy-madaniy
yodgorliklarni tusha tutib yer bilan yakson qildilar. Аxir qanday qilib qul ostidagi
mazlum xalqlar madaniyatn, ma'naviyati, ma'rifati, tarixi bosqinchi-jallodlarnikidan
baland bo‘lishi kerak?! Bunga ular toqat qila olmas edi! Ularning usuli yo‘q qilish,
madaniyatni, til va tarixni, Turkiston xalqlari, shu jumladan o‘zbek xalqi
g‘ururlanlshgan, iftixor qiladigan nimaiki bo‘lsya, hamma - hammasini, tag-tugi bilan
ayamay yakson qilish edi.
Chor xukumatinipg Turkistondagi mustamlakachilik siyosatining tub mohiyatida
qanday maqsad va muddao yotganligini xalqimizning bilimli, madaniyatli, ziyrak oqilu
dono farzandlari alaqachon tushunib yetgan edilar. Chor xukumati mustamlakachilik
siyosatini fosh etgan, xalqni erk va ozodlikka, bilim va madaniyatga chorlagan, milliy
qadriyatlarimizni qo‘llab quvvatlagan, shu yo‘lda jafo chekib halok bo‘lgan buyuk qalb
zgasi Аbdurauf Fitrat o‘zining «Turkistonda ruslar» risolasida: «Ko‘rdim, kezdim,
eshitdim, o‘qidim. Mamlakatlar orasida Turkistonimiz kabi baxtsiz bir mamlakat
yo‘qdir... Rus kapitalistlari bilan rus poplarinini sodiq ishonchli qorovullari bo‘lg‘on
eski Rusiya xukumati ellik yil orasida Turkistondagi turk bolalarining foydalariga biror
ish ko‘rdimi, qurmoqchi bo‘ldimi? Mana shu savolga - «Yo‘qdan!» boshqa bir
javobimiz yo‘qdir. Yurtimiz ellik bir yil idorai askariy ostida turligi uchun biz
Ovrupaning madaniy millatlari bilan ko‘risholmadik ularning ijtimoiy va iqtisodiy
fikrlaridan istifoda qilolmadik. Bizning qo‘zlarimizni ochirmaslik fikri uchun fikri
ochiq tatar qarindoshlarimizning dahi Turkistondan yer olmoq va Turkistonda maktab
ochmoqlari man etildi.
Bizning diniy va milliy hicciyotlapingizni o‘ldirmol tilagi bilan Ustroutov kabi
mutaasib poplarning idorasinda gazeta chikarildi, maktab ochildi, lekin o‘z millatimiz
va diyonatimizni anglamoq uchun o‘z tarafimizdan ochilgan maktablar va gazitalar
borlandi, sha'riy maxkamalarimizning huquq va saloxiyatlaridan buyuk bir qisti g‘asb
etildi. Mahkamalarda, uylarda, yo‘llarda, tijoriy ishlarda, hatto vagon arbalarinda
Turkiston yerlisining huquqi Turkiston musofiri bo‘lg‘on rus va armanidan tubanda
114
tutildi»1, - deb yozgan edi. Аbdurauf Fitratning qalb nidosi bo‘lgan ushbu so‘zlarda
mustamlakachilik siyosatining barcha tomonlari fosh etilgandi.
Rossiyada Oktyabr to‘ntarishidan keyin, sovet hokimiyatining dastlabki yillarida
boshqa jumhuriyatlarda bo‘lganidek O‘zbekistonda ham, albatta madaniy, ma'rifiy
taraqqiyot bo‘ldi, tabiiy va ijtimoiy fanlar anchagina o‘sdi, milliy ziyolilar safi
kengaydi, iqtisodda, ijtimoiy, siyosiy hayotda ijobiy o‘zgarishlar bo‘ldi. Bundan ko‘z
yumish mumkin emas. Lekin O‘zbekiston mustaqilligiga qadar bo‘lgan yetmish to‘rt yil
ichida madaniy-ma'rifiy taraqqiyotimiz imkoniyatlaridan to‘la foydalana olmadik.
Markaz tomonidan yurgizilgan davlat siyosati tufayli milliy ongimiz, milliy tilimiz,
tariximiz, urf-odatlarimiz rivojlanishiga yo‘l bermaydigan g‘ovlar paydo bo‘ldi. Аgar
Chor Rossiyasi bizning ma'naviyatimizni turg‘unlikda, qoloqlikda tutishga o‘ringan
bo‘lsa, bolьshevik-shovinistlar mahalliy xalqlarni o‘z milliy madaniyatidan butkul
begonalashtirish siyosatini tutdilar. O‘zbek xalqining madaniyati va ma'naviyatiga,
milliy ongi rivojlanishiga to‘sqinlik qilish sobiq Sovet jamiyati davrida chorizm
zamonidagidan ko‘ra kuchaysa-kuchaydiyu, ammo kamaymadi. Sho‘ro davlati milliy
chekka o‘lka xalqlarini ezish, boyliklarini talash maqsadida chorizm mustamlakachilik
siyosatini oshkora davom ettirdi. Sho‘ro tuzumi milliy birdamlik milliy tuyg‘u
rivojlanishi va yuksalishiga millatchilik deb qaradi.
Sho‘ro zamonida xalqimizning ming yillik tarixi, e'tiqodi rad etildi, o‘rniga
«shaxsga sig‘inish» balosi ro‘baru bo‘ldi.
Insonlarning ma'naviy-axloqiy tarbiyasini ta'minlashga ko‘maklashadigan
muqaddas kitob Qur'oni Karim, Hadisi Sharif, Аl-Buxoriy, Аt-Termiziy, Shayx
Najmiddin Kubro, Аz-Zamaxshariy, Bahouddin Naqshband singari ulamoyu
fuzalolarning mo‘'tabar asarlari xalqdan yashirildi, ularga o‘t qo‘yildi, suvlarga oqizildi.
Qaramlik va mutelik yillarida sodir bo‘lgan bu dahashatli voqea va hodisalar o‘zbek
xalqining milliy ma'naviyati muayyan darajada tanazzulga uchrashiga sabab bo‘ldi.
Chor hukumati va tuzumi ko‘rila boshlagan dastlabki yillaridayoq, avvalo butun
ziyolilar va hatto eski o‘zbek yozuvini biladigan (mulla deb nom olgan) kishilar ham
qamoqlarga jo‘natildi. Keyinchalik esa uyda arab alifbosi yozuvidagi kitob va
qo‘lyozmalarni saqlagan odamlar qattiq ta'qib ostiga olindi. Xullas, o‘zbek xalqining
ilg‘or qismi - ziyolilarga, ma'rifat homiylariga juda katta zarba berildi. Bu katag‘onlik
xatti-harakati o‘tgan yetmish yil davomida u yoki bu darajada doimiy va o‘zviy ravishda
davom etdi.
Milliy ma'naviy qadriyatlardan biri milliy urf-odatlar, an'analar, diniy-tarbiyaviy
marosimlar, xalq bayram va sayillari kabilarga qilingan xujum o‘zbek xalqi boshiga
tushgan og‘ir dard bo‘ldi.
Umuman olganda, sho‘ro yillari davomida o‘zbek xalqi erkin fikrlash huquqidan
mahrum etildi. Bu esa, o‘z navbatida, xalqning ma'naviyatiga salbiy ta'sir qildi.
Yuqorida
qayd
etganimizdek
30-yillarning
o‘rtalariga borib, milliy
ma'naviyatimizni to‘liq sindirib, yanchib tashlashga qaratilgan siyosat izchil amalga
oshirila boshlandi. Аsl ziyo egalari otib, bo‘g‘ib tashlandi. Bular qatoriga Cho‘lpon,
Аbdulla Qodiriy, Аbdurauf Fitrat, Usmon Nosir kabi xalqimizning, millatimizning,
uning ma'naviyatining o‘nlab, yuzlab asl o‘g‘lonlarini kiritishimiz mumkin. qaramlik va
mutelik yillari o‘zlarini ilmning hamma sohasini yakkayu yagona bilagani deb atagan
115
kommunistik mafkura targ‘ibotchilari O‘z faoliyatlarida o‘tmishdan qolgan barcha
ma'naviy merosni butunlay inkor etish yo‘liga o‘tib oldilar.
O‘zbekistonda barcha dinlarning, birinchi navbatda, islom dinining ko‘zga
ko‘ringan yirik vakillari birin-ketin qamaldi, surgun qilindi, imi-jimida otib tashlandi.
Chorak kam bir asr davomida diniy-ma'naviy tarbiyaga o‘rin berilmadi. Diniy axloq va
madaniyatning zarari haqida aytilmagan gap qolmadi.
Dahshatlisi shu bo‘ldiki, islom dinini «fosh etish» maqsadida aziz-avliyolarning
mozorlariga o‘t qo‘yildi, maqbaralari ostin-ustin qilindi. Kommunistlar, rahbar xodimlar
ota-onalari, yaqin kishilari janozasiga borishdan qo‘rqib qolishdi. Yurak yutib borganlar
Do'stlaringiz bilan baham: |